Ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi
Download 10.18 Kb.
|
Ilk davlatlar r-WPS Office
Ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi. Orta Osiyo oziga xos tarixiy-geografik va tarixiy-madaniy hudud hisoblanib, ikkita yirik daryo - Amudaryo va Sirdaryo tufayli bu hududlarda kop asrlar davomida sivilizatsiya taraqqiy etib borgan. Mazkur hududda paydo bolgan davlatlar qadimgi davrlarda va orta asrlarda ham oziga xos xususiyatlari bilan ajralib turgan. Qadimgi davrlarda Xorazm, Sugd, Baqtriya viloyatlaridagi etnik, moddiy madaniyat, til va yozuv bir-biriga yaqin bolgan. Bu holat har bir viloyatning tarixiy-madaniy shakllari hamda madaniy taraqqiyot darajasi bilan izohlanadi. Songgi yillar tarixshunosligida Ozbekiston tarixidagi qadimgi davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi ishlab chiqildi (E.V.Rtveladze). Ushbu davrlashtirish tarixiy hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan bolib, mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmidan milodiy III-IV asrlargacha bolgan quyidagi 6 ta davrga ajratiladi: Birinchi davr-mil. avv. II mingyillikning ikkinchi yarmi. Bu davrda shimoliy Baqtriya (Surxon vohasi)da davlatchilikning ilk korinishi shakllanib, uning tepasida oqsoqollar kengashi va saylanadigan hukmdor turgan bolishi mumkin. Bunday korinishdagi ilk davlatlar bu davrda Baqtriya hududlarida shakllangan nisbatan yirik uyushmalar tarkibiga kirgan bolishi ehtimoldan xoli emas. Nisbatan taraqqiy etgan iqtisod, jumladan, sugorma dehqonchilik, sopol va metall hunarmandchiligi, ichki va tashqi savdo munosabatlari bunday uyushmalarning davlatchilik xususiyatidan dalolat beradi. Ammo davlatchilikning muhim belgisi hisoblangan yozuvning bu hududlarda mavjudligi hozirga qadar tola isbotlanmagan. Ikkinchi davr - mil. avv. I mingyillik boshlari - mil. avv. 540-y. Bu davrda Baqtriya, Sugd va Xorazm kabi tarixiy-madaniy viloyatlar shakllanadi. Avesto malumotlariga tayanib, tadqiqotchilar ularni ijtimoiy toifalar tizimiga asoslangan siyosiy hokimiyat korinishidagi davlatlarning ilk shakli sifatida izohlaydilar. Bu davrda nisbatan hududiy yirik mulklar-qadimgi Baqtriya va qadimgi Sugd davlatlari, shuningdek, shimolda sak-massagetlarning qabilalar konfederatsiyalari tashkil topgan. Uchinchi davr - mil. avv. 540-330-yillar. Ahamoniylar bosqini tufayli Orta Osiyo viloyatlarining ular qadimgi Fors davlati tarkibida kirishi natijasida mahalliy davlatchilik taraqqiyotidagi uzilish davri. Ulkan Ahamoniylar saltanati satrapliklarga bolinib boshqarilgan hamda uchta Orta Osiyo satrapliklari - Baqtriya, Sugd, Xorazm tolaligicha yoki qisman hozirgi Ozbekiston hududlariga togri keladi. Satrapliklar tarkibiga kirgan viloyatlarning hukmdorlari, xususan, Oksiart, Xorien, Sisimitr, Katan, Avstan singari Baqtriya va Sugd zodagonlari Nautaka, Ksenippa, Paretaka kabi ozlarining merosiy mulklarini malum manoda mustaqil boshqarganlar. Sak qabilalarining ahamoniylarga qarshi uzoq kurashlari natijasida mil.avv.IV asrning boshlariga kelib Xorazmda mustaqil davlat tashkil topadi. Tortinchi davr -mil. avv. IV asrning oxiri - II asr ikkinchi yarmining boshi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan song Salavkiylar davlati davri va yunon-Baqriya davlatining inqirozigacha bolgan, oz xususiyati va shakliga kora ikki xil - Shimoliy Baqtriya va qisman Sogdda ellinistik, qolgan hududlarda esa, xususan Xorazmda mahalliy davlatchilik ananalari rivojlanadi, Orta Sirdaryo havzasida Qang va Fargona vodiysida Davan davlati vujudga keladi. Bu davrda paydo bolgan Salavkiylar va yunon-Baqtriya davlatlarida davlatchilikning ellinistik siyosiy mezonlari ornatilgan tarzda, ayrim yirik shaharlarda polis boshqaruvi mavjud bolgan bolishi mumkin. Orta Osiyo Ikkidaryo oraligining shimoliy va Sharqiy qismida - Xorazm, Sugd va Fargonada mahalliy davlatchilik tizimining rivojlanishi bolib, tadqiqotchilar bu jarayon bosqichini shartli ravishda xorazm-qang, deb ataydilar. Mil. avv. IV asrda Xorazm ahamoniylardan mustaqil bolgan bolsa, mil.avv. III-II asr bosagasida Sugdda Antiox I va Yevtidem tangalariga taqlidan tangalar zarb etgan alohida mulklar shakllanadi. Shu davrda markaziy va shimoliy hududlarda Qang davlati konfederatsiyasining ham shakllanish jarayoni bolib otadi. Beshinchi davr - mil. avv. II asrning ikkinchi yarmi - milodiy birinchi asr boshlari. Kochmanchi qabilalar hujumi natijasida Orta Osiyo Ikkidaryo oraligining barcha hududlarida davlatchilik mavjud bolib, kochmanchi davlatchilik ananalari mahalliy davlatchilik ananalari bilan aralashib ketadi. Bu hududlarga kirib kelgan yuechji-toxarlar Sugd va Shimoliy Baqtriya hududlariga joylashib, beshta mulkdan iborat mustaqil davlat konfederatsiyasini tashkil etadilar. Bu davrda Qang davlati konfederatsiyasiga Sugd va Choch mulklari ham kiradi. Bu mulklar avval yunon-baqtriya tangalariga taqlid qilib tanga zarb etgan bolsalar, keyinroq, mustaqil tanganlar zarb etadilar. Bu davrdagi barqaror davlatchilikning muhim belgilaridan biri - oromiy alifbosi asosidagi yozuvning keng yoyilishi hisoblanadi. Oltinchi davr - milodiy I asr boshi - III asr ortalari. Bu davrdagi eng muhim voqealardan biri - qudratli Kushon davlatining paydo bolishi va rivojlanishi hisoblanadi. Ozbekistonning janubi Kushon davlatining bir qismi edi. Aynan shu davrda Surxon vohasida shaharlarning gullab-yashnashi, aholi manzilgohlarining kopayishi, madaniy hayot, iqtisod, savdo-sotiqning taraqqiyoti kuzatiladi. Shuningdek bu davrda Buxoro Sugdning janubi-garbida (Girkod sulolasi), Samarqand Sugdida (Kan sulolasi), Janubiy Sugdda Kesh (Artat sulolasi), Fargona va Chochda mustaqil ichki va tashqi siyosat olib boruvchi mulk-davlatlar rivojlanadi. E.V.Rtveladzening fikricha, Ozbekiston hududlaridagi qadimgi davlatchilik davri quyidagi muhim jihatlari bilan ajralib turadi: - tangalarda davlat ramzi bolgan sulolaviy belgilarning mavjudligi; - yozuvning paydo bolishi va keng tarqalishi; - mustaqil tanga zarb etishning paydo bolishi, tovar-pul munosabatlarining taraqqiy etishi; - davlatchilikning barcha funksiyalariga ega bolgan alohida mulklarning shakllanishi; - bu mulklar ortasida diplomatik munosabatlarning kengayishi; - davlatlar va xalqlarning manaviy boyishi, xalqaro aloqalari, maxsulot ayirboshlashiga keng yol ochib bergan Buyuk Ipak yolining shakllanishi. Songgi ilmiy tadqiqotlar natijasida, yuqorida korib chiqilgan ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishiga ayrim qoshimchalar kiritish mumkin. Orta Osiyo janubida davlatchilik tizimiga otish davri mil. avv.III ming yillikning oxiri - mil. avv. II mingyillikning boshlari, yani bronza davri bilan belgilanadi. Baqtriya va Sugd misolida hududiy jihatdan ortamiyona davlat mil. avv.VII asrda vujudga keladi. Download 10.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling