Ikki tekislikning o'zaro vaziyatlari
-rasm 2-rasm 3-rasm
Download 0.87 Mb.
|
Ikki tekislikning o'zaro vaziyatlari
1-rasm
2-rasm 3-rasm Fazodagi ixtiyoriy nuqta orqali berilgan tekislikka faqat bitta parallel tekislik o'tkazish mumkin. 1-misol. A (A', A") nuqtadan Q (QH, QV) tekislikka parallel P (PH, Pv) tekislik o'tkazish talab qilinsin (4-a rasm). Tekisliklarning parallellik xususiyatlariga ko'ra P tekislikning izlari PH∥QH va PY∥QY Pw ∥Qw bo'lishi shart. Misolni yechish uchun to'g'ri chiziq va tekislikning parallellik shartlaridan foydalanib, A nuqtaning A' va A" proyeksiyalaridan Q tekislikka parallel qilib ixtiyoriy to'g'ri chiziq, h (h‛ h") gorizontal o'tkaziladi (4-b rasm). 4-rasm Bu gorizontalning frontal izi h"V yasalib undan izlangan P tekislikning PV izi berilgan tekislikning QV iziga parallel qilib o'tkaziladi. So'ngra PV ∩ Ox =PX nuqtasidan Q tekislik- ning QH iziga parallel qilib izlangan tekislikning PH izi o'tkaziladi. 2-misol. E (E‛, E") nuqtadan a (a', a") va b (b', b") parallel chiziqlar bilan berilgan tekislikka parallel tekislik o'tkazish talab qilinsin (5-a rasm). 5-rasm Bu misolni yechish uchun berilgan tekislikka tegishli ixtiyoriy c(c', c") to'g'ri chiziqni o'tkazib, So'ngra E nuqtaning E‛ va E" proyeksiyalaridan a va s chiziqlar proyeksiyalariga mos ravishda parallel qilib o'tkazilgan m'∩n',m"∩n" kesishuvchi chiziqlar proyeksiyalari izlangan tekislik proyeksiyasi bo'ladi. Tekislikka tegishli bo'lmagan nuqtadan mazkur tekislikka parallel bo'lgan cheksiz ko'p to'g'ri chiziqlar o'tkazish mumkin. Bunday to'g'ri chiziqlar to'plami berilgan tekislikka parallel bo'lgan tekislikni ifodalaydi.
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling