borgoh ham tayyorlangan.
**** 1512-yilda G‘ijduvonda shayboniylar bilan safaviylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jangda shayboniylar qo‘shinining qalb qismiga Ubaydullo Sulton, o‘ng qanotga Shayboniyxonning o‘g‘li Muhammad Temur, chap qanotga Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abu Said Sultonlar qo’mondonlik qilishdi.
****Qo‘shinda tavochi mansabiga tayinlangan amaldor harbiy askarlarni to‘plash, ularni harbiy yurishga
tayyorlash masalasi bilan shug‘ullangan va qo‘shinning moddiy ta’minoti uchun ham mas’ul bo‘lgan.
****Jevachi mansabida xizmat qilgan amaldor esa qo‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash masalasi bilan shug‘ullangan. Ayni paytda, u xonning qurol-yarog‘i uchun ham javobgar bo‘lgan.
****Oliy bosh qo‘mondon va sarkardalarning alohida topshiriqlari yasovul deb ataluvchi zobit tomonidan bajarilgan.
**** Qurchi xonni qo‘riqlangan. Yalovbardor esa davlat bayrog‘ini ko‘tarib borgan.
****Qo‘rxona boshlig'i esa harbiy qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan,
**** O‘q va yoy asosiy qurol edi. Ular hujum paytida ham, shahar yoki qal’a mudofaasida ham ishonchni to‘la
oqlagan. Yoy (kamon) o‘qi joylashtirib qo‘yiladigan moslama sadoq deb atalgan.
****To‘fang (miltiq) bilan qurollantirilgan guruh to’fandoz deb atalgan. Qo‘shinda to‘fangni doimiy ravishda
qo‘llash XVI asrning o‘rtalaridan boshlandi.
****Bu davr to‘fanglarining stvoli misdan tayyorlangan edi. Keyinchalik ular Usmonli davlatining stvoli
temirdan yasalgan to‘fanglari bilan almashtirildi.
**** XVII asrda ham o‘q-yoy otliq askar uchun asosiy qurol bo‘lib qolaverdi.
****Harbiy yurish chog’larida otlarni o'qlardan himoya qilish uchun otlar ustiga kejim deb ataluvchi maxsus
yopinchiq yopishgan. Bunday yopinchiq Yevropadan olib kelingan.
****Harbiy harakatlarda naftandoz (neftni yondirib otuvchi) va manjanaq (tosh otuvchi) qurollar, asosan,
shahar yoki qal’alarni qamal qilishda, shuningdek, dushman qo‘shinining safini to‘zg‘itib yuborishda qo‘llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |