8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma
Download 201.51 Kb.
|
8- o\'zb qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jonibek Sultonga
- Xonbandi s
8-o’zbek 11-mavzu majburiylarga
****Buxoro xonligida barcha yerlar davlat mulki edi. Bu mulk mamlakai podshoh yoki mamlakai sulton deb atalgan. *** Bevosita shaxsan xonning o‘ziga tegishli yerlar mulki xos deb atalgan. Bu yerdan olingan daromad xonning xarajatlariga hamda vaqflarga xayr-ehson uchun sarflangan. ****1512-yilda shayboniylar Movarounnahrni ikkinchi marta egallagach, shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni shayboniylarning eng nufuzli vakili Jonibek Sultonga topshirdilar. **** Samarqand Ко‘chkunchixonga, Toshkent viloyati Suyunchxo‘jaga, Buxoro va uning atroflari Ubaydulla Sultonga meros mulk qilib berildi. Miyonqol viloyati Jonibek Sultonning o‘ziga tegdi. ****Shayboniylar davrida mulk egaligining ikkinchi shakli - tanho ham qaror topdi. Shayboniylargacha mavjud bo‘lgan yer egaligining iqto turi yangicha nom — tanho nomi bilan saqlab qolindi. ****Tanhoga faqat ekin ekiladigan yer emas, balki tanho hududida joylashgan tegirmon va moyjuvozlardan keladigan daromadlar ham qo‘shib berilgan. **** Muhammad Shayboniyxon 1507-yilda pul islohoti ham o‘tkazdi. Unga ko‘ra vazni bir xil - 5,2 gramm bo’lgan yangi kumush va mis tanga zarb qilindi. ****Temuriylar davrida bitta kumush tanganing og’irligi 4,8 gramm bo’lib, uning qiymati oltita mis tangaga teng edi. Islohotdan keyin 5,2 grammli kumush tanganing qiymati 24 ta mis tangaga teng bo’ldi. ****Shayboniy Abdullaxon II o‘tkazgan pul islohotiga ko‘ra, yangi kumush tanganing qiymati 30 ta, eskisi esa 27 ta mis tangaga tenglashtirildi. U oltin pul zarb etishni ham yo‘lga qo‘ydi ****Shayboniylar davrida Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug‘orish uchun 10 dan ortiq kanallar qazildi. ****Sun’iy sug‘orish ishlari, ayniqsa, Abdullaxon II davrida keng rivojlandi. Zarafshon daryosida qator suv ayirg‘ichlari bunyod etildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida eski suv ombori o’rnida (X asrda qurilgan Xonbandi suv ombori. 7 o’zbek) Abdullaxon bandi-to’g’oni qurildi. Unda 1 million 200 ming kub metr suv to‘plangan. ****1577-yilda Buxoroda yirik, usti berk bozor - tim qurildi. Bu inshoot Abdullaxon timi deb ataladi ****Xonlikda asosiy soliq sug‘oriladigan yerdan olinadigan xiroj edi. U daromadning 30 foizdan 40 foizgachasini tashkil qilardi. ****Davlat muassasalari, qo‘shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan soliq ixrojot deb atalardi. ****Aholi mol-mulkidan olinadigan soliq - zakot, ****Hukmdor uchun yig'iladigan maxsus soliq - zobitona, Download 201.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling