merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to'g'risida qisqa ma'lumot beradigan bo'lsak, uning mohiyati iqtisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir metallarni ko'proq to'plash, ta'limotda esa muomala (savdo, pul oboroti) sohasidagi iqtisodiy qonuniyatlarni izlashdir, ya'ni avvalgi davrdagi g'oyalardan keskin farq qiladi. - Keyingi muhim o'zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu iqtisodiy ta'limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo'lmadi. Klassik maktab g'oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo'lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal...).
- Marks nomi bilan bog'liq bo'lgan marksizm ta'limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o'rinni egallaydi. Hozirgi davrda bu ta'limot to'g'risida imkoni boricha gapirmaslikka va ayniqsa yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko'proq uning faqat salbiy tomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. Bunda «jon» bor albatta, chuni 1917 yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tadbiq etish jarayoni samarasiz tugadi.
- Keyinchalik shu yo'lga o'tgan bir qancha mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni chetlab o'tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Darslikda xayoliy soцialistlar va markschilarning iqtisodiy g'oyalari ham o'rin olgan, uning tarixiy taqdiri berilgan.
- XIX asr 2-yarmida avvalgi g'oyalarga marksizmga muqobil ravishda vujudga kelgan va umumlashtirilgan holda marjinalizm deb ataladigan ta'limot hozirgi zamonning asosiy iqtisodiy g'oyasi hisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta'kidlab o'tish kerakki, biror ta'limot doimo sof holda amalda deyarli qo'llanilmaydi.
- Har bir ta'limotning ko'plab turli oqim va yo'nalishlari mavjud. Odatda sof erkin bozor munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular o'rtasidagi nisbat ham doimo o'zgarib turadi. Demak, iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, o'zgarish, rivojlanishda ekanligidir. Bir mamlakat chegarasida iqtisodiy ta'limot ta'siri ostida iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo'lishi kerak.
- 90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat qayd etilmoqda. Bu «soцialistik» deb atalgan va iqtisodiyoti ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan («rejali iqtisodiyot» ham deyiladi) mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish davri amalga oshmoqda (
Do'stlaringiz bilan baham: |