Muhammad Rahim Muhammad Hakimbiy xonadonida 1715-yili (yoki 1709-yili) Buxoroda tugʻilgan

Download 1.32 Mb.
bet2/10
Sana14.12.2022
Hajmi1.32 Mb.
#1004008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Buxoro amirligi

Muhammad Rahim 1747-yilda Eron hukmdori Nodirshohning (1736—1747) toʻsatdan oʻldirilishi haqidagi xabar yetib kelganidan soʻng, uning buyrugʻi bilan Mir Arab madrasasining hujralaridan biriga yashirinib olgan Buxoro xonligi hukmdori Abulfayzxon (1711—1747) qatl etilgan. Biroq Muhammad Rahim Buxoro xonligi taxtiga oʻzi oʻtirishdan hayiqib, taxtga marhum xon Abulfaysxonning 9 yoshli oʻgʻli Abdulmoʻminxonni (1747—1751) oʻtqazgan va bolakay soxta xonga qizini berib, uni oʻziga kuyov qilib olgan. Biroq oradan 4 yil oʻtgach, oʻz kuyovi Abdulmoʻminxonni ham oʻldirtirib, taxtga Abulfayzxonning avlodi yoki Abulfayzxon hamda oʻzining nevarasi — Ubaydullaxonni (1751—1754), keyinchalik Shergʻozixonni (1754—1756) oʻtqazib, bu qoʻgʻirchoq xonlar davrida markaziy hokimiyatga boʻysunishni xohlamayotgan Miyonqol, Nurota, Urgut, Jizzax, Oʻratepa, Xoʻjand, Toshkent, Shahrisabz, Boysun, Hisor, Qubodiyon va boshqa viloyatlar ustiga yurish qilib, ularni boʻysundirgan.

Xususan, ayirmachilik kayfiyatlarini namoyon qilayotgan Shahrisabz va Kitobdagi kenagaslar ustiga 3 marta harbiy yurish qilib, ularni tobe qilgan. Burqut, bahrin, kenagas, qipchoq, yuz, saroy va boshqa oʻzbek qavmlarni mamlakatning turli hududlariga koʻchirib, Buxoro xonligining yaxlitligi va xavfsizligi uchun izchil kurashgan. U hokimiyatni markazlashtirish siyosatini faol surʼatda olib borgan va qudratli amirlarni lavozimlaridan boʻshatib, ularning oʻrniga oʻrta tabaqa vakillarini tayinlagan.Muhammad Rahim davlatning obodonchilik ishlariga katta eʼtibor qaratgan. Urushlar tufayli vayron boʻlgan Samarqand viloyatidagi Dargʻom kanalini qayta tiklattirgan. 1752—1753-yillarda Buxoro shahrining mudofaa devorini mustahkamlatgan; balandligi 2 metrli yangi devor qurdirgan. Uning donatorligida Buxoro shahrida koʻplab madrasa va masjidalr qurilgan, bogʻlar (Katta chorbogʻ va boshqalar) bunyod etilgan.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling