Reja: Kirish Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig'i to'lovchilari, soliq solish ob'yekti va bazasi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig'i stavkalari va soliqdan imtiyozlar


Download 130.33 Kb.
bet1/7
Sana22.04.2023
Hajmi130.33 Kb.
#1381533
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’i




Reja:
Kirish
1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig'i to'lovchilari, soliq solish ob'yekti va bazasi.
2. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig'i stavkalari va soliqdan imtiyozlar.
3. Yer solig'ini xisoblab chiqarish tartibi va budjetga to'lash muddatlari
4. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig'ini xisoblashga oid masalalar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish

Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirish uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishini taqazo etdi.


Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy – siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni bir qancha sohalarini, jumladan soliq tizimi ham isloh qilishni boshladi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dastur bo’lib hisoblanadi.
,,Barchamiz yaxshi anglab olishimiz zarurki, ishlab chiqarishni
diversifikatsiya qilmasdan turib, tashqi bozorlarga chiqish va mahsulotlarimizni sotish borasidagi eksport dasturini amalga oshirish, valyuta daromadlari tushumini ta'minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni va ish o'rinlarini tashkil etish, pirovard natijada o'z oldimizga qo'ygan yuksak maqsadlarimizga erishish haqida so'z yuritish mumkin emas. Birinchi navbatda, jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan va keying bosqichda iqtisodiy o'sishning, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomotiviga aylanishi mumkin bo'lgan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq yo'naltirilgan holda qo'llab quvvatlashni ta'minlash zarur.”, deya alohida qayd etdilar1.
. Hozirda, mamlakatimiz soliq tizimi oldida bozor munosabatlarini to'laqonli shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish bilan bir qatorda, davlat budjetini mablag'lar bilan ta'minlash hamda ustivor yo'nalishdagi iqtisodiy faoliyatni soliqlar vositasida qo'llab-quvvatlashni talab etiladi.

------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------ 1O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yilda respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2019 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.


Mazkur yutuqlar bilan birgalikda soliqlar biz tomonimizdan yuqorida ta'kidlangan ikki vazifani to'liq bajarishga ojizlik qilmoqda. Bu narsa budjet daromadlarini shakllantirish va ishlab chiqarish sur'atlarini o'stirish nuqtainazaridan qaralganda ham yaqqol ko'rinadi. Bundan tashqari boshqa bir tomondan soliqqa tortiluvchi ob'yektlarning mustahkam moliyaviy ahvoli bilan juda ko'p narsa, birinchi navbatda, butun iqtisodiyotimizning barqarorligi va ana shu korxonalarda ishlayotgan odamlar va ularning oilalari daromadi va farovonligi uzluksiz bog'liqligi bizning nazarimizdan chetda qolmasligi kerak.



Download 130.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling