Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Abdullayeva Zamiraxonning
Download 22.79 Kb.
|
Alifbe bayrami senariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayram urf-odatlari
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Abdullayeva Zamiraxonning 1-,,B” sinfida o‘tkazgan ,,Savodxonlik bayrami” tadbir Senariysi Savodxonlik bayrami tadbir senariysi 1-boshlovchi: Assalom mehmonlar, mo‘tabar suyuk, Assalom ustozlar nomlari buyuk. 2-boshlovchi: Assalom otalar, baxtim posponi, Assalom onalar, fidoyi joni. 1-boshlovchi: Assalom bolajon, iqboli porloq, Bugun ilk bayramga yetishga quvnoq. 2-boshlovchi: Sizlarga aytayin bir shirin tilak, Savodxonlik bayrami bo‘lsin muborak! 1-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mo‘tabar muhtaram ota-onalar, ustozlar, o‘quvchilar! Bugungi tadbirimizga xush kelibsizlar. Sizlarga uzoq umr, bolajonlarga baxtli davron, porloq tole, nurli kelajak tilaymiz. Bugungi Savodxonlik bayramimizni ,,Bilimlar mamlakati’’ deb nomladik. 2-boshlovchi: Barchangizni bugungi dilbandlaringizning shodligi-yu quvonchi bo‘lgan savodxonlik bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklab qolamiz. Keliglar davramizga ularni chorlab qolamiz. Abdullayeva Zamiraxon ustoz boshchiligidagi 1-,,B” sinf o‘quvchilarini olqishlaringiz ostida davraga taklif etamiz. 1-boshlovchi: Endi esa bayram tadbirimizni ochib, yoshlarni qutlash uchun so‘zni maktabimiz rahbariga beramiz. 2-boshlovchi: bolajonlaringiz shuncha oy davomida, vatan, ona, maktab va ustoz kabi so‘zlarni o‘qishni yozishni o‘rganib, savodlarini chiqarib oldilar, hisob-kitobni o‘rganib olishdi. 1-boshlovchi: Keling azizlar, endi bolajonlarimiz sizlarga o‘z bilim, san’atlarini namoyish qilsalar, siz miriqib tomosha qilsangiz. 2-boshlovchi: Tug‘ulib-o‘sgan joyingiz, qishlog‘ingiz, soyingiz, Ayting qayer bo‘ladi.( O‘zbekiston bo‘ladi) 1-boshlovchi: Endigi navbatni vatanni madh etuvchi she’rlarga beramiz. tinglaymiz. 1-boshlovchi: Davralarni to‘ldirib, raqqosa qizlar o‘ynasin, barchaga shodlik ulab Durdona qizlar o‘ynasin. Qizlar ijrosida ,,Olma pishganda” raqsi. 2-boshlovchi: Endigi navbatni ona haqidagi she’rlarga beramiz. (Muhammadiy, Rahmatillo, Humoyun, Muhammadyusuf, Rahmatillo) 1-boshlovchi:,,Olmani qarang’’ qo’shig’ini sinf o’quvchilari ijrosida tinglaymiz. 2-boshlovchi: Endigi navbatni yigitlar ijrosidagi ,,Qamchi bos’’ raqsiga beramiz. 1-boshlovchi: Matematikaga bag’ishlangan raqamlar tilga kirganda she’rlariga navbat. 2-boshlovchi: Qizlar ijrosida ,,Xorazm lazgisiga’’ navbatni beramiz. 1-boshlovchi:,,Kasblar tilga kirganda’’ sahnada nemis tilida kasblar so’zlaydilar. 2-boshlovchi: Aziz o’quvchilarimiz nemis tilida she’lar va maqollar aytishni ham bilar ekanlar, kelinglar ularni davramizga chorlasak. 1-boshlovchi: Endigi navbatni sinfimiz o’quvchilari ijrosida ,,Askarlar raqsini’’ e’tiboringizga havola etamiz. 2-boshlovchi: Ustozlarni madh etuvchi she’rlarga navbatni bersak. 1-boshlovchi: hozir biz sizlar bilan ,,Asalari Mayaning sarguzashtlari’’ dan parchani nemis tilida musiqali sahna ko’rinishini tomosha qilamiz. 2-boshlovchi: Bilasizmi… Aziz o’quvchilar bugungi tadbirimizga Alisher Navoiy, Z.M.Bobur, Amir Temur, Burhoniddin Marg’iloniy va Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk allomalarimiz ham tashrif buyurishgan, hozirgi navbatni ularga bersak. 1-boshlovchi: Qizlar ijrosidagi ,,Do’ppi tikdim,, raqsini birgalikda tomosha qilsak. 2-boshlovchi: Nemis tilida ,,Mening oilam’’ video roligiga navbatni beramiz. 1-boshlovchi: Sinf ijrosida ,,Fasllar qo’shig’ini’’ tinglaymiz. 2-boshlovchi: Endigi navbat sinf o’quvchilari ijrosidagi go’zal valsga. 1-boshlovchi: Navbat ,,Ota-onalar daqiqasiga’’. 2-boshlovchi: Shuning bilan bugungi ,,Bilimlar mamlakati’’ deb nom olgan Savodxonlik bayramimiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat 1-boshlovchi: Tadbirimiz orqali biroz bo’lsada sizning ko’nglingizga yo’l topa olgan bo’lsak o’zimizni baxtiyor his etamiz… Sog’ va omon bo’linglar. Bayram urf-odatlari Navro’zda uy-joyni tozalaydilar Navro’zga qadar daraxtlar tanasini oqlaydilar Navro’zda bug’doy undirib, sumalak pishiriladi Navro’zda yaxshi niyat qiladilar Navro’zda navro’z taomlarini pishiriladi Navro’zda araz-ginalarni unutadilar Navro’zda qarindosh-urug’larga boradilar Navro’z kuni olamdan o’tganlarni qabrini ziyorat qiladilar Navro’zda g’iybat qilmaydilar 10.Navro’zda jonivorlarni urmaydilar 11. Navro’z kuni bemorlarni holidan xabar olib, bayram taomlari jo’natiladi. Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling