Ikkinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlari uchun oqibatlari


Download 185.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi185.84 Kb.
#1503412
  1   2   3   4
Bog'liq
Lotin Amerikasi davlatlari - Vikipediya



Lotin Amerikasi
davlatlari
Ikkinchi jahon urushining Lotin
Amerikasi davlatlari uchun oqibatlari
Ikkinchi jahon urushi
Lotin Amerikasi
davlatlari iqtisodiy taraqqiyotining
yuksalishiga katta ta’sir koʻrsatdi. Buning
sababi — urush tufayli bu mintaqa
davlatlari xomashyosiga boʻlgan
talabning yanada oshib ketganligida edi.
Talabning oshishi, tabiiyki, xomashyo


mahsulotlarining xarid narxini ham
koʻtarib yubordi. Ayni paytda bu
davlatlarning sanoati ham tez sur’atlar
bilan rivojlana boshladi. Bu esa, oʻz
navbatida, milliy sanoat mulkdorlari
kuchayishiga olib keldi. Ikkinchidan,
urush 
G'arbiy Yevropa
 davlatlarining Lotin
Amerikasidagi mavqeini pasaytirib
yubordi. Bu esa, oʻz navbatida, mintaqada
AQSH ta’sirining kuchayishiga olib keldi.
Mintaqa davlatlari iqtisodiyoti 
AQSH
monopoliyalari ta’siriga tushib qoldi.
Chunonchi, AQSH bu mintaqa davlatlari
iqtisodiyotiga 100 mlrd. dollar miqdorida
sarmoya kiritgan. Bu — boshqa barcha
davlatlar kiritgan sarmoyadan 20 baravar
koʻp edi. Mintaqada AQSH ning harbiy-


siyosiy mavqei ham kuchayib bordi.
Urush yillarida AQSH bu mintaqada 90
dan ortiq harbiy-havo va harbiy-dengiz
baza (qarorgohlar) tashkil etishga
erishdi. Bundan tashqari, 
AQSH
Lotin
Amerikasi davlatlariga turli xil
mazmundagi iqtisodiy, siyosiy va harbiy
shartnomalarni qabul qildira oldi.
Xaritada Lotin Amerikasi


Taraqqiyot yo'llarining tanlanishi
Mintaqa davlatlarida jamiyat taraqqiyoti
yoʻli xususida uch katta siyosiy guruh
oʻrtasida shiddatli kurash bordi. Bu —
taraqqiyotning konservatorlik, milliy
islohotchilik va inqilobiy yo'llari
tarafdorlari oʻrtasidagi kurash edi.
Konservatorlik yoʻli mavjud holatning
saqlanishidan manfaatdor kuchlar yoʻli
edi. Konservatorlik latifundiyachilikning
saqlanib qolishi uchun har qanday
o'zgarishga qarshi jon-jahdi bilan
kurashar edi. Latifundiyachilik Lotin
Amerikasi asriy qoloqligining tub sababi
boʻlib keldi. Biroq ikkinchi jahon
urushidan soʻng latifundiyachilikning


qulashi muqarrar boʻlib qoldi. Bunga,
birinchidan, dehqonlar kurashi ta’sirida
hukumatning agrar islohot o'tkazishga
majbur boʻlganligi, ikkinchidan, milliy
sanoatning gurkirab rivojlanishi,
uchinchidan esa, kuchli demografik
«oʻzgarish» yuz berganligi sabab boʻldi.
Demografik o'zgarish qishloq aholisini
shaharga ketishga majbur etdi. Natijada
ikkinchi jahon urushidan keyingi
yillardayoq shahar aholisining soni
qishloq aholisining sonidan oshib ketdi.
Ayni paytda siyosiy hayotning markazi
ham shaharga koʻchdi. Lotin Amerikasi
davlatlari oldida endi taraqqiyotning
qolgan ikki muqobil yoʻli turar edi.


Mintaqa davlatlarining aksariyati milliy
islohotchilik yoʻlini tanladi.

Download 185.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling