Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

Tayanch so‘zlar. Yoshlar, yoshlarga oid davlat siyosati, oliy ta’lim, oliy 
ta’limdagi islohotlar, yoshlar tarbiyasi. 
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, 
mamlakatning rivoji, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon 
turmush tarzi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga beriladigan e’tibor 
darajasi bilan bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat 
siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Agar biz ta’lim-tarbiya, madaniyat va ma’naviyat sohasidagi 
ishlarimizni aniq tizim asosida tashkil etib, ularning samaradorligini 
oshirmasak, ertangi kunimizni qurolmaymiz, o‘z maqsadlarimizga 
yetolmaymiz. Bu borada “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” degan 
shior doimiy kun tartibida turishi lozim. Biz yoshlarimizni milliy va 
umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun bor kuch va 
imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur.[4] 
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda 
insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni 
inobatga olgan holda, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Yoshlar 
huquqlari to‘g‘risida”gi BMT konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari 
surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O‘zbekiston 
rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki 
milliarddan ortib ketgani, esktremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq 
jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir 
etilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tgan edilar. [5] 
Insoniyatning yangi asrga qadam qo‘yishi, ilm-fan sohasida qo‘plab 
yutuqlarni qo‘lga kiritish bilan birgalikda yangidan-yangi muammolarni 
yuzaga keltira boshladi. Bu davrda yoshlar tafakkurini zaharlashga 
qaratilgan mafkuraviy tahdidlarning tobora kuchayib borishi natijasida 
yoshlarni turli ko‘rinishdagi zararli va yot mafkuralarning ta’siridan himoya 
qilish, yoshlar orasida ularga nisbatan milliy immunitet tizimini joriy etish 
va sog‘lom mafkurani shakllantirish muhim ahamiyat kasb eta boshladi. 
Yoshlar orasida ba’zi yot g‘oyalarning tarqalishi, ularning turli diniy 
oqimlarga kirib qolishi, yoshlar mafkurasida yuzaga kelgan bo‘shliq, yoshlar 
orasida turli yuqumli kasalliklar, jumladan OITS, giyohvandlikning paydo 
bo‘lishi, jinoyatchilikning ko‘payishi, ishsizlik va uning natijasida yuzaga 
kelgan ijtimoiy keskinlik, yoshlarda beqarorlik kayfiyatining ortib borishi, 


84 
o‘z taqdiridan norozilik kabilar nafaqat ma’lum bir mintaqa, balki butun 
jahonda yuz berayotgan global muammolardan biriga aylanib bordi. 
Ushbu holatlarning tobora ortib borishi davlatlarning yoshlarga oid 
davlat siyosatiga e’tiborli munosabatda bo‘lishini taqozo eta boshladi. 
Mamlakatimizda 2016-yil 14-sentabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati 
to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. [1] 
Ushbu Qonunning eng muhim jihati, avvalombor, yoshlarga oid davlat 
siyosati, yoshlar, yosh oila, yosh mutaxassis kabi qator tushunchalarga 
alohida to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘ra quyidagi tushunchalar bo‘yicha yagona 
to‘xtamga kelindi: yoshlar – o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan 
oshmagan shaxslar; yosh oila – er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan 
oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz 
yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, 
shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol); yosh mutaxassis 
– oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim 
muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida 
ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi 
bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan 
xodim. [1] 
So‘nggi yillarda yoshlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik har qachon-
gidan ham oshib bormoqda. Jumladan, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida Prezident maktablari, Temurbeklar maktabi, san’at 
va adabiyot sohasidagi iqtidorli yoshlarning salohiyatlarini yanada 
yuksaltirish maqsadida Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo, Namangan va 
boshqa viloyatlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijod va ixtisoslash-
tirilgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni 
modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda 
ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2019-yil 
8-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolandi. [2] 
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbar-
dosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil 
etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va 


85 
ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib 
olindi. Konsepsiya mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning 
ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov 
darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnolo-
giyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb 
qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini 
tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq 
yo‘nalishlar belgilab berilgan. 
Yangilanayotgan O‘zbekistonning oliy ta’lim tizimida olib borayotgan 
izchil islohotlari oliy ta’lim muassasalarga moliyaviy, akademik va tashkiliy-
boshqaruvda mustaqillik berish, yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab 
olinishini yanada kengaytirish, ularni bilimli va malakali qilib tarbiyalash, 
jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. 
Bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim jarayoni bosqichma-
bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazilmoqda. Asos sifatida Yevropaning 
ECTS (European Credit Transfer and Accumulation System) tizimi qabul 
qilindi. 
Ta’lim jarayonida oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot 
va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz 
shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimini raqamlashtirish maqsadida 
“Raqamli universitet” loyihasi doirasida “Oliy ta’lim jarayonlarini 
boshqarish axborot tizimi” (HEMIS - Higher Education Management 
Information Systems) ishlab chiqildi. Bu tizim “Ma’muriy”, “O‘quv”, “Ilmiy” 
va “Moliyaviy” jarayonlarini boshqarish modullarini o‘z ichiga oladi. 
2021-yil 1-sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich oliy ta’lim 
muassasalarida joriy etish orqali “O‘quv jarayoni” modulida guruh jurnali, 
dars jadvali, imtihonlar jadvallari, talabaning reyting daftarchasi, 
o‘zlashtirish qaydnomalari, davomat hisobotlari, diplom va akademik 
ma’lumotnomalar raqamlashtirildi. 
O‘quv reja va o‘quv dasturlar tayanch oliy ta’lim muassasalari 
tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan 
kelishilgan holda tasdiqlanishi amaliyoti bekor qilindi. Oliy ta’lim 
muassasalariga akademik mustaqillik berilib, 2021/2022 o‘quv yilidan 
boshlab barcha o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar har bir oliy ta’lim muassasasi 
tomonidan mustaqil ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi tartibi joriy etildi. 
Oliy ta’lim islohotlarining mahsuli sifatida mamlakatimizda oliy 
ma’lumot olmoqchi bo‘lgan har qanday fuqaro uchun imkoniyatlar eshigi 
ochildi. Aniqroq aytganda, yoshidan qat’i nazar, oliy ma’lumotni kunduzgi, 


86 
kechki va sitqi ta’lim shaklida olishga sharoit yaratildi. Bundan tashqari, 
mehnat staji, ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolar o‘zlari ishlayotgan 
korxonaning yuqori tashkilotlari tavsiyasi bilan imtihonsiz, suhbat asosida 
oliy o‘quv yurtiga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Jumladan, kamida 5 yil 
ish stajiga ega xodimlarini 2021/2022 o‘quv yilida davlat OTMlarining sirtqi 
va kechki ta’lim shakliga o‘qishga kirishi uchun Respublikamizdagi 71 ta 
tashkilotga tavsiya berish huquqi berildi.
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar tufayli oliygohlarimiz 
salkam 3 barobarga ko‘payib, 200 tadan oshib ketdi, qamrov darajasi esa 9 
foizdan 38 foizga yetdi. [7] 
Maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2030-
yilda 50 foizga yetkaziladi. Shuni hisobga olib, oliy o‘quv yurtlariga talabalar 
qabul qilish davlat grantlari 2 barobar ko‘paytiriladi. [3] 
Oliy ta’limning qamrov darajasini bosqichma-bosqich oshirish, tizimda 
sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, o‘quv yuklamalarini maqbullash-
tirish, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, oliy ta’lim 
muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, professor-o‘qituv-
chilarning maoshi o‘rtacha 4,5 barobarga oshirilishi – oliy ta’lim 
islohotlarining ilk natijalaridandir. 
Shuningdek, 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim 
muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar 
yoshlar uchun Prezident granti joriy etilishi, talabalarga imtiyozli kreditlar 
ajratilishi, chet tili ta’lim dasturlari bo‘yicha eng yuqori ballarni to‘plagan 
iqtidorli yoshlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi, abituriyentlar-
ning bir vaqtning o‘zida 5 ta OTMda bilimini sinab ko‘rish imkoniyati kabi 
ko‘plab imtiyoz va imkoniyatlar yoshlarning bilim va salohiyatini oshirishda 
muhim ahamiyatga ega. 
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini 
o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga 
muvofiq 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan 
madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, sport va 
jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari o‘rniga 
ijodiy imtihonlar joriy etildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va 
manfaatlarini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar 
o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, 
mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor 


87 
yo‘nalishiga aylandi. 2022-yil 18-iyulda imzolangan “Oliy, o‘rta maxsus 
va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini 
qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Qaroriga binoan 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, 
ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun qizlarga ilk marotaba 7 yil muddatga 
foizsiz kredit berish joriy qilindi. [4] 
Shu bilan birgalikda 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, magistraturada 
o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab berila 
boshlandi. Shuningdek: 
– har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 
nafari magistraturaga yuboriladi; 
– har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 
150 nafar qizlarning ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab beriladi; 
– yosh farzandi bor talaba-qizlarning masofaviy o‘qishiga sharoit 
yaratiladi; 
– doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 
tadan maqsadli kvota ajratilishi belgilandi. 
Keyingi yillarda oliy ta’lim tizimiga nodavlat va xususiy sektorning, 
shuningdek, ko‘plab xorijiy oliy o‘quv yurtlari va filiallarining kirib kelishi 
ijobiy holat bo‘ldi. Bir jihatdan oliy ta’limning qamrovi kengaysa, 
ikkinchidan, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida ijobiy 
ma’nodagi o‘zaro raqobatni ta’minlaydi, tizimda bozor qonunlari ishlay 
boshlaydi. Zero uning natijasi muhim hisoblanadi, chunki har bir oliy o‘quv 
muassasasi sifatli kadrlar tayyorlash uchun kurashadi. Raqobat va bozor 
sifatsiz mahsulotlarni yoqtirmaydi. Natijada raqobatbardosh mahsulot 
yaratish har bir oliy ta’lim muassasasining asosiy maqsadiga aylanadi, natija 
kutilganidek yuqori bo‘ladi. Shularning o‘ziyoq ta’limdagi islohotlar chuqur 
o‘ylangan holda olib borilayotganini anglatadi. 
Yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib 
ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib 
berish uchun O‘zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. 
Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk, 
jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda 
manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi 
ham shuncha yuqori bo‘ladi. 
Jumladan, yotoqxona bilan qamrab olinmagan, ijara huquqi asosida 
yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga 2021-yil 1-maydan 
boshlab, ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat 


88 
budjeti hisobidan qoplab berilishi belgilandi. Bunda ijara to‘lovining qoplab 
beriladigan qismi Toshkent shahrida - bazaviy hisoblash miqdorining 1 
baravari, qolgan hududlarda - bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 
baravaridan oshmasligi, ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi 
navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar 
uchun berilishi belgilib qo‘yildi. 
Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi oshib borishi bilan bir qatorda, 
yotoqxonalarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. 2021-yilda talabalar 
turar-joylaridagi yashash xonalarini optimallashtirish va ikki yarusli 
krovatlarni joriy etish orqali qo‘shimcha 20 ming o‘rin yaratilgan bo‘lsa, 
unga qo‘shimcha ravishda yana 11 ming o‘rinli 28 ta yotoqxona tashkil 
etilib, foydalanishga topshirildi. 
Natijada davlat OTMdagi talabalar turar-joyining soni 256 taga 
yetkazilib, 91 ming nafar talabani joylashtirish imkoniyati yaratildi va 
yotoqxonaga bo‘lgan ehtiyojning 41 foizi ta’minlandi. 
Shunga qaramasdan, hozirda qo‘shimcha talabalar turar-joylariga 
ehtiyoj mavjud. Mazkur ehtiyojni bartaraf etish uchun 2022-yilda 18 800 
o‘rinli 47 ta talabalar turar joylarini barpo etish, 2026-yilga qadar esa 72 400 
o‘rinli 181 ta talabalar turar-joyi barpo etish natijasida talabalarni yotoq-
xona bilan ta’minlash darajasini 60 foizdan oshirish belgilab qo‘yilgan. [3] 
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, 
yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z 
qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga 
daxldorlik hissi bilan yashaydigan, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar 
sifatida tarbiyalash eng oliy maqsadlarimizdan biridir. 
XXI asrda yoshlarga munosabat masalalarida dunyo taraqqiyoti uchun 
umumiy bo‘lgan qonuniyatning mavjudligi; ya’ni, yoshlar endi nisbatan 
ustuvor ahamiyatga ega oddiy manbadan taraqqiyotni ta’minlaydigan, uni 
amalga oshiradigan yetakchi katta kuchga aylanib bormoqda. 
Ularning bilimi, kasbiy malakasi, ma’nan va ruhan barkamollik kabi 
ijtimoiy sifatlari butun jamiyatning rivojlanish darajasiga ta’sir ko‘rsatmoq-
da. Bunday tendensiyalar yoshlarning alohida ijtimoiy demografik qatlam 
sifatida siyosatning faol subyektiga aylanib borayotganligini ko‘rsatadi. 
Shuning uchun ham har bir yosh o‘z xalqi, millatining sha’ni, qadr-
qimmatini joyiga qo‘yish, vatanparvarlik tuyg‘usi bilan yashash, millat 
taraqqiyotining davomiyligini ta’minlash kafolatidir. Yoshlar siyosiy 
jarayonlarga o‘ziga xos demokratik o‘zgarishlar, yangiliklar olib kirish bilan 
uni yanada boyitadi. Shu nuqtai nazardan yondashganda, faol yoshlar 


89 
siyosiy jarayonlarga uni yanada demokratlashtirish, yangilash hamda 
modernizatsiyalash ko‘zi bilan qaraydi. 
Bugungi globallashuv davri oldimizga qo‘yayotgan dolzarb muammolar 
siyosat, yoshlar va bandlik tushunchalari bir-biri bilan har qachongidan ham 
bevosita, chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, bandlik 
masalasi endi tor iqtisodiy darajadan, ya’ni aholining ijtimoiy ishlab 
chiqarishga jalb etilganligini ifodalovchi iqtisodiy kategoriyadan global 
siyosiy muammo darajasiga ko‘tarildi.
Shuning barobarida nafaqat hech qayerda o‘qimaydigan, ishlamaydigan 
yoshlarning, ayni paytda o‘quvchi, talaba, ishlayotgan, armiya safida xizmat 
qilayotgan, xullas barcha-barcha yoshlarning siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda 
qanchalik faolligi, g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyalanganligi, ya’ni ularning 
ongu tafakkurini, ijtimoiy foydali vaqtini qanday qiziqishlar, qarashlar band 
etgan degan masalalar yanada muhim ahamiyat kasb etmokda. 
Xulosa qilib aytganda, mamlakatning qudratini belgilaydigan omillar 
ko‘p. Biroq ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda voyaga yetayotgan 
yuksak ma’naviyatli, jismonan sog‘lom, har tomonlama barkamol avloddir. 
Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida. Mard 
va jasur, ona Vatan uchun jon fido eta oladigan, buyuk alloma va 
mutafakkirlarga munosib farzand, sarkarda bobolarimizga davomchi bo‘la 
oladigan yoshlar oila bag‘rida, ta’lim-tarbiya maskanlarida voyaga yetadi.
Shunday ekan, biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, 
qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni 
eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak 
darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak 
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z 
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol 
topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va 
imkoniyatlarini safarbar etamiz. [4] 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling