Mavzu : vatan himoyachilari kuni


Download 9.79 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi9.79 Kb.
#1819283
Bog'liq
14-yanvar ochiq mashg\'uloti


INTEGRATSIYALASHGAN MASHG’ULOT ISHLANMA
MAVZU : VATAN HIMOYACHILARI KUNI
Faollik markazlari
Til va nutq markazi
Fan va tabiat markazi
Qurish yasash va matematika markazi
San’at markazi
Syujetli rolli o’yinlar markazi
Faoliyatning borishi : Bolalar yig’ilish markaziga yig’ilib oladilar va bolajonlar tarbiyachi opa bilan birgalikda “SO’Z O’YINI ” o’ynash orqali bolajonlarning diqqatlarini bir yerga qaratadilar. So’z o’yinida bolajonlarga tarbiyachi opa to’p otadilar va bolajonlar harbiy asbob anjomlar va harbiy mashinalar haqida savollar beradi bolajonlar savollarga javob beradilar. Tarbiyachi opa bolajonlarga birgalikda Bugungi kun mavzusi haqida vediyoslayd qo’yib beradilar. Vediyoslayd orqali bolajonlar Harbiylar va ularning vazifalari haqida bilmlarga ega bo’lib oladilar. Ularda qanday asbob anjomlar va qanday texnikalar bo’lishi haqida bilm va ko’nikmalarga ega bo’ladilar. Tarbiyachi opa bolajonlarga vediyoslaydni yoritib beradilar harbiy askarlar va ularning turlari haqida ko’rgazmalar orqali tushunchalar beradilar. Shu payt xonaga ikkita askar bolalar kirib keladilar va bolajonlar askar akalarga salom beradilar. Askar akalar bolajonlar bilan salomlashib oladilar va bolajonlar bilan ularning sog’lom va diqqatli bo’lishlari uchun harbiy musiqiy mashqlar bajarib oladilar. Bolajonlar zo’r qiziqish bilan mashqlarni bajarib oladilar. Harbiya askarlar bolajonlar bilan suhbatlashib ularning kelajakda kim bo’lishlarini so’raydilar bolajonlar o’zlarining qiziqqan va vatan uchun hizmat qiladigan inson bo’lishlari haqida o’z fikrlarini bildiradilar. Tarbiyachi opa bolajonlarga markazlarga bo’linib olishlarini va askar akalar uchun sovg’alar tayyorlashlarini aytadilar. Bolajonlar askar akalar bilan birgalikda xoxlagan markazlarga bo’linib oladilar va u yerda berilgan vazifalarni bajaradilar.
Qurish yasash va matematika markazi : Harbiy qarorgoh quramiz
Bu markazda bolajonlar legolardan, qurilish bloklaridan foydalanib harbiy qarorgoh quradilar. Harbiya qarorgoh qurishda bolajonlar askar akalari bilan birgalikda katta kichik legolardan foydalanib harbiy qarorgoh quradilar. Bu markazda bolajonlar katta va kichik tushunchalarni bilib oladilar, harbiy qarorgohning qandayligini va uning asosiy vazifasi haqida tushunchalarga ega bo’ladilar. Harbiy qarorgoh qurishda nimalarga etibor berish kerakligini bilib oldilar. Harbiy qarorgohni rasm asosida quradilar va askarlar ularga tushunchalar beradilar. Bu qarorgohdan qanday vaziyatlarda foydalanish lozimligi haqida ma’lumotlar beradilar.
Fan va tabiat markazi: bu markazda bolajonlar ranglar bilan va qumlar bilan tajribalar qilib ko’radilar. Bunda bolajonlar oq elma qog;ozlarni oladilar va rang tuldirilgan yilm idishlarga birin ketin tartib bilan birgalikda kamalak shaklida joylashtiradilar. Ranglar o’zaro ketma ketlikda joyidan siljiydi va ranglar kamalak shaklida elma qog’ozlarga birikadi. Ikkinchi tajribada bolalar gul karamlarni oladilar va tomirlarini olib tashlagan xolda rangli suvga kirgazadilar. Bunda gulkaramning bargrlari ham o’zaro botirilgan rang tusini o’zida qabul qilib oladi. Loylar bilan ishlash bu bunda bolajonlar yumshoq loy xosil qilib oladilar va ularni tabiiy usulda xosil qilib olgan ranglarga bo’yab iladilar. Asosan bizning kiyingi jarayonda ishlatiladigan rangimiz yashil rang bo’lanligi uchun bolajonlarimiz yashil loychalarni ko’proq bo’yab oladilar. Bolalar ranglarning xususiyatlar va ular bilan qanday ishlar amalga oshirish mumkinligi haqida tushunchalarga ega bo’ladilar.
San’at markazi: bu markazda bolajonlar aksar akalarga o’zlarining estitik didlaridan kelib chiqqan xolda taklifnomalar yashaydilar va uni bezatadilar. Bezatishda harbiy tanklar va kemalar rasmlarini chiroyli tasvirlashga xarakat qiladilar. Buning uchun rangli qog;ozlardan va rangli yaltiroq lestlardan foydalanadilar. Bu markaz orqali bolajonlarning estitik didlari shakillanadi, ranglarni uyg’unlashtira oladigan bo’ladilar.
Syujetli rolli o’yinlar markazi : bu markazda guruhimiz qizlari ijrosida “Letenant ” qo’shiqig’iga tayyorlab kelgan raqslari bilan barchani ko’nglini hushnut etadilar. Guruhimiz o’gil bolalari ijrosida esa “Vatan madhi” musiqasi da xor ijro etiladi.
Faoliyat yakuni: faoliyat yakunida bolajonlar bajargan ishlari ko’rgazma qilinadi va barcha bolajonlar rag’batlantiriladi. Kelgan mehmonlarimiz o’zlarining fikrlarini va tabriklarini yullab bolajonlarimizga minnatdorchilik bildiradilar.
Download 9.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling