Ikkinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlari uchun oqibatlari
Download 185.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Lotin Amerikasi davlatlari - Vikipediya
Taraqqiyotning inqilobiy yoʻli
Lotin Amerikasida ham mavjud ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni, keskinlikni inqilob yoʻli bilan hal etishga intiluvchi kuchlar mavjud edi. Ular SSSR dagi kabi sotsializm qurish orzusida boʻlganlar. Dastlab inqilob 1959-yilda Kubada boshlandi. 1959-yilning 1-yanvarida Fidel Kastro boshchiligida milliy-vatanparvar kuchlar qoʻzgʻoloni gʻalaba bilan yakunlandi. Shu kuni amerikaparast F. Batista hukumati ag'darildi. Bu hukumatni agʻdarish uchun inqilobchilar 6 yil kurash olib bordilar. Inqilob rahbari, 32 yoshli F. Kastro Bosh vazir lavozimini egalladi. U oʻz oldiga Kubani AQSFI ga har qanday qaramlikdan ozod qilish maqsadini qoʻydi. AQSH oʻz navbatida, F. Kastro hukumatini tan olmadi. Ayni paytda unga qarshi iqtisodiy qamal chorasini qoʻlladi. Bunga javoban F. Kastro hukumati Kubadagi barcha AQSH mulkini milliylashtirdi va SSSR bilan yaqinlashish yoiini tanladi. Kuba sotsializmini saqlab qolish uchun SSSR 1962-yilda, hatto, yadro urushiga ham tayyor edi. 1965-yilda Kubadagi barcha inqilobiy kuchlar yagona tashkilotga — Kuba Kompartiyasiga birlashdilar. F. Kastro uning rahbari etib saylandi. Shu tariqa F. Kastro kommunistik gʻoyalarni qabul qildi va Kubada sovet namunasidagi sotsializm qurishni boshladi. 1990- yillarga kelib Kubaning sobiq ittifoqchilari uni qoʻllamay qoʻydi. Kuba iqtisodiy ogʻir ahvolga tushib qoldi. Lotin Amerikasidagi demokratik va inqilobiy harakatlar AQSH hukumatini tashvishga solib qoʻydi. Endi AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan oʻz siyosatida oʻzgarish qilishga majbur boʻldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling