Ikki yil harchand urinmayin o‘qishga kirolmadim. Uchinchi yili omadim chopdi. Talabalik baxtiga muyassar bo‘ldim. Jonajon qishlog‘imni tashlab "qaydasan Toshkent" deb, poytaxtimiz tamon ravona bo‘ldim


Download 18.5 Kb.
Sana24.09.2023
Hajmi18.5 Kb.
#1686813

Ikki yil harchand urinmayin o‘qishga kirolmadim. Uchinchi yili omadim chopdi. Talabalik baxtiga muyassar bo‘ldim. Jonajon qishlog‘imni tashlab ”qaydasan Toshkent” deb, poytaxtimiz tamon ravona bo‘ldim. Poytaxtda o‘qishni orzu qilardim keyinchalik bilsam, mana shu mening eng katta xatoim ekan, chunki inson orzuni vaqtida maqsadga aylantirib olmasa menga o‘xshab ikki yillab yoki ayrimlardek bir umr talabalik baxtini tuyishga kechikarkan. Shunday qilib Nizomiy TXDPUning filologiya fakultetida o‘qiy boshladim. Birinchi –ikkinchi kursda puldan tashvish qilmadim, ammo uchinchi kursda dadam qazo qildilar, qishloqdan dadamning mehnatlari evaziga oqib kelayotgan pullar tappa to‘xtadi. To‘rtta opam o‘z oilalari bilan band. Yakka o‘g‘ilman, onamni boqishim kerak edi.Dadam shunchalik tun-u kun mehnat qilgan, qo‘llaridan bir dunyo pul o‘tgan bo‘lmasin, umuman yig‘inmagan ekan. Uyda ikkita moldan boshqa hech narsa qolmadi. Dadamning qazosi onamga yomon ta’sir qildimi, xastalanib qoldi. Shu ikkita molni sotdimda, uyni opalarimga omonat tashlab, onamni olgancha shaharga keldim. Uni birinchi o‘rinda shifokorlarga ko‘rsatdim, ammo o‘zim xohlagandek javob olmadim. Onamda ko‘zlar xiralasha-xiralasha axiri umuman ko‘rmay qoladigan, ko‘z kasalligi aniqlandi. Doktor buni shunday mahalliycha tushuntirib berdi. Yaxshi tarbiya qilinmasa buning oxiri o‘lim bilan ham yakunlanishi mumkin ekan. Dori-darmonlarni olib bo‘lgach, ijaraga uy topdim. Arzon, narxiga yarasha sharoitli, bir xonali uy ekan. Keyin onamga qarashga hamshira yonladim, ammo ularga qanday pulini to‘layman, bu haqida o‘ylamasdim. Opalarimdan so‘ray desam, pochchalarimdan uyalardim. Kursdoshlarimdan Sodiq degan bir boyning ta’rifini eshitgandim. Ularning aytishicha, yigirma foiz ustamasi bilan qaytarib berish sharti bilan olti oyga qarzga pul berarkan. Shuning uy manzilini topdimda yakshanba kuni to‘ppa- to‘g‘ri uyiga bordim. Serhasham uy ekan. Darvozasining qo‘ng‘irog‘ini chalgandim, ichkaridan birinchi kuchukning vovullashi, so‘ng bir qizning mayin ovozi eshitildi:
-Sevara xola, ishlaringizni qilavering, o‘zim ochaman. Dugonam kelmoqchi edi.
So‘ng darvoza ochildi. Qarshimda nimtabbassum qilib turgan go‘zal qiz paydo bo‘ldi. Umrimda bunday chiroyli qizni ko‘rmagandim. Dovdirab qoldim. Nimaga kelganim ham esimdan chiqib qoldi.
-Men-n-n-n!-deb duduqlanib qoldim.
U qiz yanada chiroyli jilmaydi:
-Salom, sizga kimdir kerakmi?
Bosh silkidim:
-Ha, Sodiqboy degan odam kerak edi. Oldilariga bir masala yuzasidan kelgandim.
Qiz ichkariga taklif qildi:
-Sodiqboy tog‘amlar uydalar, faqat oldilarida odam borlar. Xohlasangiz anavu kreslolardan biriga o‘tirib kutib turishingiz mumkin.
Men kulib qo‘ydim:
-Bajonidil!
Uyning barcha tarafi ko‘rinadigan o‘zimga qulay kresloga o‘tirdim. Qiz so‘radi:
-Choy yoki qahva?
Men o‘ylanib turdimda:
-Choy,-dedim. O’zi choy ichish niyatim yo‘q edi. Kim bilsin, choyni bu qizning o ‘zi olib keladima deb o‘ylagandim. Qayoqda hizmatchi ayol berib ketdi. Bu qizga yana gapirishga botina olmadim, ammo o‘zi gapirib qoldi:
-Sizning ham shu vaqtda aniq boraman deb ancha keyin keladigan do‘stlaringiz bormi?-dedi darvoza taraf tikilgancha.
-Mening afsuski do‘stlarim yo‘q-deb rostini aytib qo‘ya qoldim.
Qiz taajjublandi:
-Naxotki, do‘stingiz yo‘q?!
Enimni “ha” degandek qisdim. Qiz kuldi. Keyin yonimga keldi va qo‘lini uzatdi:
-Mening ismim Marlen.
-Meniki, Shodmon-dedim, men ham qo‘limni uzatib.
Marlen yana kuldi:
-Meni hamma bilan do‘stlashaveradigan qiz deb o‘ylamang. Aslida, mening harekterim shunaqa, birinchi ko‘rgan odamim bilan yo do‘st bo’lib qolaman, yoki aksincha, sizning do‘stsizlik vaziyatingiz buni faqat biroz tezlashtirib yubordi.
Shu yo‘sinda Marlen bilan tanishib ham, tog‘asidan foizga pulni olib ham bo‘ldim. Marlen bilan tez-tez ko‘rishib turardik, ammo uni yaqinroq bilgan sarim, uning chiroyi ham, mayin kulgusi ham hammaga birdekligini, men uning yagona yigit do‘sti emasligimni anglab borardim. Lekin o‘rtadagi pul muammosida uning o‘rni borligi uchun aloqalarni birmuncha uzmay turdim.
Bir kuni uyga qaytgach onamning yonida doimgi hamshira opani emas, sochlari uzungina hamshira qizni ko‘rdim. U meni ko‘rgach sergak tortdi va o‘rnidan turdi:
-Assalomu alaykum-dedi ko‘zini yerdan uzmay, keyin qo‘shimcha qildi:-Ozoda xolaning ishlari chiqib qolibdilar. Shunga meni jo‘natgandi. Havotir olmang men ham hamshiraman.
Boshimni qoqib xonamga kirib ketdim, kiyimimni alishtirib qaytib chiqqanimda u allaqachon ketib qolgandi. Stolning ustida bitta oq varoq turardi. Unda shunday so‘zlar yozilgandi.” Dorilarini ovqatdan ikki soat oldin bering”
Oradan qancha vaqt o‘tganini bilmayman. O’sha hamshira qizni universitetimiz yonidagi kafeda ko‘rib qoldim. Dugonalari bilan muzqaymoq yeb o‘tirgan ekan. Meni ko‘rdi, tanidi, men ham tanidim. Bir payt oldidagi dugonalari qayoqqadir ketishdi. Vaziyatdan foydalanib, uning yoniga bordim. Nimaga bunday qilganimni o‘zim ham bilmayman.
-Salom, yaxshimisiz?-dedim.
Hamshira qiz menga bir marta qarab oldida ortiq ko‘zlarimga ham qaramay javob berdi:
-Alhamdillulloh, yaxshiman
-Mening ismim Shodmon. Sizniki Charos bo‘lsa kerak.
Ismini bilganimdan biroz tajjublandi:
-Siz buni qayerdan bilasiz.
Qo‘limdagi munchoqni oldiga qo‘ydim:
-Siz ketgan kun uydan topib oldim
-Rahmat, ammo ovora bo‘lmay Ozoda xoladan berib yuborsangiz ham bo‘lardi
Shunday qilmoqchi ham bo‘ldim, lekin bu munchoqni yonimda olib yurishga qaror qildim, chunki o‘sha kun bu qiz ibo-hayosi bilan meni o‘ziga rom qilib bo‘lgandi. Uni Ozoda xoladan surishtirgandim, to‘lib-toshib maqtadi. Ismini aytdi. Harekterini gapirib berdi. Aytishicha, u yigitlarni yoqtirmas ekan. Ha, bir gap bo‘lar deb ozgina to‘xtab turgandim, ammo uni ikkinchi marta uchratishim meni harakatga keltirib yubordi. Aytganimdek, hayoli qizlardan ekan. Qancha tanishishga urinmayin, faqatgina ismi va kasbini bilganimcha qolaverdim.
Onamning muolajalari bir maromda ketardi, ammo bir kuni onamdan ham ayrilib qoldim. Eng yomoni uni oxirgi marta ko‘ra olmadim. Onam hamshira opamning qo‘llarida jon beribdi. Men bu paytda Marlen bilan velesiped haydab, bog‘da aylanib yurardim. Pochchalaridan pul so‘rashga uyalgan odam, Marlenning puliga yashashga uyalmadi. Men tan olaman uni birinchi yoqtirgandek bo‘ldim, ammo keyin faqat pullari uchungina u bilan yurardim.
Onamni qishloqqa olib borib, janozasini o‘tkazib keldim. Shu orada Sodiqboyning laychalari pulni so‘ray boshladi. Ammo oradan olti oy o‘tgan bo‘lsada qo‘limda bir tiyin pul yo‘q edi. Aksiga olib ulardan pulni keragidan uch ming dollar ortiq olganman. Marlenni ishga soldim. U menga besh ming dollar berib turdi. Qolgan besh mingni esa uyni garovga qo‘yib yana bir boydan qarzga oldim. Shu orada uchinchi kursni ham bitirdim. Ishlay desam bir-ikki millionga qanoat qilmasdim. Menga Marlenning bor pullarini sovirib yotish ma‘qul edi. Bir kuni Marlen bilan uning dugonasining to‘yiga bordik. Ne ko‘z bilan ko‘ray-ki, kelinchak Charos. To‘yxonadan qanday otilib chiqib ketganimni ham bilmayman. Men ikkinchi pul olgan boyimning laychalaridan qochib yurgandim. Ular meni topib olishib, o‘sha kuni qattiq do‘pposlashdi. Pulni ikki kunda olib bormasam, o‘zimdan ko‘rishimni ta’kidlashdi. Meni urayotganlarini ko‘rib joyida qotib qolgan Marlen barcha tilla taqinchoqlarini yechib ularga topshirib, meni qutqarib qoldi, ammo men u haqida o‘ylamasdim. Boshimda bitta savol aylanardi:
-U Charosmidi?
Marlen nima deyayotganimga tushunmay angrayib turdi, keyin yuzimdagi qonlarni arta boshladi:
-Kelinni aytayapsanmi? Ha, u mening dugonam Charos. Tanishgan kunimiz men kutib turgan qiz. Uni asrab olishgan. Boyning farzandi bo‘lsada hamshiralik qiladi. Aytishicha, o‘zining onasi hamshira bo‘lishini vasiyat qilgan ekan. Men uning dugonasiman ammo doim ham yonida bo‘la olmayman.
-Charos!-shunday dedi-mu xushdan ketdim.
Ko‘zlarimni ochsam, shifoxonadaman.Yonimda Marlen o‘tiribdi.
-Rahmat, senga Marlen,tillalaringni ishlab qaytaraman. Pullaringni ham qaytaraman.
Marlen menga mayin tabassum qildi:
-Hudo xohlasa, ammo endi tuzalishing kerak…Charosni tanirmiding?
-Ha, baxtli bo‘lsin. Judayam hayoli qiz edi.
-Shodmon, men bugun chet elga uchib ketmoqchi edim. Biletim kechki reysga. Xafa bo‘lmaysanmi? Aytgancha, endi qaytmayman.
Bosh chayqadim:
-Sen ham baxtli bo‘l! Oq yo‘l.
Shu kuni shifoxonada yotib obdon o‘ylab ko‘rdim. Men hayotimdagilarning ko‘pchiligini, otamni, onamni, muhabbatimni bir umrga yo‘qotibman. Vijdonimni sotibman. Bulardan to‘g‘ri xulosa chiqardim. O‘qishni bitirib qishloqqa qaytdim. Ota-onamning chirog‘ini yoqib ota uyimda yashay boshladim. Mana shu voqealarga o‘n yil o‘tdi. Hozir jondan aziz qizalog‘im bor. Ismi Charos.
Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling