8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


Download 201.51 Kb.
bet16/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

„Ubaydullo“ va „Qul Ubaydiy“ taxalluslari bilan ijod qildi Muhtojga qayishish — asli karomat shuldir,
Bir ishki, yo‘q ortida malomat - shuldir. (“Shuldir” g’azali Ubaydullaxonga tegishli)
**** Ubaydullaxon O‘zbek, fors va arab tillaridagi she’rlarini uch devonda to‘pladi. Keyinchalik ular bitta muqova ichiga jamlandi va u ,,Kulliyot“ deb nomlandi.
****Ruboiynavislikning Bobur Mirzodan keyingi taraqqiyoti Ubaydullaxon nomi bilan bog‘liq. U ayni paytda
Ahmad Yassaviy asos solgan liikmatnavislik an’anasini rivojlantirdi. Undan 220 dan ortiq hikmat meros qoldi.
**** XVII-XVIII asr birinchi yarmi(Ashtarxoniylar davrida) adabiy muhitida Bedil (asli ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-1721 )ning o‘rni katta. U asli keshlik (Shahrisabz) bo‘lib, Dehlida vafot etgan. Uning yirik asari — „To‘rt unsur“ nasrda yozilgan bo‘lib, unda havo, suv, yer, olov haqida, o‘z qarashlari bayon etiladi.
****Bedil ,,Abulma’oniy“ („Ma’nolar otasi“) nomi bilan shuhrat qozondi.
**** Shoir Sayido Nasafiy Nasaf (Qarshi) shahrida tug‘ilgan. Zamondoshlari uni „Buxoro shoirlari taxtida
sulton“ deb ulug‘laganlar. Uni mashhur qilgan ,,Hayvonotnoma“ nomli majoziy munozara asari edi.
****Nasafiy mazkur asarida Bo‘ri va sher timsolida zodagonlaming yirtqichlikdan iborat asl basharalarini ochib tashladi. Asarda sher barcha hayvonlar ustidan g‘alaba qozonsa-da, mehnatkash xalq timsoli bo‘lgan chumolidan yengiladi.
****Bu davr adabiyotida Turdi Farog'iy Subhonqulixonning xalqni og'ir soliqlarga duchor etganligini va buning oqibatida xalq tortayotgan azob-uqubatlarini ro‘yirost tanqid qila olgan
**** Turdi urug‘ oqsoqollarini va beklarni bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirgan. Bu o‘rinda Turdining „Tor ko‘ngullik beklar“ she’ri alohida ahamiyatga ega: Tor ко 'ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
To'qson ikki bovli o'zbek yurtidir, tenglik qiling...
****XVI asr Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Qulbobo Ko‘kaldosh, Nodir devonbegi, Ernazar elchi, **Samarqandda qurilgan Shayboniyxon, **Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ко‘kaldosh madrasalari qurilgan ****Baroqxon madrasasi shayboniy hukmdor Suyunchxo‘janing o‘g‘li Baroqxon tomonidan qurildi. Madrasa gumbazining balandligi 22 metrni tashkil etadi.
****XVII asrda Samarqand Registon ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi.
****XVI asrning birinchi yarmida Samarqand hokimi Yalangto'sh Bahodir vayrona holatiga tushib qolgan Registon maydonida Ulug'bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini. uning yonida esa Tillakori madrasamasjidini o‘z mablag‘lari hisobidan bunyod ettirdi.
****Shayboniylar davrida ta’lim sohasida ham islohotiga ko’ra bolalarga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo‘ldi. Maktabda ikki yil o‘qigach, o‘quvchilar madrasaga o‘tkazilardi.
****Madrasa ta’limi uch bosqichli bo‘lib, uning har bir bosqichida 7 yildan o’qilgan va o‘quv jarayoni 21 yil davom etgan.
**** Qizlarni otinoyi, otinbibi, bibixalifa, bibiotin deb atalgan ayol o‘qituvchilar o‘qitishgan.
****Ashtarxoniylar davrida Bolalar maktabga 6 -7 yoshdan berilgan va ular 5 -8 yil davomida boshlang’ich
ta’lim olganlar.
****,,Haftiyak“ (Qur’oni Karimning yettidan biri) kitobini va „Chor kitob“ni o‘qish o‘rgatilgan. (maktabda) ****Madrasada o‘qish „Avvali ilm“ deb nomlangan fors tilidagi o‘quv qo'llanmasini o‘zlashtirishdan boshlangan. Fiqh (huquq)ni o'rganish majburiy hisoblangan.



Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling