Ildiz Uning Morfologik Tuzilishi Poya Uning Morfologik Tuzilishi Barg, Metamarfoz
Download 65.78 Kb.
|
ildiz poya barg metafrozma
ILDIZ,POYA,BARG METAMARFOZI Reja; Ildiz Uning Morfologik Tuzilishi Poya Uning Morfologik Tuzilishi Barg , Metamarfoz Kirish.
Yuksak o`simliklarning organlari bajaradigan vazifasiga qarab vegetativ va generativ organlarga bo`linadi. Vegetativ organlar o`simliklarni oziqlantirish, assimilisiya, gaz almapshnuvi va boshqa vazifalarni, generativ organlar esa jinsiy ko`payish vazifasini bajaradi. Vegetativ organlarning tuzilishidagi asosiy qonuniyatlardan biri qutblilikdir. Uning mohiyati shundan iboratki, o`simlikning uchki va quyi qismi morfologik va fiziologik jihatdan farq qiladi. Shu sababli u faqat uchiga qarab o`sadi. Qalamcha erga qo`yi qismi bilan ekiladi. Ikkinchi asosiy qonuniyat bu o`simlik organlarining simmetrik bo`lishidir. Ya`ni o`simliklarning bir xil qismlari gruppada mutanosib joylashadi. Ko`pchilik hollarda radial simmetriya uchraydi. Bunda silindrsimon poya va sharsimon meva aylanasining barcha graduslari bo`ylab tekislik o`tkazilgan deb faraz qilsak, bu tekisliklar ularni teng qismlarga bo`ladi. Bilateral simmetriyada esa o`simlik organi bo`ylab faqat ikkita o`zaro perpendikular tekislik o`tkazish mumkin. Masalan, yong`oq va bodomning mevasida. Monosimmetriyada esa bir o`simlik yoki uning organidan faqat bitta simmetrik tekislik o`tishi mumkin. Ba`zi o`simliklar tanasidan gullarni simmetrik qismlarga ajratadigan birorta ham tekislik o`tkazib bo`lmaydi, ular assimmetrik tuzilgan bo`ladi. Evolusiya jarayonida o`simliklarning turli organlari har xil vazifani bajarib, shunchalik metamorfozlashib ketadiki, hatto ularni ilgarigi holatini aniqlash juda qiyin bo`ladi. Masalan, gulning tojbarglari, no`xatning gajaklari o`zgargan bargdir. Tokning gajaklari esa o`zgargan novdadir. Shunday qilib, tashqi ko`rinishdan bir-biridan keskin farq qilib, kelib chiqishi bir xil bo`lgan organlar gomologik organlar deyiladi. Analogik organlar esa tashqi tomonidan bir-biriga o`xshash bo`lishi va bir xil funksiya bajarishi mumkin, lekin kelib chiqishi har xil bo`ladi. Analogik organlardan zirk va do`lananing tikani bir-biriga o`xshaydi va bir xil vazifani bajaradi, lekin kelib chiqishi har xil. Bir xil ekologik sharoitda yashaydigan turli xil sistematik guruhlarga mansub o`simliklarda o`xshash belgilar paydo bo`ladi. Masalan, quruq iqlim sharoitida o`sadigan amerika kaktuslari va afrika sutlamaguli morfologik jihatdan bir-biriga o`xshashdir yoki O`rta Osiyo sahrolarida o`suvchi torondoshlar oilasining vakili qandim, sho`radoshlar oilasining vakili sho`raning tashqi belgilari bir-biriga o`xshash bo`ladi. Shunday qilib, turli sistematik guruhlarga mansub o`simliklarni bir xil sharoitda yashashi oqibatida o`xshash morfologik belgilar hosil qilishi konvergensiya deyiladi. Evolusiya jarayonida dastlabki ahamiyatini yo`qotgan va batamom yo`qolib ketish oldida turgan organlar rudimentlar deyiladi. Masalan, sahroda o`sadigan saksovulning barglari kam suv bug`latishga moslashish natijasida reduksiyalashib, yupqa tangachalarga aylangan. O`simliklar olamida ko`pincha korrelyasiya hodisasini kuzatish mumkin. Uning mohiyati shundan iboratki, o`simliklar bir organinint rivojlanishi ikkinchisiga juda bog`liq bo`ladi. Masalan, daraxt va butalar shoxidagi yon kurtaklar faqat ikkinchi yilda normal rivojlanadi, agarda poyadagi barg yulib tashlansa, kurtaklar shu yilning o`zidayoq rivojlanib, yangi novda hosil qilishi mumkin. Paxtachilikda g`o`zani chilpish ana shunga asoslangan. Download 65.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling