Iste’mol va jamg‘arma
Download 143.67 Kb. Pdf ko'rish
|
19. Iste\'mol va jamg\'arma
Iste’mol va jamg‘arma
. 371 ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o‘sha miqdorida mahsulotlarni ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi. Jamg‘arishning miqdori milliy daromaddagi jamg‘arish va iste’mol fondlari o‘rtasidagi nisbatga ham bog‘liq bo‘ladi. Jamg‘armani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlar: • foiz shaklida daromad olish; • uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho iste’mol tovarlari (uy-joylar, avtomashina va boshqa zebu-ziynat buyumlari) sotib olish; • kasallik, ishsizlik va baxtsiz hodisalar kabi oldindan bilib bo‘lmaydigan holatlardan iqtisodiy himoyalanish; • qarilik davrini moddiy ta’minlash; • farzandlarining kelajagini ta’minlash; • kelajakda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarni qondirish. Jag`arma darajasini belgilovchi omillar: shaxsiy daromad; uy xo‘jaliklari jamg‘argan boylik; narxlar darajasi; narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o‘zgarishi kutilishi; iste’molchi qarzlari miqdori; soliqlar darajasi. Jamg‘arma iste’mol maqsadida ishlatilmaydigan daromaddir. Jamg‘arma funksiyasi daromadlar bilan jamg‘armaning uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Uy xo‘jaliklarida shaxsiy daromadlar miqdorida turli xil soliqlarni to‘lagandan so‘ng o‘z ixtiyoridagi daromad qoladi. Buni biz milliy daromadning bir qismi ham deb ataymiz. Uning hajmi uy xo‘jaliklari daromadidan iste’molchilik sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad fondida iste’molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo‘naltirilishini bildiradi. Shu sababli daromadda iste’molchilik sarflari va jamg‘arma nisbatining o‘zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg‘armaga qo‘yish oqibatida u tovarlarda bo‘lgan talabda o‘z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to‘liq sarflangandagina jami |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling