Iste’mol va jamg‘arma
Download 143.67 Kb. Pdf ko'rish
|
19. Iste\'mol va jamg\'arma
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA 1. Iste`molning iqtisodiy mazmuni, turlari va unga ta`sur etuvchi omillar.
19 М A V Z U Iste`mol va jamg‘arma Mavzuning qisqacha tafsiloti. Iqtisodiy faoliyatning so`nggi bosqichi va maqsadi iste`mol jarayoni hisoblanadi. Ushbu mavzuda shaxsiy daromadning ikki qismga: iste`molga va jamg`armaga ajralish va ularning iqtisodiy mazmuni ochub berimiz. REJA 1. Iste`molning iqtisodiy mazmuni, turlari va unga ta`sur etuvchi omillar. 2. Jamg`armaning iqtisodiy mazmuni, maqsadi va unga ta`sur etuvchi omillar. 3. Iste`mol va jamg`armaga moyillik. Iste’mol va jamg‘arma . 364 Iste`molning iqtisodiy mazmuni, turlari va unga ta`sur etuvchi omillar. Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste`mol va iqtisodiy jamg‘arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste`mol keng ma’noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan hamda iqtisodiy resurslardan foydalanishni, uni iste`mol qilishini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste`mol farqlanadi. Hozirgi kunda mamlakatning xalqaro bozorlarda erkin tovar ayirboshlashi ham xalqaro baholarda, jahon andozalariga moslashib bormoqda. Ta’minotning makroko‘lamdagi holati iste`mol funksiyasini o‘rganishni taqozo etadi. Chunki, iste`mol funksiyasi mohiyatini bilish iste`mol bozorini boshqarishda asos bo‘ladi. Iste`mol bozorida xaridorlar faqat fuqarolardan iborat bo‘lmaydi. Xaridorlar tarkibiga aholiga bepul xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar ham kiradi. Iste`mol – bu keng ma’noda jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishning pirovard natijalari, iqtisodiy resurslar va ishchi kuchidan foydalanish jarayonini bildiradi. Iste`molchilik saflari YaMM (YaIM)ning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi natijasida shakllanadigan shaxsiy daromadlarning joriy davrda iste`mol tovarlari va xizmatlarga sarflanadigan qismidir. Mutlaq ko‘rsatkichlarga muvofiq iste`mol yalpi xarajatlarning eng yirik tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu sababli, biz iste`mol uchun qilinadigan xarajatlar qanday omillar bilan belgilanishini tushunib olishimiz shart. Iqtisodchilar qanday aniqlashganini eslab ko‘raylik: shaxsiy jamg‘armalar: “sarflanmagan pul” yoki “o‘z ixtiyoridagi daromadning (ID) iste`mol qilinmagan qismi”. Boshqacha aytganda, ID iste`mol va jamg‘armalarning yig‘indisidan (qo‘shilmasidan) iborat. Daromad- Iste`mol va Daromad-Jamg’arma Bog’liqliklari Download 143.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling