8-o’zbek 14-mavzu majburiylarga
**** 1736 yilda Eron shohi Nodirshohning o‘g‘li Rizo Amudaryodan o‘tdi va ko‘pgina hududlami bosib oldi.
**** Xiva xoni Elbarsxonning yordamga kelayotganligi sababli Rizoquli qo'shinni orqaga qaytarib ketishga
majbur bo‘ldi.
****1740-yilda endi Nodirshohning o‘zi Buxoroga qarshi qo‘shin tortdi.
**** Abulfayzxon Qarshidan Hakimbiy otaliqni chaqirib oldi va Nodirshoh huzuriga elchi qilib jo ‘natdi. ****Shartnomaga ko‘ra, 1)Nodirshoh oliy hukmdor, Buxoro xonligi esa Eronga qaram davlat deb tan olindi. 2)Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafarlik qo‘shin to‘planib, Nodirshoh ixtiyoriga jo ‘natildi. 3)Bu qo‘shinga Muhammad Hakimbiyning o‘g‘li Muhammad Rahim qo‘mondon etib tayinlandi.
****Muhammad Hakimbiy esa qo‘shbegi (Bosh vazir) lavozimini egalladi. Muhammad Hakimbiy 1743-yilda vafot etdi
****Nodirshoh 1747-yilda o'ldirilganidan so‘ng Muhammad Rahimbiyning buyrug‘i bilan Abulfayzxon 1747- yilda o‘ldirildi.
**** Muhammad Rahimbiy taxtga Abulfayzxonning o‘g‘li Abdulmo‘minni o‘tqazdi va uni o‘ziga kuyov qilib
oldi. Ko‘p o‘tmay Muhammad Rahimbiy soxta xonlarni ham qatl ettirdi va 1756-yilda hokimiyatni to‘la
egalladi.
****Biroq mang‘itlar chingiziylar nasliga mansub emas edilar. Shuning uchun mang‘it hukmdorlari o‘zlarini xon deb emas, amir deb atadilar. Shu bilan Buxoro amirligi paydo bo’ldi
****1756-yili Buxoroda hokimiyat tepasiga yangi sulola - mang'itlar sulolasi keldi. Sulola davlatni 1920- yilgacha idora qildi. 1756-yildan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo‘ldi.
****Amir Muhammad Rahim markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urinayotgan qabilalarni yashab turgan
joyidan ko'chirtirib yuborish amaliyotini ham qo’lladi.
****Muhammad Rahim vafotidan so‘ng uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o‘z qo’lga oldi (1758- 1785). Barcha mang‘it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi.
****Uning davrida Balx, Hisor, Ko‘lob, O‘ratepa viloyatlarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi.
**** Doniyolbiy shunday sharoitda taxtni o‘g‘li Shohmurodga (1785-1800) topshirdi.
****Shohmurod darveshona hayot kcchirar, shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa
Do'stlaringiz bilan baham: |