Ildiz Uning Morfologik Tuzilishi Poya Uning Morfologik Tuzilishi Barg, Metamarfoz


Download 65.78 Kb.
bet2/5
Sana10.02.2023
Hajmi65.78 Kb.
#1183411
1   2   3   4   5
Bog'liq
ildiz poya barg metafrozma

POYA, UNING MORFOLOGIK TUZILISHI. Poya o`simlikning yer ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo`lib, bargni ildiz bilan morfologik va funksional bog`laydi. Uning asosiy vazifasi o`simlik shox-shabbasini ko`tarib tutib turish va suv hamda unda erigan mineral moddalarni ildizdan barglarga, bargda hosil bo`lgan organik modalarni ildizga o`tkazishdan iborat. U ba`zan suv va zapas oziq moddalarni to`plovchi ombor vazifasini ham bajaradi. Shuningdek poya nafas oluvchi organ ham hisoblanadi. Ayrim o`simliklarda esa assimilisiya va vegetativ ko`payish vazifasini ham bajaradi.
Har xil o`simliklar poyasining shakli va uzun-qisqaliga juda xilma-xil bo`ladi. G`alladoshlarning yumaloq va ichi bo`sh poyasi poxol poya deyiladi. Labguldoshlarning poyasi to`rt qirrali, qiyoqlarniki uch qirrali va hokazo. Ko`pchilik o`simliklarda poya tik o`sadi. Bular aksariyat daraxtlar va ayrim o`t o`simliklari – g`o`za, beda singarilarda uchraydi. Ba`zi poyalar yer bag`irlab o`ralib, chirmashib o`sadi. Masalan, qovun, tarvuzlarda. Daraxt o`simliklarda chirmashib o`suvchi poyalilari lianalar deyilib, ular tropik o`rmonlarda ko`proq o`sadi. Ularning uzunligi 300 m gacha etadi. Barcha lianalarning poyasida etarli miqdorda mexanik elementlar bo`lmaganligidan, ularga tayanch kerak. Shu sababli o`zlariga turli yo`llar bilan tayanch topadi.
Lianalar poyasi bilan chirmashib olishidan tashqari, ularda boshqa moslamalar, masalan, tayanchga o`raladigan jingalaklar (tokda), turli xil ilmoqlar (chirmashuvchi atirgulda) va soxta qo`shimcha ildizlar ham bor. O`simliklar poyasining sirti ham xilma-xil. Masalan, makkajo`xorida ular tuksiz, yalpizda mayin tukli, atirgulda dag`al tukli va tikanli bo`ladi.
Poyalarning uzun-qisqaligi ham turlicha. Ayrim o`simliklarda ular bir necha mm bo`lgani holda, qarag`ayda 50 m, oqqarag`ayda 70 m, sekvoyya dendronda 135 m, evkaliptda 150 m gacha etadi. Shuningdek, poyaning yo`g`onligi ham turli-tuman. Zarpechak poyasi bir necha mm, chinorniki 5-6 m, Afrikada usuvchi boabab daraxtiniki 10-12 m, sekvoyya dendronniki 13 m gacha bo`ladi.
Poyasining tipi va hayotining uzun-qisqaligiga qarab, barcha gulli o`simliklar: daraxt, buta, chala buta va o`t o`simliklarga bo`linadi. Daraxtlarning asosiy tanasi yaxshi rivojlangan va yog`ochi ikkilamchi tartibda yog`ochlanib yo`g`onlashgan ko`p yillik o`simliklardir. SHuningdek, shox-shabbasi yaxshi rivojlangan bo`ladi. Daraxtlarning umri ko`pchiligida 200-300 yil bo`lgani holda, ayrimlarida o`nlab asrlarga etadi. Xususan, eman 1500, sarvi va savr daraxtlari 3000, boabab 5000, sekvoyya dendron ayrim manbalarda 8000 yil yashashligi ko`rsatilgan.
Butalar ham ko`p yillik o`simlik bo`lib, ularning ham tanasi ikkilamchi tartibda yo`g`onlashgan, lekin daraxtlardan farqli ravishda tanasi bir nechta bo`ladi. Ular yer yuzasidan boshlaboq shoxlaydi va bo`yi 4-5 m dan oshmaydi. Bodom, siren, na`matak , zirk, uchqat butalarga misol bo`ladi. Bo`yi 1 m dan oshmaydigan butalar ham bo`lib, ular butacha deb yuritiladi. Boyalish, teresken kabi O`rta Osiyo cho`llarida o`sadigan o`simliklar butachalarga misol bo`ladi.
Chala butalar ham ko`p yillik o`simlik bo`lib, butalardan farqi shuki, ular poyasining faqat pastki qismi yog`ochlangan bo`lib, yog`ochlanmagan yuqorigi qismi qishda nobud bo`ladi. Shuvoqning cho`lda o`sadigan turlari , astragal, izen chala butalarning tipik vakilidir. O`t o`simliklarning yer usti organi vegetasiya davrining oxirida batamom nobud bo`ladi. Bu guruh o`z navbatida bir yillik, ikki yillik va ko`p yillik o`simliklarga bo`linadi.
Bir yillik o`simliklar o`z hayot siklini bir vegetasiya davomida, ya`ni bahorda boshlab, kuzda tugatadi. Bularga g`alla ekinlari va qator madaniy o`simliklar misol bo`ladi.
Ikki yillik o`simliklarning hayot sikli birinchi yili tugallanmay, ikkinchi yili ham davom etadi. Birinchi yili ular, odatda faqat to`pbarg yoki qisqargan poya hosil qiladi. Ikkinchi yili poya chiqarib gullaydi, meva tugadi va keyin nobud bo`ladi. Sabzi, lavlagi, karam, sachratqi va ko`pgina yovvoyi o`tlar ikki yillik o`simliklardir.
Ko`p yilik o`t o`simliklarning hayot sikli bir necha yil davom etadi. Ularning yer ustki qismi qishda nobud bo`lib, qishlovchi piyozbosh, tuganak va ildizpoyalaridan bahorda qayta o`sib chiqadi. Ularning ayrimlari o`n yillab yashaydi (tovsag`iz). Ko`p yillik o`tlarga beda, sebarga, ayrim g`alladoshlar (suvbug`doyiq, oqso`xta) misol bo`ladi.
Kelib chiqishiga ko`ra ildizlar asosiy va yon ildizlarga bo`linadi. Dastlab asosiy ildiz, keyin esa atrofga taralib yon ildizlar chiqadi. Ular asosiy ildizga perpendikulyar yoki ma`lum burchak ostida joylashishi mumkin. O`z navbatida yon ildizlar ham shoxlanib birinchi tartibli, ular ham shoxlanib ikkinchi tartibli ildizlar chiqadi va hokazo.
Qo`shimcha ildizlar deb ataluvchi ildizlar esa asosiy va yon ildizlardan emas, balki, poyadan, hatto barglardan ham chiqadi. Bunday ildizlar o`simliklar yer ustki organlarining biror qismi nam tuproqqa ko`milib qolganda hosil bo`ladi. Masalan, makkajo`xori, tok, qandimda uni tez-tez kuzatish mumkin. Begoniyaning barglari ham qo`shimcha ildiz chiqaradi.
Ildizlar tashqi ko`rinishiga qarab o`q ildiz va popuk ildizga bo`linadi.
O`q ildizlarda asosiy ildiz yaxshi rivojlanib, erga chuqur kirib boradi. G`o`za, yantoq, beda kabi o`simliklarning ildizi bunga misol bo`la oladi.
Popuk ildizlar ham asosiy ildiz o`sishdan to`xtagandan keyin hosil bo`lgan juda ko`p qo`shimcha ildizlardan iborat. Bu tipdagi ildizlar aksariyat holda bir pallali o`simliklar, xususan g`alladoshlarda uchraydi.
Bulardan tashqari ildizning boshqa shakllari, masalan, ipsimon, duksimon, piyozboshsimon, konussimon kabilari ham uchraydi. Lavlagi, sabzi, turp kabi ildizmevalarning ildizi ana shunday ildiz.
Ba`zi ko`p yillik o`simliklar yon ildizlarida qo`shimcha kurtak hosil qilish qobiliyatiga ega bo`lib, keyinchalik bu kurtaklardan ildiz bachkilari deb ataladigan yangi yer ustki poyalari o`sib chiqishi mumkin. Bular odatda gilos, terak, akasiya kabi daraxtlarda kuzatiladi.
Ildizning poyadan ajralib turadigan belgilaridan biri unda barglar bo`lmaydi. Ildizlarning uchida ildiz qini bo`lishi ham ular uchun juda xarakterlidir. Yosh ildiz uchidan biroz yuqoriroqda epidermis hujayralari o`simtalari bo`lgan ildiz tukchalari bilan zich qoplangan. Ildiz tukchalarining vazifasi tuproqdan suv va oziq moddalarni so`rishdir. Shunday tukchalarning borligi ildizning so`ruvchi yuzasini 5-10, hatto 30-40 barobar oshiradi. Ildiz tukchalari suv va botqoq o`simliklarda , tekinxo`r o`simliklarda deyarli bo`lmaydi.
Ildiz sistemasini uzunligi turli o`simliklarda turlichadir. Masalan, karamda 1,5 m, bedada 2 m, yong`oqda 20 m, yantoqda undan ham ortiq bo`ladi.
Ildiz sistemasining umumiy uzunligi ham turlichadir. G`alla o`simliklarida 500-600 m bo`lgani holda bug`doy ildiz tuklarining jami uzunligi 20 km ga etadi. Qovoq ildizlarining jami uzunligi taxminan 25 km bo`lib, ular har kuni o`rta hisobda 300 m ga o`sadi.

Download 65.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling