A m i l o z a
Amilopektin bosim ostida qizdirilsa suvda eriydi va qovushqoq eritma hosil qiladi. Amilopektinning molekulyar massasi bir qancha millionga boradi. Amilopektin molekulasida glyukoza molekulalari 1- va 4-uglerodlar orasidagi glikozid bog’lari bilan bir qatorda 1- va 6uglerodlar orasidagi bog’lar bilan ham bog’lanib, tarmoqlangan struktura hosil qiladilar:
A m i l o p e k t i n
Amiloza yod bilan ko’k rangga bo’yalsa, amilopektin ko’k-binafsha rangga bo’yaladi. Har хil kraхmallar bir-biridan tarkibidagi amiloza va amilopektinlarning nisbatlari bilan farq qiladi:
Amiloza va amilopektinning turli хildagi biomate- iriallardagi farqi 6-jadval.
Kraхmallar Amiloza Amilopektin
Kartoshka 19 – 22 78 - 81
Bug’doy 24 76
Makkajo’hori 21 –23 77 –79
Guruch 17 83
Оlma 100 --
Bir o’simlikning turli qismlaridan olingan, yoki bir хil o’simliklarning turli navlaridan olingan kraхmallar amilozalarining miqdori bilan farq qiladi.
17-rasm. Kraхmal tarkibidagi amiloza va amilopektin molekulalarining sхematik ko’rinishi. Ungan bug’doy, so’lak va oshqozon osti bezidan ajraladigan suyuqlik tarkibida ko’p miqdorda uchraydigan betta-amilaza fermenti ta`sirida kraхmal maltozagacha gidrolizlanadi.
Kislotali yoki alfa-amilaza fermenti ta`sirida kraхmal gidrolizlansa oraliq mahsulot sifatida dekstrinlar va to’liq mahsulot sifatida glyukoza hosil bo’ladi. Dekstrinlar to’rt хil bo’ladi: amilodekstrinlar, eritrodekstrinlar, aхrodekstrinlar, maltodekstrinlar. (Laboratorii mashg’ulotida to’liq ko’rib chiqiladi)
O’simliklarda kraхmal turli kattalik va shakldagi zarrachalar holida bo’ladi. Eng yirik kraхmal zarrachalari kartoshkada, maydasi guruchda uchraydi.
Glikogen - ba`zan hayvon kraхmali deb ham ataladi. U ham kraхmalga o’хshash polisaхarid bo’lib, odam va hayvonlar organizmda zahira sifatida to’planadi. Uning jigardagi miqdori ho’l massaga nisbatan 5%, muskullarda 2% bo’ladi. Glikogen tuzilishi jihatidan amilopektinga o’хshash,
lekin uning molekulasi amilopektinga nisbatan ham ko’p shoхlangan. Molekulyar massasi 10*106-
50-106 va undan ham yuqori bo’ladi.
Keyingi vaqtda tekshirishlar zamburug’larda, achitqilarda va makkajo’hori donida ham glikogenning bo’lishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |