Issn: 2181-2489 volume 2
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
o-zbek-kirill-va-lotin-alifbosi-borasidagi-turli-qarashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- UZBEKISTAN | www.caajsr.uz O‘ZBEK KIRILL VA LOTIN ALIFBOSI BORASIDAGI TURLI QARASHLAR
- Kalit so ‘zlar
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 385 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz O‘ZBEK KIRILL VA LOTIN ALIFBOSI BORASIDAGI TURLI QARASHLAR Qobilbek Shokirovich Xushboqov Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi ANNOTATSIYA Maqolada hali hanuzgacha o‘z o‘rnini lotin alifbosiga bo‘shatishni xohlamayotgan kirill alifbosi haqidagi fikrlar, hamda kirill va lotin alifbosining qiyosi haqida fikrlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Lotin, kirill, alifbo, qiyos, savod, talaffuz, imlo 1993-yili «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonun e’lon qilingan edi. Oradan qariyb 24 yil o‘tdi, bu orada alifbo bir marta isloh qilindi, unga o‘tish muddati bir necha bor cho‘zildi. Xullas, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish masalasi ba’zi subyektiv- obyektiv sabablarga ko‘ra haligacha hal etilgani yo‘q. Hozir bizda qo‘shalifbo tizimi: ham kirill, ham lotin alifbosi teng qo‘llanmoqda. Biri ikkinchisi bilan raqobat qilmaydi, ziddiyatga bormaydi, ammo hech biri o‘z o‘rnini boshqasiga bo‘shatib bergisi yo‘q. Umuman olganda, alifbo almashtirish biz uchun yangilik emas. Hatto yuqorida tilga olingan qonunda ham «...o‘zbek yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929–1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib...» 1 , degan joyi bor. Faqat amalda bu tajriba kamlik qildi. 1929–1940-yillarda arab yozuvida savodi bo‘lgan aholi va bu yozuvda bitilgan yozma ilmiy-adabiy merosni 1993- yildagisi bilan hech solishtirib bo‘lmasligi hisobga olinmagan ekan. Cho‘ntagingizdan milliy valyutamizni, ya’ni so‘mni olib ko‘rsak, faqat 5000 (besh ming)talik va 10000 (o‘n ming) talikdan tashqari hamma valyutamiz kiril alifbosida. Lotinlashtirish haqidagi qonun 1993 yili qabul qilindi, so‘mni esa 1994 yildan buyon ishlatib kelayapmiz. Undan keyin ham necha marta yangi kupyuralar muomalaga kiritildi. Gazeta-jurnallarning nomi, sarlavhalari lotinchada bo‘lsa, maqolalarning o‘zi kirillchada. Ko‘cha nomlari, muassasalar, korxonalar, do‘konlar, dorixonalar... xullas, ko‘zga ko‘ringan peshyozuvlarning hammasida lotin alifbosidan foydalanilgani holda, ish yuritish kirillchada o lib borilmoqda. 1 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг янги алифбоси ва имлоси. –Т.: Университет, 1999. –Б. 5. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling