Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- “TARBIYA” FANINING JORIY ETILISH MA’NAVIY TARBIYA STRATEGIYASINING VOSITASI SIFATIDA Аhmеdova O‘g‘ilhon Nomozovna
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF – 4947- son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni. // https: lex.uz/docs/3107036. 2. Burgin M.S. Pedagogikadagi innovatsiyalar va yangilik // Sovet pedagogikasi. - 1989. 12-son 45-46 b. 3. G‘afforov. Ya. X. Maktab islohati va o‘qitish metodlarini takomillashtirish. Science and education. Scientific Journal. 2020, 482 b. 4. Qorayev S.B. Pedagogika. –T.: “Zebo-Print”. 2023 y 54-57 b. 5. Azamov SH.X ”Rivojlantiruvchi ta’lim sohasini tashkil etishda fanlararo munosabatlar” Jizzax “Tafakkur ziyosi” jurnali 2023-yil “TARBIYA” FANINING JORIY ETILISH MA’NAVIY TARBIYA STRATEGIYASINING VOSITASI SIFATIDA Аhmеdova O‘g‘ilhon Nomozovna Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Annotasiya: Mazkur maqolada ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda “Tarbiya” fanining joriy etilganligi ma’naviy tarbiya strategiyasining vositasi ekanligi ilmiy o‘rganilgan. Jamiyatdagi mavjud jarayonlarni o‘z davri va bosqichlarida yuksalishi shaxs ma’naviy qiyofasiga bevosita bog‘liqdir. Bu esa ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish tarbiyaning eng muhim vositasi sifatida namoyon bo‘lishi bilan ifodalanadi. Kalit so‘zlar. “Tarbiya” fani, ma’naviyat, ma’naviy tarbiya strategiyasi, ta’lim muassasasi, maktab ta’limi, ma’naviy-axloqiy, umuminsoniy qadriyatlar. Bugungi kunda ijtimoiy munosabatlarni yoshlar qalbiga singdirishda ma’naviy tarbiya strategiyasining vositalari katta ahamiyatga ega hisob- lanadi. Bu bilan jamiyat a’zolarining xususan yoshlarni haqiqatparvarlik, ezgulik, toqatlilik, e’tiqodlilik, sabrlilik kabi abadiy insoniy qadriyatlarni puxta egallash ma’naviy tarbiyaning strategik maqsadini ifodalaydi. Bizningcha bu jarayon ma’naviy tarbiya strategiyasining vositalarini izlash zarurligini taqozo etadi. Pirovard natijada tadqiqot maqsadi – “kelajak odami”ni tarbiyalashga erishiladi. Bu borada dolzarb bo‘lgan ma’naviy 79 tarbiya strategiya zarurati haqida “...mamlakatimizda ma’naviy tarbiya tizimining yangi strategiyasini yaratib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishimiz kerak”[1.287.]. Chunki O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ochiqlik, oshkoralik muhiti ta’sirida jamiyatdagi ma’naviy muhitning salbiy qirralari namoyon bo‘lib qolmoqda. Unga qarshi faqat yangicha kurash usullari bilan qarshilik qila olish mumkin. Shaxsning ma’naviy olamiga ta’sir kuchining turfa xilligi yoshlardagi axloqiy tarbiyani ma’naviy-axloqiy rivojlanishi va jamiyat axloqiy turmush tarzi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jarayonda tizimlashtiriladi. Bu xususida “Odam ota- onadan tug‘iladi, ammo uning axloq-odob borasidagi fazilatlari jamiyatda, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida shakllanadi”[2.3.], degan qarash naqadar to‘g‘ri ekanligini anglatadi. Jamiyatda ma’naviy tarbiya strategiya shaxsning butun hayotiy davri ma’naviy bosqichidagi rivojla- nishining tizimli natijasidir. Bunda jamiyatdagi axloqiy qadriyatlarning mavjudligi va ularni yaratishda shaxsning ishtiroki bilan tavsiflanadi. “Bolalar axloq tarbiyasini oldinroq o‘zi yashayotgan atrof muhit va ko‘chadagi bolalardan oladilar. Bolalar suvga o‘xshaydilar suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi bolalar ham qanday muhitda bo‘lsalar o‘sha muhitning ham shunday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko‘proq yaxshi va yomon axloqni o‘z uylaridan, ko‘chadagi o‘rtoqlaridan, maktabdagi o‘quvchidan qabul qiladilar”[3.56.]. Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiya murakkab jarayon bo‘lib, bu jarayonda mahalla, oila, maktab va jamoa tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati samara berishi mumkin. Mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati haqida so‘z bordi. Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, “Maktab - bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Bu masalani davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi”, - deya alohida ta’kidlaydi. Ma’naviy tarbiya strategiyasining vositasi sifatida maktab tizimi olinadigan bo‘lsa, “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya jarayoni o‘z ichiga ikki davrni qamrab oladi: 80 birinchi davr - 7(6)-10 yoshli davrda - boshlang‘ich sinflarda; ikkinchi davr - 11-17 yoshli davrda - o‘rta va yuqori sinflarda. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari o‘quvchilarda yoshiga mos tayanch ma’naviy-axloqiy fazilat (kompe- tentsiya)lar - Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immuni- tet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, inno- vatsion fikrlash, mehnatsevarlik shakllantiriladi”[4.], deb belgilab qo‘yilgan. Bu esa yoshlarni asosiy ma’naviy tarbiyasini shakllantirish vositasi ekanligini bildiradi. Bizningcha bu jarayonda birinchidan, o‘quvchilarning ma’naviy tajribasining barcha manbalarini yuksaltirish, jamoada bolalar o‘rtasidagi munosabatlar, o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari va ota- onalari o‘rtasidagi munosabatlar, kundalik hayotiy estetik darajalari ortib boradi. Ikkinchidan, turli yosh bosqichlarida faoliyat va ta’lim shakllarining to‘g‘ri o‘zaro bog‘liqligi ta’minlanadi. Uchinchidan, axloqiy mezonlarni istisnosiz barcha turdagi faoliyat turlarini va o‘quvchilar shaxsining namoyon bo‘lishini baholashga kiritish. Maktab tizimidagi ma’naviy tarbiya vositalariga umumiy va xususiy usul va shakllar kiradi. Ma’naviy tarbiya usullaridan biri sifatida o‘quvchilarni axloqiy sohada xabardor qilishdan iborat. Bunda o‘quvchilarga axloqiy me’yor va qadriyatlar haqidagi bilimlarni shakllantirishga xizmat qiladigan tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, meh- natsevarlik kabi fazilatlar shakllantiriladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yana bir usuli - o‘quvchilarni faoliyatga jalb qilish, ya’ni, jismoniy mehnat, ijtimoiy foydali, badiiy-ijodiy, o‘quv va kognitiv, sport va dam olish jarayonlarida ma’naviy tarbiyani berish zarur bo‘ladi. “Ta’lim-tarbiya — bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz”[5.], bu esa maktab tizimi jamiyat uchun juda muhim ekanligini anglatadi. Bu yoshlar e’tiborini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «Tarbiya» fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”Qarori[6.] qabul qilindi. Unda belgilanganidek, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi 81 ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish” maqsadida Tarbiya fani joriy etilganini ta’kidlash mumkin. Bugungi shiddatli zamon sharoitidan kelib chiqib dunyoda ta’lim va tarbiyaga e’tibor kuchayib borayotganinini kuzatishimiz mumkin. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ta’lim-tarbiya masalasiga e’tibor yangi bosqichga kutarilmoqda. Chunki Tarbiya fanini joriy etilishi maktablarda dars beruvchi pedagog-o‘qituvchilardan o‘qitishning xilma-xil usullarini qo‘llay olish, ularga yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganish, Tarbiya fanini o‘qitish metodikasining umumiy va xususiy tamoyillaridan xabardor bo‘lishni dolzarblashtiradi. Bu esa ma’naviy tarbiya strategiya- sining vositalarini asosida o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiya- lardan foydalanish ko‘zlangan natijalarga erishish samaradorligini yuqori darajaga ko‘taradi. “Ma’naviy jarayonlar transformatsiyasi murakkab ma’naviy-axloqiy voqelikni, insonning sadoqatidan kelib chiqadigan asosiy qadriyatlarni yangilanishni ifoda etadi. Shuningdek, ma’naviyatning uch turi tahlil etilib, birinchi turini individual va shaxsiy fazilatlar bilan tavsiflanadigan aql- idrokka kiritish mumkinligi qayd etilgan. Aql-idrokning individual fazilatlari tabiiy muhitga moslaShuvchan xarakterni, shaxsiy fazilatlar esa aqlni jamiyatga, aql rivojlanishining obyektiv shartlariga, ta’limga, o‘zini tutishning yuqori madaniyatiga moslashtirishni tavsiflashi keltirilgan. Ma’naviyatning ikkinchi turi ichki faollik va ruhiy holatlarning intensivligi, shaxs uchun ruhiy taranglikning doimiy namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Ma’naviy holatlarining yuksak o‘sish davrlarini va uning qo‘llash davrlarini ajratish mumkin. Uchinchi turdagi ma’naviyat-psixologik erkinlik bilan tavsiflanishi, bu sub’ektning tabiat va jamiyat rivojlanish qonuniyatlarini anglash asosida o‘z xohish-irodasini namoyon etish imkoniyatini anglatish”[7.15.], zarurligini ta’kidlaydi. Bu jarayonning muhim jihati ikkita asosiy maqsadda namoyon bo‘ladi, birinchidan, uning vazifasi jamiyat tomonidan yaratilgan madaniy qadriyatlarning bir qismini individuallashtirish, ikkinchidan esa, ma’naviy tarbiyaning vazifasi madaniy va estetik qadriyatlarni idrok etish uchun ma’lum qobiliyatlarni yaratishdir. Bizningcha, “Tarbiya” fanining joriy etilish ma’naviy tarbiya strategiyasining vositasi sifatida quyidagilar bilan ifodalanadi; Birinchidan, jamiyat yuksak ma’lumotli, yuksak ma’naviyatli, nafaqat bilim, balki mukammal shaxsiy fazilatlarga ega insonlarni tarbiyalash zarurati ekanligi. 82 Ikkinchidan, zamonaviylashib borayotgan davrda yoshlarning yetuk bo‘lmagan aql-zakovati va his-tuyg‘ularini axloqqa zid bo‘lgan salbiy xislatlar ta’siridan xolos etish kerak. Uchinchidan, ta’limda yuqori darajadagi axloqiy tarbiyaga e’tibor berish bilan insonning kundalik xulq-atvorida uning boshqa shaxslarga bo‘lgan munosabatini hurmat va xayrixohlik asosida belgilaydigan shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling