5 Ma’ruza: Tirik orgnizimlarning tarkibida uchiraydigan biomolekulalar va ularning tavsifi


Download 282.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana09.01.2022
Hajmi282.66 Kb.
#267129
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5.maruza.

 

Nuklein kislotalar

. Yangi xil biologik modda sifatida  n u k l ye i  n  k i s l 

o t a lar 1868 yilda Shveysariyalik biolog Fridrix Misher tomonidan kashf etilgan. 

U  yiringni  tashkil  qiladigan  qon  leykositlari(«Yiring  hujayralari")  yadrosidan 

fosforga  boy  noma’lum  birikmani  ajratib  olib,  unga  «nuklein»  nomini  beradi. 

Keyinchalik  bu  birikma  kislota  hususiyatiga  ega  bo’lganligi  uchun  «nuklein 

kislota» deb ataladi. 1891 yilda nemis olimi Kyossil bu moddani gidroliz kilib, ular 

uch  xil  birikmalardan:  purin  va  pirimidin  qatoriga  kiradigan  geterosiklik  azotli 

asoslar,  karbonsuv  fosfat  kislota  qoldig’idan  tashkil  topganligini  isbotlaydi. 

Keyinchalik, gidroliz yo’li bilan ularni azot asosi, karbonsuv va fosfat kislotadan 

tashkil  topgan  nukleotidlar  -  DNK  -  dezoksiribonukleotid,  RNK  -  ribonukleotid 

ekanligi  tasdiqlandi.  Nuklein  kislotalarning  aniq  tuzilishi  XIX  asrning  50- 

yillaridan  keyin,  ularning  biologik  funksiyasi,  biosintezi  va  biokimyoviy 

tavsilotlarini tadqiq etish jarayonlari to’la tushunila boshlandi. 




       Amerikalik  olim  E.  Chargaffning  aniqlashicha  DNK  molekulasida  azotli 

asoslarning bir-biriga nisbatan qat’iy va 1ga teng: 

 

Demak,  DNK  ning  nukleotid  tarkibi:   A  +  T  va  G  +  S  ning  birga  kelishi  bilan 



tavsiflanadi.  Bu  qo’sh  nukleotidning  miqdoriy  jihatdan  farqi  bo’lishi  ham 

kuzatildi.  Ayrim  DNK  da   A  +  T,  boshqalarda   G  +  S  ko’prok  bo’lishi  mumkin. 

Bu,  bevosita,  A.  N.  Belozyorskiyning  ko’rsatishicha,  o’simlik  va  hayvonlarning 

evolyusion  taraqqiyoti  bilan  belgilanadi.  Nuklein  kislotalarning  eng  muhimlari: 

adenozinmonofosfat (AMF), guanozinmonofosfat(GMF), sitidinmonofosfat(SMF), 

uridinmonofosfat(UMF), 

dezoksiadenozinmonofosfat 

(dAMF). 


Ana 

shu 


nukleotidlarning unlab, yuzlab va hokazo miqdorlarda o’zaro birikishidan nuklein 

kislotalar  hosil  bo’ladi.  Demak,  nuklein  kislotalar  polinukleotidlardir.  Nuklein 

kislotalar  ikkita  katta  sinfga  bo’linadi:  dezoksiribonuklein  va  ribonuklein 

kislotalarga. 

DNK va RNK ning o’xshash va farqlari quydagicha ko’rishimiz mumkun. 

DNK   


 

 

 



RNK 

H

3



RO

4

 



 

 

 



H

3

RO



4

   


 Dezoksiriboza 

 

 



 Riboza 

 Adenin 


 

 

 



 Adenin 

 Guanin 


 

 

 



 Guani 

 Sitozin 

 

 

 



Sitozin 

 Timin 


 

 

 



 

 Urasil 



         

Uglevodlar.

  Molekulasining  tarkibi  C,  H  va  O  dan  tarkib  topgan  va 

uglerodning  C  H

2

O  holatidagi  gidratlarini  o’zaro  fazoviy  tuzilmalaridan  hosil 



bo’lgan  murakkab  moddalar  karbonsuvlar  (uglevodlar)  deb  ataladi.  Ular  tabiatda 

keng tarqalgan moddalar bo’lib, muhim biologik vazifalarni o’taydi. Ayniqsa, ular 

o’simliklarda  ko’p  miqdorlarda  uchraydi,  ularning  quruq  vazniga  nisbatan  70-

80%ini  tashkil  etadi.  Odam  va  hayvonlar  organizmida  ularning  miqdori  2% 

atrofida bo’ladi. 

 

         Kimyoviy tuzilishi jihatidan karbonsuvlar ko’p atomli spirtlarning aldegidlari 



va  ketonlari  hisoblanadi.  Tirik  jonzotlardagi  karbonsuvlarning  bajarayotgan 

vazifalari turli-tuman. Eng avvalo, karbonsuvlar biokuvvatiy ahamiyatga ega, ular 

nafas  olish  jarayoni  bilan  biologik  oksidlanishga  uchrab,  o’zlarida  jamg’arilgan 

bioquvvatni ajratadi. Hisoblashlarga ko’ra, 1 g karbonsuv oksidlanganda 4,1 kkal 

yoki 16,9 kDj bioquvvat hosil bo’ladi. 

          Karbonsuvlar  quruvchi  modda  sifatida  ham  ahamiyatga  ega.  Ular  nuklein 

kislotalari, karbonkislotalar, aminokislotalar, huddi shunday oqsillar, lipidlar bilan 

birikib, muhim biogen ahamiyatli birikmalarni hosil qiladi. 

          Karbonsuvlar  himoya  vazifasini  ham  o’taydi.  Ular  o’simlik  to’qimalarining 

qobig’ini  hosil  qilishda,  hashoratlar,  qisqichbaqasimonlarning  tashqi  qurilmasini, 




bakteriyalarning  hujayra  devorlarini  va  barcha  tirik  jonzotlarning  hujayrasi 

membrana(qobiq)larini tashkil etishda qatnashadi. 

          Karbonsuvlar  tayanch  vazifasini  ham  bajaradi.  Kletchatka  va  boshqa 

murakkab  karbonsuvlar  hujayra  qobig’ini  tashkil  etishda  ishtirok  etib,  mexanik 

vazifasini idora etadi va to’qimalarning tayanch hususiyatlarini yuzaga chiqaradi. 

Ular odam va hayvonlarning tog’ay to’qimalari tarkibiga xondroitinsulfatlar holida 

qatnashib, oqsillar bilan hamkorlikda, tayanch vazifasini bajaradi. 

         Eng muhimi, karbonsuvlar mahsus vazifalarni ham bajarishda ishtirok etadi. 

Jumladan,  glikoprotein  tabiatli  murakkab  moddalar  har  xil  gurhdagi  qonning 

antigenli  xususiyatini  taniy  oladi, ular  asab  hujurasining  uchlarida ko’p  miqdorda 

uchrab,  asab  impulsini  o’tkazishda  ham  qatnashadi.  Ayrim  glikoproteinli 

fermentlar qonning sovutgichisi, baliqlarda esa antikoagulyant vazifasini bajaradi. 

          Karbonsuvlar  zahira  oziq  modda  vazifasini  ham  o’taydi.  Odam  va  hayvon 

to’qimalarida glikogen, o’simliklarda  -  kraxmal  holida to’planib, zarur bo’lganda 

bioenergiya uchun sarflanishi kuzatiladi. 

          Karbonsuvlar  tarkibi  va  hossalariga  qarab  uch  guruhga  bo’linadi: 

monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlar(glikanlar). 


Download 282.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling