Muhammad Rahim Muhammad Hakimbiy xonadonida 1715-yili (yoki 1709-yili) Buxoroda tugʻilgan

Download 1.32 Mb.
bet1/10
Sana14.12.2022
Hajmi1.32 Mb.
#1004008
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Buxoro amirligi

Buxoro amirligi

Muhammad Rahim Muhammad Hakimbiy xonadonida 1715-yili (yoki 1709-yili) Buxoroda tugʻilgan. Uning shajarasi quyidagicha edi: Muhammad Rahimxon — Muhammad Hakimbiy otaliq — Xudoyorbiy otaliq — Xudoyqulibiy — Keldiyorbiy — Chovushboy. Uning bobokaloni Chovushboy oʻz davrida oʻzbek qavmlari orasida mangʻit urugʻining juda boy-badavlat kishisi boʻlgan. Otasi Muhammad Hakimbiy esa nufuzli mangʻit biylaridan (beklaridan) boʻlib, Mangʻitlar oʻzbek sulolasining davlat hukmronligi tepasiga kelishiga yetarlicha shart-sharoit yaratib bergan kishi edi.

Muhammad Rahim otasi Muhammad Hakimbiy otaliq vafot etganda Eron hukmdori Nodirshohning (1736—1747) ruxsati bilan padarining dafn marosimlarini oʻtkazish uchun 1743-yili Buxoroga kelib ketgan. Keyinchalik Kattaqoʻrgʻonlik Ibodullohbiy boshchiligidagi xitoy-qipchoq qavmlari koʻtargan isyonni bostirish uchun Nodirshohning buyrugʻi bilan Buxoroga 1745-yilda yana qaytgan va qoʻshbegi — bosh vazir lavozimini egallagan. Nodirshoh va Abulfayzxon unga otaliq unvonini berishgan. Aynan shu yildan boshlab u Buxoro xonligining amaldagi hukmroniga aylangan.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling