Ikki tillilik 2 tilni yoki muayyan adabiy


Download 30.99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.01.2023
Hajmi30.99 Kb.
#1121858
Bog'liq
Bilingvizm — УзЭнц



УзЭнц
Bilingvizm
BilingvizmIkki tillilik — 2 tilni yoki muayyan adabiy 
til
 va uning dialektini mukammal bilish.
Bu ijtimoiy talab yoki biror sabab bilan yuzaga keladi. Uning tabiiy vujudga kelishiga bir davlat
hududida ikki va undan ortiq xalq vakillarining jips yashashi ham sabab boʻladi.
Bilingvist odam miyasi bir nechta sezilarli afzalliklarga ega boʻladi. Baʼzilarini hattoki koʻrish mumkin:
kulrang moddaning koʻproq zichlikga ega boʻlishidir. Bundan tashqari ikkinchi tilni ishlatganda
miyaning baʼzi bir qismlarining faollanishining koʻpayishi kuzatiladi. Buni miyani charxlash deb
aytishimiz mumkin.
Hozirgi kunda bilingvizmning kognitiv afzalligi juda tushunarli koʻrinadi. Ammo oʻz vaqtida bu
ekspertlarni lol qoldirgan. XX asrning 60-yillarigacha ikki tillilik, tillar orasida doimiy oʻtishga kerak
boʻlgan energiyani sarflagani uchun, bola rivojlanishni sekinlashtiradigan toʻsiq deb hisoblangan.
Ushbu nuqtai nazar birinchi navbatda notoʻgʻri boʻlgan ilmiy ishlarga asoslangan edi. Oxirgi paytdagi
tadqiqotlar bir necha til bilish insonning qaror qabul qilish, vazifalar oʻrtasida oʻtish, eʼtiborni jamlash
kabi fazilatlarini rivojlanishiga olib kelishini tasdiqlab berdi.
Oʻzbek mumtoz adabiyotining (
Oʻrta asrlar
) koʻpgina vakillari ham oʻzbek, ham fors tilini yaxshi
bilganlar. Masalan, 
Alisher Navoiy
 oʻz ona tili — turkiy til bilan bir qatorda 
fors tilini
 ham juda yaxshi
bilgan. Bu tildagi asarlarini toʻplab devon ("Devoni Foniy") tuzgan. Bu devoni forsiy til shoirlar,
xususan, 
Jomiy
tomonidan yuksak baholangan.
Ikki tilda ijod qiladigan adiblar hozir ham uchraydi. Jumladan, mashhur qirgʻiz yozuvchisi 
Chingiz
Aytmatov
 qirgʻiz va 
rus tillarida
 erkin ijod qiladigan yozuvchidir. Umuman ikki tillilik ijtimoiy hodisa
Cookie-файлы помогают нам предоставлять наши услуги.
Используя наши сервисы, вы соглашаетесь с
использованием cookie-файлов.
Дополнительная информация
ОК


 
Последний раз редакт ировалась 4 года назад
 участ ником 
Qizil
 
УзЭнц
sifatida tillarning boyishi, rivojlanishi, umumbashariy madaniy saviyaning oshishiga muhim taʼsir
etuvchi omildir.
[1]
 Tillarning bir-biriga har qanday taʼsir koʻrsatishi bilingvist odamlar boʻlishini talab
etadi.
Oʻzbekiston Respublikasida
rus tili keng oʻrganiladi va mamlakat hayotida oʻz mavqei va oʻrniga
ega. Mamlakat aholisining katta qismi oʻzbek va rus tillarini bilgani bois, ularni bilingvistlar deb
atasak boʻladi. Rus tili bilan birga boshqa chet tillari ham oʻrgatilinmoqda.
Источник — 
https://enc.for.uz/w/index.php?
title=Bilingvizm&oldid=9709
Manbalar
Cookie-файлы помогают нам предоставлять наши услуги.
Используя наши сервисы, вы соглашаетесь с
использованием cookie-файлов.
Дополнительная информация

Download 30.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling