Ikki yoki undan ortiq komponentlardan tashkil topgan sopolimerlardan olinadigan geterofazali sistemalar kompozitsion materiallar deyiladi
Download 0,6 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kompozitsion materiallar
To’ldiruvchilarTO”LDIRUVCHILAR:TO”LDIRUVCHILAR:Mel ; kaolin; talk; SiO2 (kvarts); BN3 (bor nitridi);MoS2; metall kukunlari; xitin; kraxmal; grafit; antratsit; koks; taxta uni; qurum; dala shpati, nefelin; shisha tolalar; bazalt tolalar; C tutgan tolalar; asbest tolalar; bortutgan tolalar; metall tolalar, paxta tolasi; kanop; PE va poliefir tolalar; mato; qog’oz; to’r; plenka; lenta; folga; polimer va shishadan olingan sferik zarrachalar – mikrosferalar.To’ldiruvchi – PKM mustaxkamligini oshirib beruvchi komponentlardan biri. Polimer makromolekulalari to’ldiruvchining yuzasiga sorbtsiyalanishi natijasida, segmentli xarakatchanligini yo’qotadi, oraliq qatlam yuzaga keladi, bu uzilish vaqtida nisbiy uzayishning kamayishiga olib keladi.
Dispers va tolali mineral to’ldiruvchilardan foydalanish vaqtida aralashtirgichli va qayta ishlash jixozlari ishdan chiqishi mumkin. Kukunsimon va tolali to’ldiruvchilar juda qattiq bo’lishi bilan birga, yuqori bosimda jixozlarni abraziv emirilishiga olib keladi. Faol kimyoviy moddalarning to’ldiruvchi yuzasia bo’lishi kimyoviy korroziya jarayonini boshlanishiga olib keladi. Buni oldini olish uchun armirlangan materiallar ishlab chiqarilmqda.
To’ldiruvchilar yordamida ishqalanish koeffitsienti boshqarilib turiladi. Bu maqsadda grafit – molibden disulfidi, ftoroplast va asbest tolasi, metall kukuni va kvartsit ishlatiladi.Download 0,6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling