IKKINCHI TAMOYIL - SOG'LIK UCHUN IRODA tayyorladi: Rafieva Nargiza Ergashevna Reja: - 1.Sog’ligimizni saqlash o’z qo’limizda
- 2.Valeologiya fanining ahamiyati, predmeti, maqsad va vazifalari.
- 3 Sog’likka ogohlik.
- 4. Sog’lik nima va u qanday baholanadi.
- 5.Inson salomatligini ta’minlovchi asosiy omillar.
- Salomatlikni o’rganuvchi fan bu “Valeologiya” fanidir. Bu atamani 1982 yilda I. I. Brexman fanga kiritgan. “Valeologiya” lotincha so’z bo’lib, “Valeo” –sog’lomlik, sog’lom bo’lmoq degan ma’noni bildiradi. Demak valeologiya sog’lom odamning sog’lomlik holatini o’rganadi. Valeologiya integrativ fan sifatida gigiena, epidemiologiya, normal fiziologiya, tibbiy psixologiya, pedogogika, etika va ekologiya hamda boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog’langan holda ularning uslublari va dalillaridan, insonlarni sog’lomlashtirish maqsadida foydalanadi. Bu o’rinda esa har bir pedagog inson ruhiyatining bilimdoni bo’lishi kerak. Shundagina STTni shakllantirishda insonning sog’likka nisbatan dunyoqarashini o’zgartirish mumkin. Uning sog’lom umri davomiyligini saqlash mumkin.
SOG’LIKKA OGOHLIK. - . Hayot, umr, turmush va sog’lik masalalarida har birimiz oz bo’lsada mulohaza yuritsak yaxshi natijalarga erisha boshlaymiz.
- Deyarli har bir kishi ertami kechmi sog’lik bilan bog’liq bo’lgan muammoga duch keladi. Chunki kishilar so’rtasida uchrayotgan o’limning asosiy sababchisi kasalliklar va baxtsiz hodisalar bo’lib, deyarli hamma hollarida barvaqt o’lim sodir bo’ladi. Sog’ligidan ajralgan inson har doim kasalliklar va uning mudhish oqibati – o’lim oldida yolg’iz qoladi.
- Hayotdagi bir achchiq haqiqat shundan iboratki, har bir kishining sog’ligi uning o’zidan boshqa hech kimga kerak emas va bu haqda uning o’zidan boshqa hech kim qayg’urmaydi ham. Ma’lum darajada uning sog’ligi haqida ota-onasi, farzandlari, yaqin qarindoshlari qayg’urishi mumkin. Lekin ularning qayg’urishi ham ko’pchilik hollarda hamdard bo’lish va afsuslanishdan boshqaga o’tmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |