5 Ma’ruza: Tirik orgnizimlarning tarkibida uchiraydigan biomolekulalar va ularning tavsifi
Download 282.66 Kb. Pdf ko'rish
|
5.maruza.
5 - Ma’ruza: Tirik orgnizimlarning tarkibida uchiraydigan biomolekulalar va ularning tavsifi. Reja: 1. Oqsillar . Aminokislotalar. 2. Fermentlar . 3. Nuklein kislotalar . 4. Uglevodlar . 5. Lipidlar . 6. Vitaminlar . 7. Yuqori molekulyar organik birikmalarni tatqiq qilish. Oqsillar. Tirik mavjudotlarning tanasini tashkil etuvchi eng muhim organik birikmalardan biri o q s i l l a r d i r. Ular yuqori molekulali biopolimerlar bo’lib, barcha jonzotlarning tanasida uchraydi va muhim hayotiy jarayonlarni idora etadi: - hujayra va ichki a’zolar membranalarini oqsilli - lipidli majmuiy tuzilmalar holida tashkil etadi, quruvchi modda va tuzilma vazifasini bajaradi; - oqsillar - ferment xossalarini namoyon etib, biokatalizatorlik vazifasini bajaradilar; - harakatlanish vazifasi bo’yicha mushaklar ishi, kipriklarning harakati, hujayra protoplazmasinining ya’ni sitoplazmaning harakati, yurak turtkisi va boshkalar oqsilli tuzilmalarning ishi orqali namoyon bo’ladi; - tashish(transport) vazifasi bo’yicha qonda gemoglobin oqsili O 2 bilan CO 2
ni, qonda albuminlar – yog’ kislotalarini, biomembranalar orqali oziq moddalarning tashilishi kabi jarayonlar amalga oshadi; - himoya fazifasi bo’yicha antitanalar, qon fibrinogeni bilan trombini, musin, kollogen, keratin kabi oksillarning funksiyasini ko’rsatish mumkin; - Gormonal vazifasi bo’yicha insulin, vazopressin, oksitosin, kabi oqsilli birikmalarning funksiyasini ko’rsatish mumkin; - zahira vazifasi bo’yicha tuxum albumini, sut kazeini, o’simlik urug’larida jamg’arilgan oqsillarni ko’rsatish mumkin; - tayanch vazifasi - pay, skelet suyaklari va bug’umlar, tuyoq va boshqalar oqsilli moddalardan tarkib topgandir; - reseptor vazifasi - glikoproteinlar, lektinlarni tanlab birikishi xususiyatiga ega ekanligidan nomoyon bo’ladi; - boshqarish vazifasi - faqat oqsil-ferment yoki oqsil-gormon holida emas, balki genomni idora etuvchi oqsillarni, fermentlarning ingibitorlarini ko’rsatish mumkin;
- oziqiy ahamiyati bo’yicha oqsillar odam va hayvonlarning oziqli moddalarining muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlab, agar ularda oqsillar yetishmasa mahsuldorligining kamayishini ko’rsatish mumkin; - oqsillar tabiiy jun va ipak ishlab chiqarishda xomashyo sifatida muhim ahamiyatga ega; - o’sish, rivojlanish, ko’payish kabi hayotiy jarayonlar, bevosita, nukleoproteinlarning biokimyoviy xususiyatlari bilan bog’langan;
- Oqsillar tarkibiga ko’ra: o d d i y va m u r a k k a b oqsillarga bo’linadi. Gidrolizga uchraganda faqat erkin aminokislotalar hosil qiluvchi oqsillar - oddiy oqsillardir; gidrolizlanganda oddiy oqsillarga va oqsil
bo’lmagan moddalar(karbonsuvlar, nuklein kislotalari, fosfat kislotasi qoldig’i va h.k.)ga parchalanuvchi oqsillar - murakkab oqsillardir. Oqsil nomi tuxum oqi ya’ni «tuxum oqsili» atamasidan kelib chiqqan.Tuxum yoki va unga o’xshash, tarkibida azot tutuvchi oqsil tabiatli moddalar ustida Gollandiyalik olim Mulder (1802-1880) ko’p tadqiqotlar olib borgan. Ko’pgina kimyoviy atamalarning asoschisi Y. Ya. Berselius(1779-1848), birinchi marta 1838 yilda, oqsillarga nisbatan p r o t e i n (yunoncha - protos - birinchi darajali, demak) atamasini qo’llagan. Hozirgi vaqtda «oqsil» va «protein» atamalari sinonimlar holida ishlatilib, bir xil ma’noni bildiradi va ular hayot uchun juda muhim degan ma’noni anglatadi.
Download 282.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling