Ilk o’spirinlik yoshining psixologik xususiyatlari
Download 203.5 Kb.
|
Ilk o’spirinlik yoshining psixologik xususiyatlari FARXOD
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`spirinlarning psixologik munosabatlari. KIRISH
MAVZU: ILK O'SPIRINLIK YOSHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Reja: Ilk o`spirinlik yoshda jismoniy taraqqiyot. O`spirin shaxsining rivojlanish xususiyatlari. O`spirinning xususiyatlari va kasb tanlashning psixologik xususiyatlari. O`spirinlarning psixologik munosabatlari. KIRISH. Ilk o`spirnilik eng muhim psixologik xusuisyati – o`z ichki dunyosini kashf etadilar. Ular o`zlarining kuchli va zaif tomonlarini anglaydilar, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini qiyosiy baholay oladilar. Ularning yana bir xususiyati murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch vijdon hissi, o`z qadr-qimmatini sezish kabi xislatlardir. Umuman, o`z-o`zini anglash - quvonchli, hayajonli hodisadir. Ayni vaqtda bu his dramatik xavotirli kechinmalarga ham sabab bo`lishi mumkin. O`spirin kechinmalarida asosiy o`rinni kelajak haqidagi o`ylar egallaydi. O`spirnilar uchun yana bir muhim kechinma o`zining tashqi ko`rinishi haqidagi o`ylardir. Juda ko`pchilik o`spirinlar o`z tashqi ko`rinishini o`zgartirishni xohlagan bo`ladilar. Tashqi ko`rinishlaridagi ozgina kamchilik ular uchun “fojia” darajasiga ko`tariladi. Umuman, refleksiyaning o`sishi, o`z “men”iga qiziqishning ortishi barcha o`spirinlarga xos xususiyat. Lekin bu kechinmalar shaxs rivojlanishining qiyinchiliklari bo`lib, o`tkinchi xarakterga ega, umuman olganda o`spirinlik juda baxtli davr sifatida esda qoladi. O`spirinlarda refleksiyaning kechishi ko`pgina ijtimoiy, individual-tipologik,biografik omillarga bog`liqdir. O`spirinlar aql-idrokining xususiyatlari. Bu yoshda o`quvchilarda bilish jarayonlari kichik yoshdagilar kabi intensiv o`smasa-da, lekin mustahkamlanib, stabillashib boradi. O`spirinlarda barcha faoliyat turlarida mustaqil fikr yurita olmaslik ularning jiddiy kamchiligidir. Fan o`qituvchilari har bir predmetdan o`spirinlarni original fikr yuritishga o`rgatishlari zarur. Tafakkur bilan birga o`quvchining nutq faoliyati ham o`sadi. O`spirinlik qobiliyati va layoqatlari o`qish faoliyati davomida namoyon bo`la boshlaydi. O`spirinlarda maxsus qobiliyatlar ko`zga tashlanadi. Kasb tanlash muammosi. Albatta, kasb tanlash muammosi o`spirin hal qilishi kerak bo`lgan eng muhim muammolardan biridir. Maktabni bitirguncha hamma o`quvchilar ham bo`lajak kasbni aniq tanlaydi deb bo`lmaydi. O`spirinlarning ba`zilari kasblari haqida aniq tasavvurga ega bo`ladilar, rejalarini oldindan tuzadilar. Ba`zilari esa kasblarni ota-ona yoki boshqa kattalarning ta`risida tanlaydilar. Ba`zi o`spirinlar esa bo`lajak kasblarini tasodifiy sabablarga ko`ra tanlaydilar. (o`quv yurti uyiga yaqin bo`lgani uchun, o`rtog`i shu o`qishga kirgani uchun va h.k.) Bu esa keyinchalik tanlagan kasbidan ko`ngli sovishi, o`z kasbidan norozi bo`lishiga sabab bo`lishi mumkin. O`spirinlarning o`zaro munosabatlari. O`spirinlar do`stlik tuyg`usini insoniy munosabatlarning eng muhimi deb hisoblaydilar. Ular do`stlikka juda katta talablar qo`yadilar. O`spirinlar do`stlikning eng muhim funkciyalaridan biri uning o`ziga xos “psixoteropiya” rolini o`ynashidir. O`spirin o`z “men”ining hurmat qilinishi, qo`llab-quvvatlanishini do`stidan kutadi. O`spirinlar odatda o`z jinsidan, tengdoshlaridan do`st tanlaydi. Qizlarning va yigitlarning do`stligi orasidagi tafovutlar hali to`liq o`rganilmagan. Bu yoshda yigit va qizlar o`rtasida ilk romantik munosabatlar paydo bo`ladi. Shunisi qiziqarliki, bu munosabatlar “epidemiya” xarakteriga ega. Ba`zi guruhlarda hamma shu “kasallik” bilan og`risa, ba`zilarida umuman bunday munosabatlar bo`lmaydi. 1. O’smirlikdan kеyingi navbatdagi bosqichni o’spirinlik davri dеb bir bosqich xisoblashimiz xam mumkin, lеkin xozirgi ko’pchilik psixologlar klassifikatsiyasi bo’yicha ikki bosqichga ajratishimiz xam mumkin. Avval o’smirlikdan kеyingi bosqichni o’smirlik, kеyingisi ilk o’spirinlik yoki yigitlik davri dеb aytilardi va 14 yoshdan 21 yoshgacha bo’lgan davrlarni qamrab olar edi. Xozir ko’pchilik psixologlar 15–18 yoshni qamrab oladigan davrni ilk o’spirinlik dеb atashni maqul ko’rmoqdalar, bu umumta’lim maktabining 8–9 sinfidanboshlab, kasb–xunar kollеji va litsеylarining 1–2–sinflariga, ya’ni 8–10 sinf yoshiga to’g’ri kеladi. Bu davrda o’quvchi jismonan baquvvat, o’qishni tugatgach mutsaqil mеxnat qila oladigan, oliy maktabda o’zini sinab ko’radigan imkoniyatga ega bo’ladi.Mazkur davrning yana bir xususiyati –mеxnat bilan ta’lim faoliyatining bir xil axamiyat kasb etishidan iborat. Ijtimoiy xayotda faol qatnashish, ta’lim xaraktеrining o’zgarishi, yigit va qizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e’tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy xis–tuyg’uning vujudga kеlishiga, bilimni o’zlashtirishga ijodiy yondoshuv kuchayishiga olib kеladi.Xayotda o’z o’rnini topishga intilish kasb –xunar o’rganish, ixtisoslikni tanlash, itsiqbol rеjasini tuzish, kеlajakka jiddiy munosabatda bo’lishni kеltirib chiqaradi. Biroqbu davr kuch-g’ayrat, shijoat, qaxramonlik ko’rsatishga urinish, jamoat, jamiyat va tabiat xodisalariga romantik munosabatda bo’lish bilan boshqa yosh davrlaridan kеskin farqlanadi.Ilk o’spirinning psixik rivojlanishini xarakatga kеltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, ta’lim jarayoni qo’yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishganpsixik kamolot o’rtasidagi ziddiyatlardir.Turli qarama–qarshiliklar, ziddiyatlar o’spirinning axloqiy, aqliy, etsеtik jixatdan tеz o’sishi orqali bartaraf qilinadi.Ilk o’spirinlik yoshidagi yеtakchi omil yuqori sinf o’quvchisi faoliyatining xususiyati, moxiyati va mazmunidagi tub burilishdir.O’spirinlarda avvalo o’zini anglashdagi siljish yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu xolshunchaki o’sishni bildirmaydi. Uspirinda o’zining ruxiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati xamda imkoniyatini aniqlashga intilish kuchayadi. Bu yosh-dagi oquvchilarning ozini anglashga aloqador xususiyatlari mavjud. Ular avval, o’zlarining kuchli va zaif jixatlarini, yutuq va kamchiliklarini, munosib va nomunosib kiliklarini aniqroqbaxolash imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’spirin o’smirga karaganda o’z ma’naviyati va ruxiyatining xususiyatlarini to’larok tasavvur eta olsa xam, ularni oqilona baxolashda kamchiliklarga yo’l qo’yadi. Natijada u o’z xususiyatlariga ortiqcha baxo bеrib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga duchor bo`ladi, sinf va pеdagoglar jamoalarining a’zolariga g’ayritabiiy munosabatda bo’la boshlaydi. Shuningdеk, ayrim o’spirinlar o’z xatti–xarakatlari, aqliy imkoniyatlari va qiziqishlariga pastbaxo bеradilar va o’zlarini kamtarona tutishga intiladilar. O’smirlik yoshidagi boladan yana bir xususiyat–murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon xissi, o’z qadr-qimmatini e’zozlash, sеzish va faxmlashga moyillikdir.O’spirin xar bir ishda еtakchi, birinchi bo’lish itsagi bilan yashaydi. Lеkin xar doim xam uddasidan chiqa olmaydi. L.A.Umanskiy fikricha buning uchun o’spirin quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kеrak.a) axlokiy xislatlar –jamoatchilik, samimiylik, tashabbuskorlik, faollik, mеxnatsеvarlik; b) irodaviy xislatlar –matonat, kat’iyat, mutsakillik, tashabbuskorlik, batartiblik, intizomlilik;v) emotsional xislatlar –xushchakchaklik, tеtiklik, xazilkashlik va yangilikni xis etish, o’z kuchiga ishonch, optimizm va boshqalar.O’spirinlarda mavjud bo’lgan yana bir muxim xislat ularda yuksak darajadagi do’stlik, urtoqlik, ulfatchilik, muxabbatning vujudga kеlishidir. Shu sifatlarning qay darajada shakllanganligi tarbiyaviy ta’sir o’tkazish mеzoni xisoblanadi.O’spirin o’quvchilarda tabiat, san’at, adabiyot, madaniyat, ijtimoiy xayot go’zalliklarini payqash, idrok qilish, sеvish, ulardan ta’sirlanish, ma’naviy ozuqa olishxislatlari paydo bo`ladi. Ularningpsixologiyasida mayin sado, yoqimli nido, qalbni to’lqinlantiradigan musiqa, nozik xis–tuyg’u, ezgulik xislari, mayllari kuchayadi Yigit va qizlarning 17-20 yoshlarida organizm normal rivojlanishiga va unga mos keladigan ish bilan band qilish maqsadga muvofiqdir. Ular organizmdagi o’zgarishlar og’irligiga va bo’yiga xos bo’lishi bilan birga o’pka, yurak, qon tomirlariga, nerv sistemasining faoliyatiga ham ta’sir etadi. O’spirinlarda yurak charchashi-harsillash, yurakning to’xtab-to’xtab ishlashi kabi xollar asta-sekin yo’qolib beradi. Buning uchun jismoniy mehnat, aqliy faoliyat va dam olishning to’g’ri yo’lga qo’yilishi katta ahamiyatga ega. Bu davrda ularning nerv sistemasi rivojlanadi va katta kishilarning miya po’stlog’i xususiyatiga asta-sekin yaqinlashadi. Bosh miya po’stlog’ining atroflarida nerv bog’lanishlarining soni ko’payadi. O’qish va mehnat qilish natijasida bosh miya yarim sharlarida analitik va sintetik faoliyat rivojlanadi. Bu xolat tashqi ta’sirni aniq ajrata oladigan xususiyatni o’stiradi. Farq qilish harakteridagi tormozlanish vujudga keltiradi. Bu davrga kelib o’qish mashg’ulotlari ancha murakkablashadi: bir qator yangi fanlar o’qitila boshlaydi, dars mazmuni kengayadi, murakkablashadi, bilim, hayot, amaliy ishlar qo’shib olib boriladi, o’quvchilar ishlab chiqarish jamoasida bo’ladi, ekskursiyalarga, ko’rsatmalikka, aloxida e’tibor beriladi. Bu davrda nazorat bilimlar, amaliy ishlar bilan qo’shib o’rganiladi. O’quvchilardan materialni tushunish va uni hayotga tadbiq eta bilish talab etiladi. Bola bu yoshda o’zini ancha eslik his qiladi, tajriba ortadi va bilimlarini mustaqil hayotga tadbiq eta boshlaydi. Bu esa ularning darsga bo’lgan munosabatlarini o’zgartiradi. Bu davrga kelib o’zlariga ma’qul bo’lgan biror fanni tanlaydilar. Bunday xususiyatlarni o’smirlarda ham uchratish mumkin, lekin bunda aloxida fanlarga bo’lgan qiziqish ko’proq o’qituvchining maslahati bilan bog’liq bo’lsa, yuqori sinf o’quvchilaridagi qiziqish ularning extiyojlari, intilishlari asosida tarkib topadi. Ba’zan ular shoshmashosharlikka yo’l qo’yadilar va natijada xodisalar haqida noto’g’ri fikr yuritib, noto’g’ri xulosalar chiqaradilar. Yuqori sinf o’quvchilarining o’z atroflarini, o’rab olgan voqelikni bilib olishga bo’lgan intilishi ularda dunyoqarashning tarkib topishiga sharoit yaratadi. Ulardagi nazariy bilimlarning ortib borishida sinfdan tashqari ishlar, to’garaklar ijobiy ta’sir ko’rsatadi. V.A.Krutetskiy, I.N.Lukin yuqori sinf o’quvchilarining bilim egallashidagi aqliy individual faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, bu borada o’quvchilarni asosan 4 guruhga bo’ladi. 1) Yuqori darajada o’zlashtiruvchi o’quvchilar. Bular bilim olishda mustaqillik, tashabbuskorlik ko’rsatmaydilar. O’quv materialini darslikdan yodlab oladilar, materialni o’qituvchi so’rab qolganda javob berish uchungina o’rganadilar. Agar material “qiyin” bo’lsa, uni butunlay o’rganmaydilar. Bu bilimlarni o’rgana bilmaydilar, o’quvchilarga ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan maktablarda o’qish qiyin bo’ladi. Bu guruh o’quvchilarining ba’zilari 1X sinfgacha a’lochi bo’lib kelib, keyin og’ir axvolga tushib qoladi bunday o’quvchilar bilan ko’proq individual ish olib borish lozim. 2) O’qish faoliyatida amaliy qobiliyatlari borligi sezilib turadigan o’quvchilar bo’lib, qiyin masalani o’rganishga, uni amalda sinab ko’rishga harakat qiladilar. Darslar to’g’ri yo’naltirilsa, bu guruh o’quvchilarining darsga bo’lgan qiziqishini oshirish mumkin. Ularga har-xil dars usullaridan foydalanib amaliyotda nazariy bilimning ahamiyati katta ekanligini tushuntirish kerak. Bu o’quvchilar nazariyaga juda ham berilib, amaliy ishlarga ahamiyat bermaydilar. Ular ko’p fikr yuritadi. Lekin o’z fikrlarini amalda sinab ko’rishdan qochadi. Ularning fikrlashlarida umumlashtirish, abstraksiya qilish ustun turadi, shunga qaramay konkretlashtirish xususiyati past darajada bo’ladi. Ular yaxshi gapiradi, isbotlab beradi, yakunlar yasaydi, aqliy faoliyat bilan ko’proq shug’ullanadi, o’z bilimini mustaqil kengaytirishga harakat qiladi, lekin nazariyani amaliyot bilan bog’lay olmaydi. Bu guruhga ijtimoiy fanlarga qiziquvchilarni ham kiritish mumkin. Bu o’quvchilar o’qish faoliyatida nazariya bilan amaliyotni birga qo’shib olib boradilar. Ularning bilimi keng bo’ladi, ular fikr yuritishini, tatbiq qilishni biladi, jamoat ishida faoldir. Lekin bu guruh o’quvchilari hamma narsaga barobar qiziqadilar-u, alohida bir narsaga chuqurroq qiziqmaydi. Katta maktab yoshida shaxsning ma’naviy kuchlari intensiv rivojlanadi, uning ma’naviy qiyofasi tarkib topadi, harakter hislatlari aniq bo’ladi, dunyoqarashi shakllanadi. Katta maktab yoshida shaxsning rivojlanishiga uning maktabda, oilada, ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutayotgan mavqeining o’zgarishi xal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Maktab o’quvchisi bo’lgan o’smirning faoliyati asosan o’qish faoliyatidan iborat bo’lib, u maktab doirasi bilan cheklangandir. O’smirning ijtimoiy faoliyati ham odatda maktab ichida ro’y beradi. Katta yoshdagi o’quvchi esa boshqacharoq bo’ladi. Katta maktab yoshidagi o’quvchi o’smirdan farqli o’laroq o’zidagi oddiy, sezilarli ravishda namayon bo’ladigan shaxsiy sifatlarnigina emas, balki shaxsnning ko’p qirrali munosabatlarini harakterlovchi ancha murakkab sifatlarni anglashga qodirdir. O’smir o’zining xozirgi axvoliga muvofiq ravishda o’ziga baho beradi. O’smir o’zicha “Men maktab jamoasining a’zosi” sifatida qandayman deb savol beradi. Katta maktab yoshidagi o’quvchi esa o’ziga “Men kelgusi mustaqil hayot uchun qandayman? Men yaroqlimanmi?” - deb savol beradi. Katta maktab yoshidagi o’quvchilarda o’zini anglash asosida o’z-o’zini tarbiyalash odatda xatti-harakatlardagi ayrim kamchiliklarga barham berishiga yoki ba’zi bir ijobiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilibgina qolmasdan. Shu bilan birga shaxsni umuman, yigit va qizlarda vujudga keladigan umumlashtirilgan ideallarga muvofiq ravishda tarkib toptirishiga ham qaratilgan bo’ladi. Olimlar ayrim yigit va qizlar fiziologiyasini, genetika nazariyasini o’rganar ekanlar odam organizmi va psixikasidagi ko’p narsalar tug’ma bo’ladi, degan xulosaga keladilar. Albatta, agar ana shu yigit va qizlarga qarashlarning xato ekanligi ko’rsatib berilmasa, o’quvchilar o’z-o’zini tarbiyalashning qayta imkoniyatlarini borligiga ishontirilmasa, odam o’z-xatti-harakatlari uchun o’zi javobgar ekanligiga ishontirilmasa, ularni o’z-o’zini tarbiyalashga undash qiyin narsa, u natija ham bermaydi. Katta maktab yoshidagi ahloqiy rivojlanishda e’tiqodning, ahloqiy ongning roli kuchayib borishi bilan ajralib turadi. Katta maktab yoshidagi o’quvchilarning xulqatvori o’smirlar xulq-atvoriga qaraganda ko’p darajada ularning ahloqiy tasavvurlari va tushunchalari bilan ahloqiy ustanovkalar hamda e’tiqod bilan belgilanadi. Huddi ana shu yoshda turli sharoit va vaziyatlarda kishining o’zini to’g’ri tuta bilishi tarkib topadi. Katta maktab yoshidagi o’quvchilarning ahloqiy ongi ularning jamiyatdagi hayoti va faoliyati ta’siri ostida, jamoaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishi ta’siri ostida rivojlanadi, odatda o’quvchilar ahloqiy kategoriyalarning mazmuni va moxiyatini ancha chuqur tushuna boshlaydilar. Katta maktab yoshidagi bolalar ko’pgina ahloqiy tushunchalarning ijtimoiy jihatdan ko’p ma’noli ekanligi bilan bog’liq bo’lgan eng nozik tomonlarini ham sevishga qodirdirlar. Burch, vijdon, shaxsiy g’ururlik va o’zining qadr-qimmatini bilish tuyg’ulari haqidagi eng murakkab tushunchalar yuqori sinf o’quvchilarini chuqur va har tomonlama tushunib olish etarlidir. Katta maktab yoshidagi balog’atga etganlik tuyg’usi o’ziga xos o’zgarishga uchraydi. Bu tuyg’u chuqurroq va jiddiyroq bo’lib qoladi. Katta maktab yoshidagi o’quvchilar o’zlariningg balog’atga etganligini erga urishlariga, o’zlariga bolalar kabi munosabatda bo’lishlariga, o’smirlarga qaraganda xali kamroq murosa qilishga moyildirlar. Katta maktab yoshidagi bolalar katta bo’lib qolganlik tuyg’usi o’ziga xos harakterga ega bo’ladi. Katta maktab yoshida o’quvchilarning kattalar bilan teng huquqli ekanligini haqiqiy ravishda yoki soxtalik bilan tan olmaslik tufayli kelib chiqadigan nizolarning keskinligi biroz yo’qoladi. 16 yoshda o’quvchi pasport oladi, uning kino va teatrga borishidagi cheklashlar kamayadi. Katta maktab yoshidagi o’quvchi ko’p o’tmay 18 yoshga to’lib, saylash huquqiga, nikohdan o’tish huquqiga ega bo’ladi. Bu yigit va qizlarning katta bo’lib qolganligini e’tirof qilishning ob’ektiv belgilaridir. Keyingi vaqtlarda psixologlar qiziqarli faktni aniqladilar. Birinchidan, yuqori sinfdagi o’quvchi qizlar, o’smir qizlar singari, o’g’il bolalar va o’spirinlarga qaraganda kattalarning ta’siriga ko’proq berilishiga moyildirlar. Katta maktab yoshidagi o’quvchi shaxsining tarkib topishiga tengdosh jamoasi ta’sir ko’rsatadi. Jamoa umumiy maqsadni, jamoa o’zaro munosabatlarini, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar o’rtasidagi ahloqiy munosabatlarni, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar o’rtasida ahloqiy munosabatlarni rivojlantirishda muayyan ta’sir o’tkazadi. 2. Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlaridan biri bu jismoniy jihatdan voyaga yetishi, maktabni bitirgandan keyin mustaqil hayot kechirish, ishlab chiqarishda mehnat qilishi va oliy o’quv yurtida o’qishi uchun yetarli bo’ladigan g’oyaviy va ma’naviy yetuklik darajasiga erishadi. Bu davrning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri fuqarolik pasportini olishi, saylash va saylanish huquqini qo’lga kiritilishi bularning barchasi uning fuqaro sifatida yetukligining ko’rsatkichidir. O’spirinlik- bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi uning ijtimoiy jihatdan yetilishi o’z taqdirini o’zi hal qilishi ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishi davri fuqarolik va vatanparvarlik kabi ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davridir. Ilk o’spirinlik davrida mehnat va o’qish asosiy faoliyat sifatida muhim o’rin egallaydi. Ilk o’spirinlik yoshida jo’shqin kuch-g’ayrat shijoat mardlik katta va qahramonona ishlarga romantk ravishda intilishlari avj olgan yosh davridir. Ilk o’spirinlik davrida psixik rivojlanishning xarakatga keltiruvchi kuch maktab jamoasi va o’quv faoliyati tomonidan qo’yiladigan talablar darajasining keskin ortishi bilan u erishgan psixik rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilikdan iboratdir. Bu qarama-qarshiliklar ilk o’spirinlik davrida o’quvchilarning ahloqiy, aqliy va ijodiy kuchlarini intensiv taraqqiyoti yo’li bilan hal etiladi. Jismoniy rivojlanishining xususiyatlari ilk o’spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi va uning bunda keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o’rinda kasb tanlash nazarda tutiladi bu esa ma’lum darajada yigit va qizlarning individual jismoniy rivojlanish xususiyatlariga ham bog’liqdir. Ikkinchidan jinslarning o’zaro mayli ta’sir ko’rsatadiki bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o’ynaydi. O’zining jismoniy kuchini va jozibadorligini sog’omligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o’ziga ishonch, daddillik, tetiklik, optimizm va hushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy sog’lomlik, kuch-quvvat va epchil harakat qilish ishchanlik qobiliyati, bir qator mehnat ko’nikmalari va malakalarini vujudga keltirishga yordam beradi va kasb tanlash imkoniyatini kengaytiradi. Bunday yigit va qizlar o’zlari tanlagan kasblarini muvaffaqiyat bilan egallashlariga va o’zlari yoqtirgan ish bilan shug’ullanishlariga ishonadilar. Aksincha o’zining jismoniy jihatdan ojizligini, mukammal emasligini va bolalikka xos xususiyatlarni sezish esa ilk o’spirinlikda ba’zan og’ir his-tuyg’ularni paydo qiladi, ularning ruhini ezadi ularda tushkunlikka berilish, qo’rqoqlik, o’z kuchlariga ishonmaslik, biqiqlik, individualizm kabi xususiyatlarning vujudga kelishiga ta’sir etadi. SHu sababli ilk o’spirinlik yoshidagi o’quvchi shaxsining tarkib topishiga oid xususiyatlarni o’rganish vaqtida jismoniy rivojlanish omillarni ham hisobga olish zarurdir. O’smirlik davrida shaxsning rivojlanishida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ladi bu albatta ilk o’spirinlik davridan keskin farq qiladi. Uning ijtimoiy faoliyati ko’pincha maktabdan tashqariga chiqadi ya’ni u odatda maktabda tashkilotchilik rahbarlik va tarbiyaviy fuktsiyalarni bajaradi. Ravshanki uning jamiyatdagi mavqei keskin ravishda o’zgaradi va shaxsning shakllanishiga muhim ta’sir etadi. Avvalo bu davrda yigit va qizlarda o’z-o’zini anglash sezilarli ravishda o’sadi. Biroq bu anglash odddiygina o’sishdan iborat bo’lib qolmay u sifat jihatidan o’ziga xos xarakterga ega bo’ladi bu hol o’z shaxsining ma’naviy-psixologik xususiyatlarini aniq hayotiy maqsadar va intilishlar nuqtai nazaridan anglash va ularga baho berish ehtiyoji bilan bog’langandir. Ilk o’spirin shaxsida o’zining psixik hayotiga o’z shaxsining sifatlariga o’z qobiliyatlariga chuqur qiziqish o’yg’otadi xuddi shuning uchun ham xatti-harakatlariga nazar tashlash o’z his-tuyg’ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo’ladi. O’z-o’zini anglash o’quvchining ichki kechinmalari dunyosiga kirishi bilan bog’liq emas va foydasiz maqsadsiz o’z-o’zini tahlili qilishdan ham iborat emas. O’z-o’zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi vaziyat tevarak atrofdagilar bilan bo’ladigan yangicha munosabatlar o’quvchining o’z imkoniyatlarini baholashga o’zining shaxsiy xususiyatlarini o’ziga nisbatan qo’yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi nuqtai nazardan anglashga majbur qiladi. Ilk o’spirin yoshidagi o’quvchilar o’zining kuchli va ojiz tomonlarini o’zning ustunlik va kamchiliklarni o’smirga qaraganda yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. Biroq o’smir tomonidan o’z o’ziga baho berish birmuncha ob’ektivroq bo’lib bu ularga kattalar tomonidan berilayotgan fikr va mulohazalarga tayaniladi. Ilk o’spirinlik davrida esa bu boshqacharoq tarzda amalga oshiriladi ya’ni yoshning ortishi bilan unda o’z shaxsini o’z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baho berish an’anasi kuchayadi. O’z o’ziga baho berish esa hamisha tashqaridan berilgan bahoni anglashdan ko’ra qiyinroqdir. O’z shaxslarini tahlil qila olsalar ham ular o’zlariga nisbatan ob’ektiv baho bera olmaydilar. Ayrim paytlar o’zlariga nisbatan juda yuqori baho beradilar. Ilk o’spirinlik davrida endi shaxsning ko’p qirrali munosabatlarini ifodalovchi sifatlari anglanadi. O’smir o’zning hozirgi ahvoliga muvofiq ravishda o’ziga baho bersa ilk o’spirin o’zining kelajagiga muvofiq ravishda o’ziga baho beradi. Masalan men maktab jamoasi a’zosi sifatida qandayman? desa o’spirin men kelgusi mustaqil hayot uchun qandayman? degan savolni beraman. O’z-o’zini anglash negizida o’z-o’zini tarbiyalash ehtiyoji o’sadi bu endi ayrim sifatlarni yo’qotish ayrimlarini rivojlantirishdan iborat bo’lmay balki ma’lum bir ideallarga bog’liq bo’ladi. Ularga odam fiziologiyasi genetikasidan ma’lumki organizmdagi barcha xususiyatlar tug’ma bo’lib ularni o’zgartirishning hech ham ilojisi mavjud emas degan xulosaga keladilar. Ilk o’spirinlik davrida ideallar ikki asosiy shaklda mavjud bo’ladi ya’ni biron-bir aniq kishining obrazi o’smirdagidan ko’ra kamroq ideal bo’ladi ilk o’spirin yoshidagi o’quvchi ana shu obrazda o’zi yukasak darajada qadrlaydigan sifatlarning gavdlanishini ko’radi. Ideal sifatida ijobiy sifatlar bilan birga salbiy sifatlardagi insonlarni ham qabul qiladilar. Ilk o’spirinlik davrida ahloqiy tushunchalarni juda yuksak darajada anglaydilar deb bo’lmaydi. Bu jarayonda pedagoglar tomonidan olib borilayotgan ta’lim tarbiya ko’rsatilayotgan kinolar muhim rol o’ynaydi. Ahloqiy tushunchalar borasidagi qarashlar psixolog A.S.Alyakrinskaya V.I.Selivanov I.M.Krasnobaev A.P.Gurkina A.L.Maliovanov T.V.Rubtseva boshqalar tomonidan olib borilgan. V.I.Barskiynin bergan ma’lumotlariga qaraganda burch vijdon faxrlanish uyalish adolatlilik kabi ahloqiy tushunchalarning mazmunini tekshirib chiqilgan o’rta maktabni bitiruvchi o’quvchilardan 44,5 % igina bir qadar yoritib beran. T.N. Malkovskayaning bergan ma’lumotlariga qaraganda yuqori sinf o’quvchilaridan 94% vijdonlilikni ma’naviy fazilat deb yuqori baho berganlari holda o’qituvchilar va ota-onalarni aldash mumkin deb hisoblaydilar. Ilk o’spirinlik davrining o’quv faoliyati o’zining mazmuni va xarakteri jihatidan o’smirlar o’quv faoliyatidan tubdan farq qiladi. Bu yerdagi asosiy farq ta’lim mazmunining chuqurlashuvi va o’quvga oid yangi bo’limlarning kiritilishi bilan emas. Asosiy farqi shundaki yuqori sinf o’quvchilarining o’quv faoliyati ularning faolligi va mustaqilligiga ancha yuqori talablar qo’yadi. Dasturni yetarli darajada chuqur o’zlashtirish uchun nazariy tafakkur rivojlangan bo’lishi mumkin. V.A.Suxomlinskiy tomonidan quyidagi fikr ilgari suriladi ya’ni yuqori sinflardagi o’qishning qiyinchiliklari shu narsa bilan bog’langanki ilgari faktlarni mustaqil ravishda tahlil qilmasdan o’tilgan narsalarni esda saqlab qolish xulosalarni yodlab olishga qaratlgan yo’l-yo’riqlar qaror topgan edi. Ayrim yuqori sinf o’quvchilarining qiynalishlariga sabab shuki ular tevarak-atroofdagi voqelikni bilib olish maqsadida umumlashtiruvchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydilar ana shu bilmaslik shuning uchun ham sodir bo’ladiki umumlashtiruvchi tushunchalar xulosalar fikrlar hodisa va faktlarni tadqiq qilish yo’li bilan tarkib topmaydi balki yodlab olinadi. Mana o’quvchilarning o’zlari nima deydilar 8 sinfgacha ish mazmuni va usullarida katta farq bo’ladi bu vaqtda o’rgatmasdan ham o’rganish mumkin, 9-10 sinflarda har qadamda muammolar paydo bo’lib turadi. Katta yoshdagi bolalarning o’zlari ko’plarimiz 9 va 10 sinflarda o’qishga yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganmiz deb ta’kidlaydilar. Ularda o’quv materiali ustida mustaqil ishlash mahorati yo’q o’qishdan tashqari boshqa manbalardan olingan materiallarni yaxshi o’zlashtira olmaydilar. O’quvchilarda maktabning o’rta sinflaridagi ta’lim jarayonida qaror topgan va mustahkamlangan o’quv faoliyat darajasi bilan yuqori sinflardagi o’quv faoliyati qo’yadigan talablar o’rtasidagi ana shu qarama-qarshilik katta yoshdagi o’quvchilarning aqliy taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchdir. Bu qarama-qarshilik o’quvchilarda nazariy tafakkurining mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan o’quv faoliyatining yangi ancha yuqori darajasiga o’tishlariga qarab hal etib boriladi. Katta maktab yoshidgi o’quvchilarning o’qishga munosabatidagi boshqa ba’zi bir xususiyatlari orasida o’quv fanlariga tanlab munosabatda bo’lishini ko’rsatib o’tmoq kerak. O’smirning o’quv fanlariga tanlab munosabatda bo’lishi dearli butunlay o’qitishning sifati va darajasi bilan belgilanadi. Ilk o’spirinlik davridagi o’quvchilarning o’quv fanlariga tanlab munosabatda bo’lishining boshqa muhim sababi ham bor bu sabab ularning ko’plarida o’z kasbiy maqsadlari bilan bog’liq bo’lgan va qaror topgan qiziqishlarning mavjudligidir. N.D.Levitov o’tkazgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha ilk o’spirin shaxsi o’quv fanlariga o’z munosabatini belgilayotgan vaqtda quyidagi mulohazalarga; -fanning dunyoqarashdagi ahamiyatiga (u tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonunlarini tushunishda ijtimoiy hodisalarning farqiga borishda qanchalik yordam berishiga); -fanning bilishdagi ahamiyatiga (uning bilim doirasini qanchaliik kengaytirishga qanchalik qiziqarli bo’lishiga zarur bilimlar berishga noma’lum narsalarni qanchalik ochib bera olishga); -fanning ijtimoiy ahamiyatiga mamlakatning ilmiy ijtimoiy madaniy va xo’jalik hayotida bu fanning roliga; -mazkur o’quvchi uchun bu fanning amaliy ahamiyatiga (belilangan ixtisos bilan bog’liqligi foydali malaka va ko’nikmalarni egallash imkoniyatiga); -muayyan faning yaxshi o’qitilishiga asoslanadilar. Tadqiqotlar shuningdek ilk o’spirinlarning o’qishga munosabati o’qituvchining dars berishida ularning individual xususiyatlarini qanchalik ko’zda tutishiga bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Agar o’qituvchi o’rtacha o’qiydigan o’quvchining imkoniyatlarini ko’zda tutib ish ko’rsa o’qishga qiziqish pasayadi. Kuchli o’quvchilarda o’qishga qiziqishning birmuncha pasayishiga sabab shuki ular o’qishga o’zlarining bor imkoniyatlarini sarflamaydilar bo’sh o’quvchilarda o’qishga qiziqishning pasayishga sabab shuki ular materialni o’zlashtirishning uddasidan chiqmaydilar. Ayrim mualliflar ilk o’spirinlarni o’qishga munosabatlari yomonlashib borayotganligini quyidagilar bilan izohlanadi ayrim o’quvchilarning maktabda o’qitilayotgan fanlarga tanlab munosabatda bo’layotganligi boshqa fanlarga befarq va beparvo qarab bo’lg’usi ixtisosiga muvofiq keladigan bir-ikki fan bilan qiziqayotganligi keskin ta’sir qilmoqdaki buni ijobiy fakt deb bo’lmaydi; maktab o’quvchilarning 9-10 sinflarda talab qilinadigan mustaqil ijodiy ishga sust tayyorlanishidir. O’qituvchining o’rtacha o’qiydigan o’quvchinigina ko’zda tutishidir. Ayrim o’quvchilarning hozirgi konkurs sharoitida oliy o’quv yurtiga kirishga ko’z yetmaydi shuning uchun yaxshi o’qishning hojati yo’q degan mulohazalari ham ta’sir qilmoqda. O’qishga qiziqishning ortib borayotganligi ayrim tadqiqotchilar tomonidan ijobiy hol sifatida qabul qilinib u quyidagi omillar bilan belgilanishi ko’rsatib o’tilmoqda o’qituvchilar o’quvchilarning faol va mustaqil fikrlashini rivojlantirish tamoyilini muvaffaqiyatliroq amalga oshirmoqdalar bu hol ularning o’qishga qiziqishini kuchaytirmoqda o’qitish ko’proq individuallashtirilmoqda o’quvchilarda faol faoliyatga kuchli o’quvchilarni jalb qilish va bo’sh o’quvchilarga ko’proq e’tibor berish imkoniyatlarini qidirib topmoqdalar. Bilish jarayonlarining taraqqiyoti jadal va murakkab ko’rinisha davom etadi. Jumladan kuzatuvchanlik ortadi va bu borada N.D.Levitov to’g’ri ko’rsatib o’tilganidek o’quvchilar o’z kuzatishlarida parishonxotir bo’lmasliklarini kuzatishni o’z oldilariga quyilgan vazifalarga buysundirishlarini yetarli miqdorda kuzatilayotgan faktlar to’planmaguncha xulosa chiqarishga shoshilmasliklarini nazorat qilib borish zarur. Diqqat borasida I.V.Straxov quyidagi fikrlarni ilgari suradi ya’ni u o’quvchilar o’quv materiali bilan bevosita qiziqmasdan o’rganilayotgan hodisalarning hayotiy ahamiyatini tushunib unga diqqatlarini qaratishga oid holatlarni tekshirgan. 3. Mustaqil mehnat faoliyatiga o’tish istiqbolning ta’siri ostida katta maktab yoshidagilar uchun harakterli bo’lgan kelajak maqsadlar sari yo’nalish tarkib topadi Katta maktab yoshi hayotda o’z-o’zini aniqlab olish yoshi bo’lib, bu vaqtda o’quvchi o’zining mehnatdagi iste’dodini jiddiy ravishda izlay boshlaydi, unda o’zining kelajakdagi kasbini belgilab olish intilishi paydo bo’ladi. Oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun talabalar bilan o’qituvchilar o’rtasida uzluksiz ta’sir ko’rsatish hukm surishi lozim. O’qituvchi bilan talabaning hamkorligidagi faoliyati negizida tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish muammosi yotadi. Bu muammo oliy maktab psixologiyasida juda kam tadqiq qilingani sababli huddi ana shu muammo yuzasidan kengroq muloxaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotlarda talabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishdagi ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoy guruh tushuniladi. Talabalik davri o’smirlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo’lib 17-22 (25) yoshni o’z ichiga oladi va o’zining qator betakror xususiyatlari va qarama- qarshiliklari bilan harakterlanadi. Shu boisdan o’spirinlik davri shaxsining ijtimoiy va kasbiy mavqeini anglashdan boshlanadi. Mazkur pallada o’spirin o’ziga xos ruxiy inqiroz tanglikni boshidan kechiradi, jumladan kattalarning har-xil ko’rinishdagi (unga yoqish yoki yoqmasligidan qayotiy nazar) rollarni tez suratlar bilan bajarib ko’rishga intiladi, turmush tarzining yangi jixatlariga ko’nika boshlaydi katta odamlarning turmush tarziga o’tish jarayoni shaxsning kamol topish xususiyatlariga bog’liq ichki qaramaqarshiliklarni keltirib chiqaradi. Talabalarga mustaqil bilim olish, o’z faoliyatini o’zi tashkil qilish, o’zini-o’zi boshqarish, yangi g’oyalarni ishlab chiqish va xokazolarni o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili monologik ma’ruza shaklidan diologik (talaba va o’qituvchining muloqotiga asoslangan) ma’ruza shakliga o’tish zarur. Psixologlardan B.G.Anan’ev, N.V.Kuzimina, N.F.Talizina, V.YA.Lyaudis, I.S.Kon, V.T.Lisoveskiy, A.A.Bodolev, A.V.Petrovskiy, M.G.Davletshin, I.I.Ilg’yasov, A.V.Dimitreva, Z.F.Esarova, A.A.Verbitskiy, V.A.Tokareva, E.G’.G’oziev va boshqalarning tadqiqotlariga ko’ra, oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish talabalar uchun juda og’ir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, hislatlari, sifatlari, takomillashish bosqichida bo’ladi. Mazkur yosh davridagi ijtimoiypsixologik o’sishning xususiyatlaridan biri o’qish faoliyatining ongli motivlari kuchayishidir. Talabalarda ahloqiy jarayonlarning o’sishi sust amalga oshsa-da lekin xulqning eng muhim sifatlari mustaqillik, tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va xokazolar takomillashib boradi. Shuningdek, ularda ijtimoiy hollarga, voqelikka ahloqiy qoidalarga qiziqish, ularni angalshga intilish tobora kuchayadi. Psixologlarimizning tadqiqotlari shaxs hayoti tajribasini egallashida unda o’zligini anglash vujudga kelishini, jumladan, shaxsiy hayotining mazmunini anglashi, aniq turmush rejalarini tuzish, kelajak hayot yo’lini belgilashi va xokazolar amalaga oshishini ko’rsatadi. Talaba asta-sekin mikroguruxning notanish sharoitlariga ko’nikib boradi, o’zining haq-huquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi, shaxslararo munosabatining yangicha ko’rinishini o’rnatadi, turmushdagi ijtimoiy rollarni amalda sinab ko’rishga intiladi. Ulardagi romantik his-tyg’ular voqelikka muayyan yondoshishiga birmuncha halaqit beradi. Chunki ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatsizlikning ijtimoiy-psixologik ildizlari nimadan iborat ekanligi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lmaydilar. Yosh fiziologiyasi va psixologiyasi fanlarida to’plangan materiallar tahlilidan ko’rinadiki, talaba 17-19 yoshda ham o’z xulqi va bilish faoliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmaydi va shunga ko’ra xulq motivlarining asoslanmaganligi, uzoqni ko’ra olmaslik, extiyotsizlik kabi holatlar ruy beradi. V.T.Listovskiyning fikricha, 19-20 yoshlarda ayrim salbiy xatti harakatlar ko’zga tashlanadi. Mazkur yoshda xohish va intilish iroda va harakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida rol o’ynaydi, chunki talaba shu tajriba etishmasligi natijasida nazariya bilan amaliyotni, fantaziya bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illyuziyani, orzu bilan xohishni, optimizm bilan qattiylikni aralashtrib yuboradi. Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida o’zini o’zi kamolatga etkazish jarayoni muhim rol uynaydi, lekin o’zini boshqarishning tarkibiy qismlari (o’zini-o’zi taxlil qilish, nazorat etish, baxolash, tekshirish va boshqalar) ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkamol) ‘men’ni real ‘men’ bilan taqqoslash orqali o’zini-o’zi boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega bo’ladi. Talabaning nuqtai-nazaricha, ideal ‘Men’ ham muayyan mezon asosida etarli darajada tekshirib ko’rilmagan, shuning uchun ular goho tasodifiy, g’ayritabiiy his etilishi muqarrar, binobarin, real ‘men’ ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha yiroqdir. Talaba shaxsning takomillashuvida bunday ob’ektiv qarama-qarshiliklar o’z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlikni, o’qishga nisbatan esa salbiy munosabatni vujudga keltiradi. Jumladan o’quv yili boshida talabada ko’tarinki kayfiyat, oliy o’quv yurtiga kirganida zavqu-shavq tuyg’usi kuzatilsa, ta’limning shart-sharoitlari, mazmuni, moxiyati, kun tartibi, muayyan qonun va qoidalari bilan yaqindan tanishish natijasida uning ruxiyatida keskin tushkunlik ro’y beradi. Xulosa. Yuqorida aytilgan ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri oqibatida uning ruhiy dunyosida umidsizlik, ruxiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqbolga ishonchsizlik, ikkilanish, xadiksirash, kabi salbiy his-tuyg’ular namoyon bo’ladi. Bizningcha oliy maktabda tarbiya ishlarini rejalashtirishda ta’lim jarayonida talabaga o’ziga xos munosabatda bo’lish mazkur davrning muhim shartlaridan biridir. 4. Ilk o’spirinlik davri “kamolot bo’sag’asi” deb tariflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o’z ichiga oladi. Psixologiya fani o’spirinlik muammosini kompleks o’rganishni da’vat etadi. Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot surati bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma vaqt ham to’g’ri kelavermaydi. Akseleratsiya natijasida bugungi ilk o’spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o’rtacha 2-3 yil avval yetilmoqda. Fiziologlar bu jarayonni ikkinchi darajali jinsiy belgilarning paydo bo’lishiga qarab, 3 ta bosqichga ajratadilar: I. Bosqich – prepubertat; II. Bosqich – pubertat; III. Bosqich – postpubertat. Akseleratsiya munosabati bilan o’spirinlik yoshining chegarasi endi 15-16 dan 23 yoshgacha bo’lmoqda. Bunda ilk o’spirinlik 15-18 yosh, o’spirinlik 18-23 yoshdagi o’spirin yigit va qizlarni o’z ichiga oladi. [1.369] Demak, o’spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin bu taraqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlat bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o’rni, ularning movqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa omillar ijtimoiy ijtimoiy sharoitlarga bog’liq. Ilk o’spirinlik yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17-18 yoshgacha bo’lgan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilaridir. O’spirinlik – bu odamning fuqaro sifatda shakllanishi, ijtimoiy jihatdan yetilishi, o’z taqdirini o’zi hal qilishi ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Bu davr faol ijtimoiy hayot, yigit va qizlarda dunyoqarashning shakllanishi, o’qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish), mustaqillik va erkinlik hissining tarkib topishiga, yigit va qizlarning bir-biriga bo’lgan emotsional his-tuyg’ularining rivojlanishiga, mehnat faoliyati, kasb-hurarga bo’lgan layoqat va bilimning turli sohalarida ularning ijodiy qobiliyatlarini avj oldirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ilk o’spirinlik davridagi bolalarda jismoniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari, o’spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir otkazadi va uning keying hayot faoliyati sohasidagi o’rnini va imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchi o’rinnda kasb tanlash, bu esa yigit va qizlarning individual jismoniy tuzilishiga ham bir qator bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, jinslarning o’zaro mayli shunday ta’sir ko’rsatadiki, bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o’ynaydi. O’zining jismoniy kuchini va jozibadorligini, simpatikligini, sog’lomligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o’ziga ishonch, dadillik, tetiklik, optimizm va xushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi. O’spirinlik yoshida jismoniy sifatlar (bo’y, og’irlik) nisbatan barqaror darajaga yetgan bo’ladi. Shuningdek muskul kuchi va ishchanlik sezilarli darajada ortgan bo’ladi. Ko’krak qafasining hajmi kengayadi, skelet, aysimon suyaklar qattiqlashadi, to’qimalar va a’zolarning shakllanishi va funksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu yoshda yurak vaqon tomirlarining rivojlanishida o’smirlarga xos bo’lgan notekisliklar endi tekislanadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsiya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv sistemasining, xususan, miya rivojlanishidagi o’zgarishlar ma’lum bo’lib qoladi. Lekin, bu o’zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining murakkablashuvi hisobiga ro’y beradi. [1.371] Katta yarim sharlar qatlamidagi hujayralarining tuzilishi sekin-asta katta yoshdagi kishi miyasining hujayralariga xos bo’lgan xususiyatlarga ega bo’ladi. Bosh miya po’stining qatlamlarida assotsiativ to’qimalarining miqdori ko’payadi. Natijada o’qish va mehnat jarayonida katta (yarim sharlar) qatlamining analitik-sintetik faoliyati murakkablashadi. Ba’zan bu yoshdagi o’quvchilarda nerv qo’zg’aluvchanligining ortishi, nerv sistemasining normal ishlashining buzishi ko’pincha noto’g’ri yashash rejimining: tungi mashg’ulotlar, to’yib uxlamaslik, toliqish, chekish, noratsional ovqatlanish, zararli odatlar va boshqa ayrim sabablar natijasida ro’y beradi. [2.370] Ilk o’spirinlik yoshining boshlanishida odatda jinsiy yetilish tugallanadi. Ikkilamchi jinsiy belgilari rivojlanadi, bu holat yigit va qizlarning tashqi ko’rinishida ham sezilarli ravishda o’zgarish hosil qiladi. Jinsiy yetilish davrining tugallanishi hali jismoniy yetuklikni ham, buning ustiga psixik va ma’naviy yetuklikni ham anglatmaydi. Faqat 18 yoshga borib nikohdan o’tish ruhsat beriladigan davrda, shu yosh uchun minimal darajada zarur bo’lgan jismoniy, ma’naviy, fuqorolik yetuklik darajasi boshlanadi. 18 yoshli yigit va qizlar jamiyat tomonidan katta yoshli kishilar deb e’tirof etiladi. O’spirinlik davrida yigit va qizlarning ijtimoiy rivojlanish jarayonidagi takomillashuvi O’spirinlik yoshida ya’ni 18 yoshdan nikohdan o’tishga ruhsat berilgani bilan u yoshdagi yigit va qizlarda oila tushunchasi va turmush qurishga bo’lgan dunyoqarash endi shakllanayotgan bo’ladi. Oilada bo’ladigan turli xil vaziyatlar, yangi bir hayot, tanish-notanish chehralar, er-xotin munosabatlari, qaynona-kelin munosabatlari va oilada kelib chiqadigan har xil kelishmovchiliklarga qanday munosabat bildirishni, to’g’ri qarorlar qabul qilishni va biror vaziyatdan qanday chiqish yo’llarini tushunib yetmagan bo’ladilar. Hayot faoliyati kengaygan sari, o’spirinlarda ijtimoiy rollar kengligi faqat miqdor tomongagina kengayib qolmay, balki sifat tomonga ham o’zgarib boradi. Masalan: 16 yoshda passport oladi; 18 yoshidan faol saylash huquqiga va oila qurish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’spirin bundan tashqari jinoiy ishlar uchun javobgar bo’ladi. Ba’zi o’spirinlar bu yoshdan boshlab ishlay boshlaydilar. Kasb tanlash haqida o’ylay boshlaydilar. Lekin, shunga qaramay o’spirinlarda kattalarga qaramlik xususiyati saqlanib qoladi. A.V. Petrovskiyning fikricha, ijtimoiy-psixologik munosabatlar shaxsning ijtimoiy taraqqiyotida yosh davrlarini inobatga olgan holda amalga oshadi. Petrovskiy shaxs xarakteri va tarbiyasini rivojlantirishda ahamiyatga ega bo’lgan 3 alohida muhofazani ajratib ko’rsatadi: 1. Bolalik davri. 2. O’smirlik davri. 3. Yoshlik (o’spirinlik davri). O’smirlik davri individualizatsiya, ya’ni inson o’z ehtiyojlarini, shaxsiy turmushi (hayoti)dagi talablarini anglashi bilan ifodalanadi (masalan: mehrga bo’lgan ehtiyojning kuchayishi va bu ehtiyojning yetarlicha qondirilmasligi). Yoshlik (o’spirinlik) davri jamiyatga qo’shilish (integratsiya) jarayoni bo’lib, bu jarayonda shaxsda muayyan xislatlar va xususiyatlar vujudga keladi shu bilan birga, bu davrdagi shaxsiy va guruhiy ijtimoiylashuv jarayoniga zarurat va ehtiyoj ham o’ziga xos ta’sir ko’rsatadi. [3.76] O’smirlik va o’spirinlik davridagi bolalarning o’xshash ijtimoiy psixologik jarayonlari O’smir va o’spirinlarga xos bo’lgan yana bir ijtimoiy jarayonlarning biri egoistik va altruistik xislatlarning shakllanishidir. Egoistik harakat shunjay jarayonki, bunda shaxs va uning “Men”ida o’ta katta markazlashuv bilan bog’liq holda yuzaga keladi. Ba’zi kishilarning o’zi haqidagi qayg’urishi ham uning ijtimoiy xulq-atvorida egoizmni motivlashtirishi mumkin. Egoistlarning harakatlarida asosan o’z imidji haqida qayg’urish ostida qilinadi. Bunday harakatlar o’spirinlar yetuklikka yetganida ham saqlanib qolishi mumkin. Ma’lum bir sohada bir xil muvoffaqiyatga erishish uchun raqobatlashayotgan olimlar o’zlarining fanga qo’shgan xissalarini gapirishayotganida kamdan kam kamtar bo’lishi xorij psixologiyasining yetuk olimlaridan biri E. Ross tomonidan tasdiqlangan. E. Ross bu fikrning tasdig’i uchun quyidagi misolni keltiradi: 1923-yilda insulinni yaratgan Fredrik Banting va Djon Makleodlar Nobel mukofotiga sazovor bo’lishganidan so’ng, F. Banting ommaviy chiqishlaridan birida, laboratoriyani boshqarayotgan unga D. Makleod yordam berishdan ko’ra, ko’proq xalaqit berganini takidlaydi, D. Makleod esa ixtiroga qanday erishganligi haqida gapirayotib, o’z nutqida biron marta ham F. Bantingning ismini tilga olmaydi. [3.105] Ma’lumki, egoizm kishilar orasida salbiy sifat deb qaraladi va egoistik xulq-atvor jamoatchilik tomonidan ham salbiy munosabatga loyiq deb qaraladi. Altruizm esa aksinncha, ijobiy sifat deb qaraladi va altruistik xatti-harakat ijobiy munosabatga loyiq deb tanlanadi. Natijada bu yerda shunday savol kelib chiqadi: Nega shunday? Buning sababi esa egoistik xulq-atvor asosida birinchi o’ringa o’z manfaatini qo’yish yotsa, aksincha altruistik xulqning asosida birinchi o’ringa o’zgalar manfaatini qo’yish yotadi. Demak, bundan kelib chiqib aytish mumkinki, altruizm egoizmning antonimidir. Altruizm qisqa va lo’nda qilib aytganda, hech qanday manfaatni kutmagan holda boshqalarga yordam berish, demakdir. Egoistik jarayonlar o’smir va o’spirinlarda 2-3 yoshlardan shakllangan bo’lsa, altruistik jarayonlar o’smirlik va o’spirinlik davrlari orasida shakllanadi, ya’ni 14-18 yoshlar oralig’ida. Bularga oddiy misol jamoat transport vositalari va ko’cha-ko’yda o’zi charchagan yoki kasal bo’lsa ham o’zidan yoshi ulkanlarga joy bo’shatib berish, yukini ko’tarishib yuborish va h.k. O’smirlik va o’spirinlik davridagi yigit va qizlarda empatik va simpatik xususiyatlar ham shakllanadi. Ularning bu davrlardagi emotsional holati va ichki regulatsion jarayonlari bunga turtki bo’ladi. Chunki o’smirlik davridagi qizlarda ham o’g’il bolalarda ham diqqat tortish, e’tiborni jalb qilish va taniqli shaxslarga taqlid qilish kabi psixologik jarayonlarning yetakchilik qilishi natijasida ularda simpatik xususiyatlar shakllanadi. Yani yurish-turish, kiyinish, xarakterida kattalarga taqlid qiladi. Modaga qiziqishi ortadi va o’zidek hatto oz’dan ham yuqori darajada o’ziga, yurish-turishiga, kiyinishi va muomala madaniyatiga e’tibor qaratadigan qaramaqarshi jins vakillariga qiziqish uyg’onadi. Ular bir-birini taniganidan keyingi bo’ladigan o’zaro ishonch, diqqat-e’tibor, g’amxo’rlik, mehr va iliq munosabatlar natijasida empatiya shakllanadi, do’stlik paydo bo’ladi. Agarda bunday do’stlik munosabati uzoq va mustaxkam davom etsa, bu o’z-o’zidan sevgi va muhabbatga aylanishi mumkin. Bunday empatik jrayonlar faqat qarama-qarshi jins vakillari orasidagina emas, balki o’smir va o’spirinlarning ota-onalari, yaqin kishilari, ustozlari va do’stlari orasida ham shakllanishi mumkin. “Men” – koncepciya – individning o`z shaxsi haqidagi nisbatan turg`un, anglangan, boshqalar bilan munosabatlarni tashkil etishga asos bo`ladigan tasavvurlari. U o`spirinlik davrida turli,rang-barang ko`rinishli va intensiv shakllanish davrini boshdan kechiradi. Do`stlik – o`spirinlik yoshida intensiv rivojlanuvchi mustahkam, individual tanlov asosidagi shaxslararo munosabatlardir. O`spirinlarda bu hissiyot o`zaro “yozib qo`yilmagan” kodekslarga asoslanadi. Do`stlikning barqarorligi esa qadriyatlar oriyontaciyasining bilimi bilan belgilanadi. Qiziqishlar xaritasi – E.A.Klimov tomonidan ishni aniqlashga qaratilgan psixologik metodika. Jismoniy taraqqiyot. Ilk o`spirinlik yoshi davrida 14-15 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan o`quvchilar mansubdir. Ularda bo`yning o`sishi o`smirlik davriga qaraganda sekinlashadi. Qizlarda 16-17 yoshda, o`g`il bolalarda 17-18 yoshda bo`yning o`sishi to`xtaydi. O`spirnilarda muskul kuchining o`sishi katta odamnikiga yaqinlashadi. Sportning ko`pgina turlarida o`spirinik davri yuksak natijalarga erishish davridir. Ijtimoiy holati. O`spirin 16 yoshda pasport oladi. 18 yoshdan saylash, saylanish, oila qurish huquqiga ega bo`ladi. O`spirinlik davrining yana bir muhim vazifasi – kasb tanlashdir. Bu yoshdagilar maktab o`quvchisi bo`lishdan tashqari kollejda o`qishi, ishlashlari mumkin. Ularning ba`zilari bir vaqtning o`zida ham o`qib, ham ishlaydilar. Ilk o`spirnilik eng muhim psixologik xusuisyati – o`z ichki dunyosini kashf etadilar. Ular o`zlarining kuchli va zaif tomonlarini anglaydilar, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini qiyosiy baholay oladilar. Ularning yana bir xususiyati murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch vijdon hissi, o`z qadr-qimmatini sezish kabi xislatlardir. Umuman, o`z-o`zini anglash - quvonchli, hayajonli hodisadir. Ayni vaqtda bu his dramatik xavotirli kechinmalarga ham sabab bo`lishi mumkin. O`spirin kechinmalarida asosiy o`rinni kelajak haqidagi o`ylar egallaydi. O`spirnilar uchun yana bir muhim kechinma o`zining tashqi ko`rinishi haqidagi o`ylardir. Juda ko`pchilik o`spirinlar o`z tashqi ko`rinishini o`zgartirishni xohlagan bo`ladilar. Tashqi ko`rinishlaridagi ozgina kamchilik ular uchun “fojia” darajasiga ko`tariladi. Umuman, refleksiyaning o`sishi, o`z “men”iga qiziqishning ortishi barcha o`spirinlarga xos xususiyat. Lekin bu kechinmalar shaxs rivojlanishining qiyinchiliklari bo`lib, o`tkinchi xarakterga ega, umuman olganda o`spirinlik juda baxtli davr sifatida esda qoladi. O`spirinlarda refleksiyaning kechishi ko`pgina ijtimoiy, individual-tipologik,biografik omillarga bog`liqdir. O`spirinlar aql-idrokining xususiyatlari. Bu yoshda o`quvchilarda bilish jarayonlari kichik yoshdagilar kabi intensiv o`smasa-da, lekin mustahkamlanib, stabillashib boradi. O`spirinlarda barcha faoliyat turlarida mustaqil fikr yurita olmaslik ularning jiddiy kamchiligidir. Fan o`qituvchilari har bir predmetdan o`spirinlarni original fikr yuritishga o`rgatishlari zarur. Tafakkur bilan birga o`quvchining nutq faoliyati ham o`sadi. O`spirinlik qobiliyati va layoqatlari o`qish faoliyati davomida namoyon bo`la boshlaydi. O`spirinlarda maxsus qobiliyatlar ko`zga tashlanadi. Kasb tanlash muammosi. Albatta, kasb tanlash muammosi o`spirin hal qilishi kerak bo`lgan eng muhim muammolardan biridir. Maktabni bitirguncha hamma o`quvchilar ham bo`lajak kasbni aniq tanlaydi deb bo`lmaydi. O`spirinlarning ba`zilari kasblari haqida aniq tasavvurga ega bo`ladilar, rejalarini oldindan tuzadilar. Ba`zilari esa kasblarni ota-ona yoki boshqa kattalarning ta`risida tanlaydilar. Ba`zi o`spirinlar esa bo`lajak kasblarini tasodifiy sabablarga ko`ra tanlaydilar. (o`quv yurti uyiga yaqin bo`lgani uchun, o`rtog`i shu o`qishga kirgani uchun va h.k.) Bu esa keyinchalik tanlagan kasbidan ko`ngli sovishi, o`z kasbidan norozi bo`lishiga sabab bo`lishi mumkin. O`spirinlarning o`zaro munosabatlari. O`spirinlar do`stlik tuyg`usini insoniy munosabatlarning eng muhimi deb hisoblaydilar. Ular do`stlikka juda katta talablar qo`yadilar. O`spirinlar do`stlikning eng muhim funkciyalaridan biri uning o`ziga xos “psixoteropiya” rolini o`ynashidir. O`spirin o`z “men”ining hurmat qilinishi, qo`llab-quvvatlanishini do`stidan kutadi. O`spirinlar odatda o`z jinsidan, tengdoshlaridan do`st tanlaydi. Qizlarning va yigitlarning do`stligi orasidagi tafovutlar hali to`liq o`rganilmagan. Bu yoshda yigit va qizlar o`rtasida ilk romantik munosabatlar paydo bo`ladi. Shunisi qiziqarliki, bu munosabatlar “epidemiya” xarakteriga ega. Ba`zi guruhlarda hamma shu “kasallik” bilan og`risa, ba`zilarida umuman bunday munosabatlar bo`lmaydi. Kasb tanlash ijtimoiy foydali mehnatga o’z hisasini qo’shish zarurligini anglash natijasida kasbga yo’nalish. Proforientatsiya - yoshlarni hohish istaklari qiziqishlari qobiliyatlariga qarab xalq xo’jaligi mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik-pedagogik va tibbiy kasbga yo’naltirish. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omilar quyidagilardan iborat. ta’lim tarbiya tizimida kasbga yo’llash faoliyatining mazmuni va metodikalari majmuasi mukammal ravishda mujassamlashganligi. O’quvchilarni kasb tanlashga o’rgatishda o’qituvchilar jamoasi faoliyati hamkorligi va samaradorligi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorligi ongli kasb tanlash negizi ekanligi. Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb tanlashning alohida ajratib ko’rsatilishi. Maktablarda ishlab chiqarish kombinatlarida ommaviy va keng ko’lamda yo’lga qo’yilishi . Maxsus muassasalar faoliyati. Kasbga oid ko’rgazmalar sayohatlar uyushtirilishi. Ijodkor nufuzli mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazilishi. Kasb tanlashda mahalliy matbuot radio va televideniyaning ishtiroki. Psixolog K.K.Platonov “Kasb tanlashga yo’naltirish uchburchagi” sxemasini ishlab chiqib u o’zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo’llashda undan unumli foydalanish mumkin. Kasb tanlashga yo’naltirish uchburchagining muhim tomoni bu har xil kasb hunar egasiga nisbatan quyiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyatning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji bo’yicha bilimlar mujassasmlashganligidir. Yana bir o’ziga xos tomoni shundan iboratki kasbga yo’naltiruvchining qunti qobiliyati shaxsiy xususiyatlari bo’yicha bilimlar umumlashtirilgan bo’lib kasb tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir. Kasb tanlashga yo’naltirilgan uchburchagi shaxsning qiziqishi mayli hohishi o’zini o’zi baholashi nufuzi kabilarga oid materiallarni o’zida mujassasmlashtiradi. V.A.Krutetskiy o’spirinlarda uchrash mumkin bo’lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tadi: -biror o’quv faniga nisbatan o’spirinning qiziqishi. -vatanga foyda keltirish istagi -shaxsiy qobiliyatini ro’kach qilib ko’rsatish -oilaviy an’analariga rioya qilishi -do’stlari va o’rtoqlaridan o’rnak olganligi -ish joyining va o’quv yurtining uyga yaqinligi - moddiy ta’minlanganlik - o’quv yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining osonligi singari motivlardir. Psixolog Ye.A.Klimov tomonidan o’spirinlarda kasb tanlash jarayonida uchraydigan xatoliklarni quyidagilar deb ajratib ko’rsatadilar: -biror bir kasbning nufuzli ekanligiga bahs borishdagi dogmalarga asoslanish -kasbga uzoq va noaniq tasavvurga binoan baho berish -biror kasb egasi bo’lmish kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatda bo’lishni tegishli kasbga ko’chirish -kasbning oddiy kundalik tomonini nazar pisand qilmasdan uning tashqi tomoniga sirtiga mahliyo bo’lish -o’rtoqlarining ta’siri ostida kompaniya uchun kasb tanlash va boshqalar. V.SHubkin qiziqarli ma’lumotlarni keltirb o’tadi ma’lum bo’lishicha maktabni bitirib chiqayotgan yoshlar fizik radiomutaxassis matematik uchuvchi geolog vrach adabiyot va san’at xodimi kasblarini juda yuqori baholar ekanlar. Xizmat ko’rsatish sohalariga oid kasblarning sotuvchilar umumiy ovqatlanish kommunal korxonalar xodimlari tikuvchilar shuningdek hisobchilik ish yurituvchilik buxaterlik kasblarining mavqei juda past ekan. G.Kulagin ham maktabni bitirib chiqayotganlar orasida turli kasblarning qanday mavqeiga ega ekanligi haqida yorqin ma’lumotlar keltiradi. Ana shu yoshlar 80 ta kasbni muhimligiga qarab quyib chiqqanligini ko’rishimiz mumkin unga ko’ra tokar va usta kasblarini 39-40 o’ringa quygan bo’lsalar ayrimlari 75-76 o’ringa quyishgan. Kasbiy niyatlarning barqarorligini o’rganish maqsadida N.I.Krilov o’tkazgan tekshirish shuni ko’rsatadiki hatto o’z niyatlarini amalga oshirib oliy o’quv yurtiga kirgan talabalar orasida ham ko’plari o’zlarining kim bo’lishlarini oxirigacha hal qilmaganlar. Bunga sabab maktabni bitirgan yoshlarini mazkur oliy o’quv yurtiga olib kelgan kasb haqidagi tasavvur bilan bu kasbning haqiqiy amaliy mazmuni o’rtasidagi nomuvofiqlikdir. Ko’plari mazkur oliy o’quv yurtiga tasodifan kirgan bo’ladilar otam ham vrach bo’lgani sababli kirdim, o’rtog’im kirayotgani sababli kirdim chunki bu yerga kirish osonroq bo’ldi va hokazo. A.V.Darinskiy yoshlarni oliy ma’lumot olishning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy tomonlari ham mavjudligini ko’rsatib o’tadilar. -ilk o’spirin o’zlari tanlagan oliy o’quv yurtga kirish uchun imtihon topshiradigan 3-4 ta fanni chuqur o’rganshni mo’ljallaydilar xolos. Boshqa fanlarni o’rganishga vaqt sarflash oqilona va samarali ish deb hisoblanmaydi uch baho olinsa bo’lgani. -tanlagan fanlarini o’rganish ham to’g’ri ko’rsatib o’tilganidek oliy o’quv yurtiga kirish imtihonlari topshirish talablariga mos keladigan pragmatik xarakterga ega bo’ladi. XULOSA Xulosa qilib shuni aytamanki, O’spirinlik davridagi bolalarni biz endi “bola” deya olmaymiz. Ular jamiyatda o’z o’rniga ega, hamma narsani farqiga boradigan, mustaqil fikrlay oladigan, har qanday vaziyatda to’g’ri qarorlar olabiladigan, bilim ko’nikmasi va mehnat layoqatiga ega shaxslardir. O’spirinlar o’smirlardan farqli xarakter vadunyoqarashga ega bo’lishadi. O’smirlar ijtimoiy hayotida qanday inson bo’lishini hayol surishadi va yoqtirgan insonlariga taqlid qilishni sevishadi. O’spirinlar esa ijtimoiy hayotda qanday inson bo’lishini tasavvur qilibgina qolmasdan bir vaqtning o’zida shu jamiyatning ijtimoiy hayotiga qo’shilgan bo’ladi. O’spirin yoshdagi yigitqizlarga endi bolaga muomala qilgandek muomala qila olmaymiz, chunki ular qilayotgan ish-harakatlarini yaxshi bilishadi, har qanday masalaga to’g’ri yechim topishga harakat qilishadi, eshitganlarini, ko’rganlarini va his qilgan narsa va hodisalarni analizlab, tafakkurida shakllantira oladilar. Fiziologik jihatdan o’spirinlar mehnat faoliyatidan ham to’g’ri foydalada oladigan, jismoniy tomondan yaxshi rivojlangan, ikkilamchi jinsiy bezlarning rivojlanishi tamomila rivojlanib bo’lgan bo’ladi. Gumoral sistemasi bir maromda ishlay boshlaydi, akseleratsiya jarayoni ham jadal kechadi. Endi o’spirin yoshdagi yigit va qizlar yosh bolalardek emas, balki, katta insonlardek ko’rinishadi. Chunki, o’g’il bolalarda suyaklar, muskullar faoliyati va kuchi yaxshi rivojlanganligi uchun ularning bo’yi uzun va gavdalari tana tuzilishi katta odamlarnikidek bo’ladi. Qizlarda esa sut bezlari kattalashadi, tana tuzilishi, qadqomati, bo’yi va sochlari uzayib balog’atga yetgan bo’ladi. Ijtimoiy jihatdan ham kamolotga yetgan, o’z-o’zini boshqarish kabi yetuk insoniy xususiyatga, aqliy faoliyatga ega bo’lishadi. Ularning xarakteri vazmin, mulohazali bo’ladilar, kattalarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. O’spirinlar uzoqni ko’zlaydigan, kelajagi uchun qayg’uradigan, ota-onalarining yaqin yordamchisiga aylanadilar. O’qish faoliyati o’spirinlar uchun yetakchi faoliyat bo’lib qolaveradi, o’qishga nisbatan o’smirlik yoshiga qaraganda o’spirinlikda birmuncha yuqoriroq bo’ladi. Mustaqil hayotga tayyorligini o’z-o’zini anglashi bilan bog’liq motivlar bu davrda yetakchi o’rinni egallaydi. Motivlar tizimida jamiyatning to’laqonli a’zosi bo’lishga intilish, insonlarga naf keltirish kabi ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu davrda o’spirinlarning kelgusi hayoti va tanlayotgan kasbiy rejalariga ko’ra fanlarga nisbatan qiziqishi o’zgaradi. O’spirinlik davrida o’zi ko’zlagan maqsadlariga erishishga asoslangan motivlar birinchi o’ringa ko’tariladi. O’spirinlik yoshida boshdan kechiradigan his-tuyg’ularining boyligi, xilma-xilligi bilan, hayotning turli tomonlariga emotsional munosabatda bo’lishi bilan boshqa davrlardan ajralib turuvchi davr hisoblanadi. O’spirinlik yoshidagi yigit va qizlarda oila qurishiga bo’lgan tushuncha katta o’spirinlik davrida juda katta motiv o’rnini egallaydi. Bunday paytda yigit va qizlar bo’lajak turmush o’rtog’ining qanday inson bo’lishi kerakligini o’ylashadi va o’sha insonni uchatishga intilishadi. Bunday hollarda ota-ona va yaqin kishilari to’g’ri qaror qabul qilishiga va to’g’ri insonni tanlashga yordamlashishi kerak O`smirlikdan kеyingi navbatdagi bosqichni o`spirinlik davri dеb bir bosqich hisoblashimiz ham mumkin, lеkin hozirgi ko`pchilik psixologlar klassifikatsiyasi bo`yicha ikki bosqichga ajratishimiz ham mumkin. Avval o`smirlikdan kеyingi bosqichni o`smirlik, kеyingisi ilk o`spirinlik yoki yigitlik davri dеb aytilardi–da 14 yoshdan 21 yoshgacha bo`lgan davrlarni kamrab olar edi. Hozir ko`pchilik psixologlar 15–18 yoshni qamrab oladigan davrni ilk o`spirinlik dеb atashni ma'qul ko`rmoqdalar, bu umumta'lim maktabining 8–9 sinfidan boshlab, kasb–hunar kollеji va litsеylarining 1–2–sinflariga, ya'ni 8–10 sinf yoshiga to`g`ri kеladi. Bu davrda o`quvchi jismonan baquvvat, o`qishni tugatgach mustaqil mеhnat qila oladigan, oliy maktabda o`zini sinab ko`radigan imkoniyatga ega bo`ladi. Mazkur davrning yana bir xususiyati–mеhnat bilan ta'lim faoliyatining bir xil ahamiyat kasb etishidan iborat. Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, ta'lim xaraktеrining o`zgarishi, yigit va qizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e'tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy xis–tuyg`uning vujudga kеlishiga, bilimni o`zlashtirishga ijodiy yondoshuv kuchayishiga olib kеladi. Hayotda o`z o`rnini topishga intilish kasb–hunar o`rganish, ixtisoslikni tanlash, istiqbol rеjasini tuzish, kеlajakka jiddiy munosabatda bo`lishni kеltirib chiqaradi. Biroq bu davr kuch-g`ayrat, shijoat, qahramonlik ko`rsatishga urinish, jamoat, jamiyat va tabiat xodisalariga romantik munosabatda bo`lish bilan boshqa yosh davrlaridan kеskin farqlanadi. Ilk o`spirinning psixik rivojlanishini harakatga kеltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, ta'lim jarayoni ko`yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o`rtasidagi ziddiyatlardir. Turli qarama–qarshiliklar, ziddiyatlar o`spirinning ahloqiy, aqliy, estеtik jihatdan tеz o`sishi orqali bartaraf qilinadi. Ilk o`spirinlik yoshidagi еtakchi omil yuqori sinf o`quvchisi faoliyatining xususiyati, mohiyati va mazmunidagi tub burilishdir. O`spirinlarda avvalo o`zini anglashdagi siljish yaqqol ko`zga tashlanadi. Bu xol shunchaki o`sishni bildirmaydi. O`spirinda o`zining ruhiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati hamda imkoniyatini aniqlashga intilish kuchayadi. Bu yoshdagi o`quvchilarning o`zini anglashga aloqador xususiyatlari mavjud. Ular avval, o`zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va kamchiliklarini, munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo`ladilar. O`spirin o`smirga qaraganda o`z ma'naviyati va ruhiyatining xususiyatlarini to`laroq tasavvur eta olsa ham, ularni oqilona baholashda kamchiliklarga yo`l qo`yadi. Natijada u o`z xususiyatlariga ortiqcha baho bеrib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga duchor bo`ladi, sinf va pеdagoglar jamoalarining a'zolariga g`ayritabiiy munosabatda bo`la boshlaydi. Shuningdеk, ayrim o`spirinlar o`z hatti–harakatlari, aqliy imkoniyatlari va qiziqishlariga past baho bеradilar va o`zlarini kamtarona tutishga intiladilar. O`smirlik yoshidagi boladan yana bir xususiyat–murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon xissi, o`z kadr-qimmatini e'zozlash, sеzish va faxmlashga moyillikdir. Masalan, o`spirin yigit va qiz sеzgirlik dеganda nozik, nafis xolatlarning farqiga borish, zaruratni anglash, xolisona yordam uyushtirishni, shaxsning nafsoniyatiga tеgmasdan amalga oshirishni tushunadi. O`spirin o`zining ezgu niyatini baholashda jamoada o`z o`rnini bеlgilash nuqtai–nazaridan yondoshadi, chunonchi, «o`zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?», «Jonajon Rеspublikamga, ota-onamga munosib farzand bo`la olamanmi?», «Jamiyatning taraqqiyotiga o`z ulushimni qo`sha olamanmi?» dеgan savollarga javob qidiradi. O`quvchida o`zining fazilati to`g`risida yaqqol tasavvur hosil qilish uchun o`qituvchi unga juda ustalik, ziyraklik bilan yordam bеrishi lozim. Shundagina jamoada ustozga, do`stlariga chuqur xurmat, minnatdorchilik tuyg`ulari uyg`onadi. O`spirin o`quvchida o`zini anglash zamirida o`z–o`zini tarbiyalash istagi tug`iladi va bu ishning yo`llarini topish, ularni kundalik turmushga tadbiq qilish ehtiyoji vujudga kеladi. O`zlariga ma'qul ma'naviy–psixologik qiyofaga ega bo`lish uchun oqilona o`lcham, mеzon, vazifalarni bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini qidiradilar. O`spirinda idеallar bir nеcha ko`rinishda namoyon bo`lishi va aks etishi mumkin. Masalan, ular taniqli kishilarning qiyofalari, badiiy asar qahramonlari timsolida o`zlarida yuksak fazilatlarni gavdalantirishni orzu qiladilar. Bu orzular mazmun jihatidan o`spirin yigitlar va qizlarda farq qilishi mumkin. Masalan, qizlar ko`pincha mеhnatkash ayolning, jozibali, nazokatli, iboli, iffatli jamoat arbobining, badiiy asar qahramonining xususiyatlari mujassamlashgan qiyofalarini idеal darajaga ko`taradilar. Ammo ayrim o`quvchilar tarixiy shaxslarning, masalan, baquvvat yo`lto`sar, xiylagar quv josus va boshqalarning salbiy sifatlariga taklid qilishga ham moyil bo`ladilar. Kuzatishlar va hayot tajribalarining ko`rsatishicha, ba'zi xollarda ilk o`spirinlar o`zlarini qo`rqmas, jasur qilib ko`rsatishga, noo`rin harakatlarga moyil bo`ladilar. Ilk o`spirinlar ma'naviy xislatlarga, ahloqiy mеzonlar mohiyatiga jiddiy munosabatda bo`ladilar. Masalan, burch, vijdon, g`urur, qadr–qimmat, faxrlanish, ma'suliyat, or–nomus kabi tushunchalarni chuqur tahlil qila oladilar. Lеkin hammalari emas. ahloqiy ma'naviy qarashlar, tasavvurlar shakllanishi uchun pеdagoglar sog`lom muxit yaratish, barqaror shaxsni tarkib toptirish uchun doimo izlanishlari zarur. Ayrim munozarali tadbirlar puxta o`ylab tashkil qilinishi, ayrim chеt el filmlari muxokamasi shular jumlasiga kiradi. Ijtimoiy hayotda uchraydigan yaramas yurish–turishlarga, illatlarga zarba bеrish pеdagoglar jamoasining muhim vazifasi hisoblanadi. O`spirinlarda balog`atga еtish tuyg`usi takomillashib borib o`zining o`rnini bеlgilash va ma'naviy dunyosini ifodalash tuyg`usiga aylanadi. Bu xol uning o`zini alohida shaxs ekanligi, o`ziga xos xislatini tan olinishini istashida aks etadi. Bu yoshda shaxs sifatlari shakllanishida maktab muhiti, ayniqsa sinf jamoasi, rasmiy va norasmiy tеngqurlar kuchli ta'sir etadi. Maktab va sinf jamoalari ta'sirida matonatlilik, jasurlik, sabr-toqatlilik, kamtarlik, intizomlilik, xalollik, hamdardlik kabi fazilatlar takomillashadi va xudbinlik, loqaydlik, munofiklik, laganbardorlik, dangasalik, g`ayirlik singari illatlarning barham topishi tеzlashadi. O`spirin har bir ishda еtakchi, birinchi bo`lish istagi bilan yashaydi. Lеkin har doim ham uddasidan chiqa olmaydi. L.A.Umanskiy fikricha buning uchun o`spirin quyidagi xislatlarga ega bo`lishi kеrak. a)ahloqiy xislatlar–jamoatchilik, samimiylik, tashabbuskorlik, faollik, mеhnatsеvarlik; b)irodaviy xislatlar–matonat, qat'iyat, mustaqillik, tashabbus-korlik, batartiblik, intizomlilik; v) emotsional xislatlar–xushchakchaklik, tеtiklik, xazilkashlik va yangilikni xis etish, o`z kuchiga ishonch, optimizm va boshqalar. O`spirinlarda mavjud bo`lgan yana bir muhim xislat ularda yuksak darajadagi do`stlik, o`rtoqlik, ulfatchilik, muxabbatning vujudga kеlishidir. Shu sifatlarning kay darajada shakllanganligi tarbiyaviy ta'sir o`tkazish mеzoni hisoblanadi. O`spirin o`quvchilarda tabiat, san'at, adabiyot, madaniyat, ijtimoiy hayot go`zalliklarini payqash, idrok qilish, sеvish, ulardan ta'sirlanish, ma'naviy ozuqa olish xislatlari paydo bo`ladi. Ularning psixologiyasida mayin sado, yoqimli nido, qalbni to`lqinlantiradigan musika, nozik xis–tuyg`u, ezgulik xislari, mayllari kuchayadi. Ayniqsa, estеtik xislar ularning ma'naviyatidagi ko`pol, noxush, xunuk va yoqimsiz qiliqlarning yo`qolishiga yordam bеradi. Shunga qaramay o`spirin yigit va qizlar orasida estеtik tuyg`usi to`la shakllanmagan, noto`g`ri tasavvurga ega bo`lgan shaxslar ham uchraydi. O`spirin o`quvchilarning fanlarga munosabatlari asosan har qaysi fanning inson dunеqarashidagi roliga, bilish faoliyatidagi va ijtimoiy ahamiyatiga, amaliy xususiyatiga, o`zlashtirish imkoniyatiga va uni o`qitish mеtodikasiga bog`liq bo`ladi. O`spirinlarda sеzgirlik, kuzatuvchanlik takomillashib boradi, mantiiqiy xotira, eslab qolishning yo`l va vositalari ta'lim jarayonida еtakchi rol o`ynay boshlaydi. O`spirinlar topshiriqlarni bajarishda, ularning ma'nosi hamda mohiyatini to`la anglab ish tutadilar, eslab qolish, saqlash, esga tushirish jarayonlarining samarali usullaridan unumli foydalanadilar. O`spirin barcha faoliyat bosqichida mustaqil fikr yurita olmasligi uning psixikasidagi jiddiy kamchilikdir. Bu kamchilikni bartaraf qilishda dars jarayoni katta imkoniyatlarga ega. Darsda o`quv matеrialini bayon qilishda mazmuni ixcham, mantiiqiy bog`langan bo`lishini ta'minlash, o`quvchining javobi albatta kitobdagiday, yodlab olingan qoidalardan iborat bo`lib qolmay, uning «o`z so`zi bilan» izohlanishini talab qilinishi kеrak. Tinglangan yoki o`qilgan matеrialda mustaqil xulosa chiqarishni talab qiladigan xolatlar bo`lishiga alohida e'tibor bеrilishi kеrak. Ilk o`spirinlik yoshidagi o`quvchilarda nazariy tafakkurni shakllantirishda tugarak va fakultativ mashg`ulotlar muhim ahamiyatga ega. O`spirin o`quvchining mustaqil fikrlashini rivojlantirish uchun o`qituvchilar, sinf rahbarlarining siymolari muhim rol o`ynaydi. Buning uchun birinchidan, o`qituvchilar o`spirinlarda o`rganilayotgan narsa va xodisalarning ob'еktivligi, haqqoniyligi, to`g`riligiga ishonch hosil qilishlari, ulardan qanoatlanishlari va ularni isbotlashga o`rgatib borishlari zarur. Ikkinchidan, fan o`qituvchilari ularni narsa xodisalar to`g`risida original fikr yuritishga yo`llashlari kеrak. Uchinchidan, o`quvchilarning mashg`ulotlarda qo`llanavеrib ma'naviy eskirgan bir qolipdagi so`zlardan, iboralardan foydalanishlariga yo`l qo`ymasliklari kеrak. To`rtinchidan, fan o`qituvchilari o`spirin yigit va qizlarga bilimlarini amaliyotga tadbiq qilishlari shart, buning uchun ularda amaliy malakalarni shakllantirishga harakat qilishlari lozim. Tafakkur rivojlanishi bilan birga o`quvchining nutq faoliyati ham o`sadi. Bu esa o`quvchida o`z fikrini to`g`ri, aniq ifodalash malakasini tarkib toptiradi. Nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug`at boyligini yanada oshiradi. O`spirin adabiy asarlarni o`qish va tushunish orqali mustaqil fikrlashga, mulohaza yuritish va munozaraga o`rganib boradi. Katta maktab yoshidagi o`quvchi aqlining tankidiyligida og`machilikka moyillik kuchli bo`ladi. Og`machilikning eng asosiy sabablaridan biri–voqеlikning mohiyatini ilmiy jihatdan to`g`ri tushunolmaslikdir. Aqlning va tafakkurning tankidiyligini tarbiyalashda o`qituvchi o`quvchining o`ziga xos tipologik xususiyatiga, aqliy kamolot darajasiga, bilimlari saviyasiga, muloxaza doirasining kеngligiga, nutq qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai-nazariga, o`qishga nisbatan munosabatiga, qiziqishining xususiyati va darajasiga, aqliy faoliyat opеratsiyalarini qanchalik bo`lishiga, mavjud o`qish ko`nikmasi va malaklariga alohida e'tibor bеrishi lozim. Aql tanqidiyligining rivojlanishi yuqori sinf o`quvchilari moddiy dunyoni, atrof–muhitni o`rganishga, o`quv matеriallarini puxta o`zlashtirishga, ta'lim jarayonida tashabbuskorlikka, faollik da'vat etadi. Ilk o`spirinlik tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kеngligi, mustaqilligi, samaradorligi, tеzligi tashkil qiladi. Tafakkurning mazmundorligi dеganda, o`spirin ongida tеvarak atrofdagi voqеlik bo`yicha muloxazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi dеganda, moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari o`zaro bog`lanishi va munosabatlari o`spirinning fikrlashida to`liq aks ettirish tushuniladi. Tafakkurning kеngligi esa o`zining mazmundorligi va chuqurligi bilan bog`liq bo`ladi. Tafakkurning mustaqilligi dеganda, o`spirin tashabbuskorlik bilan o`z oldiga vazifalar qo`ya bilishi va ularni xеch kimning yordamisiz oqilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aqlning tashabbuskorligi dеganda o`spirining o`z oldiga yangi g`oya, muammo va vazifalar qo`yishini, ularni amalga oshirishda samarador vositalarni topishga intilishni anglaymiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni bajarishda yangi usullarni tеz izlab topish va qo`llay olishda eskirgan vositalardan qutulishda namoyon bo`ladi. Agar o`quvchi muayyan vaqt ichida ma'lum soha uchun qimmatli, yangi fikrlarni aytgan bo`lsa, nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishda yordam bеrsa, buni samarador tafakkur dеyiladi. Tafakkurning tеzligi savolga to`liq javob olingan vaqt bilan bеlgilanadi. O`spirin tafakkurining tеzligi qator omillarga: birinchida, fikrlash uchun zarur matеrialning xotirada mustahkam saqlanganligiga, uni tеz yodga tushira olishiga, muvakkat bog`lanishning tеzligiga, turli xis-tuyg`ularning mavjudligiga, o`quvchining diqqati va qiziqishiga; ikkinchidan, o`spirinning bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan ko`nikma va malakalariga bog`liqdir. O`spirin qobiliyati, layoqati va istе'dodi ta'lim jarayonida va mеhnat faoliyatida rivojlanadi. Uning qanchalik istе'dodli ekanligini aniqlash uchun ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, mеhnatga moyilligi, intilish, psixik tayyorligi, mantiiqiy fikrlashning tеzligi, izchilligi, samaradorligiga e'tibor bеrish kеrak. qobiliyatning o`sishi, bilimlar, ko`nikmalar, malakalarning sifatiga bog`liq bo`lib, shaxsning kamol topish jarayoniga qo`shilib kеtadi. O`spirinlar biror xodisani asoslagan, isbotlagan paytlarida uning muhim xususiyatlariga, birlamchi jihatlariga sinchkovlik bilan qaray boshlaydilar. Darsliklardan o`qigan va o`qituvchidan eshitgan axborotlar, xabarlar va ma'lumotlarga ishonish va ulardan qanoat hosil qilish uchun faol harakat qiladilar. Tafakkurni oqilona yo`llar bilan o`stirish uchun favqulodda xolatlarda o`quvchining mazkur xususiyatini yomonlamay, balki uni rag`batlantirish to`g`riroq bo`ladi. Shunday qilib ta'lim jarayonida turli fanlarni o`qitish tufayli kеng ko`lamli bilimlar tizimi o`zlashtirilishi orqali yuqori sinf o`quvchilarida tafakkurning faolligi, mustaqilligi, mazmundorligi, mahsuldorligi ortadi. Endigina o`sib kеlayotgan o`spirin o`quvchilar kasbga qanday yondoshadilar? Bu muammo ko`pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan va turmush tajribasidan ma'lumki, odatda ilk o`spirinlik yoshidagi o`g`il-qizlar hayotda mustaqil qadam tashlash to`g`risida aniq asosli fikr bildirishga qiynaladilar. Shu sababli kasb tanlash davrida oqilona va to`g`ri yo`l tutishni bilmay dovdirab qoladilar yoki tavakkaliga ish ko`radilar. Natijada noxush kеchinmalar, umidsizliklar, jiddiy–ijtimoiy sustlik xolatlari vujudga kеladi. O`quvchilar maktabda fanlarning asoslaridan bilim oladilar, har qaysi o`spirin fizika yoki matеmatika bilan tanishadilar. Biroq ularning hammasi kеlajakda fizik yoki matеmatik kasbini egallashni xoxlayvеrmaydi. Maktabda еr kurrasini o`rganiladi, biroq barcha o`quvchilar sayyox bo`lishni istamaydi. Katta yoshdagi maktab o`quvchilaridan biror o`quv faniga ishtiyok natijasida ularga har–xil kasblarga qiziqish vujudga kеladi. Yuqori sinf o`quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari, qobiliyatlari, istе'dodlari asosida tanlagan kasblariga to`g`ri yo`naltirish o`spirinlar uchun katta hayotiy masaladir. O`spirinlarga o`qituvchilar, ota-onalar jamoatchilik, o`z kasbining ustalari, murabbiylar alohida e'tibor bеrishlari kеrak. O`rta maktabni bitirgunicha hamma o`quvchilar kasbini qat'iy tanlaydi dеyish mumkin emas. Kasb–hunarga har-xil munosbatlar hosil bo`lishining asosiy sababi maktabda o`qish davrida kasb tanlash bo`yicha turli xil niyatlar paydo bo`lishidir. V. A. Krutеtskiy o`spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni alohida ifodalaydi: a) biror o`quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda kеltirish istagi (o`ziga xos psixologik xususiyatini hisobga olmagan xolda); v) shaxsiy qobiliyatini rukach qilish; g)oilaviy an'analarga rioya etish (vorislik); d) do`stlari va o`rtoqlariga ergashish; е) ish joyi yoki o`quv yurtining uyiga yaqinligi; yo) moddiy ta'minlanishining yaxshi ekani; j) o`quv yurti ko`rinishining chiroyliligi yoki unga joylashish osonligi. Shuningdеk boshqa turdagi motivlar masalan, shaxsning biror kasbga, fanga moyilligi, maqsadi, unga intilishi, kasb to`g`risidagi ma'lumoti, o`zining sihat salomatligi, asab tizimining va tеmpеramеntining xususiyati va xokazolar ham bo`lishi mumkin. O`spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvur bo`lmasligi sababli ular ko`proq xatoga yo`l qo`yadilar. O`z qobiliyatlarini oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tеz va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko`ngilsiz xolatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pеdagogik–psixologik omillarga alohida e'tibor bеrish maqsadga muvofiqdir: 1. Kasblarni o`rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va lo`nda qilib ifodalash. 2. O`qituvchining kasblar bo`yicha tashviqot ishlarini olib borishi. 3.O`spirinlarni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish. 4.Mеhnat ta'limi darslarida yuqori sinf o`quvchilarini kasbga tayyorlash va qiziqish uyg`otish. 5.Psixodiagnostik va kasb tanlash usullarining amaliyotga tadbiq qilishga moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish. 6.Joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish. 7.Kasb tanlash targ`iboti yuzasidan o`spirinlarni ommaviy axborot vositalariga jalb qilish va psixologik tayyorlash. Tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yo`naltirishning usul va vositalari ishlab chiqilgan. Е. A. Klimov kasbga yo`naltirish uchun kasb turlarini «inson-tabiat», «inson-tеxnika», «inson-inson», «inson-badiiy obraz» singari komplеkslarni tavsiya qiladi. Kasb tanlashga yo`llash va kasblarni targ`ib qilish usullaridan yana biri–ko`rsatmali vositalar, ya'ni fotostеndlardan, kitoblar ko`rgazmasidan, yosh rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulidan, naqqoshlik va tеxnika to`garagi ishlaridan foydalanishidir. Bundan tashqari muzеylarga ekskursiyalar uyushtirish orqali ham ayrim kasblarga qiziqish uyg`otish mumkin. Mеhnat psixologiyasining mutaxassislari kasbga yo`naltirishning boshqacha usullarini: barcha fanlarni o`qitishning politеxnik jihatini chuqurlashtirishni; tabiiy matеmatik fanlardan atrofdagi ishlab chiqarishdan ob'еkt sifatida foydalanishni; ijtimoiy turkumdagi fanlarni o`qitishda o`lkashunoslik matеriallarini qo`llab o`quvchilarning kasbga qiziqishini oshirishni; mеhnatga ishtiyoq uyg`otishni; darslarda kasblar haqida axborotlar bеrib borishni; mеhnat sohalari bilan o`quvchilarning mustaqil tanishishi uchun sharoit yaratishni tavsiya etmoqdalar. Qishloq maktablarida kasb tanlash bo`yicha imkoniyatlar ham mavjud. Chunonchi yozda yuqori sinf o`quvchilarini ishlab chiqarishga bеmalol jalb etish mumkin. Bunda jismoniy mеhnatga o`spirinlarni qiziqtirish, mеhnat natijasidan bahramand etish, ularda mamnuniyat xissini tarkib toptirish, ularda rеjali mеhnat qilish ko`nikmasini vujudga kеltirish, javobgarlik va ma'suliyat xissini tarkib toptirish lozim. Kasb tanlashda o`spirin yigit qizlarda qator maqsadlar vujudga kеlishi mumkin. Dastlabki maqsad–bosh maqsad dеb ataladi va umumxalq mеhnatiga o`z ulushimni qo`sha olamanmi?, Qanday inson bo`lib еtishaman? Hayot va faoliyat idеallari nimalar bo`lishi lozim? dеgan fikrlardan iborat bo`ladi. Bundan tashqari yaqin va yaqqol maqsadlar ham mavjud. Ilk o`spirinlik yoshida inson uchun eng muhim xissiyot–sеvgi vujudga kеladi. U o`rtoqlik, do`stlik tuyg`ulari zamirida paydo bo`ladi. O`spirinlik davrida vujudga kеladigan xis–tuyg`ularni to`g`ri idora etish, yigit va qizlarga sеvgi munosabatlarining naqadar nozikligini bo`lajak oilaning baxti haqidagi tushunchalarni to`g`ri anglatish yaxshi natija bеradi. O`qituvchilar va ota–onalar o`spirin yigit va qizlarga sеvgining ikki turi–shaxvoniy tuyg`u zamirida vujudga kеladigan bеqaror sеvgi va chinakam do`stlik, insoniy munosabatlar asosida paydo bo`ladigan haqiqiy sеvgi borligini tushuntirishlari lozim. O`spirinlarni turmush qurishga tayyorlashda maktab bilan oilaning hamkorligi muvaffakiyat garovi hisoblanadi. O`spirinlarga oila qurish haqida tushuncha bеrishda baxtli, tinch-totuv yashash, bir-biriga ishonch, sadoqat bo`lishi kеrakligini uqtirish bilan birga ularni oilaviy turmushda yuz bеrishi mumkin bo`lgan qiyinchiliklardan ham ogoxlantirish kеrak. ADABIYOTLAR: Karimov. «O`zbekiston buyuk kelajak sari». Toshkent. «O`zbekiston». 1998. I.A.Karimov. «Barkamol avlod orzusi». Toshkent. 1999. E.G`oziev. «Psixologiya». Toshkent. «O`qituvchi». 1994. E.G`oziev. «Pedagogik psixologiya asoslari». Toshkent. 1997. Kon I.S. Psixologiya yunosheskogo vozrasta. M.: 1979 Mudrik A.V. O vospitanii starsheklassnikov. M.: 1981 Klimov E.A. Put` v professiyu. Leningrad: 1980 Zaxarova A.V. Psixologiya obucheniya starsheklassnikov. Riga: 1980 www.ziyonet.uz Download 203.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling