Ikramjon Ismailov "Ijtimoiy fanlar"


Download 24.96 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi24.96 Kb.
#1636787
Bog'liq
FARGʻONA VODIYSIDA XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARINI TASHKIL ETILISHI


FARGʻONA VODIYSIDA XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARINI TASHKIL ETILISHI
Ikramjon Ismailov
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan shaxri
93-9164242, ikromjon4242@gmail.com

Mustaqillik yillarida respublikada chet el oliy o‘quv yurtlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida 2017 yilga kelib mamlakatda 7 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shu o‘rinda bir jihatga alohida e’tibor qaratish lozim. Xususan, respublikada chet el oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi islohotlar ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshirilmadi. Bunday deyishimizga sabab 2014 yilda respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy sonining atiga 1 foizi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallariga qamrab olingan edi[1,B.-17]. Bu o‘z navbatida past ko‘rsatkich bo‘lib O‘zbekistonning xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirishi lozim bo‘lgan taraqqiyot dasturlariga mos emas edi. Ikkinchidan yuqorida keltirib o‘tilgan oliy ta’lim muassasalarining barchasi Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, o‘ziga xos demografik hususiyatga ega va aholi zinchligi yuqori bo‘lgan Farg‘ona vodiysi mintaqasida bunday oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lgan qo‘yilmadi. Nafaqat Farg‘ona vodiysida balki, respublikaning boshqa hududlarida ham xorijiy oliy ta’lim mussasalari ochilmadi. Natijada respublikaning boshqa viloyatlarida bo‘lgani kabi Farg‘ona vodiysi viloyatlari yoshlarini O‘zbekistondagi chet el oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish imkoniyati cheklandi.


Respublika viloyatlari jumladan, Farg‘ona vodiysi mintaqasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmaganligining asosiy sabablaridan biri bu islohotlarga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilmaganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan olib qaraganda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bunga to‘liq javob bermas edi. Ya’ni elektr enegrgiyasidagi muttasil uzulishlar, issiqlik muammosi va xokozolar shular jumlasidan. Bundan tashqari o‘sha davrda Toshkent shahrida joylashga oliy ta’lim muassasalari paxta yig‘im-terimiga jalb qilinmas edi. Viloyatlarda bu esa odatiy vazifalardan biri sanalardi. Shu va boshqa masalalar nazarimizda xorijiy oliy ta’lim muassasalarini viloyatlarda ochish uchun to‘sqinlik qilgan.
2017 yildan boshlab respublikada xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarini ochish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlarning ikkinchi davri boshlandi. Ta’lim tizimlarining barcha bo‘g‘inlarida bo‘lgani kabi oliy ta’lim tizimida xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratila boshlandi. Ta’lim tizimining keyingi bosqichi – oliy ta’lim sohasida ham salmoqli islohotlar olib borilmoqda. So‘nggi ikki yilda mamlakatimizda 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi hamda 12 ta nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtining filiallari tashkil etildi[2,B.-19].
Xususan, 2017 yilgacha respublikada 7 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib ularning soni 25 taga yetdi. Oxirigi uch yilda respublikada 18 ta yangi chet el oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi[3]. Bu ijobiy o‘zgarishlarni e’tiborli jihati shundaki, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarini nafaqat Toshkent shahrida balki viloyatlarda ham faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, respublikada birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 sentyabrdagi “Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3952-son Qarori[4] qabul qilindi. Qarorga asosan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini hududlarda ochishga qaratilgan islohotlar natijasida respublika viloyatlari orasida ikkinchi, Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha birinchi xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiali Farg‘ona shahrida tashkil qilindi. Filialda respublika hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlari ijtimoiy-iqtisodiy sohalari uchun zarur bo‘lgan turizm, mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish, madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish, xizmatlar sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish, informatika va axborot texnologiyalari sahalari bo‘yicha bakalavr, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish, axborot tizimlari yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlar tayyorlash boshlandi. Respublikada bo‘lgani singari Farg‘ona vodiysi viloyatlari yoshlarining xorijiy talablarga mos xolda oliy ta’lim olishga bo‘lgan imkoniyatlarini oshirish borasidagi islohotlar davom ettirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi “Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi 714-son Qaroriga[5] asosan yana bir xorijiy oliy ta’lim muassasasi Farg‘ona shahrida faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Universitetning 11 ta fakultetida 1270 nafar talaba bugungi kunda tahsil olmoqda[6]. Bundan tashqari O‘bekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “O‘zbekistonda Sharda universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4278-son qarori[7] qabul qilindi. Qarorga asosan Xindiston Respublikasining Sharda universiteti Andijon viloyatida tashkil qilindi. Universitetda axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha xalqaro andozalarga mos kadrlar tayyorlash boshlandi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek so‘nggi 3 yilda respublikada 18 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi tashkil etilgan bo‘lsa, shundan 3 tasi Farg‘ona vodiysi viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu o‘z navbatida Farg‘ona vodiysi viloyatlari yoshlari uchun ilg‘or xorijiy dasturlar asosida o‘zlari yashayotgan viloyatda tahsil olish imkoniyatini yaratdi. Bugungi kunda bu xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlarning 90 foizini mahalliy yoshlar tashkil qiladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1. Uzbekistan Modernizasiya sistemы vыsshego obrazovaniya. 2014 iyun. Otchet № 88606-UZ. Dokument Vsemirnogo banka. 17-bet (http://documents1.worldbank.org/curated/en/737161501483080910/pdf/88606-28-7-2017-14-44-29-UzbekistanHigherEducationReportru.pdf
2. Mirziyoyev Sh.M. Bilimli avlod –buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018. – B. 19.
3. https://www.edu.uz/uz/pages/sss
4. O‘bekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 sentyabrdagi “Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3952-son Qarori https://lex.uz/docs/3920018
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi “Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi 714-son Qarori https://lex.uz/docs/4487440
6. O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti rasmiy veb sayti. https://www.kiuf.uz/
7. O‘bekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “O‘zbekistonda Sharda universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4278-son qarori. https://lex.uz/docs/4278962

ANJUMAN IShTIROKChISI ANKETASI



F.I.Sh.:

Ismailov Ikramjon Anvarjonovich
Ikramjon Ismailov



Lavozimi:

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi



Ilmiy darajasi:

yo‘q

Ish o‘rni va manzili:

NamMTI, Namangan shaxri Kosonsoy ko‘cha 7-uy

Telefoni va mobil telefoni:

+998939164242

Sho‘ba:

Zamonaviy ta’lim-ta’rbiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari.



Tezis nomi:

Farg‘ona vodiysida xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tashkil etilishi



e-mail:

ikromjon4242@gmail.com



Download 24.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling