Ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida fizika fanini o’qitish muammolari va istiqbollari


MUTAXASSISLIKLAR TAYYORLASH TIZMINING


Download 23.5 Kb.
bet2/2
Sana21.06.2023
Hajmi23.5 Kb.
#1639631
1   2
Bog'liq
макола

MUTAXASSISLIKLAR TAYYORLASH TIZMINING
RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI

Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” da o’qituvchilar oldida ulkan vazifalar qo’yiladi., ularning komil inson bo’lib yetishlari uchun esa umuminsoniy va milliy ma’naviyat hamda qadriyatlardan unumli foydalanish, ular yangi texnologiya bilan qurollantirish lozim. O’quvchilarning zimmasiga yuklatilgan murakkab vazifalar davlat ahamiyatiga ega bo’lib, ularni amaliyotga joriy etish orqali ta’lim va tarbiya texnologiyasini takomillashtirishni, tahsil olishning davlat standartini ixchamlashtirishni yuzaga keltirish mumkin. O’quvchilar shaxsining kamolatiga jismoniy, ahloqiy va aqliy yetuklikning tarkiblariga alohida e’tibor berish joiz. Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish orqali maqsadga erishish mumkin. Buning uchun darsliklar, o’quv materiallari uning mohiyati bilab boyitish lizim.


Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri” mohiyatini erkin shaxs tashkil qiladi. Erkin, ijodiy fikrlovchi shaxs tashkil qiladi. Erkin, ijodiy fikrlovchi shaxs xalq xo’jaligining sohalaridagi muvoffaqiyati faoliyatini ko’rsata oladi. Milliy dasturda ko’rsatilicha akasriyat bilimlar tizimini mustaqil ravishda birlamchi manbalardan, kompyuiter texnikasi va internet yordami bilan egallashi lozim . Buning uchun esa o’qituvchilar inteluktual jihatdan barkamol bo’lishlari shart . Bunga erishish uchun o’qituvchilar ijtimoiy- gumanitar ayniqsa tabiiy fanlar jumladan fizika fani asoslarini puxta egallashlari zarur.
Respublikamiz Mustaqillika erishgandan so’ng barcha sohalar qatori xalq ta’lim sohasida katta ijodiy o’zgarishlar bermoqda.
Jumladan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinishi akademik litsiylar va kasb- hunar kollejlarining tashkil etish va ularni faoliyatini boshqarish to’g’risidagi Vazirlar mahkamasining qarori qabul qilinishi hukumatimizning shu soha bo’yicha qabul qilingan boshqa qator hujjatlarni sanab o’tishimiz mimkin. Bu hujjatlarning ijrosini Respublikamizdagi barcha o’quv muassasalari va ularga bog’liq bo’lgan tashkilotlar zimmasiga tushadi. Shuning uchun o’quv yurtlarida ta’lim sifatini yaxshilash dars jarayonlarini takomillashtirish bugungi kuning asosiy talabi hisoblanadi.
Bitiruv ishidan maqsad: Har bir darsni hozirgi zamon talablariga mos hamda kerakli ko’rgazma qurollar bilan qurollantirib o’tish lozim. Ayniqsa fizika darslarida amaliyot bilan nazariyani qo’shib olib boorish maqsadga muvofiqdir.
Fizika fani hozirgi zamon ilmiy texnika taraqiyotiga yetakchi vazifani bajaradi. Zamonaviy fizika kursining maqsadi: Fizika fani asoslariga oid bilim berish ya’ni ekperimental dalillar, tushunchalari, qonuniyatlari, nazariya va ularning turmushga tadbiqi kabilardan iborat. Keng ma’noda esa: o’quvcilarni fizika faninig asosiy metodlari, nazariya va tajribalar bilan tushuntirish ularga o’quv asboblardan foydalanish ko’nikmasini va malakasini shakillantirish, fizikani muammolarini qo’yishga yordam beradi. Fizikada qiziqib qolgan yoshlarga bu fanning o’zi nimaligini, ularning havas va qobiliyatiga to’g’ri kelish kelmaganligi yaxshiroq tushunib olishlariga ko’maklashishdir. Biroq fizikani bilish boshqa mutaxassislari uchun ham foydalidir. Siz bir qarishdan mavhimdek tuyilgan fizik tadqiqotlar texnikaning yangi sohalarini yaratilganligi sanoati, rivojlanishiga qandaydir turtki bo’lganligini va fan texnika revolyutsiyasi deb ataladi. Yadro fizikasi, qattiq jism nazariyasi, elektrodinamika, statistic fizika, kvant mexnikada erishgan muvofaqqiyatlar XX asr oxiri texnikasining qiyofasini belgiladi, uning lazer texnikasi, yadro energitikasi, elektronika kabi yo’nalishlarini rivojlantiradi.
Maktabni bitirgandan so’ng ko’pchiligiga shi sohalardan biriga ishlash to’g’ri keladi va siz kim bo’lib ishlamang malakali ishonchli, lobarantmi, texnikami, injinermi, vrachmi, kosmonavtimi, biologmi, arxeologmi, bari bir fizikani berish mitaxassisligingizni yaxshiroq egallab olishigingizga yordam beradi.
Endi, fizikaning o’ziga qaytamiz. Fizik xodisalar ikki usulda: nazariy ekspremental usullarda tadbiq qilinadi, Birinchi holda ( nazariy fizika) matematik apparatdan foydalanib va fizikaning ilgari ma’lim bo’lgan qonunlariga asoslanib, yangi munosabatlar ciqariladi. Bunda asosiy qrollar qog’oz va qalam. Ikkinchi holda ( ekspremintal fizika) hodisalar orasidagi yangi bog’lanishlar fizik o’lchashlar yordamida aniqanadi.
Fizikaning ko’p sohalaridan qaysi biri afzal? Ularning hammasi bir- biri bilan chambarchas bogliqdir. Past temperaturalar fizikasi yoki qattiq jism fizikasini bilmay turib, aytaylik yuqori energiyalar fizikasi sihasida yaxshi eksprementator yoki nazariyotchi bo’lish mimkin emas. Fizikaning bir sohasida paydo bo’lgan yangi metod va munosabatlar, ko’pncha, uning bir qarashda uzoqdek ko’ringan boshqa sohani tushunishga turtki bo’ladi. Masalan , maydon kvant nazariyasida rivojlangan nazariy metodlar fazofiy o’tishlar nazariyasida rivojlantirilgan bo’ldi va aksincha, maalan, klassik fizikada yaxshi ma’lum bo’lgan simmetiriyaning spontan buzilishi hodisasi elemental zarralar nazariyasida yangidan kashib qilindi va hatto, bu nazariyaga yondashuvchi ham tubdan o’zgartirdi.
Ko’pchilik nashriyotchi fizikaning turli sohalaridan: Atom fizikasi, kosmik nurlari, materiyalar nazariyasi, astrofizika sohalarida ishlashlariga to’g’ri keladi, chunki fizika hamma bo’limlari ham qiziqarli. Hozir eng asosiy muammolari elementar zarralar nazariyasida va maydon kvant nazariyasida hal qilinmoqda. Likin fizikaning boshqa sohalarida ham hali yechilmagan qiziqarli masalalari ko’p va albatta , ular tadbiqiy fizikada anchaginadir. Fizikaning har xil bo’limlari bilan yaqindan tanishishgagina emas balki, eng muhimi, ular orasidagi o’raro bog’lanishni anglab olishga yordam beradi.
O’z fikrlaringiz yoki taxminlaringizni mustaxkamlash jida muhim. Buning uchin taqribiy bo’lsa ham, barcha muhim fizik konstantalarni, barcha asosiy munosabatlarni bilish kerak.
Kattaliklar va munosabatlarni aniqlashni o’rganish lozim. Mana misollar:

  1. Oygacha bo’lgan masofani aniqlang.

(og’irlik kuchi tezlanishini va Oyning aylanish davrini bilgan kishi uchun bu qiyin emas).

  1. Parashutni ma’lum vaqt o’tguncha ochmasdan sakrayotgan parashutchi qanday maksimal tezlikka erishishi mimkin?.

Yomg’ir tomchilari qanday tezlikda tushadi?. ( bu yerda havoning yopishqoqligi va zichligini bilish hamda fikran parashutchini radusi, masalan, 1m bo’lgan shar bilan almashtirish lizim. Bu holda qanday rejm yopishqoq yoki turbulent rejm bajarilishini tekshiring).
3.Sham, elektr plita va odamning issiqlik berishini taqosslang.
4. Qanday energiya yerga kosmik nurlar tarzida tushadi? Bunday savollarni hal qilishni bir oz bo’lsa ham o’rganib olganingizdan so’ng siz u yoki bu g’oyaning matiqli ekanligini bir zumda tekshiraolasiz.
Boshidanoq hamma narsani oxirgachz tushunib olish qiyindir. Tushunish asta- sekin, timay mehnat qilish natijasida, yangi tushunchalarga ko’nikib boshlash jarayonida hosil bo’ladi. Haqiqiy chuqur tushunish , albatta yangi natijalarga olib keladi, lekin bu tushunish mazkur sohada yaxshigina ter to’kib ishlaganidan kiyingina pydo bo’ladi.
Komillika erishishning jismoniy, axloqiy tartiblarini o’quvchi yoshlar tomonidan egallash aqliy darajaga yetishishdan osonroq kechadi. Xuddi shuning uchun aqliy (intelektual) rivojlanish maxsus ta’sir o’tkazish va yangi pedagogic texnologiyadan foydalanishni talab etadi.
Kadrlar tayyorlashnin milliy modelida har tomonlama kamol topgan insinni shakillantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Buni amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida shaxsiy entelektual va ma’naviy- ahloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog’langan uzluksiz ta’lim tizimi deb qaralgan.
Download 23.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling