“Ilk qadam” dasturidagi maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolaning rivojlanish xaritasi.
Reja:
05-01 ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
05-04 Bolaning rivojlanish ko‘rsatkichlari xaritasi
Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni bilim darajasini ko‘tarish uchun avvalo pedagoglar kasb salohiyatini oshirish, ta'lim jarayoni mazmuni va sifatini takomillashtirish, ota-onalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini jonlantirish zarur. Maktabgacha yoshdanoq bolalarda tegishli hajmda bilim, ko‘nikma, malakalari hosil qilinadi.
2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarining ish hujjatlarini yuritish to‘g‘risida”gi 155-sonli buyruqlari asosida tarbiyachilar tomonidan yuritiladigan optimallashtirilgan ish hujjatlari belgilab berildi.
05-01 ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
05-02 Bolalarni qayd etish daftari (Tabel, filtr, patronaj va ota-onalar haqida ma'lumot)
Tabel yuritish tartibi
Har kuni
bolalar qatnovini soat 9.00 dan kechiktirmasdan belgilab boriladi
har kungi kelgan bolalarning umumiy soni chiqarib qo‘yiladi.
Oy yakunida
har bir bolaning kelgan kunlarining umumiy soni chiqariladi. Barcha bolalarning kelgan kunlari umumlashtirilib, bolalar kunining bajarilishi aniqlanadi.
Bunda bola kuni bajarilmagan kunlar va bajarilmaslik sabablari tahlil etiladi.
bolalar qatnovi umumiy tahlil etiladi:
ro‘yxat bo‘yicha bolalar soni,
ushbu oy davomida kelgan va umuman kelmagan bolalarning aniq soni yoziladi.
Bolalar kuni necha kunni tashkil etdi va bajarilmagan kunlardan nechta sababli va nechta sababsiz kunlar mavjudligi tahlili yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |