Iste’mol va jamg‘arma


Download 143.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana23.04.2023
Hajmi143.67 Kb.
#1388610
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
19. Iste\'mol va jamg\'arma

Iste’mol va jamg‘arma 
 

373 
 milliy daromadning iste’mol va jamg‘arishga ajralish nisbati
 qo‘llaniladigan resurslar miqdori va unumdorligi; 
 mavjud texnologiya (resurs sarfli yoki resurs tejamli). 
Iste`mol va jamg`armaga moyillik.
Iste`mol Grafigi. Grafik 8.1dagi nuqtalar bir necha yil 
mobaynida AQShdagi SD, J va I ning miqdorlarini aks 
ettiruvchi tarixiy ma’lumotlarni ifodalaydi. Ammo, agar masalaga tahliliy nazarda 
yondashadigan bo’lsak, uy xo’jaliklarini ma’lum muddat mobaynida ustunlik qilib 
kelgan ixtiyordagi daromadlarining turli miqdorlarining har birida iste`mol 
qilishini rejalashtirishi mumkin bo’lgan turli miqdorlarni ko’rsatib beruvchi 
grafikka muhtojlik seziladi. Grafik 8.2a (asosiy grafik) da tasvirlangan Jadval 
8.1ning 1 va 2 ustunlari biz talab qilgan taxminiy iste`molni aks ettiradi. Bu 
iste`mol grafigi (yoki “iste`mol funksiyasi”) Grafik 8.1 dagi ma’lumotlar 
yordamida taklif qilingan sof ixtiyordagi daromad va iste`molni aks ettiradi hamda 
bu ko’pgina uy xo’jaliklarining byudjet ko’lamlari natijalari bilan muvofiqdir. 
Jamlangan shaklda, uy xo’jaliklari o’zlarining ixtiyordagi daromadlari oshib 
borishi bilan sarf-xarajatlari ham ko’payib borishini va ko’proq miqdordagiga 
qaraganda kamroq miqdordagi ixtiyordagi daromadlarini kattaroq qismini sarfl 
ashlarini ko’rishimiz mumkin.
45º li to’g’ri iste`mol chizig’idagi har bir nuqta SDga teng ekanligini yodga olsak, 
nisbatan opast darajadagi SDda soliqdan keyingi daromaddan oshiqcha iste`mol 
yuzaga keladi. Masalan, $370 milliard miqdorda (jadvalda 1-qator), iste`mol $375 
milliardga tengdir. Uy xo’jaliklari qarz olish yoki jamg’arib qo’yilgan boyliklarini 
naqd pulga sotish orqali yuzaga kelgan daromadlaridan ko’proq iste`mol qiladilar. 
Gra fi k nuqtai nazaridan, soliqdan keyingi daromaddan oshiqcha iste`mol 45º li 
chiziqdanyuqori iste`mol gra fi gining vertikal masofasi yoki gorizontal o’qning 
pastida joylashgan jamg’arma gra fi gini vertikal o’qi ko’rinishida tasvirlanadi. 
Biz Grafik 8.2a va Grafik 8.2b larda daromadning $370 milliardida soliqdan 
keyingi daromaddan oshiqcha iste`molni belgilab qo’ydik. Har ikkala vertikal 
masofalar $370 milliardlik daromadda yuzaga keladigan $5 milliardlik soliqdan 
keyingi daromaddan oshiqcha iste`molni hisoblab beradi. Biz keltirib o’tgan 
misolda, bo’sag’aviy daromad $390 milliardga teng ekanini ko’rish mumkin (2-
qator). Bu uy xo’jaliklari o’zlarining butun daromadlaridan iste`mol qilish uchun 
rejalashtirgan daromad hajmidir (I = SD). Grafik nuqtai nazardan olib qaraladigan 
bo’lsak, iste`mol gra fi gi 45ºli chiziqni kesib o’tadi va jamg’arma chizig’i iste`mol 
talablarini qolash uchun sarfl anadigan barcha daromad darajasini gorizontal o’qda 
kesib o’tadi.

Download 143.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling