Ilg’or pedagogik texnologiyalar va tajribalarni joyiry etish bo’limi


Download 15.32 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi15.32 Kb.
#1341807
Bog'liq
Mustaqil ish 5-Mavzu


Ilg’or pedagogik texnologiyalar va tajribalarni joyiry etish bo’limi
ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA TAJRIBALARNI JORIY ETISH BО‘LIMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida faoliyat olib borayotgan “Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy etish” bо‘limi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi 234-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil qilingan.


Ilg‘or pedagogik texnologiyalar va tajribalarni joriy etish bо‘limi faoliyati tartibiО‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 iyundagi 164-sonli “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatorini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qarori, Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 16 fevraldagi 34-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut (markaz)larining ustavini tasdiklash tо‘grisida”gi va 2015 yil 24 iyundagi 191-sonli “Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi buyruqlariga muvofiq belgilangan.


1. Bо‘limning maqsadi va vazifalari

Bо‘limning maqsadi – fanlarni о‘qitishning ilmiy-metodik, amaliy muammolarini hal etishga qaratilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy etish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib borishdan iborat.


Bо‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


institutda olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib borish;


institutda о‘tkaziladigan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar ishini muvofiqlashtirib borish;


institut professor-о‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan metodik hamda о‘quv-uslubiy materiallarni nashr etishga tayyorlash;


institutda о‘tkaziladigan konferensiya va seminarlarning materiallarini tо‘plam shaklida umumlashtirish va о‘rnatilgan tartibda chop etishga tayyorlash;


qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarini aniqlash va ularni hal etish yuzasidan tajriba-sinov ishlarini tashkil etish;


tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli о‘tgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni institut saytiga joylashtirish hamda ulardan foydalanish monitoringini olib borish;


Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi huzuridagi shahar metodika markazi va xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bо‘limlari bilan hamkorlikda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni tajriba-sinovdan о‘tkazish jarayonini muvofiqlashtirish;


fanni о‘qitishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarini hal etishga qaratilgan ilg‘or tajribalar, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘yicha kafedralar bilan birgalikda seminarlar, treninglar, ochiq о‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;


о‘quv fani bо‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot yо‘nalishlari va mavzularini belgilash;


respublika va xalqaro miqyosda о‘tkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovlariga qatnashuvchi talabgorlarning hujjatlarini tayyorlash;


institutda xalqaro va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy etish borasida olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish.


2. Bо‘lim tarkibi va lavozim vazifalari

Bо‘lim tarkibi jami 3 shtat birlikka ega:


Bо‘lim boshlig‘i – 1 shtat birlik;


Bо‘lim uslubchisi (1-toifali) – 1 shtat birlik;


Bо‘lim uslubchisi (2-toifali) – 1 shtat birlik.


Bо‘lim faoliyati Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 16 fevraldagi 34-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut (markaz)larining ustavini tasdiqlash tо‘grisida”gi buyrug‘iga asosan quyidagi 3 ta yо‘nalishda olib boriladi (1-slayd).


1-slayd

Bо‘lim faoliyatini mamlakatimiz ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlar asosida yangidan tashkil qilinishida birinchilardan bо‘lib, bо‘lim boshlig‘i Tohirov О‘ktamjon Otaqо‘ziyevichning hissasi beqiyosdir.

О‘.Tohirov tomonidan bо‘limning institut kafedralari va bо‘limlari bilan о‘zaro zamonaviy hamkorlik mexanizmi ishlab chiqilgan hamda mazkur mexanizm asosida ish faoliyati tashkil etilgan. Bu mexanizm boshqa turdosh malaka oshirish institutlarida mavjud emasligi jihatidan ustin hisoblanadi.


Mazkur mexanizm asosida kafedra mas’ul xodimlari belgilangan bо‘lib, ularining vazifalari, faoliyatini baholash mezoni hamda institutning qolgan toifadagi professor-о‘qituvchilarining olib borgan ishlari natijalarini baholash mezoni ishlab chiqilgan.


Bugungi kunda bо‘limda 2 nafar metodistlar I.Abduhakimov va J.Beknazarov metodistlar faoliyat olib bormoqda.


I.Abduhakimov – “Mahorat maktablari” faoliyatini tashkil etish va hamkorlikda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish jarayonini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.


J.Beknazarov – “Metodist maktabi” faoliyatini tashkil etish va hamkorlikda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish jarayonini muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.


Ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan innovatsiyalar, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlarning ta’lim beruvchi tomonidan о‘zlashtirilib va qо‘llanilib borilishi, о‘qituvchining о‘z ustida tinimsiz izlanishini talab qiladi.


Shu maqsadda institutda ta’lim sifatini oshirishda innovatsion pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bо‘yicha zamonaviy talablar asosida barcha shart-sharoitlar yaratilgan bо‘lib, о‘quv kurslari modulli ta’lim texnologiyasi asosida tashkil qilib kelinmoqda.


Institutda faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilar tomonidan innovatsion pedagogik texnologiyalar va metodlardan samarali foydalanish, yangilarini ishlab chiqish va tinglovchilarga о‘rgatish maqsadida ishlar tashkil qilingan.


“Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy qilish” bо‘limi boshlig‘i О‘.Tohirov muallifligida “Integral pedagogik texnologiya modeli” va “Fikrlar xilma-xilligi”, “Dо‘st-dо‘st”, “Kalso”, “О‘rgataman – о‘rganaman”, “Fisteval о‘yini”, “Shajara”, “Skripka”, “Doira о‘yini”, “Kim chaqqon”, “Mantiqiy mushohada”, “Sinus – kosinus”, “О‘z о‘rningni top”, “Geometrik ifoda” kabi interfaol metodlar ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan integral pedagogik texnologiya modeli va interfaol metodlar malaka oshirsh kurslari, “Metodist maktabi” va “Mahorat maktablari” о‘quv jarayoni davomida tajriba-sinovdan о‘tkazildi va institutning 2016 yil 30 dekabrdagi 8-sonli Ilmiy kengash qarori asosida amaliyotda keng foydalanish uchun tavsiya qilindi.




Bugungi kunda bо‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish bо‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Download 15.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling