Qashqadaryo vxtxqtmo hududiy markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mutaxassiislik fanlari blokining fanni o‘qitish metodikasi moduli “Boshlang’ich ta’lim tabiat fanidan o’quv dasturi


Download 15.51 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi15.51 Kb.
#109827
Bog'liq
Taqrizlar majmua 2020


Qashqadaryo VXTXQTMO hududiy markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mutaxassiislik fanlari blokining fanni o‘qitish metodikasi moduli “Boshlang’ich ta’lim tabiat fanidan o’quv dasturi, fanga oid kompetensiyalarning mazmun mohiyati. Boshlang’ich 1-4 sinf tabiat fani darsliklari, ularga yaratilgan multimedia ilovali metodik qo’llanma tahlili” mavzusidagi amaliy mashg’ulot ishlanmasiga

T A Q R I Z

Ushbu mavzudagi amaliy mashg’ulot ishlanmasi 2 soatga mo’ljallangan bo’lib, bu amaliy mashg’ulot ishlanmasida boshlang’ich ta’lim tabiat fanidan o’quv dasturi, fanga oid kompetensiyalarning mazmun mohiyati. Boshlang’ich 1-4 sinf tabiat fani darsliklari, ularga yaratilgan multimedia ilovali metodik qo’llanma tahlili ishlab chiqilgan. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida tabiat bilan tanishtirishda, bilim berish, kо‘nikma va malakalarni shaklantirishda xilma-xil usullardan foydalanish о‘quvchilarning bilim olish qobiliyatlarni о‘stirish, ta’limni hayot bilan bog‘lash va mehnatga tayyorlashga qaratiladi. Darslarni turli usulida tashkil etish о‘qituvchidan kо‘p mehnat talab qilsa-da, о‘quvchilarni shijoatkorlikka undab, fikrlarni vaqtdan unumli foydalangan holda tez, aniq, ixcham ifodalashga zamin yaratadi.

Darslik materialida har bir mavzu bо‘yicha о‘rganilganlarning asosiy mazmunini aks ettiruvchi va tushunchalar mohiyatini ochib beruvchi qisqacha xulosalar ham bor. Tabiatshunoslik mazmunidagi matnlardan keyin tabiatdagi kuzatishlar uchun topshiriqlar, amaliy ishlarning rejalari berilgan. Darslikda ekskursiya hamda fan bо‘yicha darslar о‘tkazish uchun savol va topshiriqlar kо‘rinishidagi material bor.

Mavzu oxirida adabiyotlar ro‘yxati va test savollari bilan to‘ldirilgan. Ushbu amaliy mashg’ulot ishlanmasini boshlang’ich ta’lim kurs tinglovchilariga o’qishga tavsiya etaman.



Taqrizchi: pffd(PhD) U.Yoziyeva, Qarshi DU boshlang`ich ta`lim kafedrasi katta o’qituvchisi

Qashqadaryo VXTXQTMO hududiy markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mutaxassiislik fanlari blokining fanni o‘qitish metodikasi moduli “Boshlang’ich ta’lim tabiat fanidan o’quv dasturi, fanga oid kompetensiyalarning mazmun mohiyati. Boshlang’ich 1-4 sinf tabiat fani darsliklari, ularga yaratilgan multimedia ilovali metodik qo’llanma tahlili” mavzusidagi amaliy mashg’ulot ishlanmasiga

T A Q R I Z

Amaliy mashg’ulot ishlanmasida darslikning asosiy mazmuni, multimediali ilovalardan foydalanish yo’llari, Davlat ta’lim standartlarida “Tabiiyot” о‘quv fanidan majburiy minimal ta’lim mazmuni va boshlang‘ich ta’lim bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qо‘yiladigan majburiy minimal talablar belgilab berilganligi haqidagi fikrlar bildirilgan. Boshlang‘ich ta’lim bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qо‘yiladigan majburiy minimal talablar1–4-sinflar davomida о‘quvchilarning “Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” о‘quv fanlaridan egallashlari shart bо‘lgan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.

Dars jarayonida о‘quvchilarda xususiy kompetensiyalardan tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish hamda aniqlash, amaliyotda qо‘llay olish kompetensiyalari va tayanch kompetensiyalardan umummadaniy, axborot bilan ishlash kompetensiyalari shakllantiriladi. Darslarni tashkil etishda ham kompetentlilik yondashuvga asoslaniladi. 45 minutlik darsda о‘qituvchi uy vazifalarini tekshirishi, о‘tilgan mavzuni sо‘rashi, о‘tilgan mavzu bо‘yicha globus va xarita bilan ishlash, о‘lchash va tajriba ishlarini bajarish, yangi mavzuni bayon etish, yangi mavzuni mustahkamlash, uyga vazifa berish ishlari о‘tkazilishi kerak. Kompetentlilik yondashuvga asoslangan ta’limda har bir mavzu bо‘yicha tayanch bilim, kо‘nimka va malakalarni barcha о‘quvchilar egallaydilar.

Ushbu amaliy mashg’ulot ishlanmasini boshlang’ich ta’lim kurs tinglovchilariga o’qishga tavsiya etaman.



Taqrizchi: QVXTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri pffd.(PhD) M.J.Shodiyeva
Download 15.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling