Zarafshon shahar 2-umumta`lim maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Abdiyeva Mohigul Nabiyevnaning 7- sinf uchun “Feeling” mavzusida o`tkazgan ochiq dars ishlanmasiga taqriz


Download 273.16 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi273.16 Kb.
#1167342
Bog'liq
taqriz ochiq dars ommalashtirish


Zarafshon shahar 2-umumta`lim maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Abdiyeva Mohigul Nabiyevnaning 7- sinf uchun “Feeling” mavzusida o`tkazgan ochiq dars ishlanmasiga
TAQRIZ
Yurtimizda yoshlarning zamon talablari asosida ta’lim olishlari, jumladan til o’rganishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Kelajak bugungi kundan, bugungi oydin rejalar va amaliy qadamlarimizdan boshlanadi. Ana shunday jarayonda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi oliy maqsadga aylangan. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishi va davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ana shu ezgu niyatning ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi. Yurtimizda yoshlarning zamon talablari asosida ta’lim olishlari, jumladan til o’rganishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarori ushbu yo’nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko’tarishga turtki bo’ladi.
Abdiyeva Mohigul Nabiyevnaning “Feeling” ochiq dars ishlanmasi ingliz tilini o`rganayotgan 7- sinf o`quvchilari uchun qiziqarli topshiriqlar, mantiqiy va xotirani yaxshilovchi (“Chain drill”, “Treasure island”, “Run and touch?”, “Matching”,”Listen and fill” )interaktiv o`yinlarni o`z ichiga olgan. Zero, o`yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o`quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Ta`kidlash joizki, o`yin eng avvalo, o`qitishning bir usulidir. O`quvchilar o`yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g`alaba qozonishga intiladilar, o`qituvchi ular orqali o`quvchiga ta`lim va tarbiya ham beradi. “Treasure island”nomli interaktiv o`yinidan turli xil mavzularga moslab, istalgan sinfda o`quvchilarni dars mobaynida olgan bilimlarini tekshirish uchun foydalaniladigan eng ommabop va darsning mustahkamlash qismi uchun juda zamonaviy va o`quvchilar diqqatini jalb qiladigan o`yindir.Bu o`yinni hattoki yuqori sinf o`quvchilari ham katta qiziqish bilan o`ynaydilar.Buni ko`p marotaba dars mobaynida sinab ko`rganman.Past o`zlashtiruvchi o`quvchilar ham juda faol qatnashishga harakat qilishadi.Maktabimizdagi ingliz tili o`qituvchilari ham o`z darslarida foydalanishyaptilar. Xorijiy tillar Fan oyligida ham maktabdagi boshqa fan o`qituvchilari bu o`yinni kata qisiqish bilan o`ynashdi.

Ingliz tili fani o`qituvchisi Abdiyeva M.N tomonidan tuzilgan ushbu dars ishlanmasi ta`lim sifati ko`rsatkichlarini oshirish uchun o`quv jarayonida tadbiq qilishga nazariy va amaliy darslarga qo`llashga tavsiya etiladi.

Zarafshon shahar 2-umumta`lim maktabining ingliz tili fani o’qituvchisi: Abdiyeva M.N.
Download 273.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling