Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari I reja: Ikkinchi jahon urushi haqida


Download 31.27 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi31.27 Kb.
#1610636
  1   2   3   4   5
Bog'liq
II jahon urushi (2)


Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari


I Reja:



  1. Ikkinchi jahon urushi haqida

  2. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi

  3. Sovet davlatihududining yanadakengayishi. Buyuk Britaniyagaqarshi harbiyharakatlar



I.1Ikkinchi jahon urushi haqida

Ikkinchi jahon urushi 1939-yilning 1-sentabridan 1945-yilning 2-sentabrigacha, ya'ni 6 yil davom etdi. Bu urush dunyoning 61 davlatini o’z domiga tortdi. Ularda dunyo aholisining 80 foizi yashar edi. Armiya saflariga jami 110 mln. kishi safarbar etildi.


Ikkinchi jahon urushi tarixda eng dahshatli, eng ko’p talafot va katta vayrongarchilik keltirgan urush sifatida iz qoldirdi. Chunonchi, maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha, bu urushda 65—67 mln. kishi halok boigan. Ularning yarmi tinch aholi edi.
Vayrongarchilikdan ko’rilgan zarar va urush xarajati birgalikda 4 trillion dollarni tashkil etdi. Bu urush ayni paytda eng dahshatli qurollar ishlatilgan urush ham edi. Urush oxirida hatto raketa quroli hamda atom bombasi yaratildi va ular insoniyatga qarshi ishlatildi. Fashizmning dunyoga hukmron bo’lishga intilishi va insoniyat boshiga keltirishi mumkin bo’lgan kulfati antifashistik kuchlarni birlashtirdi. Erksevar xalqlar birgalikda fashizmga qarshi kurashdilar. Va, nihoyat, g’alaba ham qozondilar. Biroq bu g’alaba-ga osonlikcha erishilmadi.
Avvlgi mavzuda qayd etilgandek, 1939-yilning 1-sentabrida Germaniya Polshaga hujum qildi. Bunga javoban Buyuk Britaniya va Fransiya Ger-maniyaga qarshi urush e'lon qildilar va shu tariqa urush boshlanib ketdi. Polsha armiyasi kam sonli va yaxshi qurollanmagan edi. Shunday bo’lsa-da, u jasorat bilan qarshilik ko’rsatdi. Lekin kuchlar teng boimagani uchun Polsha armiyasi ikki hafta ichida tor-mor etildi. 17-sentabr kuni Polsha hukumati Prezident Ridz Smigli boshchiligida mamlakatni tashlab, chet elga chiqib ketdi.
Xuddi shu kuni Germaniya bilan kelishuvga binoan sovetlarning 200 mingdan ortiq jangchi va zobitlari Polshaga bostirib kirdi hamda 28-sentabr kuni Moskvada Sovet davlati va Germaniya o’rtasida «Do’stlik va chegara to'g’risida» shartnoma imzolandi. Unga ko’ra, mustaqil Polsha davlati tugatildi va bo’lib olindi. Ayni paytda G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiya Sovet davlatiga berildi.
Polshaning Germaniya bilan chegaradosh bo’lgan yerlari Germaniya-ga o’tdi. U yerda nemis general-gubernatorligi tuzildi. 1939-yilning 28-sentabrida imzolangan sovet-german shartnomasiga ko’ra, sovet hukumati Boltiqbo’yi respublikalaridan Sovetlar armiyasini bu respublikalarda joy-lashtirish va o’zaro yordam to’g’risida shartnoma imzolashni talab etdi. Boltiqbo’yi respublikalarining bu talabga bo’ysunmaslikka ilojlari yo’q edi.
30-noyabr kuni sovet armiyasi Finlandiyaga hujum qildi. Bu qilmishi uchun Sovet davlati Millatlar Ligasidan chiqarildi. (Millatlar Ligasiga 1934-yilda qabul qilingan edi.)

Download 31.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling