Ikkilamchi polimerlarning tadqiqot obyektlari va usullari
-BOB. IKKILAMCHI POLIMER NAMUNALARINING FIZIK-MEXANIK VA TEXNOLOGIK XOSSALARINI TADQIQ QILISH
Download 0.83 Mb.
|
Ихтиёр22
3-BOB. IKKILAMCHI POLIMER NAMUNALARINING FIZIK-MEXANIK VA TEXNOLOGIK XOSSALARINI TADQIQ QILISH
3.1. Polimerlarning yumshash haroratlarini aniqlash Polimerlarning yumshash haroratlari Vicat / HDT markali laboratoriya qurilmasida GOST 15088-2014 (ISO 306:2004) bo‘yicha tadqiq qilindi. Olib borilgan tajribalar davomida ikkilamchi chiqindilarning yumshash haroratlarini o‘rganish jarayonida 3 ta namuna tayyorlab olinib, sinab ko‘rildi. Namunalarning qalinligi standart bo‘yicha: 1-namuna 3,54 mm, 2-namuna 3,63 mm va 3-namuna 4,0 mm qilib olindi. Tajriba xona haroratida 24,50S dan boshlandi. Apparatning qizish tezligi 500S/soat. 1-namunaga qo‘yilgan yuk (10 N) ostidagi igna 1 mm botib kirishi uchun ketgan vaqt 112,68 minutni, harorat esa ushbu vaqtda 118,40S tashkil qildi. 3.1.1.-tajriba. Teng miqdorlarda olingan ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalarining yumshash haroratlarini aniqlash. 3.1.1.-rasm. Ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalarining yumshash haroratlari. Izoh. Rasmdagi qizil rangli to‘g‘ri chiziq qurilmaning harorati, yashil, ko‘k va och qizg‘ish ranglar uchta bir xil namunaning haroratlari. 3.2.2.-tajriba. Teng miqdorlarda olingan ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalari + plastifikator (1:0,1 m.b.) ning yumshash haroratlarini aniqlash. 3.2.2.-rasm. Teng miqdorlarda olingan ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalari + plastifikator (1:0,1 m.b.) ning yumshash haroratlari. 3.3.3.-tajriba. Teng miqdorlarda olingan ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalari + plastifikator (1:0,3 m.b.) ning yumshash haroratlarini aniqlash. 3.3.3.-rasm. Teng miqdorlarda olingan ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalari + plastifikator (1:0,3 m.b.) ning yumshash haroratlari. 3.4.4.-tajriba. Teng miqdorlarda olingan ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalari + plastifikator (1:0,5 m.b.) ning yumshash haroratlarini aniqlash. 3.4.4.-rasm. Teng miqdorlarda olingan ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalari + plastifikator (1:0,5 m.b.) ning yumshash haroratlari. Ikkilamchi chiqindilarning yumshash haroratlarini o‘rganish jarayonida olingan tadqiqotlar natijalar 3.1.1.-jadvalda keltirildi: 3.1.1.-jadval Birlamchi va ikkilamchi PE, PP, PVX chiqindilari hamda ularni plastifikatsiya qilingan kompozitsiyalarining yumshash haroratlari
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling