Ikki kinoqissa − bir maqsad
Download 23.78 Kb.
|
1 2
Bog'liqB.Boymatov. Ikki kinoqissa-bir maqsad
IKKI KINOQISSA − BIR MAQSAD Boymatov Boburjon Saydali o‘g‘li Termiz davlat universiteti magistranti e-mail: boburjon.boymatov@mail.ru O‘zbek adabiyoti shunday bir bog‘ki, bu bog‘da biri-biridan go‘zal va takrorlanmas iforga ega bo‘lgan gullar − ijodkorlar bisyor. Ular yaratgan asarlari bilan adabiyot ixlosmandlarining qalbiga nur ulashib kelmoqdalar. Shunday ijodkorlardan biri O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimdir. Usmon Azimning she’rlarini o‘qiganlar “u tengsiz shoir” desa, hikoya va esselarini mutolaa qilganlar “u tengsiz nosir” deydi, dramalarini o‘qigan boshqa biri esa “u yetuk dramaturg” deydi. Dastlab adabiyot maydonida olovli she’rlari bilan kitobxonlar qalbidan joy olgan shoir, keyinchalik o‘zini nasrda sinab ko‘rdi, hikoyalar, dramalar yozdi va bu yo‘lda ham mahoratini namoyish etdi. Usmon Azim qalamiga mansub hikoyalar keng kitobxonlar ommasi hamda adabiyotshunoslar tomonidan ijobiy baholandi. Ayniqsa ijodkorning, milliy dramaturgiyamiz rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos bo‘ldi desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Usmon Azim ijodining yana bir qirrasi borki, u hali adabiyotshunosligimiz tomonidan yetarli darajada o‘rganilmagan kinoqissachilikdir. Demak, ushbu ishimizda nazarimiz markazida ijodkorning kinoqissalari bo‘ladi. Bizningcha, mustaqil janr deb qaralayotgan kinoqissa yaratguniga qadar Usmon Azim kinoqissaga tili va janr xususiyatlari jihatidan yaqin bo‘lgan dramaturgiya sohasida qalamini charxlab oldi. O‘tgan asrning oxirgi o‘n yilligida ssenariynavislik bilan ham shug‘ullandi, kinodoston va kinoqissalar yaratdi. Adib “Alpomish” filmi uchun Buxoroda bo‘lib o‘tgan kinofestivalda mukofotlandi ham. “Jimlik” deb nomlangan kitobida U.Azim o‘zining nazm, nasr, dramaturgiyaga oid asarlaridan namunalarni kitobxonlar hukmiga havola etgan bo‘lib, nasr bo‘limida, ikkita kinoqissa mavjud. Bu kinoqissalar “Qiyomat” va “Yo‘qolgan odam” deb nomalangan. Bu kinoqissalar nimasi bilan o‘xshash? Nima sababdan bir kitobda, bir bo‘limdan joy olgan? Gap shundaki, har ikkala kinoqissa zamonaviy mavzuda yaratilgan, bugungi kunimizdagi dolzarb masalalarni o‘zida aks ettirgan. “Qiyomat” kinoqissasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, sarlavhaning o‘ziyoq insonni mushohadaga chorlaydi, asar voqealari jiddiy mavzuda ekanligi sarlavhadan anglashiladi. Asar voqealari ichiga kirib borgan sari yozuvchi asar uchun nega bunday nom tanlagani oydinlashadi. Asar bir yosh er-xotinning kundalik yumushlari tasviridan boshlanadi. Dastlab kinoqissani o‘qigan kishi ikki yoshning hayoti baxtga to‘la bo‘lsa kerak deya havaslanadi. Qahramonlar o‘rtasidagi ilk dialogdan esa quvonch sababi nima ekanligi anglashiladi. Er – Mardon chet elda mashaqqat bilan ishlab pul yig‘ib, avtomobil sotib olgan va buni xotinidan sir tutadi, syurpriz qiladi. Xotin – Gulzoda ham bu sovg‘adan quvonadi. Shundan so‘ng asar syujetidagi tugun yuzaga chiqadi. Bir varakayiga er va xotinning telefonlariga qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Suhbatdan ma’lum bo‘lishicha Mardonga qo‘ng‘iroq rus diyoridan Olga ismli ayoldan, Gulzodaga esa... begona erkakdan, xushtoridan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Kinoqissaning aynan shu qismlarini o‘qish jarayonida asarda ko‘tarilgan asosiy mavzu bugungi kundagi og‘riqli nuqtalardan biri xiyonat masalasi bo‘lsa kerak degan fikr keladi kishi hayoliga. Keyinchalik esa yana bir masala, xiyonat ortidan keladigan illatlardan eng yomoni OITS mavzusi oldingi planga chiqadi. Olga o‘zida shu kasal borligini payqab qolib, Mardonni ham shifokor ko‘rigiga borishini maslahat berish uchun yo‘qlagani oydinlashadi. Asar syujeti davomida er ham, xotin ham OITSga chalinadi, afsuski. Bundan tashqari ayolga qo‘ng‘iroq qilgan kishi – Mansur aka ham shu kasallikni yuqtirib oladi. Gulzoda shunday qaltis vaziyatda xomilador edi. Mardon va Gulzoda biri-biriga qilgan xiyonatlarini tan oladilar. Er-xotin bola sog‘lom tug‘ilishi uchun Xudoga tavba qilishadi, yolvorishadi. “– Dadasi… deydi Gulzoda o‘zi kutmagan holda. – Meni hozir tug‘ruqxonaga olib boryapsiz… Ichimda sizning bolangiz depsinib turibdi… Keling shu bir parcha etni duo qiling! Iltimos, duo qililng! Otaning duosi yerda qolmas emish… Xudo bizning jazomizni berdi. Shu farzandimiz sog‘-salomat dunyoga kelsin!.. Duo qiling!..”(2, 161). Ularning duolari besamar ketmaydi. Bola sog‘lom tug‘iladi, xiyonatkorlar iqror bo‘ladilar va xatosini tushunib yetadilar. “Ular yuziga ixlos bilan fotiha tortadilar. Shu zahoti nogoh uzoqlardan namozga chorlab, so‘fining tovushi taraladi: “Ollohu akbar! Ollohu akbar!”… Download 23.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling