Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Taklif va mulohazalar.“O‘qituvchi shaxsini ham o‘qish va o‘zi ustida
muntazam ishlashga undovchi motivlar bo‘lishi lozim. Maktabda ta’lim olish va uning sifatiga bo‘lgan qat’iy talabni maktab rahbariyati, o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan doimiy ehtiyojga aylantirilsa o‘zining ustida muntazam ishlayotgan o‘qituvchi munosib rag‘batlantirib borilsa, aksincha, o‘zini rivojlantirishga e’tiborsiz o‘qituvchilarga nisbatan murosasizlik muhiti shakllantirilsa – o‘qituvchida o‘zi ustida muntazam ishlash, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoq paydo bo‘ladi”[4.9-b]. Mustaqil malaka oshirish va bilim olishga undovchi motivlar sifatida quyidagilar taklif qilinadi: - maktabda ta’lim olish va uning sifatiga bo‘lgan qat’iy talabni kuchaytirish; - o‘quvchilar va ularning ota- onalari o‘qituvchining ta’lim berish sifati bilan doimiy qiziqishi hayotiy ehtiyojga aylantirishlari; - o‘zining ustida muntazam ishlayotgan o‘qituvchi muntazam rag‘batlantirilib borilishi; - uzluksiz kasbiy rivojlanishga e’tiborsiz o‘qituvchilarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish; - rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, kasbiy litsenziyalash yoki kasbiy sertifikatlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish; - mazkur jarayon o‘qituvchidan avvalgi faoliyati davrida amalga oshirgan ishlarini portfolio shaklida namoyish qilish, dars beradigan fani va uni o‘qitish metodikasi, shuningdek, pedagogika va psixologiyadan turli (suhbat, yozma ish, test shaklidagi) layoqat sinovlaridan o‘tishni taqozo qiladi; 105 Xulosa, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati bunyod etilayotgan yangi O‘zbekistonda “Tarbiya” fanining umumiy o‘rta ta’lim maktablari dasturiga kiritilishi ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish borasidagi dadil qadamlardan yana biri bo‘lib, ta’lim tizimini jahon standartlariga tenglashtirish va jahonda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling