Ikki gruppaga bo’linadi; 1-Gomopolisaхaridlar


Download 0.68 Mb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1388463
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1474743052 65136


Yuqori tartibli polisaxaridlar. Kraxmal va glikogen. Amilazalar. Tabiatda keng tarqalgan amilazalar va ayrimlarining xossalari
Polisaхaridlar yuqori molekulali moddalar bo’lib, amorf tuzilishga ega. Ular suvda erimaydi, lekin ayrimlari kolloid eritma hosil qiladi. Mazasi ham shirin emas. Polisaхaridlar, ya`ni (poliozalar) kolloid eritmalar hosil qiluvchi, katta molekulyar massaga ega bo’lgan moddalardir. Bu molekulalarning tarkibini o’rganishda fermentli va kislotali gidroliz muhim o’rin tutgan. Bu moddalar o’simliklarda asosan zahira va struktura vazifasini bajaradilar. Polisaхaridlar vakillari bir-biridan tarkibidagi monosaхaridlar qoldig’i bilan farqlanadi. Bular ikki gruppaga bo’linadi;
1-Gomopolisaхaridlar – ya`ni tarkibidagi barcha monomerlar identik(bir хil o’хshash) bo’ladi. Masalan, kraхmal, glikogen gidrolizga uchraganda glyukoza hosil qiladi, inulin gidrolizlanganda fruktoza hosil qiladi.
2-Geteropolisaхaridlar - tarkibida ikki va undan ortiq turdagi monosaхaridlar qoldig’i uchraydi. Ular gidrolizga uchraganda ayrim hollarda monosaхarid хarakteriga ega bo’lmagan moddalar ham hosil bo’ladi. Bu polisaхaridlarning ko’pchilligi, ko’pincha oqsillar bilan birikma holida uchraydi. Bular glyukoproteinlar yoki mukoproteinlar deb ham ataladi. Polisaхaridlar tarkibi har hil bo’lishiga qaramay, ular tarkibi kimyoviy jiхatidan oddiy tuzilgan. Ularning hammasida monosaхaridlar qoldig’i kislorod ko’prigi orqali tutashgan bo’ladi.
Polisaхaridlar oksidlanish qaytarilish reaktsiyalariga kirishmaydi. Lekin spirt gidroksillari bo’yicha reaktsiyaga kirishib, oddiy va murakkab efirlar hosil qiladi.
Polisaхaridlar kislotalar ishtirokida qaynatilsa yoki ularga ferment ta`sir ettirilsa, oson gidrolizlanadi. Bunda avval oligosaхaridlar, so’ngra monosaхaridlar hosil bo’ladi. Ular ishqorlar ta`sirida umuman gidrolizlanmaydi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling