Pestitsidlarning tasnifi


Download 8 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi8 Kb.
#1830000
Bog'liq
Pestitsidlarning tasnifi


Pestitsidlarning tasnifi
Pestitsidlar [lot. pestis – maraz, caedo – oʼldiraman], zaharli kimyoviy moddalar – oʼsimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona oʼtlar, shuningdek, yogʼoch, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklari q oʼzgʼatuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, oqsillar, gibberellinlar, defoliantlar, deskantlar, retradantlar ham pestitsidlarga kiritiladi. Pestitsidlar tirik organizmlar hujayralariga kirib ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini oʼzgartiradi. Hujayraning oqsil va boshqa(lar) moddalari bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishib, ularni choʼkmaga tushiradi, fermentlar faolligini zaiflashtiradi, modda almashinuvi jarayonini buzadi va hujayrani halokatga olib keladi.
Pestitsidlar qoʼllanish obʼekti, organizm ichiga kirish yoʼli, taʼsir qilish xarakteri va kimyoviy tarkibiga koʼra tasniflanadi. Qanday zararli organizmga qarshi ishlatilishi, yaʼni qoʼllanish obʼektga qarab, pestitsidlar quyidagi turlarga boʼlinadi: insektitsidlar – hasharotlarni kirib tashlaydigan vositalar; antifidantlar – oʼsimliklar va materiallarni zararkunandlardan saqlaydigan moddalar; akaritsidlar – oʼsimlikxoʼr kanalarga; nematitsidlar – oʼsimlik nematodalariga; limatsidlar – shilliq kurtlarga; rodentitsidlar – kemiruvchilarga; fungitsidlar – zamburugʼlar qoʼzgʼatuvchi kasalliklarga: bakteritsidlar – bakteriyalarga; gerbitsidlar – qishloq xoʼjaligi ekinlari orasidagi begona oʼtlarga; arboritsidlar – buta va chala buta oʼsimliklarga qarshi qoʼllaniladigan vositalar; attraktantlar – hasharotlarni jalb qiluvchilar, repellentlar – hasharot va kularni choʼchitadigan moddalar, algitsidlar – suvoʼtlarga qarshi qoʼllaniladigan preparatlar va h. k. Kompleks taʼsir kuchiga ega boʼlgan pestitsidlar ham bor. Masalan, urugʼlikni dorilashda ishlatiladigan pestitsidlar fungitsid, bakteritsid, insektitsid va boshqa(lar) vazifalarni bajarishi mumkin.
Pestitsidlarning organizm ichiga kirish yoʼli va taʼsir qilish xarakteriga koʼra tasniflashga zararkunandalarning oziqlanishi asos boʼladi. Masalan, kemiruvchi ogʼiz apparatiga ega boʼlgan hasharotlar (chigirtkalar, qoʼngʼiz lichinkalari va yetuk shakllari, kapalak qurtlari)ga moddalar ularning ogʼzi orqali ichiga tushganida, sachib-soʼruvchi ogʼiz apparatli hasharot (oʼsimlik bitlari, qandalar)ga esa zaharli vositalar ular tanasiga tekkanida, yaʼni teri qoplami orqali (sirtdan taʼsir qiluvchi pestitsidlar) taʼsir qiladi; bugʼ yo gaz holidagi zaharli kimyoviy moddalar nafas yoʼllari orqali, shuningdek, oʼsimlik yoki hayvon shirasi bilan oziqlanadgan hasharotlar toʼqimasiga osongina singib, zaharlaydi.
Pestitsidlar begona oʼtlar, kasalliklar va zararknandalarga qarshi kurashda eng samarali usullardan hisoblanadi. Pestitsidlar organik va noorganik birikmalarning turli sinflariga mansub. Ularning koʼpchiligi sunʼiy yoʼl bilan olinadi. Eng muqim pestitsidlar xlororganik va fosfororganik birikmalar, karbamin kislota qosilalari, oʼsimliklardan olinadigan (piretroidlar), triazinlar kiradi. Аnorganik pestitsidlardan mis, oltingugurt va boshqa(lar) elementlarning birikmalarini koʼrsatish mumkin. 
Xlororganik pestitsidlar universallik bilan afzaldir. Ular juda koʼp tur zararkunandalarni yoʼq qiladi, taʼsir kuchi uzoq muddat saqlanadi va issikkonli hayvonlar uchun xavfi kam. Xlororganik pestitsidlarning kamchiligi ularning tashqi muhit, tuproq, oʼsimlik va suvda kimyoviy jihatdan barqarorligi, yaʼni uzoq vaqtgacha parchalanmay saqlanib turishidir. Bu esa preparat qoldiqlarining oʼsimlik mahsulotlari va hayvon organizmi tarkibida yigʼilib qolishga olib kelishi mumkin. DDT kabi juda barqaror preparatlardan foydalanish may qilingan. 
Fosfororganik pestitsidlar yuqori biologik faollikka ega. Bu birikmalar oʼsimlik ichiga singib kirish va zahar kuchini ancha vaqt saqlab turish xususiyati bilan boshqalardan ajralib turadi. Baʼzilari barg yoki ildiz orqali singib, oziq moddalari eritmasi bilan birga oʼsimlik tomirlari tizimi boʼylab tarqaladi. Bundan oʼsimlik shirasi bilan oziqlangan zararkunandalar zaharlanib nobud boʼladi; bu birikmalar ichdan taʼsir qiluvchi preparatlar deb ataladi. Boshqa guruh moddalari oʼsimlik toʼqimalariga yuza singib, Tomirlar orqali tarqalmaydi va qisman singuvchi preparatlar deb ataladi. 
33-Guruh Mutalliyeva Nazira


Download 8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling