Ilk orta asrlar davri Sugd tangalari. Ilk orta asrlar davriga oid tangalar Orta Osiyoning turli viloyatlarida har XIL darajada organilgan


Download 71.79 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi71.79 Kb.
#1558111
  1   2
Bog'liq
Ilk orta asrlar davri tangalari.


Ilk orta asrlar davri Sugd tangalari. Ilk orta asrlar davriga oid tangalar Orta Osiyoning turli viloyatlarida har xil darajada organilgan. Orta Osiyoda pul munosabatlari doirasida ilk orta asrlar davrining boshlanishi eramizning VVI asrlari bilan belgilanadi (ayrim viloyatlar ushbu qolipga tushmasligi ham mumkin). Davr mahalliy namunadagi ilk orta asrlarga oid tangalarni zarb qilishning, keyinroq esa ularning savdo munosabatlaridagi ishtirokining butkul toxtalishi bilan yakunlanadi. Bu taxminan VIII asrning ortalarida, Orta Osiyo Yaqin Sharq mintaqasining moliyaviy-iqtisodiy munosabatlariga tortilgan paytda nihoyasiga yetgan. Ushbu jarayon ancha kechroq Xorazm, Ustrushona va Chochda amalga oshgan.
Tangalarda ifodalangan xudolar tasviri, asosan ibodatxonalarda tasvirlangan xudolar tasvirlaridan olingan. Ikkinchisi, gazablangan hayvonlarning tasviri esa shaharlarning oziga xos gerbi hisoblangan shahar emblemalaridan olingan. Koplab uchrab turadigan hayvonlarning tasviri sifatida sher (turlicha ifoda usullarida), ikki orkachli tuya, ot va kiyikni olish mumkin. Ushbu tasvirlar nafaqat tangalarda, balki aslzodalarning qalqonlarida ham uchragan. Ulardan muhr va shtamp sifatida ham foydalanilgan, ya'ni xususiy xarakterdagi emblemalar vazifasini otagan. Sugdning oxirgi davriga oid tangalarni sinchiklab organish orqali mahalliy aholining tasavvurida ma'budalar qanday tasvirlanganligini bilib olish mumkin. Tangalarda ifodalangan yuz-qiyofalari turlicha bolib, kopincha tangalarga namuna sifatida olingan shakllardagi tasvirlardan kelib chiqqan. Ular chozinchoq va keng, yevropoid, juda kam holatlarda mongoloid yoki qisman mongoloidga tortadigan qiyofada tasvirlangan. Yuz qismlarining qanday ifodalanganiga qarab liboslar, bir-biridan farq qiluvchi bosh kiyimlari va soch turmaklari farq qilgan. Tangalardagi bitiklar yonida shuningdek, alohida belgilar bolgan nishonlar ham ifodalangan. Keyinchalik belgilar old tomoniga otkazilgan, orqa tomonida esa tanganing kim tomonidan chiqarilganligini korsatuvchi yozuvlar zarb qilina boshlagan. Oxirgi Sugd davriga oid bronza tangalardagi nishon-belgilar ushbu turdagi tangalarning asosiy va barqaror elementlaridan hisoblanadi. Ularning har biri ma'lum bir vaqt biror bir markaz, ya'ni shahar bilan bogliq bolgan. Eng keng tarqalgan nishon-belgilarni quyidagilar tashkil etadi. «Y» ga oxshash ikki korinishdagi samarqandcha, tort qirrali buxorocha, bunday korinishda koproq Varaxsha va Toshkent vohasi tangalari zarb qilingan, svastikaga oxshash uch qirrali shakl Toxaristonda, lirasimon «U» shakl Panjikentda, ayrisimon «Y» Choch vohasida keng tarqalgan.
Sugdiylar va ular bilan zamondosh bolgan turklarning zarbchilik ishi haqida gapirganda, biz ushbu sohani yuksak badiiy taraqqiy etganligini hamda toshlarni oyish va tamgalarni ishlatishda yuqori darajadagi san'at namunasidek ish korilganligini e'tirof etish mumkin. Tangalarda zarb etilgan sanasi korsatilmagan taqdirda ularni zarb etilgan paytini aniqlashda shakliy-stilistik uslubi boyicha tasniflash katta orin tutadi.
Sugd bronza tangalari quyma usulda tayyorlangan, faqatgina VIII asrning ikkinchi choragidan boshlab, arablarning tangachilik usuli ta'sirida sugdlar qoliplarda zarb etish va keyinchalik toliq zarb qilish usuliga otganlar.



Download 71.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling