8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


Download 201.51 Kb.
bet20/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

8-o’zbek 16-mavzu majburiylarga
**** Amirlikda Ashtarxoniylar davrida mavjud bo‘lgan boshqaruvning dargoh va devonlar tizimi tugatildi. ****Qo'shbegi lavozimiga davlat maqomi berildi, ya’ni u davlatda amirdan keyingi ikkinchi shaxsga aylandi. Shuning uchun ham u amir Arkida yashagan.
****Ashtarxoniylar hukmronligi davrida davlatda juda katta nufuzga ega bo‘lgan otaliq lavozimi oldingi
mavqeyini yo‘qotdi.
****Saroyda jami 300ga yaqin katta-kichik amaldorlar guruhi xizmat qilishgan. Ulardan 30 nafarga yaqini yuqori
davlat lavozimlari sanalgan.
****Amirlikda 27 ta viloyat (beklik) mavjud bo‘lganligi qayd etilgan.
**** 100.000 tanob yer 1 tumanni tashkil etgan. ** 50.000 tanob yer hazora, **25.000 tanob yer nim (yarim) hazora, **10-15 ming tanob sug’oriladigan yerga ega qishloq obikori, **400 tanob yerga ega qishloq qoriya, **300 tanob va undan kam yeri bo‘lgan hudud, aholi yashasa-yashamasa, marza deb atalardi.
****Amirlikda eng quyi ma’muriy birlik tashkil etilgan va u amlok deb atalgan.
****Amlokdor („mulk egasi“ degan ma’noni anglatadi) yetishtirilgan hosilning hisobini yuritgan va soliqlar
hamda boshqa tushumlarning belgilangan muddatlarda yig‘ilib borishini nazorat qilgan.
**Amin („ishonchli“, „halol odam“ ma’nosini anglatadi)ning asosiy vazifasi soliq va boshqa tushumlami yig‘ish,
aholi ustidan nazorat olib borish hamda ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bo‘lgan.
**Qishloq mirobi esa suv inshootlarining o‘z vaqtida ta’mirlanishini, qishloqlar uchun ajratilgan suvning ariqlar
bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlagan
****Amirlikda oliy ijroiya hokimiyat - qo ‘shbegi, ya’ni Bosh vazir (vaziri buzruk ham deyilgan) qo'lida
to‘plangan. U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol, mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalarni nazorat qilgan. Ayni paytda, barcha viloyatlar unga bo‘ysungan.
****Amirlikda qo‘shbegidan keyingi o‘rinda moliya vaziri (devonbegi) turgan. U quyi qo'shbegi deb ham atalgan. Moliya vaziri zakot masalasi bilan shug‘ullangan.
****Shayboniylar, ayniqsa, ashtarxoniylar davrida katta mavqega ega bo‘lgan otaliq lavozimiga tayinlangan amaldor endilikda Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug‘orish va suv taqsimoti bilan bog‘liq ishlar uchun
mas’ul qilib qo‘yildi.
****Parvonachining asosiy vazifasi oliy hukmdoming yorliqlarini u yoki bu amaldorga yetkazish va *amirlikda istiqomat qilib kelayotgan arablar jamoasi masalalari bilan ham shug‘ullanadigan bo‘ldi. *Ba’zi hollarda parvonachi lavozimida ishlayotgan amaldorga amirlik siyosiy hayotida tutgan o‘rniga qarab,
muhim vazifalar ham yuklatilgan. **Masalan, Amir Haydar Marvda unga qarshi ukasi Dinnosirbek(1804 yil) boshchiligida ko‘tarilgan isyonni bostirish uchun Niyozbek parvonachini qo‘shinga qo‘mondon qilib jo ‘natgani bunga dalildir, Yoki Amir Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni ishg‘ol etgach, u yerga Ibrahim parvonachi mang‘itni noib etib tayinlagan
****Bosh inoq amirning buyruqlarini quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish, *mazkur buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinlanishi mumkin bo'lgan
xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullangan.
****Kichik inoq esa chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni qabul qilib olgan. Va * Amir muhri uchun javobgar bo‘lgan.
****To'qsoba davlat bayrog'ining daxlsiz saqlanishini ta’minlash, * oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan.
*Vazifa nihoyatda mas’uliyatli bo‘lganligi uchun unga daromad manbai sifatida bitta tuman biriktirib qo‘yilgan. ****Ko'kaldosh (davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i),
****Mehtar - soliq va boshqa yig‘imlardan tushgan mablag‘laming belgilangan o‘rinlarda qanchalik to‘g‘ri
sarflanganligini nazorat qiluvchi amaldor
****Qutvol - davlat hisobidan amalga oshiriladigan qurilish ishlariga mas’ul amaldor,

Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling