8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


Download 201.51 Kb.
bet14/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

olamining xalifasi hisoblanar edi.
****XVI asrda yevropaliklar tomonidan dengiz savdo yo‘lining ochilishi Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatini
pasaytirdi.
****Usmonli sultoni Haj safari yo‘lini ochish uchun 1569-yilda Rossiya - Usmonli davlati o‘rtasida urush boshlandi. Ammo urushda Usmonli davlati yengildi. Shunday bo‘lsa-da, sulton Rossiyadan Haj safari yo‘lini ochib qo‘yish talabini davom ettirdi. Oxir-oqibat Rossiya 1572-yilda sultonning talabini qondirdi.
****Rossiya — Buxoro manfaatlari Sibirda ham to‘qnashdi. 1563-yilda Abdullaxon II ning harbiy yordami bilan
Shayboniy Ko‘chimxon Sibir xonligi taxtini egalladi.
****1581-yilda Rossiya Sibir xonligiga qarshi Yermak boshchiligida qo‘shin yubordi. Dastlab u g‘alaba qozonsa-da, 1584-yilda mag‘lubiyatga uchrab halok bo‘ldi.
**** 1598-yilda Rossiya va Sibir xonligi o‘rtasidagi hal qiluvchi jangda rus qo‘shini g‘alaba qozondi.
1598-yilda Abdullaxon II va Ko‘chimxon vafot etgan
****Rossiya 1620-yildan 1675-yilgacha o‘tgan davrda xonliklarga 4 marta elchilarini yubordi.
****1620-yilda Rossiya elchisi I.D.Xoxlov Buxoroga yuborilgan
**** XVIII asrda Buxoro xonligi va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda yangi davr boshlandi. Rossiya endi Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq aloqlarida kamsitish siyosati yuritila boshlandi.
****Pyotr I Buxoroni siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas deb hisobladi va amalda unga tazyiq o‘tkaza boshladi. Shu maqsadda 1718-yilda Irtish daryosi sohilida yetti qo’rg‘ondan iborat shahar (Semipalatinsk) qurdirdi.
****Abulfayzxon Rossiyaga elchi yubordi. U o‘z maktubida Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini so‘radi. Bunga javoban Rossiya hukumati 1721-yili Florio Benevenini elchi qilib jo‘natdi.
****F.Beneveni Buxoroda 3,5 yil turib o‘z oldiga qo'yilgan masalalar bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar to‘plashga
muvaffaq bo‘ldi va 1725-yilda Peterburgga qaytib ketdi.
**** Buxoro va Eron manfaatlari to‘qnashgan asosiy hudud Xuroson bo‘ldi. Buning sababi Xuroson Buxoro xonligi, Eron va Hindiston yo‘nalishida o‘ziga xos darvoza vazifasini ham o‘tar edi.
**** Abdullaxon II Eronga qarshi kurashda Usmonli davlati bilan ittifoq tuzishga urinib ko‘rdi.
****1740-yilda esa Eron Buxoro xonligini qaram davlatga aylantirishga erishdi.
**** Hindistondagi Boburiylar bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar Bobur va Ko‘chkunchixonlar davridan boshlangan.
****Ko'chkunchixon hukmronligi davrida Buxoro xonligi Boburiylar davlatini tan oldi. Buxoro elchisi xon
tomonidan Boburga Movarounnahming mashhur sovg‘a-salomlari qatorida 200 ta yaxshi ot ham olib keldi.
**** Abdullaxon II Boburiylardan bo’lgan Akbarshohga Eronni o‘zaro taqsimlab olishni taklif qildi. Lekin Akbarshoh bunga rozi bo‘lmadi. Chunki u Eron bilan yaxshi munosabatda ham edi.
****1586-yilda Akbarshoh Abdullaxon II ga yo‘llagan maktubida Usmonli davlati Eronning bir qismini bosib olganligidan tashvishlanayotganligini bayon etdi. Ayni paytda, Buxoro va Hindiston birgalikda Eronga yordam
ko‘rsatishi zarurligini ta’kidladi. Biroq Eron shayboniylar davlatini o‘zining asosiy raqiblaridan biri deb hisoblab kelayotgani uchun Abdullaxon II Akbarshoh taklifiga rozi bo’lmadi.



Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling