Ikkinchi qism toshkent – 2023
ehtiyojlari bo‘lgan bolalar, inklyuziv ta’lim va tarbiya tushunchalariga
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
ehtiyojlari bo‘lgan bolalar, inklyuziv ta’lim va tarbiya tushunchalariga
aniqlik kiritilgan. Qonunda ta’riflanishicha, «inklyuziv ta’lim va tarbiya – bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual 71 imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayondir». [3] Mazkur Qonunning ijrosi sifatida, 2019 yil 15 aprel kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli MTT davlat-xususiy sherikchilik asosida, xayriya faoliyati shaklida tashkil etilgan birinchi muassasa hisoblanadi. Unga ham sog‘lom tarbiyalanuvchilar, ham jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalar qatnash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mazkur MTTda psixik rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun 7 ta guruh (1 guruhda 15 nafargacha bolalar nazarda tutilgan) hamda inklyuziv yo‘nalishdagi umumiy ta’lim bo‘yicha 7 ta guruh (1 guruhda 25 nafargacha bolalar nazarda tutilgan) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ixtisoslashtirilgan guruhlarga bolalar psixologik-tibbiy- pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilinadi. Ta’lim dasturi «Ilk Qadam» davlat dasturining moslashtirilgan varianti hisoblanib, unga defektolog bilan har kungi mashg‘ulotlar kiritilgan. [4, B.242-246.] O‘zbekiston tajribasidagi dastlabki inklyuziv MTT imkoniyati cheklangan bolalarni yoshligidan boshlab, ta’limga, jamoaga ijtimoiylashishiga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda maktab ta’limi tizimida ham inklyuziv ta’limni takomillashtirish jarayoni kuchayib bormoqda. Xususan, imkoniyati cheklangan bolalarni umumiy ta’lim jarayoniga integratsiyalash bo‘yicha ishlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Vazirlik) tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bolalar va o‘smirlarga har tomonlama tuzatish-pedagogik yordam ko‘rsatishda davlat va nodavlat tashkilotlari, ota-onalar va ko‘ngillilarning sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida Vazirlik huzurida Inklyuziv ta’lim resurs markazi tashkil etildi. Joriy 2023 yil holati bo‘yicha, O‘zbekistonda 10 ming 289 ta maktab bino va inshootlari mavjud bo‘lib, ularda 5 mln. nafardan ziyod o‘quvchilar ta’lim bilan qamrab olingan. Maxsus internat maktablari bilan qamrab olingan o‘quvchilar 48 ming nafardan ziyodni tashkil etmoqda. Aynan bu yoshdagi o‘quvchilarni ommaviy maktablarga inklyuziv ta’limga o‘tkazishda birinchi navbatda maktab binolarini imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning xususiyatidan kelib chiqib moslashtirish talab etiladi. Dunyo tajribasida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni inklyuziv ta’limga qamrab olishda infratuzilma holati quyidagi talablarga mos bo‘lishi talab etiladi: birinchidan, barcha o‘quvchilar uchun teng harakatlanish imkoniyat- larini yaratish lozim. Maktab binolarining an’anaviy zinopoyalari rampalar 72 bilan, kirish eshiklari panduslar, qavatlar orasi liftlar bilan hamda maktab maydonlari sesorli va ovozli yo‘l ko‘rsatuvchi jihozlar bilan ta’minlanishi lozim; ikkinchidan, ta’lim olish uchun zarur jihozlarni barchaning qo‘llari teng yetadigan joylarga joylashtirish kerak. Sinf xonalaridagi stollar, kitob javonlari va boshqa sinf jihozlari yoshga xos balandlikda o‘rnatilishi kerak; uchinchidan, inklyuziv maktablar yetarlicha tabiiy yorug‘likka, ruhiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘k, binafsha, yashil, sariq ranglarga, yaxshi akustikaga (shovqinsiz muhitga) hamda moslashuvchan sinf mebellariga ega bo‘lishlari lozim. Mazkur talablardan kelib chiqib, O‘zbekistonda inklyuziv maktablar- ning infratuzilma holati o‘rganilganda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun zarur maxsus jihozlar, o‘quv adabiyotlar va metodik-qo‘llanmalar, masofaviy o‘qitish elementlari bilan ta’minlanishi hamda inklyuziv ta’lim- ning resurs markazlari soni yetarli darajada emasligi aniqlandi. 1-jadval Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling