Ilk orta asrlar davri Sugd tangalari. Ilk orta asrlar davriga oid tangalar Orta Osiyoning turli viloyatlarida har XIL darajada organilgan


Download 71.79 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi71.79 Kb.
#1558111
1   2
Bog'liq
Ilk orta asrlar davri tangalari.

Eramizning V- VII asrlari ilk o’rta asr davri O’rta Osiyo tarihida keskin o’zgarishlar ro’y berdi: feodal tuzum mustaxkamlanib, tobora rivojlanib bordi, unga katta bo’lmagan davlt tashkil topdi, bu davlatlar o’z navbatida behisob mayda, ko’cha mustaqil hokimlardan iborat edi. Bu davrga kelib, O’rta Osiyaning turli joylariga kelib Sharqning qudratli davlatlar eftalitlar, (eramizning V asri ikkinchi yarmidan, VI asrning birinchi yarmigacha) Sosoniylar, (eramizning birinchi asri, va VII asrning o’rtalarigacha) turk hoqonligi, (eramizning VI asri ikkinchi yarmidan VIII asr o’rtalarigacha) ta`sirida benihoyat VII asrning birinchi yarmi ohirlaridan boshlab O’rta Osiyo uzil - kesil arab halifaligi (avvali Umaviylar keyin Abbosiylar) tarkibkga kiradi. Ilk O’rta asr davrida O’rta Osiyo xalqlari hayotida talay o’zgarishlar yuz berdi: bu o’zgarishlarning boshlanishi kuchmanchi eroniy hamda xionit, kidarit, eftalit kabi tog’li qabilalar bostirib kirishi, asrning ikkinchi yarmidan boshlab turk qabilalarining kelishi natijasida O’rta Osiyoning bir qtor viloyatlari turklashish bilan belgilaniladi.
Moddiy va badiiy madaniyat sohalarida ham ulkan o’zgarishlar yuz bera boshladi. Turgan gapki, tangavarb kilish ishi bu o’zgarishlardan chetga qolgan chekonlar (shtampel) tanga chaqa, metal va shu kabilarnivarb qiladigan shtamp, qoliplar paydo bo’la boshlagan.Tangalarni nisbatan yirik o’lkalarning (Sug’d, Xorazim) hukmdorlari, kichik ulus hukmdorlari (Panjikent) hatto shaxarlar (masalan, Buxoro vohasidagi Noykend)varb qilishardi. Siyosiy va an`anaviy aloqalar ta`sirida aksariyat O’rta Osiyo mulki amloklari qudratli qo’shni davlatlarning tangalaridan nusxa olib tangavarb qilar edilar. Masa­lan, sug’d ixmidlari va bazi bir turk hukmdorlari Xitoy tangalariga o’xshatib dumaloq , o’rtasida to’rt burchak teshigi bor tangalar, Buhoroda esa Sosoniy sulolasida Barahran V tangalariga taqlidan tangalarvarb etishadi. O’zbekistonning janubiy viloyatlarida (Chaganiyon va Termizda) boshqa Sosoniy shohlari: Peruz (Feruz 439 – 434) hamda Husrav (Anushervon 531 – 579) tangalariga taqlidanvarb qilar edilar.
Sug’d, Choch, CHagoniyonning ba'zi hukmdorlari o’z tangalarining ikonografiyasiga asoslab Vizantiya tangalarini olishgan. Choch va Chogoniyon tangalarining o’ngida shoh va Malikaning kukragigacha tushirilgan tasviri bor. Oldinlari bunday davir O’rta Osiyo tangavarbligida bo’lmagan; ammo ko’pincha Vizantiya tangalarida xususan imperator Yustinlan II (565 – 578) tangalarida (ularda imperator va malika Safiya tasviri bor) uchraydi.
Faqat Xorazm qadimgi an’analarga sodiq qoldi. Eramizning I asrida kalitga tushgan ikonografik: sxema: tanganing o’ngida hukmdor, tersida ot mingan shoh tasviri ilk o’rta asr davrida ham o’zgarmay qoldi. Balki bu Xorazmning siyosiy va iqtisodiy turg’unligi va mutaassibligiga bog’liqdir. Ilk o’rta asr davrida O’rta Osiyoning turli joylarida tangavarblash kumush va misga asoslangan edi, tillodan tangavarb qilinmas edi. Sug’d, Choch, Istravshan, yettisoyda faqat mis chaqalarvarb ettilardi. Kumush tangalarga bo’lgan ehtiyoj esa sosoniylarning kumush tangalari bilan qondirilgan bo’lsa kerak. Xorazm, Buhoro, Chagoniyonda mis tangalar bilan bir qatorda kumush tangalar hamvarb kilingan. O’rta Osiyoga Vizantiya oltin solidlari ham ollb kelingan, ammo ular real pul muomalasida bo’lganmi, yo’qmi bu bizga qorong’u. Ammo mazkur tangalar zeb - ziynat sifatida ishlatilgan indifikatsiyalar (Ya'ni o’ngi va tersida bir xil o’yma tasvirli tangalar) yaratilishiga olib keladi. Vizantiya tangalaridan yasalgan indikatsiyalarni, hatto bu tangalarning o’zini ham O’rta Osiyoning qadimgi qishloqlari go’ristonlarida topish mumkin.
Ilk o’rta asr davrida antik davrga nisbatan tanganing ung va terslari anchagina uz gardi. Tasvirlar bo’rtma emas, siyqaroq rasmlar esa oddiy chizila boshlandi.
Yozuvlar va nasabni bildiruvchi tamg’asi bor, ammo hukmdor yoki mabudaning tasvirisiz, shuningdek hech bir yozuvsiz tangalar yuzaga keldi. Bunday hol ilgari sira uchramagandi.O’rta osiyoning bir qator viloyatlari tangalarini ikonografiya nuqtai nazaridan qisqacha tavsiflab utaylik.
Choch - Bu viloyatning turli joylaridavarb etilgan tangalar g’oyat xilma-xildir. Kupincha tangalarning o’ngida shik boquvchi yoxud yuzini chetga burib turgan hukmdor yoki shoh va mamlakatning siymolarini ko’rish mumkin. Aksariyat hollarda bu tas­virlar aniq bir shahsning portret belgilaridan holi bo’ladi va umumiylashgan, ba`zan hatto sxematik obraz tarzda ifodalanadi. Tangalarda yirtqich hayvon, yaydoq va tuya tasvirlari ham tez - tez uchrab turadi. Bizning tahminimizcha, bu jonivorlar hukmdor urug’ning homey totemlari bo’lsa kerak. Tangalarining tersi bir xil- o’rtada tamg’a, uning gir atrofida hukmdorning ismi, unvoni hamda mulk noma sug’d yozuvida berilgan.
Sugd- Ilk Sugd tangalarining o’ngida silliq sochli ma`budaning tasviri bo’lsada, VII asrning yarmidan sug’d hokimlari - ixmidlar hamda ularga tobe amlokdor to’rt burchak teshikli hech bir tasvirsiz siyka tangalarvarb qila boshlashadi. Tanganing o’ngida nursiz berilgan sug’d yozuvi hukmdorning ismi va unvonini bildiradi. Tanganing tersidan esa har bir hukmdorning o’z sulolasiga hos belgi berilgan. Bunday tangalar ulardagi ismi va unvonlar o’zgartirilib, Yttisoyda turgana nomli turk qabilasi, Buhoro voxasida savdogarlar shaxri bo’lmish Paykent, Shimoliy Tuxariston va Chochdavarb etilardi. Eng so’nggi Sug’d yozuvlari bilan bir qatorda qisqacha arab yozuvlari ham paydo bo’la boshlaydi. Istravshan, Kadimda hozirgi Tajikistonning Leninobod viloyati hamda O’z-bekistonning Jizzax viloyat hududlarida joylashgan bu kichik o’lka hokimlari Eramizning VII asr ikkinchi yarmida va VIII asrning birinchi yarmida o’z mis chaqalarinivarb qilishardi. Bu tangalarning o’ngida Sosoniylar tangalariga taqlidan boshiga qanotli chambar kiygan hokimning tasviri berilgan. Hokim Satagari tangalarida buning o’rniga butparastlarning donishmandlar ramzi bo’lmish fil tasviri berilgan.
Buhoro IV-V asrda varb etilgan Buxoro mis tangalarining o’ngiga toj kiygan hokim boshining nuktalar bilan o’ralgan tasviri, tersida esa Sosoniylarning tangalariga hos otashparastlar mehrobi yoki tamg’a berilgan. Oromiy tilidagi yozuv hukmdorning ismi va unvonini ifodalaydilar masalan Asvor shoxining tangasi,(rasm.) Bundan tashkari, eramizning VI-VII asrlarida hokimiyat boshida turgan Chagoniyon hokimlarining butun bir sulolasi aniqlandi. Chagoniyon viloyatida o’ngida hokim va malika tasviri tushirilgan yupqa mis tangalar hamvarb etilardi Ular Choch va Sug’d tangalariga uhshab ketardiyu ammo tyasvirlarning o’ziga hos hususiyatlari bilan ajralib turardi. Maskur tanga boshqalaridan Baktriya tilidagi kursovli suzlari borligi bilan ajralib turardi, yozuvning ma`nosi hali hamon aniklanmagan. Tahminan shu davrning o’zida Chagoniyonga ko’shni bulmish termiz shohlarining chog’roq saltanatida ’aroyib shaklli tangalar zarb yotila boshlanadi. Ularning ba`zi birlari o’ta snifat shaklida bo’lib, boshqalari yassiroq, o’ngida qanotli chambar kiygan hukmdor siymosi, tersida tamg’a tasvirli, yozuvlari yo’q tangalar edi. Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, O’rta Osiyoning garbiy - janubida joylashgan Marg’iyona va Shimoliy Hurosonda bu davrda hali tangalar zarb yotilmasdi. Marg’iyonaning bosh shahri Marvda (Hozirgi Bayram-ali atrofida) Sosoniylar tangalariga taqlidan zarb etilgan tangalar chiqarishardi.

Orta Osiyoda ilk orta asrlar davri tangachiligi umuman yangi bir negizda amalga oshirilgan. Deyarli barcha viloyatlarda (Xorazmdan tashqari, u yerda asosan Sosoniy draxmalari va ularga oxshash tangalar amal qilgan) asosiy pul sifatida kumush tangalardan foydalanilgan.


Buxoro Sugdi. Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan ushbu viloyat tangachiligida qadimiy davr yevtidem tetradraxmalariga taqlid asosida chiqarilgan ilk sugdiy tangalarni zarb etishning toxtatilishi bilan nihoyasiga yetgan.
Bir vaqtning ozida ham mis, ham kumushdan chiqarilgan tangalarning ikki kichik guruhida Sosoniylar tangachiligining ta'siri yaqqol bilinib turadi va bundan ushbu tangalar IV asr oxiri V asrlarda muomalaga chiqarilgan degan xulosa kelib chiqadi. Ushbu tangalarning stratigrafik taqsimlanishini organish orqali biz ularning zarb etilgan aniq vaqtini, shuningdek, ancha avvalgi vaqtlarda amal qilgan «Girkod» tangalari bilan ozaro nisbatini bilib olishimiz mumkin.
Buxoro Sugdida Sosoniy hukmdori Varaxran V (421439)ning draxmalari andozasida birinchi sugd tangalari chiqarilgan va ular buxorxudot tangalari nomini olgan.
Varaxran V tangalari andozasidagi VIVIII asr yarmiga oid Buxoro tangalari kumush pullardan iborat bolib, ular Buxoro Sugdining turli markazlarida zarb qilingan mayda mis pullarga yirik pul kumush tanga vazifasini otagan. Shuningdek, umumviloyat maqomida orqa tomonida mehrob tasvirlangan skifat mis tangalari ham amal qilgan.
Mehrob tasvirlangan Buxoro mis tangalari VIVII asrning ikkinchi choragida Buxoro kumush tangalari bilan parallel tarzda chiqarilganligi va ustiga kumush yurgizilganligi togrisidagi Allot de la Fyui fikri bir muncha asossiz hisoblanadi. Chunki bugungi kungacha buxoro mis tangalariga kumush yurgizilganligi togrisida birorta ishonarli fikr mavjud emas.
Xitoy namunalari asosida orta qismi teshilgan quyma mis tangalari VII asrning ikkinchi yarmidagi Buxoro Sugdining (shuningdek, Samaraqand Sugdining) markazlarining birida tayyorlana boshlangan. Ularga namuna sifatida ilk Tan davrining «kay yuan tun bao» bitikli tangalari olingan. Ularning tayyorlangan yeri togrisidagi ma'lumotni orqa tomonidagi «buxorocha» belgidan bilib olish mumkin.
Yana bir Sugdda zarb qilingan xitoy namunasidagi tangalar Panjikentdagi topilmalardan topilgan.
VII asr oxirgi choragi VIII asrga oid Buxoro sugdi tangalari sirasidan old qismida tuyaning va orqa qismida olov mehrobi va sugdiy bitik tasvirlangan tangalarni misol keltirish mumkin. Buxoro Sugdining kichik hududlaridan topilgan mahalliy tangalar markaziy hudularda zarb etilgan tangalarga nisbatan ancha kam topilgan. Yuqorida Poykendda zarb qilingan xitoy andozasidagi tangalar qayd etilgan edi. 1982 yilda Poykendda qayta davom ettirilgan qazilma ishlari orqali boshqa turdagi mahalliy tangalar ham zarb etilganligi togrisida ma'lumot olingan, ammo ushbu tangalar juda yomon holatda saqlanganligi bois hozircha ular haqida bir nima deyish mushkul ish hisoblanmoqda.
Old tomonida odam qiyofasining sxematik tasviri va orqa tomonida arab tilidagi bitik tasvirlangan kichik guruh mis tangalarini misol keltirish mumkin. Ularni zarb qilish VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan.
Marv va uning atroflari. III asrdayoq sosoniylar tomonidan bosib olingan Marv VII asrning ortalariga qadar ayrim paytlarda tangalarni zarb qilish biroz toxtab qolgan bolsa-da, tangachilik markaziga aylangan. Ushbu zarbxonaning barcha mahsulotlari (umumdavlat namunasidagi draxmalar va mayda mis tangalar) ozining tasviri va vazniga kora Eronda osha paytda amal qilgan standartlarga toliq muvofiq kelgan. Marv tanga zarbxonasida tangalarning aynan Marvda zarb etilganligini ifoda etuvchi harfli belgilar barcha tangalarga bosilgan.
Samarqand Sugdi. Eramizning IV asri Samaraqand Sugdida kamonchining tasviri ifodalangan kumush tangalarning koplab namunalari muomalada bolganligi bilan xarakterli hisoblanadi, yuqori turdagi tangalarni zarb etish taxminan V asrning oxiri yoki VI asrning boshlarida toxtatilgan. V asrning oxiri yoki VI asrning boshlarida tangachilik sohasida tub ozgarishlar kuzatiladi, ya'ni Sosoniylar namunasidagi yangi tangalarga zarb qilishga otilgan. Bu kamonchi tasviri ifodalangan tangalarnig qadrsizlanishiga olib kelgan. VI asr mobaynida kumush tangalardan Sosoniy podshosi Peruz tomonidan zarb qilingan va unga taqlid tarzida zarb qilingan tangalar katta ta'sirga ega bolgan. VII asrda ularning ornini Varaxran V tomonidan asos solingan namunadagi tangalar egallagan.
Xitoy namunasidagi tangalarni VII asrning ikkinchi choragidan VIII asrning ortalarigacha zarb qilina boshlagan. Ularga andoza sifatida tancha «kay yuan tun bao» bitikli tangalar olingan.
Choch. Arxeologik tadqiqotlar natijasida qolga kiritilgan ilk Shosh tangalarida yurib ketayotgan sher, ayrisimon belgi va sugd bitiklari mavjud. Ilk orta asrlar davrida Chochda «buxorxudot usuldagi» draxmalar va old tomonida chapga (kam holatlarda ongga) qarab turgan hukmdorning boshi va chap tomonidan turli korinishdagi tamgalar va sugdcha bitik tasvirlangan mis tangalari zarb qilingan. Shuningdek, orqa tomonida ayrisimon belgilar va orqa tomonidan hukmdorning gavda qismi yoki oyogi kotarilgan sher tasvirlangan tangalar ham Choch tangalari qatoriga kiritilgan. Orqa tomonidagi sugdiy bitikda hukmdorning unvoni, uni Chochdan ekanligini qayd etgan holda korsatilgan. Kabarnada orqa tomonidan murakkab besh qirrali yulduz tasvirlangan tangalar zarb qilingan bolsa, Farankatda esa «Buxoro tamgasi» usulidagi va Buxoro Sugdi tangalarida tasvirlangan olov mehrobining sxematik tasviriga oxshash chiziqlar tangalarga tushirilgan.
Xorazm. IV asrda Xorazmda kumush tangalarni zarb etish toxtatilgan va faqatgina mis tangalar zarb qilina boshlagan. Tangachilik ishining tanazzulga yuz tutganligini bu yerda mis simlarning bolaklaridan gulbarglar shaklidagi tangalar zarb etilganligidan bilib olishimiz mumkin.
VII asrda Xorazmda kumush va bronza tangalarining shakli va vaznida katta ozgarishlar sodir bolganligi kuzatiladi. VIIVIII asrlardagi Xorazm tangachiligining oziga xos xususiyati sifatida kumush tangalar tarzida Sosoniy tangalariga taqlid namunalarining emas, balki old tomonidan toj kiygan hukmdorning va orqa tomonida esa suvoriyning tasviri zarb qilingan mahalliy tangalarning amal qilganligini korsatish mumkin.
Janubiy Sugd. Mustaqil tangachilik an'anasiga ega viloyatlar qatoridan Qashqadaryo vohasi nisbatan kechroq, Naxshab tangalarining zarb etilishidan keyin orin olgan. Ularning old qismida chapga qaragan hukmdorning boshi tasviri va sugdiy bitik, orqa tomonida esa orqa oyoqlarida tik turgan sherni qilichda bolib tashlayotgan hukmdor tasviri zarb qilingan. Ularni organish yolida S. K. Kabanov tomonidan ancha ishlar amalga oshirilgan. Ushbu tangalarni zarb qilingan shahar yerqorgon shahri xarobalarida qazilma ishlari davom etmoqda. Ushbu guruhga oid 500 tadan kop tanga namunalari topilgan va ularning aksariyati yerqorgon xarobalaridan topilgan bolib, bu yana bir bor S. K. Kabanov tomonidan ilgari surilgan ilmiy taxminlarni tasdiqlaydi.
Naxshab hududida, Janubiy Sugdda eramizning IV asrida old qismida hukmdor tasviri va orqa qismida sher bilan yakkama-yakka olishayotgan odam tasvirlangan mis tangalar zarb qilingan.
Orta Osiyo turklarining tangalari. Qadimgi turk tangalari yettisuv (Issiqkol havzasi va Chuy vodiysi, qadimgi Taraz joylashgan Talas vodiysi) va Movarounnahrning Sirdaryo boyi havzalarida Otror atroflari (qadimgi Farob), Choch va Fargona, Buxoroda muomalada foydalanilgan. Xronologik jihatdan tangalar katta davrni VI asrdan Ikkinchi Turk xoqonligining tanazzulga yuz tutish davrini oz ichiga oladi.
Arab xalifaligi 6321258 yillarda mavjud bolgan, Arabiston yarim oroli, Yaqin va Orta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini oz ichiga olgan saltanat hisoblanadi. Bu mamlakatlar asosan «Xulafo ar-roshidin» («Togri yoldan boruvchi xalifalar») va ummaviylar zamonida fath etilgan. Lekin, abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmaganlar. Ichki ixtiloflar ta'siri ostida Arab xalifaligi VIII asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshlagan. 788 yilda Magribning garbiy qismida (Marokash) idrisiylar (788985 yillar), uning sharqiy qismida (Tunis) aglabiylar (800909 yillar) hukmronligi ornatilgan. Xuroson va Movarounnahrda esa IX asrning 20 yillaridan boshlab mahalliy sulolalar tohiriylar (821873 yillar), safforiylar (867903 yillar) va somoniylar (875999 yillar) bosh kotarib chiqqanlar. Ular Arab xalifaligiga nomigagina tobe bolib, aslida mustaqil hukmdor bolganlar. Arab xalifaligi 1258 yil mogullar tarafidan tugatilgan.
Xalifa Abd ul-Malikning pul islohoti. Xalifa Abd al-Malikning (685-705) pul islohoti va xalifalikda yangi tipdagi tangalarni joriy kilinishi. VII asrning 90 yillarida boshlangan va 696697 yillarda nihoyasiga yetkazilgan Abd ul-Malik tomonidan amalga oshirilgan pul islohotlarini iqtisodiy jihatdan muhim tadbir bolgan. Arab xalifaligida yarim asr mobaynida bir vaqtda davlatning mafkurasiga zid bolgan rasmlari bor pullarning amal qilishini, faqatgina arablar ushbu qadim davrlardan pullarga organib qolganligi bilan izohlash mumkin. Vizantiyaning hujum qilish xavfi bolgan paytda xalifalik hududida xalifalar tasvirlangan pullarning muomalada bolishi umuman mantiqsiz holat edi.
Arab tarixchilari birinchi yangi turdagi hech qanday suratlarsiz, faqatgina arabcha yozuvlardan iborat tangalarning paydo bolishini hijriy 694695 yillarga borib taqasalar-da, ushbu davrga oid tangalar bugungi kungacha topilmagan. Abd ul-Malik nomi zikr etilgan eng dastlabki dinorlar 695696 yillarda zarb qilingan. Ushbu tangalar avvalgi Vizantiya dinorlariga oxshash bolib, arab tilidagi diniy iboralarning qayd etilganligi va bu bilan toza epigrafik musulmon dinorlariga aylanganligi bilan diqqat-e'tiborni tortadi. Ushbu turdagi dinorlarning old tomonida qinli qilich taqqan va qolida uch xipchinli qamchi ushlagan holda tik turgan xalifa hamda dumaloq tarzdagi «Lo ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh» yozuvi ifodalangan. Orqa tomonining markaziy qismida uch zina tepaligidagi buzishga harakat qilingan xoch tasviri qisman bilinib turadi, dumaloq tarzda yozilgan bitik «ushbu dinor Alloh nomi bilan 76 yilda zarb qilindi» degan ma'noni anglatadi. Dunyoning turli tanga kolleksiyalarida yigirmaga yaqin bir-biridan vazni va olchamiga kora farq qiluvchi Ammon, Jibrin, Quddus, Qinnasrin, Kurus, Maarra, Manbij, Sarmin va Xalabda zarb qilingan shunday turdagi tangalar saqlanadi. Yana alohida 34 ta dinor mavjud bolib, ularda xalifa tanasi tasvirlangan, lekin ism va sana korsatilmagan, «xalifatul-lohi» («Allohning xalifasi») degan bitik zarb etilgan. J. Uoker ularni 670685 yillarga mansub deb korsatgan, ammo avvalgi ilk musulmon tangalariga katta oxshashlik ularni ilk yangi turdagi musulmon tangalari deyishga asos beradi va ular Feofan yozgan 690691 yillarda Yustinian II olpon sifatida olishdan bosh tortgan tangalar bolishi mumkin.
696697 yillarda Damashqda old tomonidan bir necha dumaloq yozuvli tasvirlar ifodalangan (u yerda «Muhammad Allohning rasuli. Alloh uni yetakchi sifatida haq din bilan, ushbu dinni barcha boshqa dinlardan yuqoriga qoyish uchun Sizlarga jonatdi» (Qur'on, 9:33), degan jumlalar bitilgan) toza epigrafik dinorlar zarb etishga kirishilgan. Avvalgi tangalardan farqli tarzda ular barqaror 4,254,27 g., ya'ni Vizantiya nomismalaridan (4,454,48 g.) 1/24 yengil vaznga ega bolganlar.
Yuqoridagi tangalar bilan bir vaqtda yoki biroz keyinroq al-Hajjoj ham epigrafik tangalarni zarb etishga kirishgan. Ulardagi yozuvlar dinorlarga qaraganda ancha keng yozilgan. 9- suraning 33- oyati «...barcha dinlar ustidan, bu xudosizlarga yoqmasa ham...» tolaligicha ifodalangan, shuningdek, dumaloq yozuv orqali avvalgi dinorlarda mavjud bolmagan tangalarning zarb qilingan joyi korsatilgan. Qanday omil asosida yangi dinorlarning vazni, arab-sosoniy tangalaridan chorak vazn yengil (4 g. orniga 3 g. qilib belgilangan) qolip belgilanganligi bugungi kungacha bahsli masala hisoblanadi. Endi dinorning dirhamga nisbatan almashinuv kursi 1/14 ni tashkil etgan. Dirham vaznining keskin kamaytirilishi yashash tarziga ham ta'sir etishi lozim edi, lekin tarixiy manbalarda maosh oluvchilarning norozilik chiqishlari haqida ma'lumotlar mavjud emas. Shuningdek, tangalar vaznini kamaytirilishi maoshlarning miqdoriga ta'sir etganligi togrisida ma'lumotlar ham uchramaydi.
Al-Balozuriy tomonidan keltirilgan yangi dirhamlar zarb etilishi yuzasidan noroziliklar haqidagi ma'lumotlar ham ancha noaniq. Al-Hajjoj tomonidan «bagliya» dirhamlari zarb qilingan, ulardan «Bismi Allahi al-Hajjoj» («Alloh nomi bilan Hajjoj») degan yozuv ifodalangan bolib, bir yildan keyin ushbu yozuv «Allohu ahad Allohu samad» degan yozuv bilan almashtirgan. Bu faqihlarning noroziligiga sabab bolgan va ular ushbu dirhamlarni «yoqimsiz», «jirkanch dirhamlar» deb ataganlar. Shuningdek, ajamliklarga ham ushbu dirhamlar yengil bolganligi uchun yoqmagan va ular ham ushbu dirhamlarni «jirkanch», «yoqimsiz» dirhamlar deya nomlaganlar.
Islohotlar natijasida yangi olchov birligi 3,125 g. vaznga ega dirhamlar paydo bolgan, ularni avvalgi draxmalar va sikllarga nisbati aniqlanmagan. Ushbu dirhamni qisman vizantiya solidiga (4,68 g.) tenglashtirish mumkin, dirhamlarning ularning 2/3 ogirligiga teng bolgan, shuningdek, unchalik muvofiq kelmagan qator boshqa oxshashliklarni ham keltirish mumkin. Yangi olchov birligi xalifalik hududida foydalanilgan koplab olchov birliklarini ifodalash uchun asos sifatida olina boshlagan.
Ushbu dirham tanga dirhamlarga, dinorlar esa solib misqollarga teng pul sifatida baholangan. Ikkisining vazni ham bir-biridan 1/24 nisbatga farq qilgan: 2,985 g va 3,125 g., 4,27 g. va 4,68 g. Ushbu pullarning umumiy taqsimlanish nisbatining 1/24 ga tengligi tasodifiy hodisa emas. Bu yerda gaznaga kelib tushgan metall va tanganing vazni e'tiborga olingan, ya'ni eski turdagi tangalardan yangilarini zarb etish davlatga daromad keltirishi kerak bolgan. Tangalarni zarb etishga ketgan mablag shu tariqa qoplangan. Shunga e'tibor qaratish lozimki, ushbu mezon sarflarni qoplashda belgilab olingan yuqori qiymat hisoblanadi. Fotimiylar davrida Misr zarbxonalarida tangalar yasashga moljallangan qimmatbaho metallar va zarb qilingan tangalar ortasidagi nisbat 1/34 dan 1/30 gacha bolsa, Moskva zarbxonasida XVI asrda bu nisbat 1/48 ni tashkil etgan. Bu yerda zarb qilish texnikasi ancha sodda bolib, kop mablagni talab qilmaganligiga ham e'tibor berish lozim. Shuningdek, XII asrda Qohira zarbxonasidagi nisbatning ancha yuqori 1/20 bolganligiga ham e'tibor berish kerak.
Mesopotamiya, Armaniston va Eronning bir qismida yangi tangalarni zarb qilinishi Sharqiy Eron hududida eski turdagi tangalarning muomalada bolishi va zarb qilinishini toxtatib qoymagan. Ammo islomlashuvning kuchayib borishi bilan ularning amal qilinishi doirasi ham torayib borgan.
Avvalgi tangalarda mavjud bolgan xristian ramzlarining, ya'ni xoch va yunoncha yozuvlarning arab tilidagi musulmoncha diniy formulalar bilan almashtirilishi papirus qogoziga oralgan bayonnomalarning ozgarishiga olib kelgan. Arab mualliflari bayonnomalar birdaniga ozgargan degan ma'lumotni ilgari suradilar, ammo saqlanib qolgan papiruslardan bu jarayon sekin-asta, bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini bilish mumkin.
Abdul-Malikning islohotlari xalifalik tarixida yangi davrni boshlab bergan. Ya'ni, xalifalikda bosib olingan hududlarning davlatchilik an'analaridan foydalanmasdan, balki ozining ma'muriy-gaznaviy tizimni shakllantirishga kirishilgan, ushbu tizim etno-mazhabiy birdamlikka asoslangan bolib, markazlashgan harbiy-byurokratik davlat negizini tashkil etgan.
IX asr boshlariga kelib, Movarounnahr va Xurosonda mahalliy sulolalar tohiriylar, keyinroq somoniylarning ta'siri osha boshlagan.
Sosoniylarning asoschisi Somon islom dinini qabul qilgan va Xuroson noibi himoyasida faoliyat korsatgan. Uning nabiralari Nuh, Ahmad, Yax'yo va Ilyos togridan-togri xalifaga xizmat qilganlar. Uning buyrugiga kora Xuroson noibi ularni tort viloyatga hukmdor sifatida tayinlagan: Nuhga Samarqand, Ahmadga Fargona, Yah'yoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot ustidan hukmronlik qilish topshirilgan. Tashqi jihatdan goyoki ushbu tort aka-uka Xuroson noibiga boysinuvchi va unga olpon tolovchi viloyatlar hukmdoridek korinsalar-da, aslida ishlar boshqacha bolgan.
Tort aka-ukaning eng kattasi bolgan Nuh alohida ta'sirga ega bolgan. Tashqi toqnashuvlarda u oila boshligi sifatida ishtirok etgan. Tarixchilar ushbu holatga unchalik diqqat e'tibor qaratishmagan. Numizmatik ma'lumotni organish orqali shuni bilish mumkinki, aka-ukalar bu paytda ozlarini alohida viloyatlar hokimi sifatida emas, balki yetakchi Nuh hisoblangan bir sulola sifatida baholaganlar. Ilk Somoniy mis tangalarining uning nomidan zarb etilganligini shunday izohlash mumkin. Masalan, Binkatda Yah'yo mulkida zarb etilgan tangada Yahyoning ismi emas, balki Nuhning ismi qayd etilgan. Shu sababdan, eng boshidanoq Somoniylar sulolasining vakillari ongida sulolaviy birdamlik tuygusi shakllangan va ular Orta Osiyoni Arab xalifaligi va tohiriylardan mustaqil tarzda boshqarishga uringanlar.
Nuhning vafotidan keyin Ahmad ushbu kichik, hali toliq shakllanmagan sulolaning yetakchisiga aylangan. Alohida gayrati va qobiliyatlari bilan aka-ukalar ichida ajralib turgan Ahmad ozining inilarining mulklarini «birlashtirishga» va oz sulolaviy manfaatlarini hayotga tadbiq etishga kirishgan. Xususan, u ozining hali hayotligida Samarqand taxtini ogli Nasrga berishga muvaffaq bolgan, u otasining vafotidan keyin 864 yilda sulola yetakchisiga aylangan. Xalifa uni 875 yilda sulola yetakchisi sifatida tan olgan va unga davlatni boshqarishga ruxsat beradigan «yorliqni» jonatgan.
Nasrning ahvoli ancha ogir edi. Uning ozidan katta qarindoshlari uni rad etib, kopincha hattoki tashqi jihatdan ham uning sulola yetakchisi sifatidagi hukronligiga qarshi chiqqanlar. Nasrning oz aka-ukalarining ayirmachilik harakatlariga qarshi kurashi qat'iy bolmaganligi sababli unchalik muvaffaqiyat qozona olmagan. Masalan, Shoshda Nasrning amakisi Muhammad ibn Nuh hukmronlik qilgan paytda u jiyanining hukmronligini tan olgan va uning nomidan tangalar zarb etgan bolsa, Shosh Nasrning inisi Ya'qubga tekkanda u oz nomidan tangalar zarb etib, shu tariqa oz isyonini Nasrga namoyon qilgan. Fargona ustidan Nasrning inisi Asad hukmronlik qilgan. Nasr va Asad boshqa aka-ukalarga qarshi kurashda ittifoqchi bolgan bolsalar-da, Asad Axsikatda (Fargona poytaxti) oz nomidan tangalar zarb qilgan hamda Nasrning ismini hattoki syuzeren sifatida ham qayd etmagan, Nasr ushbu holatga koz yumib qaragan. Nasrning boshqa bir inisi Ismoil bilan munosabatlari ancha murakkab bolgan. Ismoil faqatgina 874 yilda yirik viloyatlardan bolgan Buxoro taxtiga otirgan. Bungacha Buxoro somoniylarning mulklari sirasiga kirmagan. Ushbu shahar aholisi Buxoro noibi suiste'molliklaridan norozi bolib, uni haydab yuborganliklaridan keyin shahar oqsuyaklari Nasrga murojaat qilganlar va u Ismoilni Buxoro noibi etib tayinlagan. Ammo Ismoil Buxorodagi hokimiyatini mustahkamlash yolida ozining butun aqliy qobiliyatini, ayyorligini va qaysarligini namoyish etishi kerak bolgan.
Buxoro Ismoilning qolida xizmatlari uchun in'om etilgan bir viloyat tarzida bolgan. Narshaxiy bergan matnning tahlili quyidagicha xulosaga kelishga imkon berdi: Ismoil Buxoro viloyatidan tushadigan daromadlarning katta qismini (700 ming Gitrifiy dirham atrofida) Nasrning gaznasiga berishi va kichik qismini (500 ming Gitrifiy dirham) ozida qoldirishi mumkin bolgan. Shaharda oz hokimiyatini mustahkamlab olgach, Ismoil Nasr oldida hisobot bermay qoygan va ushbu boy viloyatning daromadlarini barchasini oziniki qilib olgan.
Aka-ukalar ortasida uzoq davom etgan kurash boshlangan. Yaqin davrgacha bu hokimiyat uchun siyosiy kurash bolgan degan fikr ustunlik qilar edi, ammo ushbu fikr manbalardagi ma'lumotlarda oz tasdigini topmagan. Aka-ukalar ortasidagi munosabatlarni chuqur tahlil etish orqali bu iqtisodiy kurash bolganligini xulosa qilish mumkin. Ismoil Buxoroda faqatgina barcha huquq va imtiyozlar bilan mustahkamlanib olishga uringanligini korish mumkin. Aka-ukalar ortasidagi ikki toqnashuv ham Ismoil Buxorodan olingan va Nasr gaznasi uchun moljallangan daromadlarni ozlashtirib olganligi natijasida kelib chiqqan: ularning birinchisi 886 yilda bolib, Ismoilning vaqtincha taxtdan chetlatilishi bilan yakunlangan, ikkinchisi 888 yilda bolib, unda Ismoil galaba qozongan. Lekin Ismoil Nasrdan taxtni olib qoymagan, chunki uning taxtga davosi bolmagan. U faqatgina Buxoroning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurashgan va bunga toliq 888 yilda erishgan. 892 yilda Nasr vafot etganidan keyingina, u davlat boshligiga aylangan va Buxoro davlatning yangi poytaxti maqomini olgan.
Ozaro sulolaviy nizolar va isyonlarni bostirganidan keyin Ismoil oldida yana bir vazifa u tomonidan barpo etilgan davlatning tashqi mustaqilligini ta'minlash vazifasi turgan. Kundan-kunga kuchayib borgan Somoniylar davlatining qudrati xalifalikning markaziy qismini ancha xavotirga solib qoygan, shuningdek, qoshni kochmanchi urug-qabilalarning Movarounnahr otroq hududlariga toxtovsiz hujumlari dehqonchilik hududlarining xojaligiga katta ziyon keltirgan.
Ismoilga qarshi kurashda xalifa Xuroson hukmdori Amr ibn Lays Safforiydan foydalanishga uringan. 898 yilda xalifa Orta Osiyodan hajga kelgan ziyoratchilarni oz qarorgohiga Bagdodga taklif etgan va u yerda Movarounnahrning hukmdori etib, Amr Safforiy tayinlanganligi togrisidagi yorliqni oqib eshittirgan. Songra xalifa qimmatbaho sovgalar bilan ushbu yorliqni Amrga jonatgan. Amrni Ismoilga gij-gijlash orqali xalifa ularning ikkisining hokimiyatini zaiflashtirishga va bu orqali xalifalik hokimiyatini mustahkamlashga uringan.
Yorliqni olganidan keyin Amr Ismoilga qarshi qoshin bilan borgan. Narshaxiyning ma'lumotiga kora, Ismoil shundan keyin «hunarmand va oddiy xalqni qurollantirib» katta kuch bilan Balxga Amrni qarshi olishga borgan.
Ismoil Amr ibn Lays ustidan 900 yilda Buxoro devorlari yonida galaba qozongan, chunki uni oddiy xalq ommasi va hunarmandlar qattiq qollab-quvvatlaganlar. Tabariy, Ibn Miskavayh va ancha aniqroq Narshaxiy ma'lumot bergan. Ushbu ma'lumotga kora, Ismoilning shaxsan ozi ham oqsuyaklarga, ham oddiy xalq ommasiga, hunarmand-toquvchilarga ta'minot va qurol tarqatgan. Xalq kongillilarining qudratiga yetarli baho bermagan Amr tor-mor etilgan. Ismoil tomonidan oddiy xalq ommasining qurollantirilganligi togrisidagi Narshaxiy keltirgan ma'lumot shuningdek, «Tarixi Seyiston»da ham oz aksini topgan: Ismoil ibn Ahmad Movarounnahrda jarchilarga «Amr Movarounnahrni ishgol etish uchun, mulklarni talon-taroj qilish va bolalar hamda ayollarni qul qilib olib yetish uchun keldi», deb jar solishga buyurgan. Haqiqatda ham shunday bolganligi sababli, Movarounnahrdagi barcha hunarmandlar Ismoil tomonga otganlar va «Asirga tushgandan kora shonli olim afzal!», degan sozlar bilan Amrga qarshi urushga otlanganlar.
900 yilda mahorat bilan oylangan tadbir natijasida Ismoil Amr qoshinini orab olishga, unga zarba berib, Xurosonda oz hokimiyatini ornatishga muvaffaq bolgan.
Ismoilning kochmanchilarga qarshi urushlari uning amrga qarshi bolgan urushidan ham muvaffaqiyatli chiqqan. Kochmanchilar buning natijasida uzoq vaqt mobaynida Movarounnahrning dehqonchilik hududlariga bosqinchilik yurishlarini amalga oshira olmaganlar. Buxoro vohasini kochmanchilar hujumlaridan saqlab qolish maqsadida Ismoil taxtga chiqishidan ancha avval otroq dehqonchilik hududlarini kochmanchilar yashaydigan chol va dashtlardan ajratib turuvchi bir necha on kilometrdan iborat devor qurilgan. Ushbu devor ta'mirlanishi uchun mahalliy aholidan yiliga soliqlar yigilgan. X asr tarixchilarining ma'lumotlariga kora, ushbu soliqni tolash xalqqa ancha malol kelgan va ogir bolgan. Ismoil kochmanchilar ustidan galaba qozonganidan keyin u Buxoro aholisini ushbu soliqlardan ozod etgan: «Men tirik ekanman, Buxoroning devori men bolaman», deb aytgan Ismoil Somoniy. Narshaxiyning ma'lumot berishicha, Ismoil darhaqiqat shaxsan ozi janglarda ishtirok etgan va bu bilan dushmanga Buxoro vohasini egallab olishga yol qoymagan.
Xalq ommasining mustaqillik uchun kurashidan foydalangan holda Ismoil arab istilosidan keyin birinchi marta ozaro urushlar natijasida parchalanib ketgan mamlakatni birlashtira olgan va kuchli mustaqil davlatni barpo etgan. Safforiylar hokimiyatini tugatgan Ismoil Somoniy nafaqat Movarounnahr va Xurosonda oz hokimiyatini kuchaytira olgan, balki Eronning bir qator shimoliy va sharqiy viloyatlari hukmdoriga aylangan va amalda Arab xalifaligidan mustaqil tarzda hukmronlik qilgan.
Yirik zodagon sifatida Ismoil Somoniy mahalliy aslzodalarning va savdogarlarning manfaatlarini himoya qila olgan. Aynan ularning manfaatlaridan kelib chiqqan holda u mamlakat tashqi xavfsizligini ta'minlay olgan va ichki boshqaruvni tartibga solgan. Ushbu chora-tadbirlar, birinchi navbatda Movarounnahr va Xurosonning yagona bir markaz atrofida birlashuvi mamlakatning amaldagi mustaqilligini ta'minlagan va kochmanchilar bilan munosabatlarni tartibga solib, Xuroson va Movarounnahrda qishloq xojaligi, hunarmandchilik va savdo taraqqiyoti uchun zamin yaratgan.
IXX asrlarda Orta Osiyoning yirik shaharlari ichki, viloyatlararo va ayrimlari xalqaro savdo munosabatlarining markazi vazifasini otagan. Biroq nafaqat ushbu savdo-hunarmandchilik markazlarida, balki ayrim qishloqlarda ham ularda muayyan hunarmandchilik turi gullab-yashnagan holatlarda faol savdo aloqalari olib borilgan. Ushbu holatda Narshaxiyning Buxoro atrofida joylashgan qishloqlar togrisidagi ma'lumoti ahamiyatga molik hisoblanadi. Haftaning biror bir kunida ushbu markazlarning birida bozor uyushtirilgan va u yerga koplab aholi boshqa hududlardan kelganlar. Ayrim qishloqlarda 10 va hatto 20 kunlab davom etgan yillik yarmarkalar tashkil etilgan va u yerga turli chekka hududlardan savdogarlar kelganlar. Yarmarkaga tashrif buyurganlar nafaqat ozlarining ehtiyojlari uchun mahsulotlarni sotib olganlar, balki boshqa olkalarga olib borib sotish uchun ham oldi-sotdi ishlarini amalga oshirganlar. Orta Osiyo ishlab chiqarilgan ayrim mahsulotlarga asosan matolarga boshqa olkalarda talab kuchli bolgan. Ushbu qishloqlarning ozida istiqomat qilgan yirik savdogarlar ham keng savdo amaliyotiga ega bolganlar.
Ichki savdoning holati, rivojlanishi va ayrim oziga xosliklari haqida osha davr tangalari guvohlik beradi. Ularni organish orqali ushbu hududda rivojlangan pul xojaligi va pul munosabatlarining aniq-tarixiy spetsifikasi mavjud bolganligini xulosa qilish mumkin.
Oltin tangalar dinorlar Somoniylar davrida kop miqdorda Orta Osiyo hududiga kirmagan zarbxonalardan koplab ishlab chiqarilgan, mintaqa hududidagi zarbxonalar dinorlarni juda kam zarb etganlar. Lekin boshqa bir holat kishi diqqat e'tiborini tortadi. Oltin tangalar (dinorlar) manbalarning ma'lumot berishicha, «mahsulot tarzida» baholangan va boshqa pul-tangalar kabi donalab emas, balki vazniga qarab qiymati belgilangan. Mabalarning ushbu ma'lumotini dinorlarnig aniq vazni ham tasdiqlaydi: ularning bir-biridan farqi shu darajada bolganki, darhaqiqat donalab ularni qiymatini belgilash mumkin bolmagan.
Shuningdek, XIXIII asrlarga oid tangalar ham donalab emas, vazniga kora baholangan. Ammo bu davrda ular baribir savdoda bevosita ishtirok etgan. IXX asrlarda esa ular muomala vositasi vazifasini deyarli bajarmaganlar. Shunga qaramasdan, Buxoro pullariga ta'rif berar ekan, Istaxriy togridan-togri quyidagi ma'lumotni keltiradi: «ular ozaro dinorlarda savdo qilmaydilar». 921 yilda Buxoroga tashrif buyurgan Ibn Fazlon viloyat pullarini katta qiziqish bilan batafsil ta'riflagan holda oltin dinorlarning mavjudligini umuman qayd etmagan. Yana shuningdek, oltin dinorlar xazina tarzida baholangan va aholi tomonidan ularni uylarga yashirgan holda yigish afzal korilgan. Osha davr savdosining hajmidan va narxlaridan kelib chiqqan holda eng yirik savdo bitimlarida ham tolov sifatida kumush va kumush tangalar dirhamlardan foydalanish imkoni mavjud bolgan.
IXX asrlarda tohiriylar va somoniylar davlatida turli korinishdagi dirhamlar zarb qilingan hamda ularning har biri ozining nomiga va vazifasiga ega bolgan. IX asrda ayniqsa X asrda umumdavlat kumush dirhamlarini zarb etish ancha barqaror yolga qoyilgan. Ushbu dirhamlarda hyech qanday tasvir mavjud bolmasdan, balki kufiy yozuvidagi bitiklar ifodalangan. X asrda ushbu tangalar Ismoil Somoniy ismiga boglangan holda ismoiliy deb atalgan. Eng qiziq holat shuki, Garbiy Yevropa va Boltiqboyida ismoiliy dirhamlarining yuzlab kolleksiyasi topilgan holda Orta Osiyoning ozida ushbu turdagi tangalar juda kam uchragan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, ushbu tangalar birinchi navbatda dunyo puli vazifasini otagan va davlatning ichki iqtisodiyotida muayyan bir vazifani bajargan. Ularning probasi va vazni ham toliq shunga muvofiq keladi. Dastlab ularning probasi juda yuqori, vazni esa aniq bolib, davlat ichidagi savdo munosabatlarida ular donalab olchangan. Ushbu pullarning katta qismi baribir davlat tashqarisiga, boshqa mamlakatlarga chiqib ketayotganligi aniq bolib qolganidan keyin somoniylar hukumati ularning vaznini yengillashtirishga va probasi sifatini pasaytirishga qaror qilgan. Darhaqiqat ottiz yil otmasdan turib, ismoiliy dirhamlarining vazni ozgargan va ular bir-biridan vazn jihatidan katta farq qila boshlagan. Ularning probasi ham shu tariqa ozgargan. Bunday pullar davlatning ichida donali tarzda muomalada bola olmasdi va bundan «ismoiliy» dirhamlarning ichki savdoda ahamiyati tushib ketgan, degan xulosaga kelish mumkin. Oltin kabi ular ham ayrim holatlardagina davlatning ichki bozori ehtiyojlarini qondira olgan.
IXX asrlarga oid Orta Osiyoda manbalarida «xorazmiy», «Muhammadiy» va «gitrifiy» deb nomlangan dirhamlar asosiy muomala vositasi vazifasini bajarganligi qayd etilgan. Ayniqsa, oxirgi uch turga alohida e'tibor qaratish kerak. Ularda, ismoiliy dirhamlaridan farqli tarzda arabcha yozuvlar katta orin egallamagan, asosiysi bu bir tomonida hukmdorning gavda qismi tasviri va ikkinchi tomonida olovli muqaddas qurbonlik qilinadigan joy va soqchilar tasvirlangan. Ushbu holatni eramizning V asrida sosoniy tangalarida qayd etilgan tasvirlarning sxematik qaytarilishi sifatida baholash mumkin. Osha davr iqtisodiyotining muhim xususiyati sifatida soliqlar aynan mana shu uch tasvirga ega tangalarda belgilanganligini korsatish mumkin. Har qaysi viloyat har qanday tangalarda emas, balki muayyan tasvir mavjud tangalarda soliq tolashi shart bolgan. Masalan, konlarga ega bolgan Shosh viloyati va Xojand oliy probali musayyabiy dirhamlarida tolagan; Markazi Samarqand bolgan Sugd va Fargona Muhammadiy dirhamlarida tolaganlar, Buxoro esa faqatgina gitrifiy dirhamlarida tolash majburiyatini olgan. Ustrushona viloyati esa 48 ming Muhammadiy dirhamlari va 2 ming musayyabiy dirhamlarini tolagan.
Ushbu uch dirham turi bir-biridan nimasi bilandir, qattiq farq qilganligi aniq, chunki boshqa vaziyatda ushbu viloyatlarga mazkur dirhamlarning aniq bir miqdorini buzmasdan tolash zimmasiga yuklatilmagan bolar edi. Ushbu masala yuzasidan ikki xil taxmin mavjud bolib, birinchisi, ushbu dirhamlar bir-biridan ozida tasvirlangan arabcha yozuvlarning ifodalanishiga kora va ikkinchidan, yasalgan metalidan kelib chiqib farq qilgan. Ikkinchi ilmiy taxmin manbalardagi ma'lumotlarda ham oz tasdigini topgan.
Musayyabiy dirhamlari oliy probali kumushdan yasalgan bolib, Ibn Xavqal tomonidan bejizga «ularning xazinalaridan» deb atalmagan.
Muhammadiy dirhamlari togrisida Istaxriy ular temir, mis, kumush va boshqa narsalardan quyilgan bolib, asosan past sifatli kumushlar bolganligini e'tirof etgan.
Gitrifiy tangalari esa bronzadan quyilgan.
Oz-ozidan ularning tolov qiymati ham bir-biridan farq qilgan: musayyabiy dirhamlariga koproq, gitrifiy dirhamlariga kamroq narsa sotib olish mumkin bolgan. Biroq, IXX asrlar pul munosabatlarining oziga xos jihati sifatida ozining qiymatiga kora umumdavlat miqyosidagi ismoiliy dirhamlaridan yuqori turgan. Hattoki, gitrifiy dirhamlarga ham ismoiliy dirhamlariga qaraganda koproq mahsulot xarid qilish mumkin bolgan.
Mayda savdo uchun mis tangalar fulslar ishlatilgan. Ular kumush tangalarga nisbatan muayyan qiymatda amal qilingan. Masalan, 921 yilda Buxoroda 1 kumush dirham 24 mis fulsga teng bolgan. Mis tangalar viloyat ichkarisida savdo munosabatlarini olib borishga moljallangan bolsa-da, amalda viloyat tashqarisida savdo munosabatlarida qollanilgan va tabiiyki, u yerda bir muncha arzonroq qiymatga ega bolgan. Masalan, 921 yilda Buxoroda Samarqand tangalariga mahalliy Buxoro tangalariga sotib olish mumkin bolgan mahsulotlarning 2/3 qismini xarid qilish mumkin bolgan.
Musayyabiy, Muhammadiy, gitrifiy tangalarining amal qilishining oziga xosliklaridan shunday xulosa qilish mumkinki, X asrda hattoki markazlashgan somoniylar davlati doirasida ham Orta Osiyo viloyatlari iqtisodiy ma'noda yaxlit bir butunlikni tashkil etmagan. Ozining bozorlariga ega iqtisodiy viloyatlar aniq ajralib turgan. Ushbu iqtisodiy viloyatlar osib borayotgan savdo munosabatlariga qaramasdan, tangalarning ichki tarkibidan tortib, koplab oziga xosliklarini saqlab qolgan. Oz navbatida hukumat ham yuqoridagi oziga xoslik va an'analar bilan hisoblashishga majbur bolgan.

XIXIII asrlarda Movarounnahr tangalari. Qoraxoniylar davlati Sharqiy Turkiston, yettisuv va Tyanshanning janubiy yon bagrida tashkil topib, IX asr ikkinchi yarmidan XIII boshlarigacha mavjud bolgan. Davlat qoraxoniylar sulolasi tomonidan boshqarilgan. Sulola nomi ilmiy adabiyotlarda ilk marotaba sharqshunos olim V. V. Grigorev tomonidan qayd etilgan. Qoraxoniylar davlatining barpo etilishida qarluq, chigil va yagmo qabilalari yetakchi rol oynagan. Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti X asrning 2- yarmiga togri keladi. Abdulkarim Sotuq Bugroxon hokimiyatni egallab, ozini «Qoraxon» deb e'lon qilgan. Bugroxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu unvon bilan uluglangan.


Qoraxoniylar davlati 1041 yilga kelib ikki mustaqil davlatga: sharqiy va garbiy qismga bolinib ketgan.
Sharqiy qism poytaxti Bolasogun, madaniy markazi esa Qashqar bolgan yettisuv, Taroz, Isfijob, Shosh va Sharqiy Fargonadan iborat bolgan. Garbiy qism esa Movarounnahrdan to Fargona vodiysining garbiy chegarasigacha bolgan yerlarni oz ichiga olib, markazi Samarqand hisoblangan.
Qoraxoniylar davlati vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining tarkibini yettisuv, Isfijob, Shosh, Sharqiy Turkistonning garbiy qismi, Fargonaning shimoli-sharqiy hududlarida yashovchi qarluq, chigil, xalach, toxsi va argun kabi koplab qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra oz hukmronligini ornatgach, olkalarda qadimdan yashab kelayotgan otroq va kochmanchi aholini, mazkur yagona davlatning umumiy chegaralarida ozaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish jarayoni tezlashgan. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqadorlikda rivojlana borgan. Tub yerli aholi ta'sirida yarim kochmanchi va yarim otroqlikda yashab kelgan etnik guruhlar otroqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugullangan.
Ishlab chiqarish kuchlarining osishi, hunarmandchilikning qishloq xojaligidan ajralib chiqish jarayonining tezlashuvi, kochmanchi dasht bilan ozaro munosabatlarning taraqqiyoti Orta Osiyo davlatlarining ichki va tashqi savdo munosabatlarining taraqqiy etishiga olib kelishi Eron va Xitoyning bir qismida topilgan arxeologik topilmalar hamda va yozma manbalardagi ma'lumotlari orqali tasdiqlangan.
Pul ayriboshlashining mavjudligi togrisida keng numizmatik ashyolar ham bundan guvohlik beradi. XIXIII asrning boshlarida Orta Osiyoda turli davlat birlashmalarining pullaridan foydalanilganligini (bu hududlardagi viloyatlarning qaysi davlat hududiga kirganligiga bogliq) ham kuzatish mumkin. Gaznaviy va saljuqiylar davriga oid tangalarni asosan Orta Osiyoning janubiy qismlari xarobalarida koplab topish mumkin. Ulardan birinchisi asosan Tojikiston hududida, ikkinchisi esa Turkmaniston hududida koplab saqlanib qolgan. Qoraxoniylar davriga oid tangalar esa asosan Qirgiziston, Ozbekiston va Shimoliy Tojikiston hududlarida uchraydi. Butun Orta Osiyo boylab Xorazmshoh Muhammad ibn Takash tomonidan zarb qilingan tangalarni uchratish mumkin.
Ushbu davrga oid pul munosabatlariga nisbatan oziga xos ikkita jihat mavjud. Birinchisi, bu avvalgi davrlarga qaraganda oltin pullarga, oltinga bolgan talabning ortganligi bolib, ammo u ushbu davrda ham donalab emas, balki vazniga kora baholangan. Lekin ularning pul munosbatlaridagi orni ancha osgan va Orta Osiyoning bir necha shaharlarida oltin pullar zarb etilgan. Ikkinchi oziga xos xususiyat esa, kumush tangalarning tanglikka uchrashini korsatish mumkin. XI asrdan boshlab, Sharq mamlakatlarida kumush pullarning probasi pasayib ketgan. Ushbu sifatsiz pullarni yevropaga olib ketmay qoyilgan. Ularning amal qilish hududi torayib, asosan ular zarb qilingan mamlakatda savdo munosabatlarida ishtirok etganlar.
Kumush tangalarning sifatsizlanish holati barcha davlatlarda turlicha bolgan. Gaznaviylar davlatida bu jarayon sekinroq amalga oshgan bolib, buning sababi, Mahmud va Mas'ud tomonidan Hindistonga qilingan bir necha yurishlar natijasida gazna kumush va oltin bilan ancha toldirilganligi hisoblanadi. Ularning tangalarida 7076 % sof kumush bolib, shuningdek, tarkibining 95% sof kumushdan iborat oliy sifatli dirhamlar ham muomaladan chiqib ketmagan. Bu davrda Orta Osiyoning janubida zarb qilingan Qoraxoniy dirhamlarida tarkibida kumush 20% ni tashkil etgan. XI asr ikkinchi yarmida Qoraxoniylar tasarrufida bolgan Fargonada umuman tarkibida kumush bolmagan dirhamlar zarb qilingan bolib, ular asosan mis va qalay eritmasidan tayyorlangan va ular sanalmasdan, balki vazniga qarab baholangan. Lekin, Ibrohim Tamgachxondan keyin Garbiy Qoraxoniylar davlati Fargonani egallab olgan va u yerda tarkibida 20% kumush bolgan tangalarni zarb etgan. Bu vaqtinchalik holat bolib, XII asrdan boshlab Qoraxoniylar davlatida usti yupqa kumush qoplamga ega mis dirhamlarni zarb qilishga kirishilgan. Bundan tashqari, Orta Osiyoda avvalgi davrlarga mansub mis gitrifiy dirhamlar amal qilishda davom etgan. Ushbu turdagi barcha tangalar kumush pul muomalasi sohasida amal qilingan va ularning xarid qiymati ozining qiymatidan ancha yuqori bolgan.
Ayrim tadqiqotchilar kumush inqirozining sababini koplab kumush metallarning yevropaga olib ketilganligi va bu omil inqirozni keltirib chiqarganligi bilan izohlaydilar. Albatta, bu muhim omil hisoblanadi va ammo tangalarning sifatini buzilishining asosiy sababi emas, shunchaki ularning oltinga nisbatan mavqyei ozgargan xolos. Ushbu holatda aynan shaharlarning, mahsulot ishlab chiqarishning va pul munosabatlarining gullab-yashnashi oliy sifatli tangalarni orniga, balki qulay koplab tangalarning yuzaga kelishini talab qilgan. Bozorning kuchayib borgan talablari bir tomondan oltinni faollashuviga olib kelgan bolsa, ikkinchi tomondan katta miqdorda past sifatli tangalarning zarb etilishini talab qilgan.
XIXIII asr boshlariga oid pul munosabatlarining tavsifi u davrda rivojlangan tovar-pul munosabatlari mavjud bolgan, deya ta'kidlashga imkon beradi. Agar tovar-pul munosabatlriga Orta Osiyoning eng chekka togli hududlari ham faol jalb etilganligini e'tiborga olsak, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi orta asrlarda Orta Osiyoda qanday muhim ahamiyat kasb etganligini korish mumkin.
Endi XIIXIII asr boshlaridagi Garbiy Turk xoqonligi asosiy hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalarni korib chiqamiz.
XIXII asrlar oraligida Movarounnahrga Sharqiy Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan viloyatning hukmdori Jabroil Qodirxon hujum qilgan. Movarounnahr Sharqiy qoraxoniylar tasarrufiga otgan. Yangi bosib olingan hududlarni kengaytirish maqsadida Jabroil Saljuqiylar davlatiga qarashli yerlarga hujum qilish rejasini tuza boshlagan, lekin 1102 yil 22- iyunda Termiz yaqinida oldirilgan.
Jabroilni tor-mor etgan sulton Sanjar Movarounnahrning boshab qolgan taxtiga ozining noibini otqizgan. Bu Jabroilning hujumi vaqtida Marvga sulton Sanjar yoniga qochib borgan Garbiy Qoraxoniylar shahzodasi Muhammad bolgan.
Shunday qilib, keyinchalik Arslonxon nomini olgan Muhammad ibn Sulaymonning kop yillik hukmronligi boshlangan. Arslonxonning hukmronligi oson kechmagan, u taxtga chiqqan dastlabki paytlaridan boshlab taxtga davogar bolgan boshqa qoraxoniylar bilan kurashishga majbur bolgan. Unga qarshi qoraxoniylardan Umarxon isyon kotargan va uni Samarqanddan haydab chiqargan. Keyinchalik isyonchi Xorazmga qochishga majbur bolgan va u yerda sulton Sanjar tomonidan qolga olinib, oldirilgan.
Arslonxon davrida uch hududda Samarqand, Buxoro va Fargonada tangalar zarb qilingan. Fargonadagi zarbxona osha davrda viloyatning markaziy shahri hisoblangan va Qoraxoniylar davlatining poytaxti hisoblangan Ozganda joylashgan.
Fargonaning mis fulslari Muhammad ibn Sulaymon tomonidan zarb qilingan dastlabki tangalar sirasiga kirgan. Undagi sana toliq saqlanib qolmagan bolib, tahminan hijriy 495- (1101/1102) va 499- (1105/1106) yillar oraligida zarb qilingan deyish mumkin. Bu fuls tanga bizga muhim ma'lumotlarni beradi. Unga kora biz Fargona vodiysi Muhammad ibn Sulaymon hukmronligi davrida Garbiy Qoraxoniylar davlatining asosiy hududini tashkil etgan deya ta'kidlashimiz mumkin. Biz ushbu ma'lumotga diqqat e'tiborimizni qaratamiz, chunki 1099 yilda Qodirxon Jabroilning Garbiy Qoraxoniylar yerlariga bostirib kirishi natijasida Fargona Sharqiy Qoraxoniylar davlati tarkibiga otib ketishi ham mumkin edi.
Yana shunisi qiziqki, Fargona tangalarida Muhammad ibn Sulaymon Tamgachxon unvoni bilan qayd qilingan. Bundan uning dastlabki unvoni Tamgachxon bolib, u keyinchalik Arslonxon deb atalgan degan xulosaga kelish mumkin. Shuningdek, ayrim yozma manbalarda xususan Avfida Muhammad ibn Sulaymon Tamgachxon nomi bilan uchraydi.
Aniq sanasi korsatilgan Muhammad ibn Sulaymonning tangalari sifatida hijriy 498- (11041105) yilga oid Buxoro fulsini korsatish mumkin, uning old tomonida sulton Sanjarning ismi, orqa tomonidan Muhammad ibn Sulaymon Tamgachxonning ismi qayd etilgan. 498- hijriy yilga oid Buxoro fuls tangasi orqali Muhammad ibn Sulaymon oz hukmronligining dastlabki yillarida tangalarda Sulton Sanjarning ismini zikr etgan holda uning hokimiyatini tan olgan deb xulosa qilish mumkin.
Shuningdek, hijriy 513- (1119/1120) va 516- (1122/1123) yilga oid Buxoro tangalari ham ma'lum bolib, ularda Muhammad ibn Sulaymon «al-xoqon al-a'zam», ya'ni «buyuk xoqon» deb atalgan. Hijriy 513516 yilga oid tangalarning old tomonidan Sulton Sanjarga tegishli bolgan, «as-Sulton al-mu'azzam» yozuvi uchraydi.
Muhammad ibn Sulaymonning Samarqandda zarb etgan dastlabki tangasi hijriy 49... yilda chiqarilgan bolib, unda hukmdor faqat xoqon deb ifodalangan. Keyingi tanga esa xalifa Mustaxriz zamonida, ya'ni hijriy 512 yilda chiqarilgan bolib, unda Muhammadning unvoni «al-Xoqon al-Adl A'lo ad-davla» tarzida ifodalangan. Sulton Sanjarning ismi yoki unvoni bu tangalarda zikr etilmagan. Keyin hijriy 520 yilda chiqarilgan tanga keladi, unda «Muhammad al-Xoqon al-adl» orqa tomonida sulton Sanjar esa «as-Sulton al-mu'azzam» tarzida ifodalangan. Fitnachilarga qarshi sulton Sanjardan yordam sorashga majbur bolgan Arslonxon yana uning oliy hukmdorligini tan olishga majbur bolgan.
Shuningdek, Saljuqiy hukmdorlar tomonidan zarb qilingan tangalar orqali ham qiziq tarixiy ma'lumotlarni olish mumkin. Hijriy 522- va 524 yillarda Sulton Sanjar nomidan zarb qilingan tangalar topilgan bolib, ular Nasr oldirilib, Sulton Sanjarning Arslonxonga yordamga kelishi hijriy 522 yilda sodir bolganligini ta'kidlashga imkon beradi. Aynan shu yilning ozida Ahmad otasiga qarshi isyon kotarganlarni tor-mor etib, qoshhukmdorga aylangan. Ammo «yordam berish uchun» kelgan Sulton Sanjar Buxoroni bosib olgan va u yerda oz nomidan tangalarni zarb etgan. Hijriy 523 yilga oid Samarqand tangasi keyingi voqyealar haqida ma'lumot beradi, ushbu tangalarda endi Sulton Sanjar ismi uchramagan va Muhammad ibn Sulaymon va uning oglining unvoni qayd etilgan. Shunday qilib, Arslonxon va uning ogli Sulton Sanjarning hokimiyatini tan olmagan holda Samarqandga egalik qilganlar, Buxoroda esa 70 ming qoshinga ega Sulton Sanjar hukmronlik qilgan va oz nomidan tangalar zarb etgan.
Hijriy 524 yilning uchinchi oyida Samarqandni qolga kiritgan va Arslonxonni Marvga badarga qilgan Sanjar Buxoroda tangalar zarb qilishni davom ettirgan.
V. V. Bartold va keyinroq M. ye. Massonlarning ta'kidlashlariga kora, Movarounnahr taxtiga Arslonning vorisi sifatida, uning inisi Abu Muzaffar Tamgach Bugroxon Ibrohim ibn Sulaymon otirgan. Ibrohim sulton Sanjarning saroyida tarbiyalangan bolib, Arslonxon taxtdan tushganidan keyin Arslonning ogli Ahmad ibn Muhammad emas, balki aynan u Movarounnahr hukmdoriga aylangan.
Abu Muzaffar Tamgach Bugroxon Ibrohim ibn Sulaymon Samarqand ishgol etilganidan keyin 1130 yilda Morvarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qilingan. Hijriy 526 yili (may-iyun, 1132) taxtdan mahrum etilgan Arslonxon vafot etgan. Buning natijasida Ahmad qozgolon kotargan va Movarounnahr oliy taxtini egallashga urinib korgan. 1132 yilning yozida Sanjar Xurosonga qaytishi kerak bolgan, lekin u Movarounnahrda uning hukmdori Ahmadxonning isyonida xabar topgan. Ahmadxon «Movarounnahr hukmdori» deb atalganligi sababli Movarounnahrda uning harakatlari dastlab muvaffaqiyat qozongan. Bu haqida Ahmad tomonidan chiqarilgan tangalar ham guvohlik beradi, afsuski, ularda na sana korsatkichi, na zarb etilgan yer nomi qaydi saqlanib qolmagan. Ular Ahmadning nomidan chiqarilgan. Sanjar tomonidan Qodirxon Ahmadning isyoni bostirilgan. Ushbu hukmdor togrisida ma'lumotlar keltirilmagan.
Ibrohim ibn Sulaymondan keyin Movarounnahr taxtiga Sanjar tomonidan Qilich Tamgachxon ibn Ali ibn Abd al-Momin tayinlangan, u Hasan-tegin nomi bilan ham mashhur bolgan. Yozma manbalar ma'lumotlariga kora, Hasan ibn Ali oz ajali bilan olgan, biroq uning vafot etgan yili togrisida ma'lumot keltirilmagan. Termizda hijriy 530 va 531 yilgacha (1136 yil oxiri 1136 yil oxiri 1137 yil may-iyun) bolgan davrda zarb qilingan qoraxoniy davriga oid tangalar topilgan.
Garbiy Qoraxoniy xoqonligining oliy taxti Arslonxonning Jalol ad-Din Mahmudga topshirilgan.
Mahmud taxtga hijriy 531 yilda otirishi kerak bolgan, chunki bu davrda Xojandda Mahmudxonning qoshinlari bilan atrofdagi yerlardan Movarounnahr hududiga kochmanchi qoraxitoylar bostirib kirgan. Qoraxoniylar maglubiyatga uchragan bolsalar-da, Sharqiy Qoraxoniylar xoqonligi hukmdorlarini toliq boysundira olmaganlari sababli Movarounnahrdan chiqib ketishga majbur bolganlar.
Mahmudxon Sanjarning ancha sodiq vassallaridan hisoblangan. Mahmud tomonidan chiqarilgan barcha tangalarda Sulton Sanjarning ismi va uvoni qayd etilgan.
Biroq, mamlakatda osuda holat kop davom etmagan. Qoraxoniylar davlati taqdirini butunlay ozgartirib yuborgan hodisalarning sodir bolishi uchun vaziyat ancha pishib yetilgan. Movarunnahrda jangovor qarluq qabilasining qoshinlari bilan Mahmudxon askarlari ortasida toqnashuvlar bolib otgan. Mahmudxon Sanjardan yordam sorab murojaat etgan. 1141 yil iyulda Movarounnahrga saljuqiylarning qoshini bostirib kirgan. Qarluqlar yordam sorab qoraxitoylarga murojaat etganlar. 1141 yil 9- sentyabrda Qatvon dashtida hal qiluvchi jang bolib otgan va ushbu jang saljuqiylar qoshinining maglubiyati bilan yakunlangan. Jangda Sanjar va Mahmudxonning 30 ming qoshini halok bolgan. Sulton Sanjar Mahmudxon bilan birga Termizga chekingan. Mamlakat qoraxitoylarga boysindirilgan. Buxoroni egallanlaridan keyin qoraxitoylar u yerga oz noiblari Alp-teginni otqizganlar. Movarounnahrda shu tariqa Mahmudxonning hukmronligi nihoyasiga yetgan. Bizgacha Mahmudxonning Samarqand va Buxoroda zarb etgan tangalari yetib kelgan bolsa-da, ularning zarb qilingan sanasining qaydi saqlanib qolmagan. Ushbu tangalarda oliy hukmdor tarzida Sulton Sanjar qayd etilgan. Mahmudxon esa ushbu tangalarda «sarvarxon» unvoni bilan qayd etilgan.
Qatvon jangidan keyin Movarounnahr qoraxitoylar hokimiyati ostiga otgan. Biroq qoraxitoylar mamlakatda eski boshqaruv tizimini saqlab qolganlar va hukmron sulolaning hokimiyatiga chek qoymaganlar. Bosib olingan viloyatlar aholisidan olpon olish bilan cheklanilgan.
Garbiy Qoraxoniylar xoqonligining oliy taxtiga Arslonxon Muhammad ibn Sulaymonning ogli va Mahmudxonning inisi Tamgachxon Ibrohim otirgan. U mamlakatni deyarli 16 yil boshqargan. 1156 yil fevralda u qozgolon kotargan qarluq qabilalari tomonidan oldirilgan.
Mahmudxon va sulton Sanjarning qochib ketishiga sababchi bolgan Qatvon jangidagi dahshatli maglubiyatidan va taxtga ularning orniga Ibrohimxon otirganidan keyin ushbu yangi qoraxoniy hukmdorning ismi tangalarda qoraxitoylar vassali sifatida tangalarda qayd etilgan. Biroq, qoraxitoylar bu masalaga deyarli e'tibor bermaganlar. Movarounnahr deyarli yarim asr mobaynida qoraxitoylarning hokimiyati ostida bolgan bolsalar-da, Movarounnahrning qoraxoniylar davriga oid birorta tangasida qoraxitoylar gurxonining ismi qayd etilmagan.
Adabiyotlar:



  1. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak” Toshkent 1998yil

  2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch” Tashkent 2008 yil

  3. Elizavetin. G. “Pulnoma” Toshkent 1979 yil

  4. Pidaev. Sh. “Tangalar davr ko’zgusi” Toshkent 1984yil

  5. To’xtaev. I. “Tangalar tilga kirganda” Toshkent 1989yil

  6. To’xtiev. I. “Amir Temur va temuriylarning moliya-pul siyosati” Toshkent 2006 yil

Download 71.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling