5 Ma’ruza: Tirik orgnizimlarning tarkibida uchiraydigan biomolekulalar va ularning tavsifi
Download 282.66 Kb. Pdf ko'rish
|
5.maruza.
Yuqori molekulyar organik birikmalarni tatqiq qilish.
Molekulyar biologiyaning rivojlanishi bilan oqsil sintezini idora etilishining ilmiy asoslarini o’rganish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunda g e n m u x a n d i s l i g i deb nomlangan biotexnologik jarayonlarning yutuqlari har bir organizmning genomini, oqsil sintezi va buzilishi bilan bog’li bo’lgan o’zgarishlarni o’rganish imkoniyatlariga ega bo’lmoqda. Hatto, hayotiy jarayonlarning tub mohiyati, fenomini - irsiyat va o’zgaruvchanlikning asl ma’nosi molekula darajasida o’rganilmoqda. Bizning davrimizga kelib, 1903 yilda Daniyalik olim Iogansen kiritgan «gen» atamasining mazmuni chuqurlashib, uni «yakka polipeptid zanjirni qadirlaydigan DNK ning bir qismi» ekanligini bilamiz. Hujayraning genetik tizilmasi asosan xromosomalardagi DNK da, yadroda, membranalarda, mitoxondriyalarda, xloroplastlarda, bakteriyalarda, viruslarda mavjud. Bir organizmning, hujayraning barcha genlarini yig’indisini g e n o m deyiladi. DNK ning miqdori bir organizmning barcha hujayralarida bir xildir. Tirik organizm qancha murakkab tuzilgan bo’lsa, unda shuncha genetik ma’lumot ko’p bo’ladi. Jumladan, inson hujayrasidagi DNK larning umumiy uzunligi 2 m teng, bu taxminan 5,5.10 9 qo’sh asoslarga, binobarin 4.10 12 molekulyar massaga egadir. Inson hujayralarida 46 xromosoma mavjud, ularning har birining uzunligi 4 sm ga teng. DNK da har 0,034 sm uzunlikda 2 mln nukleotid joylashadi. Bir xromosomada nechta gen joylashgan? Degan savol olimlarni qiziqtirgan, tez orada bu savolga «Juda ko’p genlar joylashgan» degan javob olingan. Prokariotlardan E.coli da 5000 atrofida, undagi har bir DNK isi 4.10 6 qo’sh nukleotiddan iborat, tarkibi 350 ta aminokislota qoldig’idan iborat oqsil molekulasini kodirlaydigan 1050 qo’sh nukleotid mavjuddir. Yoki E. coli dagi 4 mln qo’sh asoslar 3800 genlarni qodirlashga yetadi. Eukariotik DNK lar genlarning tashkil etilishi va funksiyasi jihatdan ancha murakkab, 10 asosli qo’sh asoslarning millionlab marta takrorlanishidan hosil bo’lgani 10% ni, 10 000 marta takrorlanishidan hosil bo’lganlari, 20%, qolgan 70% DNKning yagona qismiga to’g’ri kelishi sutemizuvchi (sichkon) lar misolida isbotlangan. Binobarin, sutemizuvchilarda g e n o m deyarli 3 mln oqsillarni qodirlashga yetadi, lekin har bir organizm 30 000 dan ortiq aholida oqsillarni kodirlashga ega bo’lgan tuzilmalarga ega emas. Shu nuqtai-nazardan inson organizmning hujayralari taxminan 5000 genga ega, bu son drozofill pashshasinikidan faqat 6 martagina ko’pdir. Oqsil molekulasining sintezlanishida hosil bo’lgan yangi oqsilning turi, miqdori, sifati DNK idagi genlarning o’qilishiga - replikasiyasiga bog’liq. Ya’ni replikon(genning bir qismi)larning hosil bo’lishi bilan bog’langanligini bilamiz. Bu boradagi izlanishlar biokimyoviy genetikani rivojlantirdi. Hozirgi vaqtda «Biokimyoviy genetika» sohasida gen muhandisligi, ya’ni ona hujayrada ko’payadigan yangi genetik tizilmani in vitro sharoitida hosil qilish sohasi keng rivojlanmoqda. Buning asoschisi Amerikalik olim P. Bergdir. U 1972 yili in vitro sharoitida, birinchi marta, gibrid DNK ini ya’ni gibrid-rikombinativ (rekDNK) ini sintez qildi va maymun virusi bilan ( S V 40) bog’lashgan ichak tayoqchasi DNK isiga birlashtirdi, ijobiy natija oldi. Bunda restriktaza, DNK-ligazalar ishtirok etishi aniqlandi. Agar restriktazalar DNK molekulasini parchalasa, DNK- ligazalar ularni bir-biriga qo’shadi(tikadi). Hosil qilingan halqasimon DNK fragmenti o’ziga xos genlarni saqlab, rekDNKini ko’paytiradi va oqsil sintezini amalga oshiradi. Aniqrog’i rekDNK kiritilgan ona-hujayrada oqsil sintezi amalga oshadi. Amalda ona-hujayra uchun ichak tayoqchasi(Escherichia coli), achitqilar (Sachamyces cerevisae), hayvon va o’simlik hujayralari olinadi. Shuning uchun rivojlanayotgan g e n m u h a n d i s l i g i, bevosita, rekombinat (rekDNK) DNKlar texnologiyasini yaratishga bog’liq. Gen muhandisligi, bevosita, DNKining bir qismi - genni kesib olish, uni begona(yot) gen bilan bog’lash va bu yangi genomni ona-hujayraga kiritish bilan bog’langan natijalar asosida rivojlanadi. Bunda klonirlash texnikasiga e’tibor berish zarur, ya’ni bir turli genli DNK molekulasining hosil qilish uchun hujayraning toza liniyasini olib klon hosil qilinadi. Klon deganda birdan-bir ona hujayradan kelib chiqqan hujayralar populyasiyasi tushuniladi. Bunda ko’pincha mutant hujayralar olinadi. Keyingi yillarda somatik hujayralarni duragaylashga ham erishildi. Bunda 2 ta yadroli bitta hujayra - g e t e r o k a r i o n hosil qilindi. U mitotik bo’linib, bir yadroli gibrid hujayra hosil qilaoladi, uni klonirlash ham mumkin. Biroq, gen muhandisligida DNK molekulasidan bir qismi(gen)ni kesib olish muommosi mavjud. Bu muammoni Amerikalik olimlar Stenli Koen, Gerbert Boyer (1972 yilda) yechimini topdilar. Ular shu maqsadda bakteriyalardagi endonukleaza fermentidan o’rinli foydalanishni tavsiya etdilar. Endonukleazalar bakteriyani virus infeksiyalaridan saqlaydi, himoyalaydi, virus DNKisining har ikkala jiyagini ham parchalaydi va virus DNKisini ko’payishini chegaralaydi - restriksiyalaydi. Shuning uchun ularni restriktazalar deb atashganlar. Birinchi bo’lib, restriktazalarni Amerikalik olimlar Smit bilan Arber kashf etishgan, Nobel mukofotiga sazovar bo’lishgan.
Download 282.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling