“Ilk qadam” dasturi Maktabgacha ta’limning tayanch dasturi


Bir yoshgacha bo‘lgan bola hayotini to‘rt davrga bo‘lib o‘rganish lozim: 1).tug‘ilgandan 2,5 — 3 oylikkacha; 2). 2,5 — 3 oylikdan 5 — 6 oylikkacha; 3).5 — 6 oylikdan 9—10 oylikkacha; 4) .9 — 10 oylikd


Download 229.28 Kb.
bet3/4
Sana19.10.2023
Hajmi229.28 Kb.
#1709423
1   2   3   4
Bog'liq
nutq ustirish mustaqil ish slayd Muzayam

Bir yoshgacha bo‘lgan bola hayotini to‘rt davrga bo‘lib o‘rganish lozim: 1).tug‘ilgandan 2,5 — 3 oylikkacha; 2). 2,5 — 3 oylikdan 5 — 6 oylikkacha; 3).5 — 6 oylikdan 9—10 oylikkacha; 4) .9 — 10 oylikdan 1 yoshgacha.

Bu davrlardagi vazifalar turlicha bo‘lib, shu vazifalar asosida nutqni o‘stirishga tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Nutqqa tayyorgarlik davrining o’zi uch bosqichdan iborat: 1.Chinkirish davri (tug‘ilgandan 2,5*— 3 oylikkacha). 2.Guvrash davri (2,5 — 3 oylikdan 5 — 6 oylikkacha). 3. Til chiqarish davri (5 — 6 oylikdan 9—10 oylikkacha va 9 — 10 oylikdan 1 yoshgacha).

3.Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutqni egallash jarayoni ikki davrdan iborat bo‘ladi: 1 yoshdan 1 yoshu 6 oygacha. 1 yoshu 6 oylikdan 2 yoshgacha.

Har ikki davrda ham bola nutqini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi: a) nutqni tushunish va taqlid qilish malakasini rivojlan­tirish; b) bolalar lug‘atini boyitish; v) nutqni atrofdagilar bilan muomala qilish vositasi sifatida shakllantirish. 1 yoshdan 1 yoshu 6 oygacha bo‘lgan davrda nutqni rivojlantirishning muhim vazifasi:

1) bolaning kattalar nutqini tushunishini rivojlantirish; 2) kattalar nutqiga taqlid qilish orqali faol nutqni o‘stirish. 1 yoshu 6 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan davr nutq o‘sishining ikkinchi davri hisoblanadi. Bu davrda nutqni tushunish qobiliyatlari ular­ning faol nutqi taraqqiyotidan ancha o‘zib ketadi. Takdid qilish-ning o‘sishi natijasida ikki yoshga qadam qo‘ygan bolalarning ta­laffuz etadigan so‘zlari soni ortib, 200 — 300 taga yetadi;

ular­ning lug‘atidagi so‘zlar tarkibida tevarak-atrofdagi kishilarni anglatadigan so‘zlar (qiz bola, o‘g‘il bola, xola, amma, tog‘a, amaki, buvi, buva), uyda va uydan tashqarida (bog‘da, hovlida, ko‘chada) bo‘la-digan narsalarni anglatuvchi so‘zlar, ba’zi bir hayvonlar va o‘simliklarni, kunda ko‘rib turadigan xatti-harakatlarini anglatuvchi so‘zlar mavjud bo‘lib, ular lug‘at to‘plamini kengaytirib boradi.


Download 229.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling