Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari I reja: Ikkinchi jahon urushi haqida


I.2 Ikkinchi jahon urushining boshlanishi


Download 31.27 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi31.27 Kb.
#1610636
1   2   3   4   5
Bog'liq
II jahon urushi (2)

I.2 Ikkinchi jahon urushining boshlanishi

Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilgan bo’lsalar-da, biroq faol harbiy harakatlar boshlamadilar. Germaniya armiyasining asosiy kuchlari Polsha bilan band boiib qolgan paytda bunday imkoniyat bor edi. Buyuk Britaniya va Fransiyaning bu pozitsiyasi 1940-yilning bahorigacha davom etdi. Ulaming faolsizligi urush tarixiga «g’alati urush» nomi bilan kirdi.


Buyuk Britaniya va Fransiya o’zlarining qudratli harbiy-dengiz flotlari kuchi bilan Germaniyani blokada iskanjasiga olishni rejalashtirgan edilar. Ayni paytda ular Fransiya — Germaniya chegarasida Fransiya bunyod etgan kuchli mudofaa inshootlari Germaniyaning g’arbga hujumga o’tishiga yoi qo’ymaydi, bordi-yu hujumga o’tganda ham, uni yorib o’ta olmaydi, deb ishondilar.
Bu orada Sovet qo’shinlari Finlandiya armiyasini mag’lubiyatga uchratdi. 1940-yil 12-martda sovet-fin tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra, Kareliya bo’g’ozi Viborg shahri bilan birgalikda Sovet davlatiga o’tdi. Ap-rel oyida Germaniya armiyasi G’arbiy frontda hujumga o’tdi. 9-aprel kuni Daniya va Norvegiya bosib olindi. 14-may kuni Gollandiya, 28-may kuni esa Belgiya taslim bo’ldi. Shimoliy Fransiyada joylashgan ingliz-fransuz harbiy qismlari qurshovga tushib qoldi. Biroq ularning katta qismi ko’p talafotlar bilan Buyuk Britaniyaga o’tib ketishga muvaffaq bo’ldi.
O’z ittifoqchisi Germaniyaning birin-ketin zafarli g’alabalafidan ruhlangan Italiya 10-iyun kuni Fransiya va Buyuk Britaniyaga qarshi urushga kirdi. Qisqa muddat ichida Fransiya qo’shinining katta qismi tor-mor etildi. 14-iyunda nemislar Parijni egalladi. 22 iyun kuni Kompen o’rmonida Germaniya va Fransiya o’rtasida yarash bitimi imzolandi. 25-iyun kuni shunday yarash bitimi Italiya bilan Fransiya o’rtasida ham imzolandi. Bu bitimlarga, ko’ra Fransiya harbiy harakatlarni to’xtatdi. Armiya va flotni qurolsizlantirdi. Pol Reyno hukumati iste'fo berdi.
Germaniya Fransiya hududining uchdan ikki qismini okkupatsiya qildi. Parij shahri ham okkupatsiya hududi tarkibida edi. Okkupatsiya qilinmagan hududda marshal Peten boshchiligida qo’g’irchoq hukumat tuzildi va uncha katta bo’lmagan Vishi shahrida joylashdi hamda Peten hukumati Germaniya bilan hamkorlik qilish majburiyatini oldi.
Dastlab Fransiyaning barcha yirik siyosiy arboblari va mustamlakalar-dagi ma'muriyatlar Peten hukumatini tan olishdi. Faqat u davrda hali mashhur bo’lmagan general de Goll yarash bitimini ham, Peten hukumatini ham tan olmadi. U Buyuk Britaniyaga jo’nab ketdi. U yerda «Erkin Fransiya» harakatini tuzdi va barcha vatanparvar kuchlarni Germaniyaga qarshi kurashga chaqirdi.
Asosiy raqiblari G’arbiy frontda bandligidan foydalangan Sovet davlati o’z hududini yanada kengaytirishga kirishdi. 1940-yilning 14—16-iyunida Sovet hukumati Boltiqbo’yi respublikalariga ultimatum topshirdi. Unda hukumat tarkibini o’zgartirishga va Sovetlarning qo’shimcha harbiy kuchlarini kiritishga rozilik berish talab etilgan edi. Ular noiloj rozi bo’ldilar. Sovet hukumati shu tariqa Boltiq-bo’yini bosib oldi.
Boltiqbo’yi respublikalari amalda o’z mustaqilligini yo’qotdilar. Litva, Latviya va Estoniya Sovet respublikalariga aylantirildi va 1940-yilning avgustida bu respublikalar Sovet davlati tarkibiga «qabul qilindi».
26-iyun kuni Sovet davlati Ruminiyadan Bessarabiyani zudlik bilan qaytarishni va Shimoliy Bukovinani berishni talab etdi. Ruminiya bu talablarni bajarishga majbur bo’ldi va bu joylarda Moldova Respublikasi tuzildi va hamda Sovet davlati tarkibiga «qabul qilindi».
Fransiya taslim boigach, Germaniya va Italiyaga qarshi yolg’iz Buyuk Britaniya urush harakatlari olib borardi. Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cher-chill Germaniyaga taslim bo’lishdan bosh tortdi. Endi Germaniya harbiy-dengiz floti kuchi bilan Buyuk Britaniyani bir yoqli qilishga bel bog’ladi. Biroq buning uddasidan chiqa olmadi. Buyuk Britaniya floti dunyoda eng qudratli flotligicha qolmoqda edi.
Germaniya 1940-yil 15-avgustdaharbiy-havokuchlarini Buyuk Britaniya-ga qarshi tashladi («Dengiz sheri» operatsiyasi). Biroq Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari ham Germaniyanikidan qolishmas edi. Shunday qilib, Germaniya Buyuk Britaniyani mag’lubiyatga uchratishga erisha olmadi. Ayni paytda AQSH Buyuk Britaniyaga yordam bera boshladi.
1941-yilning bahorida AQSH Kongressi Qo’shma Shtatlar hayotiy manfaatlari uchun mudofaasi muhim bo’lgan davlatlarga lend-liz asosida yordam berish haqida qonun qabul qildi. Buyuk Britaniya davlati mudofaasi AQSH hayotiy manfaatlari uchun muhim edi.
Italiya 1940-yilning yozida Sharqiy va Shimoliy Afrikadagi dengiz mustamlakalariga qarshi harbiy harakatlar boshladi. Birinchi nishon Somali va Misrbo’ldi. Italiya armiyasi dastlab muvaffaqiyatga erisha boshladi. Biroq 1940-yilning oxiriga kelganda Buyuk Britaniya armiyasi Italiya armiyasi harakatini to’xtata oldi. 1941-yil bahorida Buyuk Britaniya armiyasi Efiopiya partizanlari bilan birgalikda Italiya armiyasini Somali va Efiopi-yadan surib chiqarishga va ayni paytda Liviyaning bir qismini egallashga muvaffaq bo’ldi.
1940-yilning 28-oktabrida Italiya Gretsiyaga hujum qildi. 1941-yilning 6-aprelida Germaniya armiyasi Italiyaga yordamga keldi va natijada 17-aprelda Yugoslaviya, 23-aprelda Gretsiya taslim bo’ldi. Buyuk Britaniya hukumati Gretsiyadagi jngliz korpusini Misrga evakuatsiya qilishga majbur bo’ldi. 1941-yilning yozigacha Germaniya va Italiya Yevropaning 12 davlatini zabt etishga ulgurdilar.
Bosib olingan davlatlarda fashistlarning okkupatsiya tartibi o’rnatildi. Fashistlar o’zlarining bu tartibini «yangi tartib» deb atadilar. Yangi tartibga ko’ra, demokratik erkinliklar tugatildi; siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati taqiqlandi. Ish tashlash va mitinglar o’tkazish man etildi. Bo’ysunmaganlar o’lim lagerlariga tashlandi. Polsha va Germaniyada tashkil etilgan konsentratsion lagerlar aslida oiim fabrikalari edi.
Fashistlarning jinoyatchi rahbarlari millionlab kishilarni qirib yuborish uchun maxsus rejalarni ishlab chiqdilar. Rejaga ko’ra, o’lim fabrikalarida 11 mln. kishining yostig’ini quritdi. Bosib olingan davlatlar iqtisodiyoti bosqinchilar manfaati uchun mahsulot ishlab chiqara boshladi.
Biroq «yangi tartib» ijodkorlarining jinoyatlariga befarq qarab turilmadi. Har bir bosib olingan davlatdan Qarshilik ko’rsatish harakati vujudga keldi. Bu harakat a'zolari mumkin bo’lgan barcha vositalar bilan umumiy dushman — fashizmga qarshi kurashdek muqaddas ishga baholi qudrat hissa qo’shdilar. Bu harakatda turli millatlar, turli siyosiy va diniy qarash-dagi, turli e'tiqoddagi kishilar — sotsial-demokratlar, kommunistlar, partiyasizlar, ateistlar, xristianlar, musulmonlar, buddistlar va boshqalar qatnashdilar.
Buyuk Britaniyani mag’lubiyatga uchratish rejasi barbod boigach, Germaniya endi Sovet davlati-ni bosib olishga qaror qildi. Bu ikki davlat o’rtasidagi o’zaro hujum qilmaslik to’g’risida shartnoma tub manfaat oldida oddiy bir qog’oz bo’lib qoldi. Berilgan va'da va lafzga xiyonat qilindi. Germaniya allaqachon sovet davlatiga qarshi urush rejasiga ega edi. U tarixga «Barbarossa rejasi» nomi bilan kirgan (Fridrix 1 Barbarossa davlat yerlarini Sharq hisobiga kengaytirish tashkilotchilaridan biri edi).
Germaniya Sovet davlatiga hujum qilish oldidan o’z ittifoqchilari bilan aloqalarni yanada mustahkamladi. Shu maqsadda 1940-yilning 27-sentabrida «Uchlar ittifoqi» (Germaniya — Yaponiya — Italiya) shartnomasi tuzildi. Bu shartnoma amalda dunyoni qayta bo’lish shartnomasi edi. Tez orada bu shartnomaga Ruminiya, Vengriya va Bolgariya ham qo’shildi va ular hududiga Germaniya armiyasi joylashtirildi.
Har tomonlama puxta hozirlik ko’rgan Germaniya 1941-yilning 22-iyunida erta tongda urush e'lon qilmay Sovet davlatiga hujum qildi. Shu tariqa, Sovet-Germaniya urushi boshlandi (bu urush sovet davri adabiyot-larida «Ulug’ Vatan urushi» deb talqin etilgan).
Germaniya o’z qurolli kuchlarining deyarli 80 foizini sovetlarga qarshi tashladi. Bu front amalda Ikkinchi jahon urushining asosiy frontiga aylandi. Germaniya dastlab Sovet armiyasiga qaqshatqich zarba bera oldi. Bunga armiyaning 40 mingga yaqin rahbarlar tarkibi repressiya qilinganligi, I. Stalinning Germaniya Buyuk Britaniyaga qarshi urushni tugallamay turib, ikkinchi frontda urush qilolmaydi, degan ishonchi sabab bo’ldi. Shuning uchun ham u armiyani toia harbiy tayyorgarlik holatiga keltirish haqida buyruq bermagan edi. I. Stalin hatto Sovet razvedkasining aniq ma'lumot-larini ig’vogarlik, deb hisoblagan edi. Sovetlar armiyasi mardlarcha qarshilik ko’rsatib, qadamba-qadam chekinishga majbur bo’ldi, lekin juda katta ta-lafotlar berildi.
1941-yilning qishiga kelib nemis armiyasi Boltiqbo’yi, Moldova, Ukraina, Belorussiyani egalladi, Leningrad shahrini blokada qildi. Moskvaga esa yaqinlashib qolgan edi. Biroq Germaniya o’z maqsadiga erisha olmadi. U 6—7 hafta ichida urushni tugallashni rejalashtirgan edi.
1941-yilning dekabr oyida Sovet armiyasi qarshi hujumga o’tishga muvaffaq bo’ldi. Bu hujum natijasida nemis armiyasi Moskvadan 100—250 km. gacha uzoqlikka uloqtirib tashlandi. Moskva ostonalarida erishilgan g’alaba Germaniyaning yashin tezligidagi urush rejasini barbod qildi. Biroq dushman hali kuchli edi.
1942-yilning yozida Sharqiy frontda nemis armiyasi yangi hujum boshladi yiar kuzda Stalingrad va Kavkazga chiqishga muvaffaq bo’ldilar. Biroq shu chegarada Sovet armiyasi nemislar hujumini to’xtatib qola oldi.
1941 -yilning 2-iyulida Yaponiya hukumati urush harakatlarini boshlash haqida qaror qabul qildi. 7-dekabr kuni Yaponiya harbiy-dengiz floti aviatsiyasi AQSHning Gavay orollarida joylashgan Pirl-Xarbor buxtasida joylashgan harbiy-dengiz kuchlariga hujum boshladi. AQSH floti katta ta-lafot ko’rdi. Ayni paytda Yaponiya harbiy floti va aviatsiyasi AQSH va Buyuk Britaniyaning Filippin orollarida joylashgan kuchlariga ham hujum uyushtirdi. Filippin, Malayziya va Indoneziyaga desant tashladi. Tailandni ham bosib oldi va o’zining navbatdagi hujumini Buyuk Britaniya mustam-lakasi — Birmaga qaratdi.
Shu tariqa 1942-yilning yoziga kelib Yaponiya Osiyoning deyarli barcha yirik davlatlarini bosib olishga ulgurdi. Yaponiya qo’shinlari g’arbda Hindiston, janubda esa Avstraliya chegaralarigacha yetib keldi. Faqat 1942-yilning yozida AQSH va Buyuk Britaniya Yaponiya armiyasining zafarli harakatini to’xtata oldi.
Germaniya ittifoqchilarining Sovet davlatiga, Yaponiyaning esa AQSH hamda Buyuk Britaniya-ga qarshi urush harakatlarini boshlashi fashist ag-ressorlariga qarshi kurashuvchi davlatlar koalit-siyasini (ittifoqini) tuzish masalasini kun tartibiga qo’ydi. Bunday koa-litsiya tuzish zarurligi va uning maqsadlari Buyuk Britaniya bosh mjfiistri U. Cherchill va AQSH Prezidenti F. Ruzvelt 1941-yil avgustda imzolagan «Atlantik nizom»da o’z ifodasini topdi. Sovet davlati ham «Atlantik nizom»ga qo’shildi. 1942-yil 26-mayda Londonda Sovet davlati bilan Buyuk Britaniya o’rtasida 20 yilga mo’ljallangan va «Gitler Germaniyasi va uning Yevropadagi sheriklariga qarshi urushda ittifoqlik va urushdan keyingi hamkorlik hamda o’zaro yordam to'g’risida» deb atalgan shartnoma imzolandi. 10-iyunda esa Vashingtonda o’zaro yordam to’g’risida sovet-amerika bitimi imzolandi.
Ungacha AQSH lend-liz to’g’risidagi qonunni Sovet davlatiga nisbatan ham qo’llay boshlagan edi. Shu tariqa uch buyuk davlat o’rtasida harbiy-siyosiy ittifoq vujudga keldi.
Ittifoqchilar o’rtasida xalqaro masalalar va ularni hal etish yo’llari xususida chuqur ziddiyatlar mavjud bo’lsa-da, bu ittifoq Yevropa va Osiyoda agres-sorlarni tor-mor etishda beqiyos katta tarixiy rol o’ynadi.
1942-yil kuzga kelib Sovet davlati, AQSH va Buyuk Britaniya agressor davlatlar Germaniya, Italiya va Yaponiyaga nisbatan 5 baravar ko’p artileriya qurollari va minomyot, 3 baravar ko’p samolyot va 10 baravar ko’p tank ishlab chiqara boshladilar. Bu hol 1942-yilning oxirida antifashistik ittifoqqa gitlerchilarga qarshi hujumga o’tish imkonini berdi.
1942-yilning 19-noyabrida mashhur Stalingradjangiboshlandi. U 1943-yilning 2-fevraligacha davom etdi. Bu jangda Germaniyaning saralangan armiyasi tor-mor etildi. 1943-yilning yozida esa mashhur Kursk jangi bo’lib o’tdi. «Tanklar jangi» nomi bilan tarixga kirgan bu jangda ham Sovet qo’shinlari g’alaba qozondi. Shu jangdan so’ng Germaniya armiyasi Sharqiy frontda hujum qilish qobiliyatini butunlay yo’qotdi.
Ayni paytda 1942-yilning kuzida Buyuk Britaniya va AQSH qurolli kuchlari ham hujumga o’tgan edi. Chunonchi, 1942-yilning 8-noyabrida Buyuk Britaniya va AQSH Shimoliy Afrikaga (Marokash va Jazoirga) yirik desant tashladi. Ittifoqchilarga u yerdagi fransuz armiyasi ham qo’shildi. Misrda ham Buyuk Britaniya armiyasi jangga shay turar edi. Ularning bar-chasi AQSH generali D. Eyzenxauer qo’mondonligida hujum boshladilar. Bu hujum natijasida Shimoliy Afrikadagi italyan-nemis armiyasi tor-mor etildi va o’rta dengizda ittifoqchilar nazorati o’rnatildi. Italiyaga bostirib kirish uchun yo'1 ochildi. 1943-yil 10-iyul kuni ingliz-amerika armiyasi Italiyaning janubiga tashlandi.
Italiya hukmron doiralari Mussoliniga nisbatan fitna uyushtirdilar. 25-iyul kuni unga nisbatan ishonchsizlik bildirildi va Italiya qirolining buyrug’i bilan u hibsga olindi. 8-sentabr kuni Italiya antifashist ittifoqchilar bilan yarash bitimi imzoladi va urushdan chiqdi. Shunday qilib, Stalingrad, Kursk janglari va Italiyaning taslim boiishi ikkinchi jahon urushida tub burilish yasadi. Endi agressorlarning mag’lubiyatga uchrashi muqarrar bo’lib qoldi. Shunday bo’lsa-da, Germaniya armiyasi qo'l qovushtirib o’tirmadi, u Shimoliy va Markaziy Italiyani bosib oldi va ingliz-amerika armiyasining yo’lini to’sdi.
Gitler o’ziga eng sodiq shaxslardan iborat Otto Skorseni boshliq desantchilarni Mussolinini qutqarib kelishga yubordi. Ular bu vazifaning uddasidan chiqdilar.
Mussolini Shimoliy Italiyaga olib kelindi va bu yerda Germaniyaga bo’ysunuvchi qo’g’irchoq hukumatga boshliq etib qo’yildi.
Ikkinchi jahon urushida tub burilish ro’y berishi va uning Germaniya hamda uning ittifoqchila-rining magiubiyatini muqarrar qilib qo’yishi bosib olingan davlatlarda antifashistik va milliy-ozod-lik uchun kurashuvchi kuchlarni ruhlantirib yubordi. Bu esa, o’z navbatida, ularning kurashni yanada kuchaytirishlariga olib keldi.
Nemislar asirligidan qochishga muvaffaq boigan turli millat vakillari, shu jumladan o’zbeklar ham chet davlatlardagi qarshilik ko’rsatish harakatlarida dushmanlarga qarshi qahramonlarcha jang qildilar.
G’arbiy Yevropada qudratli qarshilik ko’rsatish harakati markazi Fransiya va Italiya edi. Fransiyaning barcha vatanparvar kuchlari 1943-yilda Qarshiliklco’rsatish milliy kengashiga birlashdilar va general de Gollning rahbarligini tan oldilar. Yugoslaviya, Gretsiya, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya va boshqa davlatlarda ham qarshilik harakati nihoyatda kuchaydi.
Bunday harakat Janubi-Sharqiy Osiyoda ham vujudga keldi. Yer sharining bu mintaqa xalqlari Yaponiya bosqinchilarga qarshi milliy-ozodlik kurashini lcuchaytirdilar. Chunonchi, 1943-yilning oxirida partizan otryadlari Shimoliy Vetnamning bir qismini ozod etishga muvaffaq bo’ldi. Xitoyda ham yapon bosqinchilariga qarshi kurash kuchaydi.
Ikkinchi front nima va u nega ochilishi kerak edi? Ma'lumki, o’tgan davr ichida Germaniya asosan sovet davlatiga qarshi urush bilan bandbo’ldi. Binobarin, Germaniya bir frontda urush olib borardi. Bu front sovet-german fronti edi va u ikkinchi jahon urushining asosiy fronti hisoblanardi.
Endi, Germaniya va uning ittifoqchilarini tezroq tor-mor etish va Yevropada urushni tezroq tugallash uchun fashistlarni bir vaqtning o’zida ikki frontda urush olib borishga majbur etish lozim edi. Buning uchun Buyuk Britaniya va AQSH armiyasi bevosita Yevropada Germaniyaga qarshi urush harakatlarini boshlashi lozim edi. Shunday qilinsa, Germaniya ikki yo’nalishda (frontda), ya'ni Buyuk Britaniya va AQSH ning birlashgan armiyasiga (G’arbiy front) ham qarshi turishga majbur edi. Binobarin, uning armiyasi ikkiga boiinib urushishga majbur etilar edi. Bu esa, Germaniyaning buningsiz ham og’ir ahvolini yanada og’irlashtirgan bo’lardi.
Sovet davlati o’z ittifoqchilari Buyuk Britaniya va AQSH oldiga bunday frontni ochish masalasini 1942-yildayoq qo’ygan edi, biroq ular bu masa-lani turli sabablar bilan orqaga surib keldilar.
Ammo yolg’iz sovet davlatining o’zi Germaniyani yengishi ma'lum bo’lgach, ular bu masalani ortiq orqaga surish mumkin emas, degan qarorga keldilar. Chunki ularni Sovet davlatining butun Yevropani fashizmdan ozod etishi, binobarin, butun Yevropa Sovetlar nazorati ostiga tushib qolishi mumkinligi istiqboli xavotirga solib qo’ydi.
1943-yilning 27-noyabr 1-dekabr kunlari Eron poytaxti Tehron shahrida 3 buyuk davlat rahbarlarining ikkinchi front masalasida konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada F. Ruzvelt, I. Stalin va U. Cherchill qatnashdi. Buyuk Britaniya va AQSH 1944-yilning yozidan kechiktirmay Yevropada ikkinchi frontni ochishga va'da berdilar. Sovet davlati esa Yevropada urush tugagach, Yaponiyaga qarshi urushga kirish majburiyatini oldi.
1944-yilning 6-iyunida Buyuk Britaniya va AQSH ning birlashgan qurolli kuchlari AQSH generali Eyzenxauer qo’mondonligida Fransiya hududiga tashlandi. Shu tariqa Yevropada ikkinchi front ochildi.
Bu hodisa Germaniyaning ahvolini yanada tang qilib qo’ydi. Endi Gitlerning sanoqli kunlari qolganligi hammaga ayon edi. Germaniya armiyasi orasida Gitlerni yo’qotish tarafdorlari paydo bo’ldi. Ular Gitlerni qurbon berib, Germaniyani halokatdan saqlab qolmoqchi edilar. Shu maqsadda1944-yilning 20-iyunida Gitlerga suiqasd uyushtirildi. Biroq Gitler omon qoldi va suiqasd ishtirokchilarining barchasi hibsga olindi hamda qatl etildi. 1944-yilning 25-avgustida Parij shahri fashistlardan ozod etiJdi. Vishitartibi quladi. Sentabr oyida Fransiya to’Ja ozod etildi. Hokimiyat general 1944-yilning yozi va kuzi davomida Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlari fashizmdan to’la ozod etiJdi. Yevropaning bu qismida Polsha, Yugoslaviya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, Albaniya kabi davlatlar joylashgan edi. Ularning ozod bo’lishida Sovetlar armiyasi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Yevropa davlatlarini ozod etishda sovetlarning jami 3 mln. dan ortiq jangchisi halok bo’ldi, mayib-majruh bo’lib qoldi yoki bedarak yo’qoJdi. Ular orasida mingJab o’zbek jangchilari ham bor edi. Birgina PoJshani ozod etishda 600 ming sovet jangchisi qurbon bo’Jdi. Bu davlatlarda xalq demokratik inqiloblari amalga oshirildi va ular xalq demokratiyasi davJat-lari deb atala boshladi.

Download 31.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling